15 daqiqada öqiladi

273 marta körilgan

Nimadir yöqoldi… (Hikoya)

Jasur Kengboyev

– Öğlingga ayt, uxlaganidan keyin özi karavotiga çiqib yotsin! Söloqmonday bolani kötariş yoqmay turibdi…

Nazarali uyqu aralaş gapirindi. Xotini “piq” etib kulib yubordi.

– Uyğoqligida karavotiga özi çiqib yotolmagan gödak uxlaganida qanday çiqadi?

– Boşimni qotirma, men majlisdaman… – dedi Nazarali yana ğudranib…

Xotini hayron: bu odamga nima bölgan? Kuni bilan xayoli parişon yurdi, gap-sözidan maʼni qoçgan. Öngidami-huşidami – bilib bölmaydi. Çol bilan ğidi-bidi aytişganidan beri şu ahvol. Esiyam kirdi-çiqdi. Dorixonadan örtançasining içketarini töxtatadigan hapdori olib keling deb tayinlasa, bozorga borib, giyohfuruşdan allaqanday gijja dori kötarib keldi. Tört tom naridagi hamsoyanikiga maʼrakaga qiçqirib kelişganini aytsa, adirga – xöroz uriştirgani ketibdi.

Ayoli labini tişlagança, birpas eriga tikilib turdi. Söng uyqusi qattiq bolani inqillagança kötarib, joyiga yotqizdi.

Dasturxonni yiğiştirib, ovqatdan qolgan suyaklarni yaloqqa tökdi. “Bobik, bobik” deya itni çaqirdi. Doim nişxörd isini olsa, likonglab keladigan itdan darak bölmadi.

“Tavba, it ham yöğ-a. Qayerlarda sanğib yuribdi ekan…”

Ayoli qoronği hovli burçaklariga qaray-qaray qaytib kirdi.

Tuni bilan Nazarali alahsirab çiqdi.

Nuqul: “Keçiring, ota, keçiring…” – deydi xirillab.

Xotinini tok urganday böldi. Miyasiga yarq etib kelgan fikrdan qörqib ketdi: “Tavba, işqilib, çol topilsin… Bölmasa…”

Ayol qörqqaniça bor edi. Ikki kunki, Nurmat ota yöq. Bolalari avvaliga otamiz arazladi, deb indaşmadi. Onasining vafotidan söng yolğizlikdanmi, ança özgarib qolgan, injiqligi tutganda, dunyoni boşiga kötaradi.

… Öşa kuni ertalab otasining xomuş bölib hovlida kuymalanib yurganini sezdi. Yuz-qölini yuva turib avvaliga könglida höv bolalik paytlaridagi kabi hayiqişga öxşaş narsa paydo böldi, keyin esa özidan-özi ğijinib “yoş bolamanmi endi” deb yuzini çetga burdi. Lekin sezdirmaslikka harakat qildi, yoniga borib salom berdi. Otasi alik olgaç, bepisandroq ohangda söradi:

– Tinçlikmi, ota?

– Tinçlik, tinçlik. Faqat… Bolam, bir narsani aytsam, könglingga olma. Bir hovlida yaşaganimiz bilan xuddi dunyoning ikki çekkasida kun körayotgandekmiz, – dedi Nurmat ota xomtok qila turib.

“Obbo”, – dedi Nazarali içida bir ğijinişga öxşaş tuyğu bilan, keyin esa özi bilmagan holda boşini keskin bir siltab, otasiga tikildi.

– Ota! – dedi dağal bir tovuşda. – Nima qil deysiz, nega bunday deyapsiz?

– E, qiziqsan-da, men senga nimani ham qil deb aytardim? – qölidagi tokqayçini söriga qöyar ekan, siniq jilmaydi ota. – Özing bir öylab kör, men şu törtta molning orqasidan kunimni daştda ötkazyapman. Keç kelib, seni heç bir körmayman. Hali töyda, hali u yerda… Ertalab turib ham men bilan biron marta holing qanday demaysan…

– Ota, men ham öynab yurganim yöq. Şu tirikçilikni deb tinim bilmayman. Bu yoqda nevaralaringiz ham katta bölib qoldi…

– Eh, bolam, bolam, qizişma, – dedi otasi negadir uning yuziga qaramasdan osmonga tikilgança. – Keça onang rahmatli tuşimga kiribdi. Negadir bezovta… Rahmatli özi bilan mehr-oqibatniyam olib ketganga öxşaydi.

