6 daqiqada öqiladi

237 marta körilgan

Bolalikning ajib ifodasi

Çaros Avazova

Dildan aytilgan söz dilga yetib boradi. Dildan yozilgan asar ham şunday. Bayram Alining “Tunkezar bolalar” qissasini öqiş davomida bunga yana amin böldim!

Avvalo, şuni taʼkidlaş joizki, asarga epigraf sifatida tanlangan Xurşid Davronning “Oppoq edi boşda bu dunyo, Köça oppoq, keçalar oppoq” satrlari qissa mazmuniga juda mos tuşgan. Çunki taşviş nimaligini bilmay öynab-kulib yurgan asar qahramonlarining hayotida kiçik bir tasodif röy beradi-yu, ularning köngil olami alğov-dalğov bölib ketadi…

Qissa boşida asar qahramonlari – roviy, Qodir, Mirzaning uçastkavoy oldiga çaqirilgani, ularning tunda qilgan “jinoyat”lari kitobxonga qulf urilgan eşikdek yopiq va sirli tuyuladi. Biz asar qahramonlari bilan birga bir-biridan gaştli voqeliklarga andarmon bölib, xayolan turli köçalarga kirib çiqamiz. Şumtakalarning piyozni notöğri ekib qöyib ustozi oldida mulzam bölganlari, ilk muhabbati, maktabda körsatgan şöxliklari labimizga kulgi yugurtiradi. Şu qatori özimizning ham köz öngimizdan bolalik xotiralarimiz lip-lip ötadi, ularining qilgan qiliqlari, aytgan gap-sözlari taniş tuyğularni qözğatib, vujudimizni şirin tölqinlantiradi. Asar qahramonlari bittagina baliq tutganida biz ham ularga qöşilib quvonamiz, Sadafning xiyonatiga uçrab ğamga botganida esa ularning qayğusiga şerik bölib, yiğlagimiz keladi…

Asarning tili ravon. Öxşatişlardan ham unumli foydalanilgan. Masalan, “Tuxumini qayerga tuğişni bilmayotgan tovuqday tipirçilab qoldi”, “Osmon göyo qora libosga burkangan-u, yulduzlar şu libosning tugmalari…” “Pati tökilgan yostiqday böşaşibgina ğuldiradi…” kabi poetik manzaralar bunga bir misol.

Asardagi bir voqea, ayniqsa, eʼtiborimni tortdi. Öqirman eslasa, asar qahramonlari onasiz qolgan çumçuq bolasining omon qolişini istab, palaponni boşqa bir çumçuq uyasiga solib qöyadi. Şunda ona çumçuq begona palaponni çöqilab, inidan haydaydi. Voqea esa aynan Mirza ota-onasining ögay farzand asrab olganliklarini eşitgan, ammo öşa ögay farzand kim – ukasimi yoki özi ekanini aniqlolmay yurgan paytlarida sodir böladi. Menimça, muallifning begona palaponni uyasidan haydagan ona çumçuq bilan, begona farzandning boşini silagan ona obrazini parallel qöyişida maʼlum bir maqsad bor. Bu maqsad, şubhasiz, insoniy fazilatlarni aks ettirişga qaratilgan. Zero, bolaning begonasi bölmaydi, degan tuşunça faqat insonlargagina xos.

Asarda bunday tuyğu va keçinmalarning tarannumi talaygina. Masalan, begona qişloqda kuraş tuşib ğolib bölgan Qodir öz ovuli nomini aytmagunlariça, yutuqni qölga olişni istamaydi. Nima sababdan şunday qilgani söralganida esa buni tuşuntirib berolmaydi. Garçi Qodirning özi nima uçun bunday qilganini anglamasa-da, kitobxon yaxşi his etsa kerak. Insonda mana şunday murakkab tuyğular bor. Unga har qanday yutuqdan köra, şaʼn muhim! Yoki baliq tutiş jarayonini olaylik. Ov baroridan kelmaydi. Bolalar umidsiz bir alfozda ortga qaytmoqçi böladi. Şunda Qodir Möminning ov haqida onasiga aytib qöyganini eşitib:

– Endi uç-törtta bölsayam, baliq obormasak, enangdan uyatga qolamiz, – deydi. Keyin loy-balçiqqa belansalar-da, uyatga qolmaslik, yolğonçiga çiqmaslik uçun baliqni obdon izlaşga tuşadilar…

Ammo qissaning muvaffaqiyatini belgilagan eng muhim omil bular emas. Asarning eng katta muvaffaqiyati şundaki, u kutilmagan xotimasi bilan öquvçining qahramonlar haqidagi taassurotlarini ham mutlaqo boşqa tomonga burib yuboradi. Bu öquvçi asar boşidan beri özini yetaklab yurgan tilsimning kalitini topganda, nihoyat barça voqealar oydinlaşganda sodir böladi. Qiziği şundaki, asarning boş qahramoni aslida kim ekani aynan qissa nihoyasiga kelibgina ayon böladi. Mutolaa davomida öquvçi ongida lapaşang, qörqoq, böş-bayov bola sifatida gavdalanib kelayotgan Möminning öziga xos xarakteri oçilişi, yaʼni öquvçiga uning ariqqa qulab tuşgani emas, balki ataylab sakragani, kiyimlari yonib ketgan döstlarini taşlab qoçgani emas, balki ularga kiyim topib kelişga şoşilgani, Sadafning uyiga döstlari bilan qöşilib borişdan qörqoqligi tufayli emas, dovyurakligi, vijdoni pok ekanligi uçun boş tortgani, qolaversa, uning öz döstlarini sotmaydigan darajada jasoratli ekani maʼlum böladi.

