Odamlar qalbini uyğotadigan, köngilning bir joylariga tegib-tegib ketadigan şeʼrlari orqali özbek adabiyotida öz örniga ega bölgan ijodkorlardan biri Aʼzam Öktamdir. Özining xalqini, özi tuğilgan joyni juda yaxşi körgan ijodkor taʼsirli şeʼrlari orqali mudroq bosgan qalblarga haqiqat kuyini şivirlaydi. Bu kuy insoniylik boğining soğinç qöşiğidir. Rauf Parfi aytganidek, “Özbek şeʼriyati boğida Aʼzam Öktam daraxtini tez ilğab olasiz. Bu daraxt köp zamonlar ajoyib-u ğaroyib mevalarini armuğon qilajak. Bu daraxt boğni sarğaytirib qöymaydi, doim qayta tuğilib, qayta ölib, qayta tirilib, şovullab turaveradi”.
Şoir şeʼrlarining birida har kul tagida öçmagan çöğ borligi, yaʼni bu millatning çiroği hali sönmasligiga işora bordek, nazarimda. Qizlarning nam közlarida şoir özbekona hayo, iboga işora qiladi. “Siniq köngilli, bağri kuygan odamlar faqat bizning yerlarda bor”, deydi Aʼzam Öktam:
Entikib turibman – vujudim çöğdir,
Qalbimni bir tuyğu sel kabi bosgan.
Dunyoning heç qaysi burçida yöqdir,
Yöqdir Kuyganyor deb atalgan maskan.
Aʼzam Öktam har bir özbek öğli, özbek otasi kabi bir alamni şeʼrga solgan. Bu iztirob mening ham yuragimni tirnaydi. Olis qişloqda qolgan yaqinlarim, öynab-kulib keçirgan bolaligim köçalarini yodga soladi. Qişloqqa borgan şoir ota-onasini xotirlaydi, qadrdon köchani, podadan qaytgan eçki-uloqlar tasvirlarini bir-bir keltirib ötadi-da, özining ikki tomon – ötmiş xotiralari va bugungi yaqinlar mehri intiqligi örtasida iztirob çekayotganini taʼsirçan ifodalaydi:
Söng tongda jönarman yana qaltirab,
Öz holim öylayman aççiq jilmayib.
Şaharda bolalar kutar möltirab,
Qişloqda volidam qolar munğayib.
Közga yoş keltiradi bu satrlar. Hamma ham öz keçinmalarini şunday tiniq ifoda qila olarmidi…
Şoirning “Onam fotihasi” şeʼri butun millatning onalari tilidan aytilgandek göyo. Bir örinda “mana, endi diplom olding, hukumat odamisan, odamlarni qoğoz bilan qörqitma”, desa, yana bir joyda “Birovlarning daraxtini kesma, qölingdan kelsa, ek” deydi. Şeʼr oxirida esa Vatanga bölgan sevgi, intiliş juda ham taʼsirli kuylanadi:
Onangning bisoti faqat oq yöldir,
Seni tortib tursin tuproq, ona til.
Qayda yurma, qança umr körma, baribir,
Tobutda bölsa ham yurtingga intil!
Qaysi ona bolasining ölimiga tayyor böladi?! Heç bir! Lekin Vatan tuyğusi şu qadar kuçliki, bu kuç onaning mard farzandni voyaga yetkazişda berayotgan ögitiga ham quvvat bağişlaydi.
Aʼzam Öktam inson bölib qoliş uçun balolarga mubtalo bölib, yonib-kuyib yaşaş lozimligini bildiradi:
Saodat, sadoqat – gulxandir,
Biz mangu yonaylik gulxanda.
Uy – Vatan, kuy – Vatan, öy – Vatan,
Orzuga yetaylik Vatanda.
Öz yurtdoşlari ğamini çekkan şoir bir şeʼrida şu qora yer çekiga tuşganini yozadi va yupun odamlar hasrati köpligi-yu boy odamlar hafsalasini pir qilganini kuyunib bitadi. Bu dardlar xalq ğamini yeyişdan, unga yaxşiliklar tilaşdan paydo böladi:
Şu qora yer tuşgan çekimga,
Uzolmadim köngilni oydan.
Hasratidan töyib yupunning,
Hafsalam köp pir böldi boydan.
Agar hamma inson ham xuddi ana şu kayfiyatda yaşaganida, balki hayotimiz gullab-yaşnab ketarmidi, yer yuzida bolalar oçlikdan nobud bölmasmidi, deb öylatadi.
Yana şunday şeʼrlar borki, qilayotgan işlarimiz haqida öylay boşlaymiz. Xuddi şoir kabi ilm olaman deb çopib ketganlarimiz, oxiratni öylab ibodat qilganlarimizni öylaymiz. Şu asnoda bir amal tufayli hammasi bekor ketmadimikan, degan öy keladi xayolga.
Qabul bölmas birontasi ham,
Bari ketar şekilli kuyib.
Bugun tongda negadir otam
Qarab qöydi norizo bölib.
Ana şu emasmi çin özbeklik qiyofasi. Otani baland tutiş, onani eʼzozlaş bizning qon-qonimizga singigani, ularga eʼtibor qilmaganlar elning ham nazaridan qolişi hammamizga maʼlum. Agar har birimiz şu hadik bilan yaşasak, qilgan işlarimizda yaqinlarimiz roziligini ololsak, maqsadga erişamiz.
Şoir şeʼrlarida taşbehning ajoyib, heç kimda uçramaydigan namunalarini köriş mumkin. Bir şeʼrida u: “Yomğir – bu piçirlab qilingan duo”, deya mayin şitirlayotgan yomğirni ijobat bölguvçi duolarga mengzar ekan, maysalar titroğiga qarab, ularni sajda qilayotganga öxşatadi.
Sevimli şoirimiz bir şeʼrida özligimiz, öz qadriyatlarimiz, özbek ekanimiz haqida ğurur bilan şunday degandi:
Yaxşiyam bilaman yetti puştimni,
Yaxşiyam tuğildim ota yurtimda.
Yaxşiyam bolalar sen deb gapirmas,
Yaxşiyam rafiqam kötarmas qadah.
Men esa yaxşiyam Aʼzam Öktam degan şoir bilan vatandoşman, yaxşiyam şeʼr öqiş baxtiga yetganman, degan bölardim.
Gulnora ŞERMATOVA
2000-yili tuğilgan.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent
davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
2021/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


