170 marta körilgan

Bir gözal uyqu ber uyğotadigan…

Yulduz Örmonova

Bedorlik

Bir gözal uyqu ber uyğotadigan,

Seni körmoq uçun közlarim yumay.

Bir gözal tuyğu ber kuylotadigan,

Tuproq ostida ham söz bölib unay.

Bir gözal kulgu ber yiğlotadigan,

Haqiqiy, tabiiy, samimiy bölsin.

Xudojon, belgi ber Buroq otida

Borar Işq yöllarim qadimiy bölsin.

Bir gözal uyqu ber uyğotadigan…

 

 

Gulla, ay yuragim-ay…

(Xalqona)

Gulla, ay yuragim-ay, gullasin-ay sayyora,

Beor yorga kuymagin, ketsa ketsin qay yora.

Qay oşiqa may yor-a, manga esa nay yor-a,

Hayyora!

Qani ketdik ketamiz, hammasidan ötamiz,

Har neniki öz örnin, öz fursatin kutamiz.

Unutsa unutamiz! Unutsin! unutamiz!

Hayyora!

Senga oğu tutsalar, sen ularga tut şarbat,

Duo dengizi toşsin, nafasing uzma har vaqt,

Hali öz osmoningga qanot yozasan, albat,

Hayyora!

Bu dunyo qaytarmasmi? Öz sözin aytarmasmi?

Analhaq deb, alar haq deb yurganlar aybdormasmi?

Yetar! Iç-içing yoritsin yulduzrang baytlar bazmi,

Hayyora!

Oşiqlik ne, qaydan bilsin pörim yoqa-yengliklar,

Tirmaşadi tangliklar, ergaşadi tangliklar,

Qani ketdik içkari, qara qança kengliklar!

Hayyora!..

Gulla, ay yuragim-ay…

 

* * *

Köksim ufqida nihon

Bağri qon böldim çunon.

Omonmanmi, beomon –

Dargumon böldim çunon.

Osuda olovlandim,

Ozurda qalovlandim,

Bunçalar kalovlandim,

Sargardon böldim çunon.

Qalbimni qamal qilmiş –

Azaldan azal qilmiş.

Barin besamar qilmiş

Sirga kon böldim çunon.

Bitmadi heç xiyonat,

Içimdagi qiyomat,

Har yon etib ziyorat,

Bemakon böldim çunon.

Bir bor bir on suyundim,

Söngra ming bor kuyundim,

Sabohda nurday tindim,

Söng xufton böldim çunon.

Dunyo bunça yomon-a,

Yaxşilar qay tomon-a?

Neki bölsam hamono

Nogahon böldim çunon.

Bemakon böldim çunon…

* * *

Ruhimni ortmoqlab, sirlaşib,

Sudrab-sudrab boraman uyga.

Uyğoq umidlarga ergaşib,

Mudrab-mudrab boraman uyga.

Yiqilaman yerga kostyumday,

Yelkamdan tutmaydi bir ilgiç.

Döstlik topilmaydi, döstimdan

Topiladi million kulgiç.

Ilinib boradi közlarim,

Qöllarin tutadi tuyğular.

Bu mudroq dunyoda on sari

Uyğotib boradi uyqular…

* * *

Qalbimni, ruhimni ulğaytirdi yöl,

Tovonim qonadi dovonlar oşa.

Kimlarga, nelarga sabr etdi köngil,

Umr toğlaridan kökka tirmaşa.

Heç kim ölgan emas musofirlikdan,

Neça bor böğildim men esa, bilmam.

Xurjunim ortmoqlab ketdim Şeʼr tomon,

Uning tuproğida yaşasam gullab…

* * *

Kiprigimni tökdi bir-bir

Soğinçning nayçilari.

Bölib oğir, borib oxir

Köksimni qayçiladim.

Kaftimga şir quyildi sel,

Tökildi qança hasrat.

Közimda ummon bitmiş ul

Muhabbat tomçilari.

Içimdan – qafasdan olib,

Uçirdim dilni kökka.

Zotan kökdan özga sodiq

Dildoşga yolçimadim.

Dunyoning röyobidan-o

Röyosi köproq ekan.

Vujudim böldi keng sahro,

Yalangqalb qovjiradim.

Izlarim kuzakrang böldi,

Sözlarim yurakrang böldi.

Har tikanni yurak bilan

Indamay yançiladim.

Indamay yançiladim.

 

Yulduz  Örmonova,

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.

1995-yili tuğilgan.

Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Oliy jurnalistika kurslari magistratura bosqiçini tamomlagan.

“Isteʼdod maktabi-IV” respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi. Prezident stipendianti.

 

2021/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.