Onasini eslab, Nazaralining ham köngli birdan yumşadi, otasini quçoqlab olgisi keldi. Ammo… Ammo, içidagi öjarlik bunga yöl bermadi.

– Sizga özi nima yetişmayapti, ota? – dedi birdaniga avzoyi özgarib. – Non-çoyingizdan kamçilik bölmasa, ust-boşingiz yuvilgan bölsa… Ha, bitta mening sizdan hol-ahvol söramaganim şunçalik oğir botyaptimi?

Otasi indamadi, munğaygan bir qiyofada oğilxona tarafga yurib ketdi. Nazarali uning orqasidan bir muddat qarab turdi, keyin esa içini kemirayotgan şaytoniy vasvasaga yana berildi: “Bu kişi uçun kenjasidan boşqa bolasi odam emas. E… Odam qarisa, gödak bölib qoladi, degani çin ekan. Otam ham gödakka öxşab, minğir-sinğir qilaveradi. Ha, mayli, öziga kelib qolar”.

“Hammasiga özim aybdorman, – deya öyladi Nurmat ota. – Rözğor, iş deb yurib, vaqtida tarbiyasiga qaramadim. Öylovsiz, berahm çiqdi. Öğlim uçun men bir podaçiga aylandim. Bir piyola çoy içib keting, deyiş ham xayoliga kelmadi-ya…”

Nurmat ota şunday alamli öylar bilan tuz totmasdan eşagini töqimlab, quşirilgan oğil eşigini oçdi.

… Öşa kuni namozşom payti daştdan podaning özi qaytdi. Mollarning ortidan çol minib yuradigan qora hangi quloği şalpayib, şalvirab kirib keldi. Egar-jabduği qiyşaygan, böşagan ayil tagidan töqimi osilib yotibdi.

Öğillarning köngliga ğulğula tuşdi. Bir-biriga tikilib, boşlari gangib qolişdi.

– Otam qayerda qoldi ekan? – deya söradi kenja öğil Sanjar.

– Bilmayman… – tönğilladi tönğiç öğil Nazarali.

– Yo araz urdimikan?

– Men qayerdan bilay?..

– Xudo saqlasin-u, biror kor-hol böldimikan? – dedi örtança öğil Normat bezovtalanib. – Izlasak-çi, aka?

Öğillar maslahat soldi. Katta öğil otani qidirmasdan, kutişni maslahat berdi.

– Nega qidirmas ekanmiz? – deya tutoqib ketdi kenja. – Otam kelmasa, uyda qanday çida-a-ab ötiramiz?

– Otam yoş bola emas, – dedi Nazarali asabiylaşib. – Keladi-da. Qayergayam borardi. Qolaversa, arazlaydigan nima yomon iş qildik biz? Ertalab bekordan-bekorga urişdi özi. Indamadik-ku…

– Baribir-da, aka. Sizlarni bilmadim-u, men otamni izlab kelaman…

Nurmat ota ham, rahmatli ayoli ham, mehribon bölgani uçunmi, kenjani köproq suyib, unga boşqaça qaraşar edi.

Kenja öğil kattalarning gapiga quloq solmadi. Adir tomon ketdi. Yöl böyi podadan qaytayotgan çöpon-çöliqlar uçradi. Ulardan otani söray olmadi. Eşitgan quloq malomat qiladi, elga gap oralaydi, deb öyladi…

U yoği adir adoğigaça, bu yoği Kemtik kanaligaça bordi. Otaning qorasiyam körinmadi.

Suruvga qöşilib ketmasligi uçun qişloq odamlari molini beriroqda – adir etaklarida boqardi. Öt-xaşak kamaygan paytlardagina mollarni kanaldan suv keçtirib, olisroqlarga haydab ketişardi. Kenja otaning uzoqlarga ketib qolmaganiga işondi.

