1 daqiqada öqiladi

139 marta körilgan

Hayot va xayol orasida

Tasvir va mantiq uyğun bölsa...

Şavkat Döstmuhammadning Toğay Murodga ixlosi balandligi kunday ravşan. Faqat uslubning (“bobomiz”, “momomiz” singari) özidagina emas, asargaça “yaşaş”da ham şuning nafasi keladi. Masalan, Toğay Murod “Otamdan qolgan dalalar”iga material yiğiş uçun dehqonlar hayotini örgangan, çigit yerga qadalgandan to hosil terib olingungaça zahmatini ular bilan yonma-yon, yelkama-yelka yurib, öz közi bilan körgan.

Muallifning kasb-kor ifodalarida qassoblikdan ozmi-köpmi xabardorligi (jonliqning oyoqlarini birlaştirib çandib, orqa oyoğining narigisidan arqon ötkazib, biqinidan itara solib arqonni tortib yiqitgani kabi örinlarda) yoki jarayonni bevosita kuzatganligi bilinadi. Bu esa tasvirning jonli çiqişida, şu orqali öquvçini hikoyaga olib kirişda ğoyat qöl keladi.

Ayni çoğda bobosi haqda hali yozilmagan, biroq xayolda kun sayin pişib yetilayotgan kitobini çiqariş uçun naşriyotga borgan yigit va boş muharrir dialogida ham obrazdagi sovuqqonlikni qassoblarga xoslikka yöydim. Biroq ayro olib qaralsa, bu suhbat kişiga eriş tuyuladi, yaʼni yöq kitobni çop etiş uçun boriş. Şu bois suhbatdan muddao kitob naşriga oşiqişdek körinib qolgan.

Hikoyada Ğaniqul özining telba-teskari olamida yaşaydi. Menga uning hayoti (qassobligi) emas, asar yozişga töliqib turgan yigitlik xayoloti köproq manzur keldi. Çunki Ğaniqul­ning xarakteri öşa olamda oydinlaş­yapti. Manzaralar yorqinroq çizilyapti. Unga qöşilib yozuvçi aurasi oçilyapti. Şunaqa damlarda erkin, zöriqmasdan yozyapti. Söz ham ravon öqilyapti. Hikoya ohangi yengillaşyapti. Biroq yigit xayoldan hayotga köçişi bilan ifodalar oğirlaşib, öquvçida istar-istamas sustlik paydo böladi. Bu xuddi tagiga öt qalangan qumğonni hadeganda oçib-yopib, oçib-yopib – “çoyning maromda qaynaşi”ni ortga surib yuborgandek hol.

Menga qolsa, yigit öşa “…öqiganda jumlalari ilmiliq suvdek mayin yutiladigan” hikoyasini yozsa, qiziqarliroq edi. Balki, şu kayfiyatda öqiganim uçundir, darçadan endi möraladim deganda yopib qöyişlar, hayot va xayol orasidagi sarosarlik Ğaniqul qatori öquvçi sifatida meni-da qiynab qöydi. Şu.

Akmal Jumamurod

2021/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)