– Bobojon, nimaga odamlar bu yerga köp kelişadi?
– Uluğ avliyo yotibdi-da.
– Huv anavi yerda-çi?
– Bilmayman… Tirikligida betayin bir odam bölgandirki, qarovsiz qolgan.
– Siz unga qaramaysizmi?
– U yerga qaraganim uçun menga haq berişmaydi-da, bolam!
Çol va nabira suhbatidan
Dunyo hali navjuvon çoğlarida…
Hali odamzodning tangri huzurida martabasi baland vaqtlarda…
Dunyo ularniki edi!
* * *
Bosqin-u hujumlardan saqlaniş uçun tez-tez qöngan joylarini özgartirib turadigan ota-bobolari neça-neça kunlar, oylar yura-yura, hali u yerda, hali bu yerda nafas rostlab, tin olib, daryo misol soylardan, boşidan qor arimas dovonlardan, soya nimaligini bilmaydigan sahrolar-u sarhadsiz vodiylardan ötib, nihoyat, yuksalgan boşi qorli, köksi örmonli, etaklari yam-yaşil baland çöqqili toğlar, quyiroği tekislig-u köz yetgunça yaşil maysazorlar, zilol oqar suvdan iborat bir manzilga yetganlarida ulovlaridan tuşib, “kunbotar bilan kunçiqarning eng tinç yeri şu yer bölsa kerak”, deb uşbu joyni özlariga makon aylab, ötov tikkan, öçoq qurgan, tub qöygan, palak otgan va yaşab turgan yerlarining tabiatidan kelib çiqib, u yerni Jibakdara deb atagan. Keyin hayot quvlay-quvlay şunday joylarga keltirganidan şukronalar qilib, yana özlarining yemak-içmaklari, ekin-tikinlari-yu tirikçiliklari bilan andarmon bölişgan, lekin har tong ötovlaridan çiqqanlarida kötarilib kelayotgan quyoşga taʼzim qilişni va “Biz kelib-ketaveramiz, ammo sen qolasan”, deyişni unutmaganlar.
Oqar suvi möl, tuproği serunum bölgan Jibakdarada yillar barokatli kelgan, xalq yöqçilikni bilmay, suruv-suruv qöylar-u yilqilari yaylovlarga siğmay yaşagan. Köklam kelganini suyunçilab bodom gullagan, ungurlarda suv jildirab, qurt-qumursqalar örmalab qolgan kunlarda barçalari kökalamzor adirga çiqib keça va kunduz tenglaşgan kunni bayram qilişgan.
* * *
Asta-sekin Jibakdara eniga ham, böyiga ham kengaydi, bora-bora oqar suvning bir tarafi şaharga aylandi, ot ustidan yerga tuşgan, tuproqqa mehr qöygan, ötroq yaşaşga örgangan odamlar endi loydan, paxsadan uylar, mehmonxonalar va karvonsaroylar qurişdi. Gavjum bozorlar, kulollar, zargarlar, aravasozlar mahallasi paydo böldi. Avval qöni-qöşnilar bilan oldi-berdi qilişdi, keyinroq ança olislarga-da qöl uzata boşlaşdi. Xullas, ötroqlaşuvning yangiça gurkiragan hayoti boşlangan edi. Oqar suvning berigi tomonidagi toğ bağirlagan ovul odamlari esa qadimgiday quyoşga qöşni tutingança otlari-yu qöy suruvlarini köpaytirib, ekin-tikinçilik qilib yaşayverdilar.
* * *
Kentga endi dunyoning har joyidan ularning gullab-yaşnagan boğ-roğlari-yu uzumzorlarida ğarq pişgan mevalariga, temirçilik ustaxonalarida yasalgan qurol-yaroq, temir hamda misdan yasalgan asbob-uskunalariga, egar-jabduqlar-u boşqa mahsulotlariga xaridorlar kela boşlagandi, ayniqsa, katta yöldan ötadigan yölovçilar uçun boşpana beruvçi karvonsaroylari tilga tuşgan edi. Vaholanki, öşa paytlarda vaqt ğildiragi kabi tin bilmasdan, dunyoning u çekkasidan bu çekkasiga, bu çekkasidan u çekkasiga qatnaydigan, gözal begoyimlar egniga zeb beruvçi ipag-u adras, xonzodalar jamolini aks ettirguvçi xitoyi kumuş közgular bilan birga köproq fikr, tasavvur, bilim va maʼlumot taşiydigan oğir-oğir karvon egalarini oziq-ovqat, körpa-töşak, ot-ulovlarini esa yem-xaşak bilan taʼminlaş uçun bunday qönoqxonalar suv bilan havodek zarur edi. Karvonsaroylarda işlar şunday taşkil qilingan ediki, keluvçilar boşlarida bir tovoq tilla bilan yursalar ham, ularga heç kim daxl qila olmasdilar.