Ğira-şira bölsa-da, qölini manglayiga soyabon qilgança, uzoq-uzoqlarga tikildi. Daştda ora-sira ötlab yurgan uşoq mollar körinadi, onda-sonda öyinga andarmon bölib, keç qolgan eşakli çöpon bolalarning qiyqiriği quloqqa çalinadi. Yengilgina mayin şamol esadi.

Poyu piyoda yuraverib, kenjaning tinkasi quridi. Tomoği qaqradi. Çöpon bolalardan suv olib içdi. Noiloj yurak yutib otasini söradi. Bolalar çolni bugun emas, keça körişganini, eşagini yetaklab, podani qayirib yurganini, ammo salom berişsa, alik olmaganini aytişdi.

Kenjaning bezovtaligi ortdi.

Bir tomondan otani izlab topolmayotganidan yuragi siqilsa, ikkinçi tomondan padarining nega arazlagani, kimdan xafa bölgani va nima uçun uyga qaytmaganini öylab öyiga yetolmayotgani ğaşligini badtar orttirdi.

Otasi arazlagan bölsa-ku mayli, arazi tarqasa, hammasi iz-iziga tuşib ketar. Ammo biror kor-hol yuz bergan bölsa-çi? Eşak bekordan-bekorga özi kelmaydi-ku. Poda ham egasiz qaytdi. Nurmat ota heç qaçon molning özini qöyib yubormagan edi.

Otasi endi uyga qaytmasa-çi? Odamlar nima deydi?

“E, – deya öyladi kenja, – odamlarning gapi bilan nima işimiz bor. Otam topilsa böldi. Lekin topilmasa-çi? Xudo körsatmasin-u… Yöq-yöq, unday bölmasin. Biz unda kim degan odam bölamiz? Odamlar çolni bolalari xarob qildi demaydimi? Keksaygan çoğida boşiga kötarib, uyginasida parvarişlab ötiriş örniga yetmiş yoşdan oşgan odamga mol boqtirib qöydi, mana endi… deb malomat qilmaydimi? Eng yomoni, çöpon ota öz uyi – ölan töşagida emas, daştda ölib qolibdi, deyişmaydimi…”

Kenjani ter bosdi. Xayol bilan bölib uzoq yurib qöygan ekan, biyday daştda yolğiz özi qolibdi. Atrof-javonibda heç zoğ körinmaydi. Qişloq ham olisdan xuddi oq qoğozga tekkan qora nuqtadek xira tortib qoldi.

Otadan esa darak yöq. Endi nima böladi? Qanday topadi?

Kenjaning xörligi keldi.

– Ota-a-a?! – deya qölini karnay qilib çaqirdi. Ufqqa tutaşib ketgan biyday daştda ovozi ojizona çiqqanday, qay manzilda gandiraklab yurgan otasi eşitişi tugul, beş-olti qadam narida mullatörğay ham pinagini buzmay pitirlab turganini körib, alami keldi. Söng bor kuçi bilan yana baqirdi: – Ota-a-a-a…

El bekorga otasi aççiq olma yesa, öğlining tişi qamaşar, demas ekan.

“Qur ketdi – qut ketdi degan ekan qadim­gilar, – dedi kenja böğzi açişib. – Uydan halovat ketdi, ota. Isnodga qoldirmang-da endi…”

Kenja borgan sari oyoqlarida majol qolmayotganini his qildi. Taşlayotgan har qadami omonatlaşib, tizzalari bukilib-bukilib ketaverdi. Tört tomonga alanglayverib, közlari toliqdi. Uydan çiqqaniga qança böldi, bilmaydi, ammo qişloqdan juda olisladi, madori ketib, oğzi quruqşadi. Bir payt ortiga qarab, tun zulmatining biyday daştni egallab olayotganini angladi va qandaydir vahm bosdi. Xayolida qişloq butkul közdan ğoyib bölganday, göyo yer şarining nomaʼlum nuqtasiga, kimsasiz manzillarga yetib qolganday tuyuldi. Na tirik jon bor, na bir sas-sado. Bolaligida onasi rahmatlining “şom paytida jin-ajinalar çiqib, öyinni boşlaydi” degan gaplarini beixtiyor eslab, vahimasi yana ortdi.

Bu qörqinçli öylar kenjaning könglini battar qora qildi, ğöldirab kalima qaytargança tepalik ustida bir muddat tek qotib qoldi. Tevarak-atrofga qarab alam bilan öyladiki, mana, tinkasi qurigunça izladi, ammo otasini topa olmayapti. Yana oldinga qarab ketavergani bilan foyda bölarmikan? Bu tomonlarga katta suruv boqadigan çöponlar ham unça-munçaga kelavermasligini öylab, battar umidsizlandi. Qoronğilik enib, oy nuri nim şuʼla taratib turgan daştga sinçiklab nazar soldi. Bu alağdalikda daşt ham köziga xuddi otasi misol yolğiz, ğarib va beçorahol körinib ketdi.

Nazarida, bekorga ovora bölyapti. Otasini, balki, boşqa tomonlardan izlagan maʼquldir. Televizorda körgan: detektiv kinolarda izquvarlar yöqolgan odamlarni yetti uxlab tuşingga kirmagan joylardan qidirib topadi-ku. Boşqalarning izlaşini bilgan odamlar ham “yöqoliş”ning yölini doim puxta öylaydilar: hammaning xayoliga keladigan, bir öylaşdayoq izlab kelinadigan joylardan umuman boşqa tomonga bekinadilar.

Şunday ekan, ehtimol, akalari, yaqin qarindoşlar bilan otani boşqa tomondan – u topinib borişi mumkin bölgan özga manzillardan qidirişi kerakdir. Balki, otasi tuşmagur podaning ketidan eşakni yolğiz qöyib yuborib, öğillarni çalğitmoqçi bölgandir. Şu yöl bilan kun sayin oqibati yemirilib borayotgan, onasidan keyin otaga mehri kamayib, qarigan çoğida umrning yolğizlikka ğarq qilişi muqarrar taşlandiq puçmoqlariga uloqtirişi mumkin bölgan farzandlarining esini kiritib qöyişni niyat qilgandir. Bu niyatga yetiş uçun ataylab daladan qaytiş paytini möljallab, podani uyga qarata haydab yuborib, özi boşqa joyga ketgandir. Balki, sanoqda qolgan tört-beş eski qadrdon oşnalarinikiga gurungga borgandir.

Bu yoruğ xayollar kenjaga biroz bölsa-da umid berdi, tetik qildi. Yana öylab qoldi: otasining oşnalarini yöqlab boradigan odati yöq edi, şu uçun baʼzida teng-töş çollar özlari daraklab kelişardi. Demak, oşnalarinikidan izlaşdan ham maʼni yöqday.

Kenja uyga qaytib borguniça qay ahvolga tuşişini taxmin qilib, birdan yuragi orqaga tortib ketdi. Özini tasavvur qilib kördi: şalpayib, ezgin bir ahvolda qişloqqa, uyga kirib bordi… Akalari… qanday xotirjam ötirişibdi ekan-a… Arava sinsa – ötin, hökiz ölsa – göşt deb öylaydigan bölib qolgan oğalarining özini tutişlari kenjani ranjitgani rost, hozir ularning oldiga borib, otamni qidiraylik, qidirmasak bölmaydi, desa qanday javob olişini öylab ijirğanib ketdi. Ayniqsa, ertalab Nazaralining bejoligi könglini oğritgan edi. Otasi ehtimol, oğalarining ana şu behurmatligidan ranjigandir, qadring yöq joydan qoç deya uydan boş olib ketgandir.

U otasi bilan Nazaralining gapi qoçib qolganini hali bilmas edi.

