Hikoyaning boşlanmasi kimnidir ilhaq kutayotgan şirakayf odamning sarxuş holati bayonidan boşlanadi. Muallif ruhiy holatni oçiqlaş uçun qahramonning taşqi qiyofasiga urğu beradi. Qovoqxona (özbek qişloğida) “çirkin” deraza, “sarğayib yungi tökilgan” telpak, “rangi uniqqan” çopon sohibining dilgir xayollari maʼlum maʼnoda öquvçi ruhiyatiga taʼsir ötkazadi. Farrux Jabborov bir vaqtning özida bir neça xabarni beradi: uzoqdan köringan uçta bola (axborot), yarqiragan qora qişda yölni çangitgan “allatovur” maşina (munosabat), “sunʼiy” arçaning (tasdiq) silkillaşi. Dilgir kayfiyatga qarama-qarşi ravişda ikkinçi holat: “allatovur” maşina özgaça hayot tarzidan darak beradi.
Kutilayotgan Karimboy. Kutayotgan Egamqul. Ismlarga yuklangan maʼno köp narsalarga işora qiladi. Yozuvçi mohiyatni çuqurroq oçiş niyatida qahramon ruhiyatiga bosim ötkazuvçi tasvir qamrovini tobora kuçaytirib boradi. Bir qiz, uç öğilning yupun ust-boşi. Uni ham otasi olib bermagan, qiz onasining römolini örab olgan, öğillarining çoponçalarini amma-xolalar olib kelgan.
Egamqul xotini va bolalari oldida boşi egik, ulfatlar oldida mard, soqiy juvon oldida qarzdor. Yozuvçi Egamqulning ulfatlari holatiga doir çizgilar beradi. “Moş-birinç” soqol, hayot zarbasiga doş berolmagan ojiz, “qirqida qarigan” kimsalar. Ularni alamzadalik va umidsizlik birlaştirgan. Muallif qahramon ruhiyatidagi ziddiyatlarni kuçaytiriş uçun dökon peştaxtasiga termulgan bolalar, sevgi xotirasi, aroqxonadagi ayolning taʼnasi, sotuvçi çolning pisandasi kabi lavhalarni tasvirlaydi. Pulini bermagan Karimboy aybdor, haqini undira olmagan Egamqul çorasiz. Bolalarning yoziği ne degan savolga javob yöq. Egamqul bolalarini dökonga yuborgan xotinining “besabr”ligidan oğrinadi.
Otalik hamiyati qözğalib neça bor ostonasidan quruq qaytgan qalʼaga qarab yöl oladi. Yozuvçi işlatgan usul qöl kelib, qahramonda kutilgan özgariş öç beradi. Karimboy yurt söragan qozi ekanligi qistirib ketiladiki, bunda ham aytilmagan gap köp. A.Qahhorning “Öğri” hikoyasidagi Qobil boboning muteligi, tobeligining zarralari Egamqulda ham yiltillab ketadi.
Yölda u öziça qörqmas, mard odamga aylanadi. Pulni oliş uçun ming bahona töqiydi, bolasini qöşadi va h.k. Umidini uzmaydi. Borganda esa holat özgardi. Haqni aytişga çoğlangan til Karimboy singari tonadi. Haqqini aytişiga “ellik gramm” yetmadi.
Nihoyat, Farrux Jabborov qahramonni “orqa darça” orqali içkariga olib ötadi, kabobçi “ellik gramm”ni berib, kayfni maromiga yetkazadi. Özining pul undiriş usullarini oşkor qiladi. Qahramon oçilişi kerak bölgan nuqta, har jihatdan voqelik pişib yetildi. Ip taranglaşib, vaziyat oydin böladigan sahnalarda yozuvçining tajribasimi yoki ijodiy mahoratmi… yetişmaydi. Tizğin ruhiy holatlar qöldan boy beriladi. Tavsif va bayon öquvçiga kutilgan lahzani nasiyaga qoldiradi.
Karimboy xonadonidagi kabobçi “ustoz” marhamat körsatib tört six kabobni Egamqulga beradi. Nihoyat, Egamqul bolalariga atalgan kabobni boyning bolasi oğzidan tortib oladi. Bunga özida kuç topadi, işonç uyğonganday böladi. Karimboyga tik qarab qöl kötarişgaça (hatto) boradi. Baribir qöl havoda muallaq qoldi. Boyning döq-pöpisasi voqelikni kuçaytiriş örniga, qahramonni heç bölmaganda bolasiga atalgan nasibaga egalik qilişiga yöl oçadi. Egamqul bundan keyin ham özgarmaydi, özgarişiga “ellik gramm” yetmaydi. Qahramon xarakteridan kelib çiqadigan hayotiy yakun.
Egamqul singari tabiatan jurʼatsiz, mute, fikrsiz odam bugun jamiyatimizda qançalar köp. Adolat posboni Karimboy, sotuvçi çol qiyofasi orqali ijtimoiy muammolar kötariladi. Birgina Egamqulning uyi “Atrofi devor bilan tösilmagan yaydoq hovli”si tasviri zamirida öz uyiga, oilasiga, bolalariga egalik qila olmagan inson maʼnaviy inqirozini oçib beradi. Yozuvçining keyingi asarlarida inson ruhiyatini çuqurroq oçiş, muammoning ildizlariga teranroq nazar soliş, poetik usullardan samarali foydalaniş tajribasiga ega bölib borişidan umidvormiz.
Sanobar Tölaganova,
adabiyotşunos
2021/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