Yer yuzini yel kabi kezib yuradigan qisiq közli sayyohlar kentning ekin-tikinli dalalariga, qirmizi olma, tillarang örik, yurak qoniday qip-qizil anor, nonday yumşoq behi, sersuv şaftoli, asalday nok, sara yonğoq va bodom, şirasi tilni yoradigan uzumzor-u boğlariga havas bilan tikilar, şirin-şakar mevalar ğarq pişib yotgan boğlar közlariga göyoki Boği Eram bölib tuyulganidan oğizlarining tanobi qoçib, “Hammasi ajoyib! Hammasi zör!” deya tamşangança bu yerlarda yanada köproq ivirsib yurişga, yanada köproq narsa olib ketişga harakat qilardilar.
* * *
Boylik orttirgan, möl-kölçilikka erişgan kentlik qavm haşamga berildi, baland paxsa supalar ustiga köşklar, atrofi mustahkam devorlar bilan öralgan qörğonlar, mukammal istehkomga ega haşamatli qasrlar qurişdi. Elni himoyalamoq, pana-pasqamda pusib tiş qayrab turgan içki va taşqi raqiblardan asramoq niyatida şahar atrofini qalin devorlar bilan öradi. Endi u yerni Qalʼaça deb atay boşladilar.
Endi Jibakdara bilan Qalʼaçani bir-biriga boğlab turuvçi birgina köprik qolgandi, bu köprik tomiri bir elning ming yillik urf-odatlari, anʼanalari edi. Şu anʼanalar ostida bir-biridan qiz olib, qiz berişar, bir-birini mehmon qilar, mol-hollarini asraşar, bozor-mozorini ayri qilmasdi.
Ammo vaqt ötgan sari oqar suvli yerga bir ulus bölib kelgan yaylovdagilar bilan kentliklar bir-biridan uzoqlaşdi, turmuşlari bilan feʼl-atvorlari va tillari ham özgardi, sipoyilaşdi. Eski yurtlaridagi xotiralarini unutişdi. Kentliklar köproq tökin-soçinlikka, boylikka berilganidan odamlar orasida yaxşi yaşaşni, hisob-kitobni bilmaydigan kambağallar, xizmatçilar degan bir qavm ham paydo böldi. Boylar ularni ezib işlatadigan böldi. Boylar ularga qiz bermaydigan böldi. Boylar hatto jibakdaraliklar bilan ham öylaşib muomala qiladigan, öylaşib quda-anda böladigan bölib qoldi.
* * *
Goh-gohida odamlarning diliga ğulğula solib hali u yerda, hali bu yerda qöqqisdan uruş boşlanib qolardi. Uruğ-aymoqlar örtasida qisqa, ammo şafqatsiz janglar bölib ötar, bir oy yoki bir neça yillarga çözilgan uruşlarda goh bu taraf, goh u taraf ğolib bölar, şunda biri ikkinçisiga xöjayinçilik qilib, ölpon talab qilar, yerini egallab olar, gohida esa heç gapdan heç gap yöq, hamma öz-özi bilan andarmon bölib qolardi. Heç biri özaro kelişiş, birlaşiş haqida oğiz oçmasdi. Köp ötmay yana bir oddiy tortişuv yoki janjaldan çiqqan ğalayon ana-mana bostirildi deganda, ikkinçisi boşlanar, odamlar aqldan ozganday, qilayotgan telba-teskari işlarini töğri va tabiiy deb öylaşganidan uruşlar tinim bilmay qolar, keyin yana heç narsa yuz bermaganday hayot öz izmida davom etardi. Har bir uruğboşi, har bir sarkor öz-öziga hukmdor, köhna zamin uzra kötarilgan quyoş esa bularning qay biriga nur soçişni bilmay ovora edi.
Katta yöldan zalvorli yuklar ortilgan tuya karvonlari hamişagiday vazmin borib kelardi.