Kenja umidsiz bir ahvolda orqaga qaytişga qaror qildi. Tölin oy daştni sutday yoritib turgani şomdagi vahimalarni yöqotdi, lekin içki qörquv uni çarçatgan edi. Jiqqa ter bölib ketganini sezmagan holda içi kuyib yerga ötirib qoldi, sal öziga kelgaç, uyga qarab yölga tuşdi. U qişloqqa tun yarmida oyoğini sudraganiça, holdan toyib kirib keldi. Butun qişloq hali şirin uyquda. Har zamonda itlarning akillaşi eşitilişini aytmaganda, olam bus-butun, suv quygandek jimjit. Bölar iş böldi – bunday çoğda oğalarini uyğotiş yaxşi emas. Tönğillab, asabni buzişgani qoladi.

Ertalab akalar kenjani örtaga olişdi. Kenja közlari qizarib ketgan, qovoği soliq, xunobi oşgan köyi akalariga yuzlandi.

– Agar otamni topmasak, nomusga qolamiz, – dedi.

– Sen qidirib ketuvding, topolmabsan-ku, – dedi Nazarali ösmoqçilab.

– Topolmagan bölsam ham qidirdim… – dedi kenja.

– Endi nima qilamiz, aka? – deya örtaga qöşildi örtança öğil.

– Bilmadim, Normat, bilmadim, – dedi tönğiç. – Yo biz ham izlasakmi, a, nima deysan, kenja?

– Şuni aytaman-da… qarindoşlargayam xabar qilib, köpçilik bölib izlamasak, keyin keç böladimi, deb qörqyapman, aka, – dedi kenja.

– Ularga nima deb aytamiz? – dedi Nazarali.

– Borini. Rostini aytamiz…

– Baloga qolamiz-ku? Mol yöqolsa, hamma tuşunadi. Bu qişloqda hali biror marta odam yöqolmagan bölsa…

– Aka… Siz otamni öylayapsizmi yo özingiznimi? – dedi kenja kuyinib. Hozir kimdir yana bir oğiz gapirsa, kenja yiğlab yuborişi tayin edi.

– Böpti, – dedi Nazarali. – Unda erta kunni keç qilmaylik…

Maslahatni bir joyga qöyib, kayvoni xeşlarga xabar berdilar.

Birpasda ota jamoatdan ön çoğli odam töplandi. Amakilar kela solib aka-ukalarni koyişga tuşib ketdilar, xumordan çiqib sökkanlari ham böldi. Aka-ukalarning qovoği zilday osildi.

Söng qişloqdan çiqib, olislagunça elga bildirmaslikka, oldinma-ketin, yakka holda qidirişga qaror qildilar.

Kenja belboqqa non örab, idişga suv soldi.

Eşakni jabduqlayotgan edi, allaqayerdan paydo bölgan iti hurdi. Ikki kunki, körinmagan it odatdagidan boşqaça hurganday böldi: uzun-qisqa uvilladi. Kenja itga razm soldi, jonivor ozib-tözib ketibdi. Tabiatan yuvoş, lekin yomon odamni bir çaqirim naridan taniydigan, niyati buzuq kişilarni uyga yaqinlaştirmaydigan itning bor-yöqligi hammaning esidan çiqqani ğalati.

Kenja qoziqni suğurayotgan edi, it kelib oyoğiga suykaldi. Kenja tur, ket, dedi. It dumini oyoqlari orasiga qisib, yana suykalmoqçi bölib keldi. Kenja rahm qildi. Engaşib, itning boşini siladi. It kutilmaganda şimi poçasidan tişlab tortqiladi. Kenja uni tişlamoqçi deb öylab zarb bilan tepib yubordi. It ğingşigança tokzorga qarab qoçdi. Tok tagidan möltirab qarab qoldi.

Quyoş bir qariçça kötarilgan, qarindoşlar asta-sekin yölga tuşib, qişloqdan olislab borişar edi. Hammaning yuzi tund, Nurmat otani qidiriş qandaydir bir noxuşlik bilan tugamasaydi, degan hadik va xavotirda edilar.

Daştda ham mol siyrak, çöponlar har joy-har joyda ot-eşagining qoziğini qoqib, özlari xurjun ustida çaqçaqlaşib ötirişardi.

– Ha, bölalar, hormangizlar! – dedi keksa çöponlardan biri.

– Assalomu alaykum, Böri buva! – dedi Nazarali. Qolganlar ham imlab salomlaşdi.