Men asarni to öqib tugat­magunimça sarlavha notöğri tanlangan, degan fikrda edim. Nihoyat, mutolaa söngidagina muallif asarni asosiy voqea tunda röy bergani uçungina emas, balki öspirinlikning keçinmalarga boy ruhiy olamini oçib beriş uçun “Tunkezar bolalar” deb nomlaganiga amin böldim.

Asarning şunça yutuqlariga qaramay, unda ayrim uslubiy kamçiliklar ham közga taşlanadi. Bir örinda “Sadaflarning hovlisiz darvozasidan çiqar ekanmiz…” deyiladi. Darvozasiz hovli bölişi mumkin, ammo hovlisiz darvozani tasavvur qiliş qiyin. “Gapini kelgan joyidan davom ettirgan öquvçilarni joyiga ötqizdi, davom ettirolmaganlar esa turgan joyida söppayibgina qolaverdi”. Mazkur gapda joyi sözi birvarakayiga uç örinda takrorlanib, umumiy maʼnoga putur yetkazgan. Yozuvçi bu kalomning muqobil variantini qöllasa, nur ustiga nur bölardi. Roviy maktab direktori haqida sözlar ekan, öqituvçilarni qamab tez-tez sökib tursa ham, Saidovni “siz-sizlab” gapirardi, deydi. Menimça, sökiş örniga tergaş sözini qöllaş kerak. Şunda direktor zuğumkordan qattiqqöl va jonkuyar kişiga aylanadi. Axir millat bolalarining tarbiyaçisi sökişi emas, yöl körsatişi, örnak bölişi kerak.

Mutolaa davomida hamsinflar, noixtiyoriy degan sözlar eʼtiborimni tortdi. Hamsinf örniga sinfdoş, noixtiyoriy örniga beixtiyor yoki ixtiyorsiz sözlari işlatilsa, qanday bölarkan?! Bu mening şaxsiy fikrim, albatta.

“Tunkezar bolalar” qissasining boş qahramoni Mömin asar oxiridagina parda ortidan çiqib yorqin obraz kasb etişi haqida gapirib ötdim. Buni Bayram Alining boşqa asarlarida ham kuzatişimiz mumkin. Masalan, muallifning “Hamdardlar”, “Kutilmagan taşrif”, “Rizolik” hikoyalarida bu yaqqol közga taşlanadi.

“Hamdardlar”da ikki hamyurt erkak qovoqxonada tanişib, bir-birlariga ötmişlaridan hasrat qiladi. Öquvçi esa asar oxiriga borib, bu ikki hamdard, aslida, bir voqeani ikki xil talqin qilayotganini, aniqroği, ikkalasi bitta ayol haqida gapirayotganini tuşunadi. Şunda asar davomida jonli obraz sifatida iştirok etmay, öquvçiga faqat hikoya qahramonlarining aytmişlari yuzasidangina taniş bölgan va taqdir öyinçoğiga aylangan öşa muştipar ayol boş qahramon darajasiga kötariladi.

“Rizolik” ham ança mulohazatalab hikoya bölgan. Unda Safar çavandozning elparvarligi, oriyatliligi, jasoratlari keltiriladi. Qahramon ölim töşagida yotganida qaysidir ilinj tufayli dunyoni tark etolmaydi. Axir bolalarini uy-joyli qilgan bölsa, savob amallari köp bölsa, ona yurtida jon bersa, el ardoğida bölsa, uni uşlab turgan öşa ilinj nima bölişi mumkin? Ziyrak pir buni osongina topadi. Qadrdon oti deraza yoniga keltiriladi va çavandoz otning kişnaşini eşitib, öşa onda jon beradi. Pirning mana şu lahza otga qarata aytgan “Kişna, jonivorgina, kişna! Odamning zöri jon beryapti, sen nega kişnamaysan? Egang şunça yil yaşab, sendan sodiqroq döst topmaganga öxşaydi…” qabilidagi öquvçi köziga yoş keltiradigan jumlalardan boş qahramon örni Safar çavandozdan otga böşatib berilganday böladi.

“Kuz yomğirlari”ni öqir ekanmiz, hikoya qahramoni Jafarsodiqning har gal yomğirli kunda işga keç qolişi, nomaʼlum nimarsalar bilan band bölişi qiziqarli va sirli körinadi. Özimizça hamkasblariga qöşilib, uning beöxşov kulgilaridan, qilğiliklaridan, masʼuliyatsizligidan jahlimiz çiqadi. Bu tilsim yuqoridagi asarlar kabi faqat yakundagina özini “foş qiladi”. Gap şundaki, tayinli oyoq kiyimning yöqligi hikoya qahramoniga yomğirli havoda yurişga monelik qilgan ekan. Juda oddiy, ammo kutilmagan yeçim. Umuman, ijodkorning “Topişmoq”, “Vaʼda”, “Rassom öylari” kabi yana boşqa asarlari borki, mutolaa davomida baʼzan çuqur öyga botamiz, baʼzan xanda otamiz.

Şuning uçun biz, odatda, körib, eʼtibor qilmaydigan voqeliklardan u kutilmagan xulosalar çiqaradi. Bir kitobxon ölaroq, yoş yozuvçi hali ölmas asarlar yaratişiga işonaman. Bu yölda unga yuksak ijodiy parvozlar tilab qolaman!

Çaros Avazova

2001-yili tuğilgan.

Toşkent davlat Özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminarida iştirok etgan.

 

2021/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)