* * *
Jibakdaralik Yaxşiboy temirçining öğli Boytemir ötgan yili kuraşçi dösti Köçar polvon bilan Qötirbuloqdagi Yilboşi saylida ötkazilgan çavandozlar musobaqasidan ğolib bölib qaytayotganida qarşisidan beş-olti qiz qurşovida kelayotgan, boşiga binafşa-yu erbahodan gulçambar taqqan, yenglari keng, yelkasi tor, tovonigaça tuşadigan uzun şoyi köylakli qiz uning diqqatini tortdi. Qizlar yaqin kelganida yigit ular orasidagi pariruxsordan közini uzolmay qoldi. Xuşbiçim peşona, quyuq, qiyğos qoşlar, şöxçan qora közlar yigitning nigohini sehrlab qöygandi. Qiz ön yetti-ön sakkiz yoşlarda edi.
Ğalaba naşidasidan sarmast, havolangan yigit otidan sakrab tuşdi-da, dadillik bilan qizga gap otdi.
– Oting ne, hoy qiz?
Söng yöl ustida barq urib turgan sarğaldoqni şart uzib qizga uzatdi.
Özini yöqotib qöygan qiz beixtiyor gulni oldi, lekin keyin birdan oq yuzi duv qizarib ketdi-yu, sarğaldoqni yerga taşlab yubordi. Zum ötmay qilgan işidan afsuslanganday egilib yerdan gulni olmoqçi böldi. Dugonalari bir nimalar deb çuvillaşdi, qörqib ketgan qiz gulga ham, kutilmaganda qarşisidan çiqqan öktam çavandoz yigitga ham qaramay yugurib ketdi.
El-ulus har yili orziqib kutadigan, har bir kimsaning öz niyati, umidi bilan boğliq bayram saylida minglab ulovli-yu ulovsiz, boy-u kambağal odamlar emas, fariştalar iştirok etayotganday, butun yaylov rang-barang lolaqizğaldoq bilan qoplanganday tuyildi yigitga şu kuni.
Qizning ismi Oyçeçak edi. Kentlik Şodmon savdogarning kenja qizi. Yuragiga öt tuşib, majnundek tentirab qolgan yigit bir muddat şahardan beri kelmay qöydi. Ustaxonadagi işi ham esidan çiqdi. Keksa, töşakka mixlanib qolgan kasalmand otasidan gap eşitgani sayin, şaharga borgisi, qizni körgisi, u bilan gaplaşgisi kelaverardi. Kunlarning birida atrofi paxsa devor bilan öralgan Şodmon savdogarning boği atrofida aylanib yura-yura, özini maftun qilgan, qöl-oyoğini boğlagan, kuydirib kul qilgan, şahardan keta olmaydigan qilib qöygan boy qizini ming bir qiyinçiliklar bilan uçratişga muyassar böldi. Qiz boğ çetidan oqib ötuvçi ariqdan suv olgani çiqqan edi. Yigit gapni çözib ötirmay könglida borini oçiq aytdi.
– Seni körmasam turolmaydigan bölib qoldim, hoy qiz…
Oyçeçak seskanib ketganday böldi. Qora közlari yanada kattalaşdi. Keyin boşini xam qilarkan, ovozi zörğa çiqdi.
– Unday bölsa… sörattiring…
Qiz şunday dedi-yu, ğoyib böldi.
“Unday bölsa sörattiring…”
Bu rizolik alomati edi. Demak, uning ham köngli bor ekan. Öşa kunni, sayilni eslab qolgan ekan-da… Yigit qanot boğlab qişloğiga uçdi. Töğri otasining oldiga kirdi. Keça-yu kunduz el kori uçun olov purkab temir toblab, öq, nayza, qalqon va qiliç yasagan Yaxşiboy temirçi ayni damda ösal yotardi.
– Ota… – deganini biladi Yaxşiboy temirçi sönggi bor hiq etdi-yu, joni uzildi.
Beş yil oldin onasi olamdan ötgan edi. Ikki singlisi allaqaçon uyli-joyli bölib ketgan, onda-sonda kelib turişardi.
Boytemir yolğiz qoldi. Özi otadan yolğiz yigit edi. Endi çin yolğizga aylandi. Lekin u öt-olov edi. Ğururli edi. Körguliklar uni sindirolmadi. Otasining maʼrakasi ötganidan keyin bosolqa dösti Köçarning otasi Qunduz merganning oldiga bordi. Şunday, şunday, men Şodmon savdogarning qizi bilan vaʼdalaşib qöyganman, otam örniga ota bölib sovçilikka borsangiz, dedi. Qunduz mergan ham taysallamadi, şaharga bordi, elçilik qildi, lekin… merganligi iş bermay, otgan paykonlari Şodmon savdogarning köngliga yetib bormadi çoği, tarvuzi qöltiğidan tuşib qaytdi.
