* * *
Örgimçak töriga ilingan oyni
barmoğin uçida öynab teraklar,
nogahon bulutga tegib ketdimi –
tomçilar avjlandi yerni çertmaklab.
Derazani yopgan bir siqim nurpöş –
gullagan pardalar çetga surildi.
Qaradim, yomğirga urildi yoğdu,
ehtimol, yoğduga yomğir urildi.
Qaradim oqşomning tub-tublariga,
yurakda uyğondi yoqimli azob.
Bilaman, allakim maktublariga
javoban qalbimni tuş körar şu tob.
Bilaman, kimningdir yomğiriman men,
körgan-u tanimay ötgan balki-da…
Bilaman, deraza yonida har yil
olça gul yozadi bösa şaklida.
* * *
Xiyobonda surat çizar musavvir,
Ham suyuk maşğulot, ham baharnav pul.
Sokin ötar edi sidirğa kunlar,
Grafika uzra ungunça bir gul.
U gul ötirarkan röbarösida,
Layli kokillari qalamdan qoçib,
Bexabar, kulgiçin piyolasida
Sayyod közlarga işq yubordi soçib.
Termilib va bundan xijolat bölib
Çizarkan, qoğozday titrardi qalbi.
Közlarni, qoşlarni töqirdi mayin,
Qalam – barmoqlarin birovi kabi.
Surat bitdi, afsus…
Mamnun kulimsib
Pulin uzatdi gul, jim oldi mahzun.
Şunday savdo böldi – kim pulga surat,
Kim suratga oldi barmoqlar hidin.
Gul ketdi, suratin kötarib xurram,
Ortidan intizor qoldi bir surat.
Harir etaklarin nasimlaridan
Gurillab-gurillab yondi muhabbat.
Kunlar ötayotir hanuz sidirğa,
Yillar çiğanoği içra mitti sir –
Xiyobonda işlar, körib qolay deb
Qalbiga çizilgan gulni musavvir.
Hol
Erka çamanlarin qizğandi taqdir,
Toşlar orasidan turtib çiqdim men.
Kiftlari botsa ham zalvorli, çaqir,
Ğovmas, suyançimday tutib çiqdim men.
Odamlar çeçaklar saralay ötdi,
Garçi Allohimdan ravo edim men –
Körimsiz gul edim, qaramay ötdi,
Balki, xuşböy, balki, davo edim men!
* * *
“Sen közyoş bölsang
Yöqotmaslik uçun
Yiğlamayman mangu”
Degan edi u.
Bu köçirma gap yuragimga
Köçmas bölib örnaşgan edi.
Öğrilangan sovğasi biram yoqimli edi
Yuragim öğrisining.
Bir kun u
Kötarib keldi muhabbatimizga
Özgani…
Bilaman-ku, bir kiprik tolasida
Turmas ikki tomçi
(kiprikda tutiş
doim ham avaylabdan emas,
Ataylabdan ekan, ataylab!)
Taqdirimga tilxat berdim öşa kun,
Berib bardoş:
“Uni tark etdim öz ixtiyorim bilan
Men – bir tomçi közyoş…”
* * *
Çeksiz, taşvişlarday çeksiz koinot,
Va uning içida kurrai zamin.
Va uning içida bir odamobod,
Va uning içida bir uy bor rangin.
Va uning içida bir ayol uxlar,
Va uning içida bir köngil uyğoq.
Va uning içida bir sevgi töla,
Va uning içida bir ism mutloq.
Va uning içida… heç kimsizlik bor,
Egasi yöq ism, taşlandi ism.
Oylab taqib yurib, yeçolmay, noçor
Hanuz taqib yurgan uzukday asrandi ism…
Bağrini quçoqlab uxlaydi ayol,
Uyning közyoşiday titrab qöyar u.
Baxtdan qörqar, domga, çöqqa yöyar u,
Özi aybdor, hanuz Uni suyar u…
Çeksiz, kutişlarday çeksiz koinot
Içra yaşar ekan şunday mungluğlar,
Sevaman deyişga haqqingiz bormi?
Sevildim deyişga haqqingiz bormi? –
Ismidan boşqa heç narsasi yöqlar?
* * *
Daraxtlarni surib qarar çiroqlar,
Sanayman: oq, qizil, sariq, zangori…
Orqa örindiqda ötiribman jim,
Qalqinib bir tomçi közyoş singari.
Bilaman, köplarning yiğilariman,
Undan ham köplarga heç kimman biroq.
Sanayman: oq, qizil, sariq, zangori…
Könglim… könglimda heç yonmaydi çiroq.
Ajab, tiriklikni sezdiradi dard,
Baxt – orada malham kabi totganim.
Xijolat bölaman, eriş tuyular
Özimni sal köproq öylayotganim…
Iroda Umarova
1987-yili tuğilgan.
Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika unstitutining Sanʼat fakultetini tamomlagan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida