133 marta körilgan

Toğlar uxlar, uxlaydi daştlar…

Alişer Narzullo

* * *

Toşdan qattiq ekan tiriklik,

or-nomusdan zör ekan ölim.

Gadoga bir dirham uzatsam,

öng qölimni sezdi çap qölim.

Xudbinlikda yöqmi çegara –

bilmam, qaçon tugaydi bari.

Seni topib olardim, işon –

ketsaydim sal özimdan nari…

* * *

Xayollarga qulluq qildim xöp,

köngil mayli köp böldi ğolib.

Ey, sen, aziz umrimning yarmi,

ketding çang-u ğuborda qolib.

Boqdim – afsus, boqdim – ökinçlar,

aytgil, kimga köngil yoraman?

Çorlab qolsa nogoh qoşiga,

huzuriga qandoq boraman?..

* * *

Somondek soçildi lahzalar,

şamollar uçirib ketmoqda.

Ey kunlar, ey yillar, şoşasiz,

kim sizni qayerda kutmoqda?

Nomaʼlum manzilning yarmida

sarhisob qilsammi umrimni?

Qabul qilarmikan xudoyim

keçikib aytilgan uzrimni…

* * *

Maʼyus-maʼyus boqdim, ajab,

yaydoq qolgan daştlar jimdir.

Izlar kördim qumda ğalat

ketib qolgan bundan kimdir.

Kim ham bölsa maşriqqami,

mağribga yöl olgan, ayon.

Quyoş qumni qizdiradi,

daşt bir özi boqar hayron.

Ana, qara, nor tuyalar

tölqin kabi ketar bir qur.

Bu kimsasiz çöl qöynida

töxtab qolgan kabi umr.

Olislarda kuyar şafaq,

qöl uzatsam… yetadigan.

Yölga çiqdim yolğiz özim

bormi birga ketadigan… 

* * *

Sözlarida yolğon bor, sezdim,

nigohi ham riyo aralaş.

Menga juda malol kelardi

Bu –  yolğon söz,

Bu – yolğon qaraş…

Suvdek oqib bormoqda sekin

essiz umr –

lahza,

onlarim…

Menga yetib ortadi, axir

özim aytgan loş, yolğonlarim.

* * *

Şovqinlar bosilmas,

bu qanday makon?

Bu qanday zamonki borliq mung va ğam.

Hoy, deyman, tirik jon eşitmas,

nega –

Hoy, deyman

qayrilib boqmas bir odam.

Kimdir çorlayotgan bölsa, ajabmas,

mening ham taşvişim xöp va yetarli.

Boqmoqning mavridi emas,

Sen sari,

boryapman, o, yöllar bunça xatarli…

* * *

Toğlar uxlar, uxlaydi daştlar,

yer uxlaydi,

mudrayman özim.

Juda uzoq qolib ketdimmi –

tong qaydasan, yumilar közim…

Uxlab qolsam,

uvol ibodat…

qara, borliq toş qotganini.

Nega quşlar körişi kerak,

har gal oppoq tong otganini?..

Tunning zildek körpalarini

olib otsam,

kun yiğlaydimi?

Erlar lahad içra yotganda,

gapim yuragingga

sal botmaydimi?..

Ğaflat şarobini içgan ğofildek,

mudrayman,

köksimda hasrat, ğalayon.

Balki mahşargaça turmasdim, e voh –

azon yangrayapti qaydandir, azon…

* * *

Urilib ketmayin deya bir lahza

qoqildim, nimadir tuşdi qölimdan.

Ötib ketaverdi odamlar,

men qolmadim, men ham yölimdan…

Çiqib olsam böldi nariga

kimgadir dard – yukimni ortmay.

Tongga yetib  bormoqçi edim

men bugun heç narsa yöqotmay.

Ammo buning iloji qani?..

töxtay desam yurak bermas dov.

Tuşib qoldi nimangdir, deya,

hoy, ham demas ortimdan birov…

* * *

Yer uyğondi, bunçalar gözal,

yomğir yuvdi qir-u dalani.

Bu tumanli harir saharda

dili yoruğ, qarang, hammani.

Bulut, senga rahmat dedim men,

Bahor, sen ham xuş kelding, qani…

Qorlar yoğib iz bosilganda

esga solding, qara, hammani…

* * *

Teşilganmi, dedim bu osmon,

bu yomğirlar ayting, nimasi?..

Men tuproqman, çangim bosilar,

ötib ketar balkim hammasi.

Bir şamolmi kutdim men, ammo

taşqarida yonardi olov.

Yomğir suvi közyoşi kabi

yuzlarimga tökildi birrov.

Bosilganday yuragim hovri

yöl olsammi yana qaylarga?

Huzuringga bormoqlik uçun

aylansammi yo şamollarga…

Alişer Narzullo

 1967-yili tuğilgan. Xöjand davlat universitetining Özbek filologiyasi fakultetini bitirgan. “Rangin dunyo”, “Yaşil daraxtlar”, “Bolalikning sönggi kuni”, “Şamollar girdobida” kabi  kitoblari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.