7 daqiqada öqiladi

373 marta körilgan

Çöldagi odam

Çöldagi odam

(Hikoya)

Bu yil yaxşi keldi. Bizga öxşagan dehqonlar uçun yilning qanday kelişi juda köp narsani hal qiladi. Axir, qişloqning mirişkorlari mana şu paxta, buğdoyning hosiliga köz tikib, katta-katta reja-yu orzularini boğlaydi. Özi eski, yirtiq-yamoq köylakni egniga kiyib, Jizzaxning taqron çöllaridan butun bir jannatni kaşf etiş katta jasoratni talab qiladi. Xudo menga uç qiz, bir öğil berdi. Öğlimga otam Salohiddin, qizlarimga esa Mastura, Umida, Sojida deb ism qöydi.

Otam juda köp qiyinçiliklarni boşidan keçirgan bölsa-da juda bardoşli, devqomat. Salobatidan yoş-u qari birdek haymiqib gaplaşardi. Rahmatli otamning gaplarini, nasihatlarini, köp eslayman. Bolam, bu çöl deganlar heç kimga şavqat qilmaydi, paşşangni özing qörişni örgan. Agar özingni himoya qilolmasang, bir kuni seni yançib taşlaşlari mumkin, bolam, şu gaplaringni doim yodingda tut. Otam, men va farzandlarimni erkalayotganday erkalab katta qilmagan. Sovuqqonroq edilar, bardoşli, kuçli, bölişining kerak, degan gapni juda köp qaytarardi. Men otamning bu harakatlarini nötöğri tuşunib, meni yomon körsalar kerak, deb öylagan ekanman. Bilsam bardoşli, kuçli, hammasiga öz kuçim bilan erişişimni istagan. Onam ham juda mehnatkaş, sergap ayol edilar. 3 ta öğil, 4 ta qiz farzandmiz.

Ey! Mahmudov qayoqqa döstim? Bir köçada turadigan sinfdoş döstim işga otlanayotgan ekan. Birga suhbatlaşib ketdik. Ilhom döstim agranom bölib işlaydi. Tabiatan oqköngil, vazmin yigit. Raisning yiğilişidan söng topşiriqlarni olib hamma öz dalasiga odimlaşardi. Birdan çöntagimdagi “Nokia” telefoni jiringlab qoldi. “Alo! Assalomu alaykum, Rustam aka, eşitaman”.

“Uka bir kelib ket uyga, zarur gapim bor” deya çorlaydi rais.

Rustam Ikromoviç Kamboyev SFU raisimiz. Kelişgan odam. Sovxozda avval zveno boşliği, keyin fermer, ança yillardan beri şu xöjalikda rais lavozimida işlab kelmoqda.

Manzilni özgartirib bir köça narida turadigan raisning uyiga yetib keldim. Katta naqşinkor darvozali bunaqa haşamatli uylar öşa paytlari baʼzi bir boylarda böladi faqat.

– Kel, ukam işlar ketyaptimi?

– Ha rahmat, aka, şukur sekin-sekin ammalayapmiz. Özingiz yaxşi bölib qoldingizmi?

– Rahmat şukur. Maqsadga ötsam. Xabaring bor, ança vaqtdan beri işga çiqolmayapman. Bu davleniya deganlari odamni çarçatdi, uka. Biroz muddat dam olmasam bölmaydi, çarçadim. “Oyqer şirkat” xöjaligini boşqarasan. Hokimning xabari bor.

– Qanday bölarkan aka? (Bu şirkat oz emas, köp emas 5 ming kişilik xöjalik edi.)

– Yoşsan, tajribang bor eplaysan, uka. Mana biror-bir maslahat kerak bölsa menga murojaat qilaverasan. Tabrik uka, buyoğiga çarçama.

Ha, raisning eşigidan kirayotganimda oddiy fermer edim, rais bölib çiqdim. Hayajon bölsa-da özimga işonçim kuçli edi, albatta, eplayman dedim. Xursand kayfiyatda uyga keldim.

– Manzura!

– Assalomu alaykum dadasi, yaxşi keldingizmi? – deya har doimgidek kulib kutib oldi rafiqam.

– Manzura, meni savxoz direktor qilib saylaşdi.

– Juda qiyin-ku, – dedi bu tasodifiy yangilikdan gangib.

– Ha, öz kuçim bilan şu darajaga keldim. Ötgan yillarni sarhisob qildim. Dastlab Samarqand qişloqxöjaligi institutini sirtdan bitirgaç, fermada zootexnik, tarozibon bir vaqtning özida yuk taşuvçi bölib işladim. Rözğorim alohida bölgan paytlari edi. Katta qizim birdan oşgan atak-çeçak qilib yurib qolgandi. Undan keyin fermerlik oçdim. Kiçikroq jamoa xöjaliklarida rais bölib ham bir neça yil işladim. Mana öz kuçim, mehnatim bilan yuzaga çiqdim, deb içimda özimga özim gapirdim. Men töğri yölda edim. Heç kimni aldamadim. Faqat halol luqma yedirdim. Bolalarimga haromdan hazar qildim. Mehnatlarim zoye ketmagan ekan. Raisni özi işni menga topşirdi. Meni tanladi.

Ha, öz qöli bilan topşirdi-yu…Vaqti kelib hatto ortiği bilan olişi xayolimga ham kelmagandi. Ha, bu hasad degan tuyğu insonni ne köylarga solmas ekan…

Aʼlo kayfiyatda uyğondim. 2008-yil boşlari, Bahor. Ayni iş qizğin, fermerlar öz dalalariga çigit qadagan. Buğdoylar esa baloday böy körsatib qolgan kezlar. Fermerlarga yiğiliş qilib topşiriqlarni berdim. Hamma lavozim bilan tabriklaşdi. Şu tariqa hayotimda tub özgariş yasagan baxtli kunlar boşlandi. Işimdan zavq olib işlardim. Bu orada hokim ham işimdan mamnun. Yiğilişlarda meni turğizib mana bölajak hokimlar deb maqtaydigan böldi. Tuğilgan kunimni katta ziyofat qilib qarindoş-uruğ, fermerlar, SFU raislari, Toşkentdan qaynoğamlar oilaviy mehmon bölişdi. Hamma işimdan mamnun, fermerlar bilan ham til topşib ketdik. El oğziga tuşdim. Endi töylarni men raisligimda boşlaydigan bölişdi. Yangi moşina oldim. Öşa paytlari “Jiguli” obröli moşinalardan edi. Maşina haydaşga qiziqmaganim uçun laqabi “deman” asl ismi Dilmurod Qönarov degan şovvoz yigitni şofyor qilib işga oldim. Bu orada Rustam aka oyoqqa turib soğliğini tiklab oldi. Şunça yil rahbarlik qilgan xöjaligi, odamlarning maqtoviga örgangan odamga, örniga kelgan odam xalqning işonçiga kirib, tom maʼnoda xalqning yuragiga aylanganim juda alam qilgan ekan. Bir kuni yarim keçasi bir dala çegarasiga yolğiz özimni Rustam aka çaqirdi. Men özim maşinani haydab, şafyorga ruxsat berib, yölga tuşdim. Negadir könglim ğaş edi. Lekin, Rustam aka yolğiz emasdi. Maşinada bir-ikki kişi bor edi.

– Ha uka, işlar çarçatmayaptimi? deya negadir kinoyali ohangda xitob qildi.

– Rahmat aka.

– Maqsadga ötsam. Özingdan qolar gap yöq, har yili sovxoz hisobidagi, çöldagi şör, yaroqsiz  deb hisobga kiritilgan gektarlarni har yili vodiylik qovun-tarvuççilarga sotamiz. Endi uka, saniyam xarajatlaring bor. Men hammasini özim gaplaşib işni pişitib qöydim. Qörqma, bu yoğiga özim javob, dedi dadil ohangda. Qölidagi qora çamadonni oçib bu sening uluşing derkan, mening içimda allaqanday bezovtalik tuyğusi jumbişga kelardi. Aniq bilamanki, şu pulni hozir uşlasam, albatta, qamalib ketaman.

