Kuzning izğirinli oqşomida arava surgan bola şahar köçasida sarson kezadi. Bolaning oyoğidan nam ötib, uyuşib oğriydi. betob, madorsiz singlisi yotgan aravaça dastagidan uşlagan qöllari muzlagan, xuddi tilingan joyi açişayotgandek his qiladi. Ammo özini majburlab bölsa ham, qiziq-qiziq gaplar topib singlisini kuldirişga urinadi. Göyo singlisining maʼyus tortgan közlari yumilib ketsa, boşqa oçilmaydigandek. Uning sölğin, zaʼfaron çehrasiga tikilganida qalbi titrab, körikdan ötkaziş uçun qabul qilmagan şifokorni sökadi. vaqt ötgan sayin singlisining sölib borayotganiga qarab şifokorga öz vaqtida jazo bermaganiga, yaʼni uni qölga tuşgan narsa bilan savalamaganiga afsuslanadi. Şifokor bemorga bir köz taşlab qöyib, “Avval röyxatdan ötinglar, söng tekşiramiz”, degandi. Şunda yolvorgança, “Kimligimizni bilmaymiz, yetimmiz, ota-onamizni ham tanimaymiz. Singlimning ahvoli oğir, bir tekşiring, bölmasa ölib qoladi”, deya zorlanib yolvorgan edi. Şifokor esa parvo qilmadi. Qayta-qayta iltimos qilavergaç, u yerdan haydab çiqarişdi.
Qizning çehrasidan nur sönib boryapti, ingroq sasi zörğa eşitiladi. Har safar singlisiga közi tuşganida özining ojizligini köradi, muştdekkina tanasini iztiroblar majaqlab taşlagandek böladi. Qizaloq hamon jim, akasining sökinişlari quloğiga uzuq-yuluq eşitiladi. Ğira-şira qoronğilik tuşa boşlagan, aravaçada ötirgan qizaloqning köziga köçalar juda xunuk körinadi, akasining nafrat bilan “Nomard!” degan sözi dardli yuragiga tiğdek botadi. Nomard – uning uçun eng dahşatli söz. Bu söz ularni ota-onasidan ajratgan. Er-xotinni bir-biridan ajratgan. Akasi şifokorga yolğon gapirganida hayratlandi. Çunki ularlar yetim emas, ota-onasini yaxşi eslaydi. Ança yillar oldin janjallaşib bolalarini taşlab ketişgan. Akasi ota-onasini endi keçirmaydi, buni uning gaplaridan, begonalik, sovuqlikdan angladi. Göyo köz oldida öşa janjal namoyon böldi: qaysi bir joyda maşina töxtaydi, onasi old örindiqda yiğlaydi, bolalariga qayrilib qaramas, göyo unutgandek, uzoq-uzoqlarga termulib nuqul köz yoş tökadi. Otasi jahl otiga mingan. Lekin otasining tuşunarsiz nafratga töla gaplarini onasi tinglab ötiraveradi. Birgina tuşungani “majruh… qanday tarbiyalaymiz…” degan gapini eslab qolgan. Demak, ularni qayergadir olib borişmoqçimi? Er-xotin baqirişib urişib ketişadi. Kerakmas, kerakmas… ota-onasining gaplaridan ğira-şira esida qolgani şu… Kim kerakmas, nima kerakmas? “Nomard!” degan çinqiriqdan huşdan ketgan va bir nomaʼlum joyda közini oçganini biladi. Uni akasi aravaga solib köçaga çiqib ketgan. Şu zahotimi, yoki oradan oylar, yillar ötdimi – buning farqiga bormaydi. Bir neça kun daydib yurib, özining dardga çalingani-yu, akasining koyinişlarini anglab turibdi, xolos. Qiz tun zulmatiga beparvo tikilib ötiribdi, hamon heç narsani anglamas, quloqlari ostidan akasining alamzada ovozi jaranglab turar, tobora borliq xiralaşib qoronğilikka ğarq bölmoqda. Ular izlayotgan binoning qarşisida töxtaşdi, içkaridan çalingan ovozlar bolaning noçor qalbiga umid uruğlarini sepdi. Bola singlisining mayin, ozğin qöllarini kaftlari orasiga olib öpdi. “Sabr qil, Zahro. Axiyri dorixonani topdik. Hozir tezda olib çiqaman, faqat uxlab qolmagin… Agar uxlab qolsang, sendan xafa bölaman-a”, dedi mehr bilan tikilgan köyi.
