Uning…
Qişlarini menga berganmi,
Yoğayotgan qorlari kammi,
Soğinçlardan oppoq gilamni
Töşayotir –
Yozida yöqman.
Yiroqlarda hilpirar römol,
Xayolidan öçdim, ehtimol,
Hijronlardan yuqtirmay malol,
Yaşayotir –
Yodida yöqman.
Nigohini mendan berkitib,
Köksimdagi muzni eritib,
Yuragimning eşigin çertib,
Kelayotir –
Yonida yöqman…
Yöl…
Şoir ukam Sayfiddin Okanovga
Işq deguvçi kaʼbam bor,
Qaytdim degan tavbam bor,
Qalb nuridan tortsam dor
Kaʼbamdan kaʼbamgaça.
Inson qayon ketgaydir,
Madad izlab goh daydir.
Muhabbat köp – yetgaydir
Odamdan odamgaça.
Tuğilmoqlik azobi
Ölmoqlikning kitobi,
Topilgaymi javobi
U damdan bu damgaça.
Uçratganing döstmi, yot,
Yöl poylarmi ul sayyod,
Hisoblimi bu hayot
Qadamdan qadamgaça.
Ortda qolgan izlarim,
Goh butundir, goh yarim.
Yölin topgay sözlarim
Qalamdan qalamgaça.
Yölovçingman, ey dunyo,
Umidlarga men ham yor.
Köngil degan çiptam bor
Köklamdan köklamgaça…
Hol
Vo ajab, könglimdan ohlar ötgaydir,
Şu ohlar meniki zorlari bilan.
Yana gunoh qilsam, xudo, keçirgin,
Şu jazo meniki dorlari bilan.
Toğlar qizğanmaydi mendan özini,
Şu toğlar meniki qorlari bilan.
Men ham turibman-ku qatoringizda,
Şu qator meniki norlari bilan.
Özi eslatgaydir insonligimni,
Şu ğurur meniki orlari bilan.
* * *
Şu ekanmi bir kam dunyo,
Nayza bor-u kamonim yöq.
Yomonlardan yomon yorim,
Yonimda şu yomonim yöq.
Tökildim men şamollarda,
Uçirdilar, somonim yöq.
Tortişdilar tegirmonda,
Tortilmagan tomonim yöq.
Muhabbatda podşoman-u
Ammo biror farmonim yöq.
Oy yuzini bir körsaydim,
Armonim yöq, armonim yöq.
Alloh bilar kam-u köstim –
Imonim bor, gumonim yöq.
Bu işqimning savdosiga
Doş berguçi zamonim yöq…
* * *
Öxşar uçayotgan quşga bu dunyo,
Yo öxşar lahzalik tuşga bu dunyo.
Taşvişlar xaltasi qöltiğidadir,
Ketmoqdadir qaysi işga bu dunyo.
Qança bekatlardan töxtamay ötdi,
Qaygadir şoşgani şoşgan bu dunyo.
Bilaman, azobin içga yutadir,
Qöymoqda tişini tişga bu dunyo.
Qança siri bölsa, şunça yaşirin,
Aytmaydi, içidan pişgan bu dunyo.
Yoyilib yotar u barmoqlarimdek,
Aylansa yaxşiydi muştga bu dunyo.
Çanqagan savobning boğiga yetmay,
Gunoh qirğoğidan toşgan bu dunyo.
Sinovda topşirar neça bahoga,
Ikkigami yoki beşga bu dunyo.
Jilvasi bizlarni rom etgan sari,
Baʼzida haddidan oşgan bu dunyo.
Kiprik orasida omonatdir u,
Öxşaydi közdagi yoşga bu dunyo.
Men-ku öz holimni anglarman, ammo
Bilmayman, ne köyga tuşgan bu dunyo…
Şodi OTAMUROD
1978-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Soğinç ranglari” hamda bolalarga atalgan “Muloyim muşuk” nomli şeʼriy töplami naşr etilgan.
2021/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida