4 daqiqada öqiladi

256 marta körilgan

Oydin keçada

Ivan Bunin

Bu tuşmidi yoki menga röyo bölib körindimi?

Kuzning mungli tölin oyi ançadan beri kökda suzib yurganday, kun davomidagi mayda taşvişlar va yolğon-yaşiqlardan orom oladigan vaqt kirganday tuyuldi menga. Menimça, butun Parij, hatto eng çekkadagi ğarib kulbalar ham uyquga çömgan edi. Uzoq uxladim, uyqu meni juda sekin tark etdi. U xuddi öz işini qoyilmaqom bajargaçgina ketadigan kuyinçak döxtirga öxşardi. Bunday tabib bemor soğayib, köksini töldirib nafas olgaçgina, közlarini oçib, hayotga qaytiş quvonçi bilan kulib qaragaçgina, xotirjam böladi. Uyqudan uyğonganimda sokin va oydin tun çökkan edi.

Beşinçi qavatdagi xonamda sassiz qadam taşlab, derazalardan birining yoniga keldim. Ğira-şira yorişib turgan keng xonaga köz taşladim, söng derazaning ustki oynasidan oyga tikildim. U meni öz nurlariga çömdirdi, men esa uning yuziga uzoq termulib turdim. Yoğdular parda törlari orasidan ötib, xonadagi qoronğilikni biroz tarqatar edi. Bu tomondan oy körinmasdi. Lekin törtala oyna ham, ularning yon-atrofidagi narsalar ham yorişib turardi. Yoğdu oqiş-moviy va oqiş-kumuşrang deraza raxlari yonidan ötar, ularning qiyşiq va kulrang soyalari esa xiyol yorişib turgan kursi va örindiqlarga özini taşlagan edi. Eng çekka deraza yonidagi kursida men sevgan ayol ötirardi. Köylagi qizçalarnikiday oppoq, yuzi rangpar va çiroyli edi. U hozir ikkalamiz boşdan keçirgan va bizni köpinça ğazabga mindirib, murosasiz duşmanlarga aylantiradigan jamiki narsalardan toliqib ötirardi.

Bu keça uning ham uyqusi qoçgan. Nega?

Ayolimga qaraşdan qoçdim, yoniga bordim-da, deraza tokçasiga örnaşdim… Ha, vaqt allamahal bölgan – qarşimizdagi beş qavatli uyning butun devori zim-ziyo. Derazalari xuddi söqir közga öxşaydi. Pastga qaradim – köchaning tor va çuqur yölagi ham qoronği va kimsasiz. Butun şahar şunday. Xira nur soçayotgan oygina bir tomonga biroz qiyşayib, ğildirab boryapti, ammo tutunday yoyilgan bulutlar orasida harakatsizday körinadi. Şahar böylab birgina u uyğoq kezyapti. U töppa-töğri menga tikilib turibdi, biroz kemtilgan va şu sababdan ğamgin körinadi. Bulutlar uning oldidan tutunday suzib ötyapti. Oy yonida ular ança yoruğ edi, eriyotganga öxşardi, nariroqqa borib ança quyuqlaşdi, tomlarning çetiga yetganda esa butkul qora kiyib, zulmat bağriga singib ketdi…

Oydin tunni kuzatmaganimga ham ming yil bölgandi özi! Öylarim yana olis, deyarli unutilgan kuz keçalariga yöl oldi. Bunday keçalarni bolaligimda, örta Rossiyaning baland-past daştlarida körganman. Parijni xayolan tark etdim va butun Rossiya, yuksak osmon ostida yotgan ulkan keng­liklar bir lahza köz oldimda namoyon böldi. Ana – Boyköl dengizining tilloday tovlanib turgan sathi. Manavi bölsa – şarqqa tomon yorişib borayotgan zim-ziyo qarağay örmoni, bular esa – unda-bunda örmonlar, botqoqliklar, siyrak daraxtzorlar. Ulardan quyida janubga tomon bepoyon dalalar va tekisliklar çözilgan. Örmonlar orasidan yuz çaqirimlab ötgan temiryöl relslari oy nurida kuçsiz yaltiraydi. Yöl yoqasidagi uyqusiragan turfa rang çiroqlar közlarini pirpiratib, vatanimga tomon birin-ketin çopib borayotganday. Oldimda past-baland dalalar, ularning örtasida esa – zamindorning eski uyi. Nurab, tutday tökilay deb turgani oy nurida aniq körinadi… Nahotki bu bolaligimda xonamga möralagan, ösmirligimda yöldoş bölgan öşa oy bölsa? Hozir u omadsiz yoşligimni eslab men bilan dardlaşib turibdi, yoruğ tun bağrida menga ovunç bölyapti…

– Nega uxlamayapsan? – ayolimning juraʼtsiz tovuşi eşitildi.

Qaysarligimiz sabab uzoq davom etgan sukunatni birinçi bölib u buzdi, bu esa könglimda oğriqli bir qoniqiş hissini uyğotdi.

– Bilmadim… Özing-çi?

Yana uzoq jim qoldik. Oy tomlarga yaqin kelib qolgan, xonamizga öyçan tikilib turadi.

– Keçir, – dedim unga yaqinlaşib.

U javob bermadi va közlarini qöllari bilan berkitdi.

Men uning qöllarini közlaridan oldim. Yonoqlariga yoş dumalab tuşdi, kipriklari yoş bolanikiday titranib turardi. Ayolimning qarşisiga tiz çökib, bağriga yuzimni bosdim. Ikkovimiz ham sel bölib yiğladik.

– Nahot sen aybdor bölsang? – şivirladi ayolim. – Axir hammasiga men sababçimasmanmi?

Ayolimning közyoş yuvgan yuzlariga şodon va mungli tabassum yoyildi.

Men esa ikkalamiz aybdor ekanimizni aytdim. Çunki ikkalamiz ham baxt qasamini buzdik. Ayni damda biz yana bir-birimizni ötli muhab­bat bilan sevardik. Bunday hisni birga iztirob çekkan, birga yanglişgan, şu bilan birga, haqiqatning kamdan-kam uçraydigan lahzalarini ham birga qarşilaganlargina tuyişi mumkin.

Bizning baxtimizga xira tortgan, mungli oygina guvoh edi…

1899-yil

Ivan Bunin,

Nobel mukofoti sovrindori

1870-yili Voronejda tuğilgan.

Ilk kitobi “Şeʼrlar” 1891-yili “Oryol xabarnomasi” gazetasiga ilova sifatida naşr qilingan.

“Mitinning muhabbati” (1924), “Quyoş zarbi” (1925), “Kornet Yelagin işi” (1925), “Arsenyev hayoti” asarlari va “Qoronği xiyobonlar” hikoyalar turkumi maşhur.

1953-yili Parijda vafot etgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)