– Ertalabdan töda bölib, nima izlab yuribsizlar?

– Otamni körmadingizmi?

– Kimni? Nurmat buvanimi?

– Ha…

– Körmadik. Tinçlikmi özi? Buvaga nima qildi?

– Keça daştdan qaytmadilar. Şunga… izlab yuribmiz…

– E, çakki böpti-ku, – dedi çöpon boşini sarak-sarak qilib.

Şu mahal çöponning gavdasi hisori qöçqorday keladigan ola iti hura boşladi. Hamma yarq etib olapar hurayotgan tomonga qaradi. Olisda dumini likillatib oşiğiç kelayotgan özining itini kenja darrov tanidi. Itini zimdan kuzatib turdi. It haş-paş degunça yaqinlaşdi. Böri çöponning Olapari unga qarab, orqa oyoqlari bilan yer tirnagança, junini tikkaytirib, huraverdi. Kenjaning iti parvo qilmadi, vajohat bilan töğri kelaverdi. Ikki örtada jang bölişidan hadiksiragan çöpon olaparni çaqirdi. Olapar egasiga sözsiz itoat etdi.

It töğri kenjaning oldiga kelib, poçalariga suykaldi. Şimidan beozor tişlab yana tortqiladi.

Kenja angraygan köyi itning nima qilmoqçiligini bilişga qiziqdi.

– Ertalab ham tişlamoqçi böluvdi, tengini beruvdim, – dedi kenja.

– Şu jonivor-ku, bir narsani biladi-yov, – dedi amakisi Nazaraliga qarab. Nazarali yelka qisdi.

– Bu özi bir it bölsa, – dedi Normat. – Nimani bilardi?

– It – aqlli jonivor-da! – dedi Böri çöpon. – Izidan yurib köringlar-çi, balki, Nurmat otaning oldiga olib borar…

Çöponning gapi maʼqul körindi. Itga ergaşib ketaverişdi. Ammo jonivor mutlaqo boşqa tomonga – Beş qir tarafga qarab yura boşladi.

– E, bu tomonda nima qilamiz? – dedi Normat. – U yoqqa heç kim mol boqmaydi-ku?

– Mol boqiladigan taraflardan çiqmadi-ku, borib köraylik-çi, bir gap bölar… – dedi amaki.

Şu tariqa peşinga qadar it boşlagan tomonga qarab yuraverişdi. It oldinda, bir zaylda yörtib borar, xuddi odamlar ergaşyaptimi-yöqmi, deya xavotir olganday, onda-sonda orqasiga qarab qöyardi. Qarindoşlar itga ergaşib holdan toyişdi. Çarçagan oyoqqa ozroq dam beraylik desa, it hadeb oldinga boşlar, yurişdan töxtamasdi.

Çor-noçor ortidan ketaverişdi.

Çamasi bir soatça vaqt ötib, it yanada jadallaşdi. Endi unga ergaşiş oson emas edi. Hammaning tinkasi qurigan, oyoqlari oğrib, zörğa qadam taşlar edi.

Bir mahal it yugura boşladi. Hamma hayron: bu itga nima bölgan özi? Qayerga ketyapti?

Halloslab kelayotganlar taqa-taq töxtaşdi. Bu mahal it ikkinçi qirdan ham oşib, körinmay qolgan edi.

– Oyoqda jon qolmadi-ku, – dedi amaki.

– Amaki, çidang, oz qolganga öxşaydi, – dedi Normat. – Itimizga yetaylik. U bekorga yugurmayapti çoği…

Yura-yura qirga çiqişdi. Ne köz bilan körsinlarki, qir ortida bir yakka daraxt turibdi, tagida nimaningdir qorasi körindi. It uning yonida çökkalab ötirib olgan edi.

Hammaning köngli yorişib ketdi. Nahotki, Nurmat ota bölsa!

Qarindoşlar ildamlab yetib kelişdi. Rost ekan, Nurmat ota daraxt tagida yotardi!

– Ota-a-a! – deya baqirib yubordi kenja öğil.