– Qizi hali yoş emiş, piça öynab-kulib yursin emiş, – dedi u umid dunyosida közlari çaqnab turgan yigitning yuziga tik qaray olmay.
Har qalay butunlay rad javobi berişmabdi-ku. Boytemirning köngli taskin topdi.
Keyin bir ilojini qilib qiz bilan yana körişdi. Qiz bu gal ança oçiq gaplaşdi. Unda köngli borligini, beklardan, boylardan kelayotgan sovçilarga bir ovozdan yöq deb turganini aytdi. Bular yigit könglidagi umid uçqunini olovlantirib yubordi. Qişloqqa qayta solib Mergan oğaga uçraşdi, uni yana elçilikka qistadi. Ötgan safar yigitning oğzidan çiqişi bilan şaharga yörtib ketgan Qunduz mergan bu gal negadir özini taroziga soldi. Işlari köpligini bahona qildi. Boytemir hayron, dardini jörasi Köçar polvonga aytadi, u ham quloq qoqmay gapini eşitadi-yu, biror jöyali bir narsa demaydi. Özi allaqaçon uylangan, farzand ham körgan-da, böydoqlarning ahvolini tuşunmaydi. Ammo Boytemir ham tutgan yeridan kesadiganlardan emasmi, ertami-keçmi demasdan Qunduz merganning oldiga boş egib boraverdi, boraverdi. Oxiri Qunduz mergan yigitning yuzidan ötolmay yana şaharga yöl oldi-yu, bir oş pişgulik vaqt ötmasdan avvalgidan-da dilgirroq bölib qaytdi. Öziga muştoq tikilgan yigitga javoban “Qizlari haliyam yoş emiş”, deya minğirlaşdan nariga ötmay yerga tikilgança ötiraverdi. Boytemir mergan oğasi oçiq gapirmaganini, nimanidir sir tutganini sezganday boşini çayqadi, ortiq heç narsa söramadi, keyin xayr-xöşniyam nasiya qilib şoşilgança çiqib ketdi. Qunduz mergan şundan keyingina yerdan boş kötarib öğli Köçardan: “Sening aqling butun mendan köra, ayt-çi, öğlim, bizlardan tezak hidi keladimi?” deb söradi.
Şu orada Şodmon savdogar “hali yoş…” qizini şahar hokimining öğliga turmuşga berdi. Tuşunarli… Endi hammasi tuşunarli…
Şu-şu Boytemir şaharga ham, saylga ham bormay qöydi.
Yigit ustaxonadan deyarli çiqmasdi. Içkaridan bolğaning sandondagi temirga urilgan ovozi eşitilardi-yu, özini heç kim körmasdi: taq-tuq, taq-tuq!
Yaxşiboy temirçidan keyin ustaxona böş qolmadi deya hamqişloqlar quvondi. Zero, öşa vaqtlarda temirçilar nufuzli kişilardan bölib, el-ulus hurmatida bölardi. Hatto vaqti-vaqti bilan şahar, rustoq akobirlari-da ularga ziyofat berib, köngillarini olib turardi. Evaziga temirçilar keça-yu kunduz demasdan hokimliklar qöşiniga ötkir qiliç, oybolta va boşqa jang qurollarini yasab berardilar.
Ammo kunlarning birida bolğa ovozi tinib, Boytemir közdan ğoyib böldi. Ikki-uç kun ötsa-da qorasi körinmay qolganidan xavotirlangan Qunduz mergan taniş-bilişlari orqali uni suriştirdi. Birov u dedi, birov bu… Ustaxona yonida yolğiz nabirasi bilan yaşaydigan kampirning aytişiça, uç-tört kun oldin keçasi allamahalda Boytemirni bellarida qiliçlari bölgan qurolli ikki kişi bilan kimsa köziga ilaşişdan çöçiganday sas çiqarmasdan şoşib ketayotganini körib qolganmiş. Bir hafta ötib öğli Köçar ham köçaga çiqib ketdi-yu, qaytib kelmadi.
Biror yilça ikkisi ham oybotganday bölib ketdi.
(Davomini jurnalimizning 2021-yil 8-sonidan öqiysiz)
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