Dorixonadan çiqib kelgan er-xotinning şovqini tun sukunatini uyğotib yuborgandek böldi. Ular ön-ön beş qadam narida turgan bolalarni körişmadi hisob, dunyoni unutgan holda qöltiqlaşgança öz yöllariga ravona bölişdi. Bola toşdek qotgan oyoqlarini zörğa sudrab, eşik tomon yurdi. Içkari issiqqina ekan, bolaning vujudi biram yayrab ketdi. Bir lahzada butun azoblar unutilgandek böldi. Qöllarini bir-biriga işqay-işqay dorilarga bir qur nazar soldi, göyo dorilar köziga najotkor möjizadek tuyuldi. Oyna ortidagi oq xalatli ayol ekrandan diqqatini uzib bolaga qaradi. Bolaga nigohi tuşişi bilan kiyim-boşi kir-çirligidan oçiqçasiga ijirğandi.
– Xöş, senga nima kerak?
Bolaning vujudini titroq egallab, tili bazör aylandi.
– Menga dorilar kerak, singlimning ahvoli oğir. Tunda kasali qözğab qoldi, hammayoq yopiq ekan, izlab şu yerni topdim. Bizni heç kim qabul qilmayapti. Qaramasangiz, ölib qoladi, undan bölak heç kimim yöq.
Ayolning ensasi qotdi:
– Qiziq bola ekansan-ku, dorining nomi bormi? Bilmasang, qanday topib berişim mumkin.
Bu gapdan bolaning eti uyuşib qoldi.
– Z-zzahro bbeşuş, – dedi duduqlanib, – özini bbbilmay yotibti, dorilarni içmasa ölib qoladi, nomi esimda yöq.
Ayol hayron, bu bola jinni-pinnimi, yoki meni kalaka qilyaptimi deb öyladi.
– Loaqal nomini ayt…
– Iltimos, Zahroni qutqaring, ölib qolişini istamayman. U köçada…
Ayol bolani çindan ham kalaka qilyapti deb öylab, uni xonadan haydab çiqardi.
Bola kattalar tomonidan har doim itqitib taşlanayotganidan xörligi kelib nariroqda turgan aravaçadagi singlisiga bir dam tikilib turdi-da, munğayib u tomon yurar ekan, yana “hoy nomard!” deya qiçqirdi. Zörğa ötirgan Zahro bu qörqinçli hayqiriqdan bir titrab “voh” dedi-yu özini yöqotdi. Bola yugurib kelib singlisining qöllarini uşlaganida içidan nimadir uzilgandek böldi. Qöllari muzdek, boşi yoniga osilib qolgan. Bola bariga tuşundi. Şunda közlari duv yoşga töldi. Singlisining yuzlarini ohista silab-silab, yana hayot onlarini körişni istar, bino içkarisidagi dorilar uni qutqarib qolişi mumkinligi haqida öylardi. Şunda birdan qoni olovdek qaynadi. Oyna orqasida körinib turgan “duşman”ni uzoq kuzatib ğazab otiga mindi. Paypaslab muşdek toşni topib, mahkam çangallagança oyoqqa turdi. Endi uning vujudini qörquv tark etib, şiddatli ğazab qamrab olgandi. Eşik oçildi, tun allamahalida ayolning jon talvasasida çinqirganini heç kim eşitmadi.
Doston Ilhom
1994-yili tuğilgan.
Qarşi davlat universiteti Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Respublika yoş ijodkorlarning Zomin seminari iştirokçisi.
2021/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