– Yöq, – dedim dadillik bilan. – Uzr aka, men bunaqa işlarga aralaşmayman. Tişim ötmaydi. Pul ham kerakmas. Rustam aka javobimni eşitgaç şu qadar jahl otiga mindiki, qoşlari çimirilib ketdi. Tasodifan tuşgan muştdan biroz tentirab qoldim. Rustam aka baquvvat, salobatli, oq sariqdan kelgan, hokimlarga yaqin qiyofali inson edi. Men ham Rustam akadan nimjon emasman. Lekin ular 4 kişi edi. Şeriklari qöying deb tinçlantirdi. Şunçalik vajohat bilan gapirdiki, göyo hamma alamlarini içiga yutib qöygan ekan.

– Sen mening sözimni ikki qilyapsanmi, seni özim rais qildim, özim yöq qilişim bor. Sen nima meni hamma qöllayapti, endi davrim keldi, deb öylayapsanmi? Sen mening kimligimni bilasanmi? Yoki sen kuç-qudratimni his qilmayapsanmi, kerak bölsa tag-tuging bilan yöq qilib yuboraman. Yaxşilikça arizangni yozda jöna, jipriq. Yaxşilikça jönamasang oilang, bola-çaqalaringa zarar yetadi.

– Olsang işimni olasan, jonimni olarmiding, bilib qöy, men faqat Xudodan qörqaman, bandasidan emas. Sen kimsan? Sen ham Xudoning bir bandasisanda. Erkak böl, Rustamboy erkak! Oilamni aralaştirma, – şunday deya maşinaga ötirib uyga jönadim. Ana endi hammasi ayon böldi. Hammasini içida yiğib yurgan ekan. Hatto ukam deb yurgan, oilamning aʼzosiga aylanib ulgurgan “deman” ham Rustamning odami, quloği ekan. Rustamning ğolib çiqişini bilib, mendan uzoqlaşib, Rustamning pinjiga kira boşladi. Mayli, buk-u alam qilmaydi. Eng alam qiladigani işni olgani kamlik qilganday 50 dan artiq fermerni majburlab arizasiga qöl qöydirib olibdi. Çiroyli ariza ham tayyorlabdi ustimdan. Niyati qamatib, meni yöq qiliş ekan bilsam. Gektarlab yerni sotib, pulini yegan emişman. Nima yomonlik qigandim, tuşunmayman. Ğaflatda qoldim. Hatto yonimda işlaşib yurgan jon sinfdoş döstlarim ham işidan ajralmaslik uçun Rustamdan qörqqanidan hammasi arizaga qöl qöyib beribdi.

Şu tariqa baxtdan sarmast bölib ulgurmay hayotimda katta sinovli kunlar boşlandi. Şunçasini yengib ötdim. Axir, Allohim suygan bandalarini şunday sinovlar bilan siylaydi. Astoydil yeng şimarib, bor kuçim va imkoniyatimni işga solib Rustamboyga qarşi kuraşiş uçun yolğiz özim maydonga çiqdim. Hartugul bir-ikkita Rustamdan qörqmaganlar sudda men tomon bölib yelkama-yelka turişdi. Oçilgan jinoyat işi buni qarangki, şogird ukamni qöliga tuşibdi. Şunga qaramay menga qarşi körsatmalar bir talay bölib turibdi. Men sudda 3 mln söm miqdorida jarima bilan oqlandim. Maşinani sotib jarimani töladim. Lekin Rustamboy bu bilan kifoyalanmadi. Oilamga tahdid qilib meni qörqitdi. Köçib ketişga qaror qildim. Uyimni sotuvga qöydim.

Yangi joyda, yangi hayot boşlaşga qaror qildim. Mayli, hammasiga çidaymiz. Şunça yomonliklardan keyin ham Rustamboyga bir narsa demadim, faqat Xudoga soldim. Rustamboy reja qilganday qamalib ketmadim. Şu orada tezgina uyimga xaridor ham topila qoldi. Taniş akam oldi, öşa paytlarda pulning qadri bor edi. 9,5 millionga kelişdik. 5 millionini oldindan oldim. Qolganini 3 oydan keyin yetkazadigan bölişdi. Arnasoyga unça uzoq bölmagan Mirzaçöldan uy izlay boşladim. Uyda 9 boş qoramolim bor edi. Mol-hol qiladigan qulay yer suriştirdim.

 

Umida Ömirova

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…