Yugurib kelib yuztuban yotgan otani qöli bilan öngardi. Nurmat otaning yuzi tuproqqa belangan, burnidan qon ketib, qotib qolgan, közlari yumuq, ayançli bir tarzda behuş yotardi.

Buni körgan öğillarning yurak-bağri ezildi. Öğillar bir-biriga açingannamo qaradilar. Qarindoşlar aka-ukalarga sinovçan tikilib qoldilar.

It esa çökka tuşgan holda, qimirlamay kuzatib turar edi.

Nurmat otaning yuziga suv sepdilar. Ota huşiga keldi. Qöltiqlab kötarmoqçi bölişgan edi, ota dodlab yubordi:

– Oyoğim!!

Kenja sekingina oyoqni silar ekan:

– Nima qildi, ota? – deya söradi yiğlamsirab.

– Eşakdan yiqildim, bolam, – dedi ota ingranib.

Daraxt şoxlaridan sindirib, Nurmat otaning oyoğini qölbola taxtakaçladilar.

Otani egarga ötqizdilar. Orqasiga öğillar galma-gal mingaşib, uşlab yurdilar.

Nurmat otani töğri qişloqda nomi çiqqan Gulmat tabibga olib bordilar. Tabib inqillab yotgan Nurmat otaning singan oyoğini dokaga asal bilan tuxum sariğini aralaştirib örab, avaylabgina gips qilib qöydi.

Otani uyga olib kelib, qalin töşakka yotqizdilar. Qariya inqillab yotdi. Amakilar Nurmat otaga nasihat qilganday böldi. U indamadi. Atrofini töldirib ötirgan bolalariga ham, kelinga ham söz qotmadi.

… Oradan bir haftaça ötibgina Nurmat otaning qovoği oçildi.

Heç kim eslatmasa ham, söramasa ham bolalariga daştdagi voqeani gapirib berdi.

Eşakdan qaltis yiqilib, oyoği singanida oğriqdan dunyo köziga tor körinib ketgani, atrofda odam bölmagani uçun heç kim unga yordam berolmagani, eşagi ham mollarga qöşilib uyga ravona bölgani, ikki keça-yu ikki kunduz oyoğini qimirlatolmay, oğriqdan çinqirgani, oxiri taqdirga tan berib, kimsasiz joyda ölimini kutib yotgani, sekin közlari yumilib yulduzçalar paydo bölgani, ular orasidan ayoli – bolalarining onasi köriniş berib, közlarida yoş bilan imlab çaqirganidan gurung berdi.

Yana öşa azoblar içida yotganida iti yonidan ketmay, tunning etni junjiktirar salqinida pinjiga kirib, isitib qöriqlab çiqqani, huşdan ketib, közini oçganida ham birinçi bölib köziga şu iti köringanini aytdi.

– Iya, ota, birinçi itnimas, bizni kördingiz-ku, – dedi Normat.

Nurmat ota ötkir nigohlarini örtançaga qadab:

– E, şunaqami, sizlarni kördimmi… – dedi talmovsirab. – Özimam nimamdir yöqoldi-yov, dedim-a…

Öğillar bir-biriga taajjublanib qarab oldilar.

Kelin dasturxonga ovqat olib kirdi. Ota yostiqdan boşini kötarib, bir qoşiq şörva içdi. Qaqrab ketgan lablari şörva yuqidan moy böldi.

– Göştlaridan oling, ota, – dedi Nazarali beöxşov tarzda mehribonlik qilib.

Ota şörvaga qoşiq urar ekan, horğin ovozda:

– Göştni çiqarib itga beringlar, – dedi. – Bir xil bolangdan it yaxşi ekan…

Şu mahal taşqaridan Nurmat otaga qöşilib ikki kun qorasini körsatmagan itning zöraki hurib qöygani eşitildi…

 

Jasur KENGBOYEV

 

1985-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan.

“Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminarida iştirok etgan.

“Köhna belboğ”, “Yurakning bir çeti” nomli töplamlari çop etilgan.

2021/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (3)

  1. Sanjar

    ajoyib, ibratli hikoya

  2. Sanjar

    ajoyib, ibratli hikoya

  3. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Yaxşi yozuvçi

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…