Pul özi nima?
Deyarli har kuni nimadir sotib olamiz yoki biror-bir xizmatdan foydalanamiz. Bularning bariga pul vositasida “javob qaytaramiz”, hisob-kitob qilamiz. Bugungi dunyo pulsiz yaşay olmaydi. Iqtisodiyotning jontomirlaridan biri puldir. Biroq sobiq şöro davrida şaxsiy mulkka, boylikka salbiy munosabatda bölindi. Pul faqat yomonliklar manbayi sifatida talqin qilindi. Natijada odamlarda xususiy mulkka qaraş özgardi, taşabbuskorlik söndi, bu narsa ularning ruhiga, ongiga singdi. Bozor iqtisodiyoti esa bu tuşunçalarni çirpirak qilib yubordi, odamlarda egalik hissi uyğondi. Rivojlangan dunyo kişisi uçun pul öziga işonç, erkinlik asosidir. Ammo moddiyat inson va jamiyat hayotida qançalik muhim joy egallamasin, maʼnaviy qadriyatlarning örnini bosa olmaydi. Moddiyat maʼnaviyatdan ustun kelganda pul yomonliklar manbaiga aylanadi.
Boylik orttiriş hayotining boş ğoyasi bölib qolgan odam yölini, özanini yöqotişi, umrini yelga sovurib, tiriklikning lazzat-faroğatini his qilmay ötişi aniq. Baʼzan tirikçilik taşvişlariga öralib qolgan çoğlarimda Navoiy boboning “Siym naqdi tuşsa lekin umr naqdi siyğolur” degan misrasi yodimga keladi. Qarang, “umr ötib ketadi” emas, “siyğoladi”. Muzda sirpanib körganmisiz? Özgaça zavqi bor, lekin boşqaruvni, muvozanatni yöqotib qöyiş juda oson. Boylik ketidan quvganda ham haqiqiy boyligimiz – umrimiz sirğalib ketişi heç gap emas. Yoki butun umr tilla tanga yiğib, töniga tikkan, yuz-qölini yuvmoqçi bölganida anhorga tuşib ketib, çökib ölgan kişi haqidagi hikoyat ham mol-davlat umr mazmuniga aylanmasligi zarurligi haqida sözlaydi. Umuman, mumtoz adabiyotimiz, milliy qadriyatlarimizda boylikning örni va ahamiyati, unga munosabat aniq-tiniq ifodasini topgan. Şarq donişmandlari pul maqsad emas, vosita bölişi zarurligini uqtiradi.
“Olma piş, oğzimga tuş” qabilida yaşaş, boşqalarning marhamatiga köz tikib kun ötkaziş ham insonlik şaʼniga töğri kelmaydi. Odamzod heç qaçon yukini özgalarga taşlamasligi, boşqalarni malollantirmasligi kerak. Buning uçun esa iqtisodiy mustaqil bölişi zarur.
Suv qattiq joyda turadi
Boy-badavlat, öziga töq bölganga nima yetsin! Özidan tinçigan odamgina boşqalarga yordam qölini çöza oladi-da. Xöş, boylik qanday yiğiladi? Köp işlaş, köp pul topiş bilangina boyib bölmaydi. Köpni körganlar buning uçun birinçi navbatda sarflaşni örganiş zarurligini uqtiradi. Bu könikma oilada şakllanadi. Oila byudjetini rejalaştiriş, savdo-sotiq qiliş borasida bilim-tajribaga ega bölgan bola mustaqil hayotda qiynalmaydi. Hayotiy bir misol. Uylanib, bola-çaqali bölganda ham bozor qiliş nari tursin, bir kilo göştni eplab ololmagan kişilarni körganmiz. Nega bunday? Sababi aniq – ota-ona savdo madaniyatini örgatmagan, har narsaga özlari yuguravergan.
Xalqimizda “Arzimasa arzonga ham olma”, “Bozori yaqin boyimas” kabi maqollar bor. Bu kabi hikmatlar keraksiz xaridlardan çeklanişga örgatadi. Bir mutafakkir aytganiday, keraksiz narsalarni sotib olavergan odam bir kuni kerakli narsalarini sotişga majbur böladi. Tejamkorlik – boylikning poydevori. Çiqimlarini nazorat qila olmaslik boşqaruvni qöldan boy beriş demakdir. Ammo tejamkorlik bilan mumsiklikni farqlab oliş ham zarur. Pul jamğariş uçungina topilmaydi, u hayotiy ehtiyojlarni qondirişga xizmat qilişi kerak. Yeb-içmay, öziga eʼtibor bermay bedavo bir kasallik orttirgan kişiga pullari yordam bera oladimi?
