Til – millatning ruhi, közgusi, ğururi!
Köçalarda qator tizilgan ovqatlaniş şaxobçalari, dökonlar, gözallik salonlari, barça-barçasining nomi çet tilida. Nega? Öz tilimizdan şunçalik or qilamizmi? Öz yurtimizda çiqayotgan avtoulov nomlari biz tuşunmaydigan sözlarda. Nima uçun? Bizning tilimiz şunçalik qaşşoqmidiki, hatto öz mahsulotimizga ot qöylmasak? Birgina Toşkent şahridagi maşşur dam oliş markazlarini eslaylik: “Next” – (keyingi) degan maʼnoni anglatadi; “Mega planet” – “katta sayyora” (mega – katta, planet – sayyora); “Media park” – (ommaviy axborot vositalari maydoni). Bu manzillarni özbek tilida nomlaşsa, odamlar borişmaydimi? Unda nega “Samarqand darvoza” nomli şunday dam oliş markazi bor? Birikmadagi ikkala söz ham öz tilimizda. U yerga boruvçilar soni boşqa joylardan kam emas!
Sözlaşuvdagi tilimizda rusça sözni işlatmasak, “madaniyatsiz” bölib körinişdan qörqib, bilsak-bilmasak, rusça sözlaşişimizni-ku aytmasam ham böladi. Nega axir şunday? Nega tilimizga nisbatan ğururni his etmaymiz? Nega boşqa tillarni undan ustun qöyamiz? Nega milliy tilning milliy til sifatida qadri yöq? Nega biz bunçalar loqaydmiz! Nega bizda tilga nisbatan hurmatsizlik qilganlar Fransiyadagidek jarima tölamaydi?
Bizga nima? Dunyoni suv bosmaydimi, tilimiz ham yanada qadrsiz bölmaydimi, muhimi, bizning “tinç” yaşaşimizga bular daxl qilmaydi-ku!..
Ha, siz hozirça baxtli yaşamoqdasiz, arosatda… Ammo kelajak-çi?! qiziq, oğizda faxrga kömilgan, amalda eski tos, eski hammom bu tilimiz yaqin kelajakda qanday ahvolda bölar ekan!
Muhayyo JABBOROVA,
Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti
universiteti talabasi
2021/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


