3 daqiqada öqiladi

166 marta körilgan

Yaratganning nuridir ilm

Suvon Meli

Ilm hammaga ham nasib qilavermaydi. U Yaratgan tasarrufidagi bir nur bölib, asrlar ğuborida kömilganda ham bir kun kelib muttasil özini namoyon etadi. Mazkur hikoya boybobolarning böğiq muhitida unitilayozgan ilmning Ğaniqulday qassob çevara qalbida yana niş urişi haqidadir. Buxoro madrasasida tahsil olib, mudarrislik qilib, qişloğiga ikki otni mayib qilib, kitob ortib kelgan bobokalon şunday ilmning şonli timsolidir.

Ustozimiz, asli Surxondaryoning Çegara nomli qişloğidan bölgan Meli Xolyor­ning “Jallod gunohkorni söyadi, qassob begunohni” degan aforizmi bölardi. Hikoya “men”, yaʼni Ğaniqul tilida “ijro” etiladi, u ham asar qahramoni, ham hikoyaçi, roviy. Gap şundaki, asar boşida biz uni bir qiyofada, oxirida boşqa bir qiyofada köramiz. Hikoya şunday boşlanadi:

“Qişloğimiz mol yetiştiriş böyiça nom çiqardi.

Men esa qassobman”.

Bu yerdagi ikki tayanç söz, mol va qassob asar oxiriga kelib ramzlaşadi, ayniqsa, “mol”. Va yana “qassob” ham. Odatda, qassob molni söyadi, uning kasb-kori şunday.

Hikoya yuqorida oydinlaşganidek, “men” tilidan bayon qilinar ekan, unda yoş qalbga singib borayotgan qassobiy şuur – “Şor hökizning poyimda tipirçilab, iltijoli tikilayotgan yoşli közlaridan axtaraman gözallikni”, – deyarli butun hikoya davomida yetakçilik qiladi. Oxiriga kelibgina bunday patologik sezgidan qutuladi, qutulganday böladi boş qahramon. Qalbida uyğonib, eʼzozlab bir ilmi mollarça bepsandlik bilan haqorat qilinganda – “Poyimda böğzidan qon saçrab xirillab yotgan şörlikka pişqirgança termilarkanman, xayolimda bir öy çaqmoqdek bölib ötdi: “Ölimda heç qanday gözallik yöq” (tasvirlar bizniki  – S.M.)

Asarning badiiy vujudi uşbu oraliqda, mollik va qassoblikni tark etib, uluğ Bobokalon maʼnaviy olami tomon siljiş tarzida barpo böladi.

Sezib turibman, agar fikriy yönaliş şu tarzda ketadigan bölsa, hikoyadan kattaroq bir maqola paydo bölişi tayin. Asar şunga arziydi ham. Lekin gapni qisqa qiladigan bölsak, hikoyada uç tayanç qahramon bor  – Ğaniqul, uning amakisi – bobosi Boybova, bobosining otasi (bir yerda “bobomning bobosi”  deyilgandi, bu mazmunga mos kelmaydi). Yaratgan ilm yuqtirgan uluğ bobokalon. Lekin hikoyaning maʼnaviy-ruhoniy markazi esa – uluğ Bobokalondir. Agar avlod vakillaridan kimgadir şu uluğ zotdan nimadir ötgan bölsa, bu Ğaniquldir. Lekin u ham dam u tomon, dam bu tomon çayqalib turadi. Çayqalişda uluğ Bobokalon ruhi ğolib keladi. Şunday bölmaganda hikoya yozilmasdi, uning hozirgi ruhoniy quvvati bu qadarli bölmasdi ham.

Yoş adib uslubiy rang-baranglikni örinli işlatadi. Bir yerda hayotiy-ramziy manzaralar yaratsa, bir joyda oddiy bayon uslubini (bu ham tejamli bayon) qöllaydi. Bir joyda esa buyruq-istak mayli (-sin) iştirokida ohorli tasvir yaratadi. Tuş motivi ham umumiy ğoyaga uzukka köz qöygandek mos tuşadi.

Tasavvur haqidagi kitobda yozilişiça, “Ramzlar – narsalar tabiatida yaşiringan mavjudlikdir” (Лале Бахтиёр, Суфий: образи мистического поиска). Hikoyada aksar örinlarda muayyan söz va tasavvurlar öz voqeiy mazmunini pişirgan holda, ramzlaşadi. Bu yoş muallifning badiiy tasvirlaridan dalolat.

Ayrim tahrirtalab örinlar hikoyada tasvir va voqealar uç yulduz (***) bilan ajratilgan. Bu, nazarimda, yalpi tasavvurni tarqoqlaştiradi. Ular örniga raqam qöygan maʼqul. Hikoya oxiridagi “çerdak” sözi örniga asli özimizniki bölgan “Çordoq”ni qöllaş lozim. Sönggi gapdagi “aynan” sözi asar uslubini buzmoqda, uni olib taşlaş yoki uning oldidagi “ha”ni ikkilantirmoq  (“ha-ha”) kerak böladi.

Yana bir mulohaza. Mazkur hikoya yirik bir asar, balki epopeyalik ilm çizmalariga öxşaydi.  Yoş adibda şunga loyiq potensial bor, nazarimda.

Asar sarlavhasidagi Boybova bolalari bir kun kelib, uluğ Bobokalon bolala­riga aylanişiga umid tuğiladi. Hadeb mol-mulk deb yaşaş Tangri möjizasi bölmiş inson uçun nojoiz-ku, axir.

Xulosa qilib aytganda, nisbatan kiçik maydonda şunça maʼno va mazmun jamlagan yoş adibga balli!

Suvon MELI,

filologiya fanlari doktori

2021/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)