Kirim kalitlari
Inglizlarda “Taʼlimga sarflangan pul beiz ketmaydi” degan maqol bor. Haqiqatan, biror kasb-hunarni örganişga ketgan mablağ tez orada mevalarini beradi. Sarf-xarajatning örni tez qoplanib, foyda kela boşlaydi. Umuman, daromadlarni maqsadli, rejali işlatiş qölda pul töplanişiga yordam beradi. Moddiy jihatdan qiynalib qoliş, qarzga botiş, tuşkunlikka tuşiş kabi noxuş vaziyatlardan ham asraydi.
Köp işlaş köp pul topiş degani emas. Odam özi qiziqqan sohada mehnat qilişi kerak. Şundagina işi unadi, eʼtiborga tuşadi. Öz kasbining ustasi bölgan kişi esa yaxşi daromad oladi.
Dunyo olimlarining fikriça, boşqalarga yordam beradigan, saxiy kişilar tez boyir ekan. Bu xulosa hayotda isbotini juda köp bor topgan. Boy-badavlat kişilarning hayot yöliga nazar taşlasangiz, bunga özingiz ham amin bölasiz. Masalan, hazrat Navoiyni olaylik. Juda katta boylikka ega bölgan, uluğ amir lavozimigaça kötarilgan bu zot xayr-saxovat işlari bilan muntazam şuğullangan. Bundan esa mol-davlati kamaymagan, aksinça, köpayib borgan. Gohida öylab qolaman, agar Navoiy bobo ijod bilan şuğullanmaganida ham, ana şu ezgu işlari tufayli tarixda öçmas iz qoldirgan bölar edi.
Yengil kelgan yengil ketadi
Bu holatni balki öz hayotingizda ham kuzatgan bölsangiz kerak. Kutilmagan joydan qölingizga pul tuşib qoldi, deylik. Qanday oson kelgan bölsa, şunday oson joyini topadi. Unga ortiqça qayğurmaysiz ham, asraş yoki birorta muhim xarajatga sarflaşni öylamaysiz ham. Agar boşqa daromadlaringiz ham jiddiy mehnatsiz, jon koyitmasdan topilayotgan bölsa, bu narsa feʼl-atvoringizga, turmuş tarzingizga taʼsir qilişi tabiiy. Yengil hayotga, öylamay sarflaşga öraganasiz. Şu bois ham Şarq donişmandligida peşona teri bilan rizq topiş tarğib etiladi. Şu sababli uluğ avliyolar, olim va şoirlar ham kasb-korga ega bölganlar.
Baraka topay desangiz…
Pul haqida gap ketganda baraka mavzusini çetlab ötib bölmaydi. Milliy qadriyatlarimizdan oziqlangan bu tuşunça halol mehnat bilan rizq teriş, topganimizni yaxşi yölda sarflaş, birovni norozi qilmaslik kabilarga örgatadi. Qinğirlik, ğirromlik bilan topilgan molda baraka bölmaydi. Ota-bobolarimiz ming yillardan beri ana şu oltin qoidaga amal qilib kelgan. Bozorda savdolaşib, bir narxga kelişib, oldi-berdi qilingaç, xaridor ham, sotuvçi ham: “Yaxşi kunlarga işlating, barakasini bersin!” deb niyat bildiradi. Bu gap rozi-rizoliknigina anglatmaydi, u özaro mehr-oqibat paydo bölişiga ham xizmat qiladi.
Pul barakali bölişining şartlaridan biri savdolaşişdir. Aytilgan narxga olib ketaveriş çöntakka zarar yetkazişdan taşqari boşqalarning haqqiga xiyonat qiliş hamdir. Çunki siz qimmat narxga olsangiz, sotuvçi keyingi xaridorga ham ana şu narxga sotişga harakat qiladi, bu bahoni bozor kötarar ekan degan xulosaga kelib qoladi.
