***
Muhabbat dunyoda eng buyuk tuyğu,
Soğinçing örtaydi gar ketsam yiroq.
Bağringdan uzilsam, bosadi qayğu,
Muborak sevgidir Vatanni sevmoq.
Onamning duoyu sözlarida sen,
Singlimning mehrli közlarida sen.
Ajdodlar merosi, izlarida sen,
Muborak sevgidir Vatanni sevmoq.
Ketsam, har qadamda yöldoşsan mudom,
Köksimda tumorsan, muborak kalom.
Dilim nurga tölar nomingni aytsam,
Muborak sevgidir Vatanni sevmoq.
Şukurlar bölsinki, tiniq osmonim,
Jonimday yaqindir Özbekistonim,
Mehri bilakka kuç, dilga darmonim,
Muborak sevgidir Vatanni sevmoq.
Şukrullo Fayzullayev
1994-yili tuğilgan. Samarqand şahridagi
2 akademik litseyni tugatgan.
Umr
Kunlar ayyor, juda-juda şum,
Oyoq uçda yurişib asta.
Çiqarmayin hatto tovuşin,
Ortda qolar, eh, bir nafasda.
Oylar esa, donişmand oylar
Ötişar közingga tik qarab.
Vaqtning yukin dilingga joylar,
Nimanidir etganday talab.
Yuzda qamçi izin qoldirib,
Savab ötar berahm yillar.
Goho boşga oppoq qor urib,
Gohi esa soçingni yular…
Şabnam
Töxta, şamol, esmagin bir dam,
Xayollarim ozroq tin olsin.
Gul bargida omonat şabnam
Kuylarini birpas tinglolsin.
Töxta, quyoş, töxtagin bir on,
Boş kötarmay turgin ufqingdan.
Ming yil kutdim saharni, işon,
Uyğonmagin bir zum uyqungdan.
Şoşma, yurak, sen ham bir lahza,
Darz ketkazma şu sukunatga.
Gul yaproqdan gar şabnam qalqsa,
Asir bölgum yana zulmatga…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida