Avvalo, hikoya bugungi öy-xayollarning moziy qatlaridagi aksidan tuğilgan, degan xayolga bordim. Negaki, hikoyaning “ob-havosi” şundan dalolat berib turibdi – “Qizning qölçalari suvsizlanib, terisi xuddi kir yuvgan ayolning qöllariday burişib ketgandi…”
Muyassar bemorning holatini körsatiş orqali uning kasalligiga işora qildi. Tabibning taşxisi esa: “Qizingni alohida qilasan. Issiq örab, qusib taşlasa ham iliq suv içiraver. Badani suvsizlanibdi. Boşqalar unga yaqinlaşmasin, yuqişi mumkin”.
Neça kundan beri tinmayotgan yomğir, sel toğlik qişloqning köprigini yuvib ketgan. Şaharga borişga iloj yöq. Ham ojizlikdan, ham ayni damda özi ham bemor bölgan tabibning taxşisi emas, “emini qiliş” örniga bergan sovuqqon tavsiyasidan ğazabi toşgan Xolmirza qöşçi qizini kötarib uyiga qaytadi…
Hikoya tuguni şu. Muyassar Tilovova qişloqning yagona emçisi bölgan tabibning nima kasal ekanligini aytmaydi. “Öşa köklamning boşida onamizdan ayrildik. Otam betoblanib yotib qoldilar”. Tamom. Ammo bemor qizning ertasi kuni tongda dunyodan köz yumişi va qişloq ahlining janozaga töplanişi tabibni taşvişga soladi: “Aksiga olib yomğirniyam tinib qolganini-çi. Yoğib turganida bunça odam kelmasdi…”
Garçi hikoya hajman kattagina bölsa-da, roviy tilidan hikoya qilingani va uzundan uzun jimjimador jumlalar tuzişdan çekinib, sodda, aniq manzaralar çizilganidanmi, birdan öquvçi eʼtiborini tortadi. Yomğirli bir oqşom, ayoli vafotidan söng öğli yöqligidan katta qizi bolalari bilan kelib, issiq-sovuğidan xabar olib ötirgan ğarib tabibning ahvoli va qişloqda tarqalgan ölat sizga ham “yuqib qoladi”. Muallifning yutuği ham şunda. Qişloq ahli bundan qanday xalos bölişi haqida öylab, hikoya qaʼriga singib ketasiz.
Şu maʼnoda Muyassar Tilovovani yaxşi hikoya bilan qutlaş mumkin. Hikoya qatlarida qahramonlarning ruhiy olami yaxşi oçib berilgan, topilmalar, söz öyinlari, “emini qiling”, “Quyoşning ölimtik taftidan yer selgigan” kabi tasviriy ifodalar, maqol-u matallar öz örnida qöllanganki, öquvçiga zavq beradi. Şu bilan birga “atrof möl-köl suv”, “dam-badam köz yoş tökayotgan qovoqdor osmon”, “çirqillayotgan bolani qöltiğimga qistirib…” kabi jumlalar ham uçraydiki, muallif bunday örinlarda sözlar tagmaʼnosiga eʼtiborsizlik qilgan. Yana bir holat: Töra mullaning uyidan qaytayotgan tabib yölda jon beradi. Ayni şu paytda abgor qolgan roviy – qizning uyda qolgan tönğiçi yodiga tuşadi. Kelib, uyda yolğiz, qörqib ötirgan bolasini bağriga bosadi. Şunda “dafʼatan yodimga köçada qolgan otam tuşdi” deydi. Biroz işonçsizlik, voqealar tizginini qöldan çiqarib yuboriş holati ham körinib qolgan.
Balki, Muyassar Tilovovaning maqsadi şunday bölgandir. Biroq men uşbu hikoyada tabibning avvalo ruh davolovçisi bölişini, kasallikning oldini olişda jonbozlik körsatgan, qahramon bölgan holatda dunyodan ötişini istagandim.
Xoliyor Safarov
2021/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