Boyiş uçun nima qiliş kerak?
Yuqorida boyişga asos böladigan sabablarning bir neçtasi haqida töxtaldik. Qolganlarini muxtasar keltirib ötamiz. Bu fikrlarning aksariyati dunyo psixologlarining köpyillik izlanişlari orqali isbotlangan.
Oldingizga aniq maqsad qöying va unga erişiş uçun bor kuçingiz bilan harakat qiling. Şunda pul topişingiz, tejaşingiz oson böladi.
Çiqimlaringiz röyxatini tuzing. Kunlik, haftalik, oylik, yillik. Şunda oilaviy yoki şaxsiy byudjetingizni tasavvur qila olasiz. Xarajatlarni belgilangan çegaradan oşirmang. Amaldagi çiqimlar bilan rejalarni soliştirib turing.
Pulingizni tejaşni iloji boriça ertaroq boşlang.
Biror narsa xarid qilişdan oldin uning narx-navosini taniş-bilişlardan yoki internet saytlaridan aniqlab oling. Eng yaxşisi – tanişlardan söraş. Ular mahsulotning sifati haqida ham xolis fikr ayta oladi.
Şaxsiy biznesingizni yölga qöying. Kirim imkoniyatlaringiz birgina manba bilan çeklanib qolmasin.
Yangi lavozimga kötarilsangiz-u, maoşingizda özgariş bölmasa yoki mehnatimga nisbatan kam haq olyapman deb hisoblasangiz, boşliq bilan oyligingizni oşiriş masalasida gaplaşib köring.
Pul bu – energiya. U doimiy harakatda bölişi kerak. Yöqsa, ölik sarmoyaga aylanib, qadri va kuçini yöqotib boradi.
Qarzingiz bölsa, tezda qutuling. U birovning puli. Yelkada yuk bilan yaşaş yaxşi pul topişngizga xalal beradi.
Oddiylikka intiling. Qimmatbaho kiyimlar, ortiqça buyumlar, zeb-ziynatlar çöntakka katta zarar yetkazadi.
Xatolardan saboq çiqaring. Şaxsiy biznesingizda omadsizlikka uçrasangiz, qölni yuvib qöltiqqa urmang. Nimalarda yanglişganingizni anglab, hammasini boşidan boşlang.
Özingiz uddalaydigan iş va xizmatlar uçun pul sarflamang.
“Mening qölimdan kelmaydi”, “Biz bir faqir odammiz” kabi iboralarni işlatmang. Könglingizda ham, tilingizda ham ijobiy fikrlar qaror topsin. Niyat sifatida şakllangan fikr amalga oşadi. Özingizga işoning.
Sport, salomatlik va dam oliş uçun vaqt ajrating. Soğlikning yomonlaşişi daromadlaringiz kamayişi va çiqimlaringiz ortişiga sabab böladi.
Boşqalarga yordam, döstlik, mehr-oqibat va ijodkorlik kişiga katta kuç beradi. Bunday kuçga ega kişining maqsadga erişişi oson keçadi.
Şukr qiling. Noşukrlik baraka va omadni ketkazadi.
Nima puldan qadrliroq?
Nega “Pul – qölning kiri” deyişadi? Nima, u kir, çirkin narsami? Yöq, bu maqolning maʼnosi boşqaça. Kişining eng tez kir böladigan va eng köp yuviladigan aʼzosi – qöli. Qöldagi kir köp turmaydi. Pul ham şunday: keladi, ketadi. Sen ana şu vaqtinçalik, omonat narsaga işonib qolma, dunyoda undan qimmatliroq narsalar ham bor, degan maʼno çiqadi maqoldan. Maxtumqulining maşhur bir şeʼrida “Boy bölay deb izzatingdan ayrilma” degan misra bor. Haqiqatan, insonning or-nomusi, qadr-qimmati har qanday boylikdan ustun. Bu röyxatni yana davom ettiriş mumkin: oila, yaqinlar, umr, salomatlik va hokazo. Eng muhimi, bobolar uqtirgan hikmatni unutmasak bas: pul maqsad emas, bir vosita, xolos. U erkin va farovon hayot, ezguliklar uçun xizmat qilişi kerak.
Orifjon MADVALIYEV
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


