91 marta körilgan

Özimdan azizroq örtoğ bölsa bas…

Şuhrat Aziz

Qora közligim

Ğamzang öqi hurlarda yöq malohatday,

Kipriging şöx yuragimni yarolatgay.      

Boğlar aro ohlar urib kezdim biram,

Köksimdagi doğlar gözal jarohatday.

Itob aylar tutab xazonrezgim mudom,

Şitob bilan yonmoq ulkan jasoratday.

Xalovatsiz umrim hadsiz sevgim bilan,

Muhabbatsiz yaşamoq ham jaholatday. 

Suyukligim, kuyib tilim yozdim ölan,

Öyiq dilin köşkka ilmiş gado xatday.

Işq bedavo dardki, içki sezgim bilan

Sezdim, şifo yöqdir vafo-sadoqatday.

Botayotgan quyoş juda vazmin bu dam,

Oy boşini egmiş undan xijolatday.

Ğam çekkanni poklar sitam, sevgim bilan,

Kel, sening ham yuragingni jarohatlay.

* * *

Soçingmi yo manim baxtim qarodur,

Jodu közing munçalar tim qarodur.

Şirinmi yo Asalmi – beomonsan,

Noming tilga olsam tilim yarodur.

Mehring dariğ tutma menday yomondan,

Işq fitnasi gulgun qonim arodur.

Qörqamanki, bu ketişda imondan

Ayiradi, közing koni balodur.

Desam: “Qoşi kamonsan”, “Qay zamondan

Kelding?!” dema. Yoying jonim olodur.

Yer tişlatib meni qay bir dovonda

Umr otliğ asov ot jim borodur.

Kipriklaring soyasi

Yuragimga öt solib, gul alvonidan,

Kipriklaring soyasida dam olmasam.

Nima qilib yuribman işq ayvonidan

Çumolining köziçalik ğam olmasam.

Qaroğimdan suv içgan şöx qaldirğoçing

Uya qöysin közlarimning böğotidan.

Kiprigingça soyasi yöq qayroğoçning,

Labing körsa uyalgaydir çöğ otidan.

Çuğurçuqning armoniday bu çöng toğlar,

Ğunçalar ham soçlarini turmakçalar.

Xörsinadi tunda qöli kalta boğlar,

Osmondagi oyni olar kölmakçalar.

Bilmam, qoşing soğindimi ul dudoqlar,

Yo surmali qiyiq közni izladilar.

Tom ustiga çiqib olgan qizğaldoqlar

Yangi oyni töyib-töyib hidladilar.

* * *

Keça kelgumdir debon…

Alişer NAVOIY

Yor kelsa, könglimiz öçoğ bölsa bas,

Hijron damlariga ölçoğ bölsa bas.

Yöl qarab, çöğ sepdik işq osmoniga,

Husn-u malohat, noz-firoğ bölsa bas.

Bola quçoqlagan makka singari

Mayli, yiqilsak ham, öroğ bölsa bas.

Koşki, bu talvasa, yonişlar tugab,

Şam öçsa yo tezroq adoğ bölsa bas.

Mayli, öpmasa ham peşonamizdan,

Soğ bölsa, ğussadan yiroğ bölsa bas.

Araz-u ğarazdan ne naf? Sevgidan

Yuraklar yorişib, çiroğ bölsa bas.

Eşikni lang oçib qöydik, çiqiş yöq,

Köngil qörğoniga kirmoğ bölsa bas:

– Ey Şuhrat Aziz, sen aziz emassan,

Özimdan azizroq örtoğ bölsa bas.

Otning qaşqasiday oy

Nafis ğunçalar öz saflari bilan

Mangu xayrlaşib, yuz oçib borar.

Yo ösma ezgan kök kaftlari bilan

Yuzini tösgan köp qiz qoçib borar.

Beozor qoçirim qilganday olov,

Buğdoyzor oralab yugurar gullar.

Yonarlar qip-qizil çöğ bölib lov-lov,

Gullarning isiga isingan dillar.

Emasman bul otaş içra men tanho,

Lolazor içida şamol ham sanğir.

Dudoqlar iziga tölmiş bu anhor,

Ming yonğoq çaqmasin boşida yomğir.

Injiqlik qilsin deb, suvdan toşgaça,

Çöğday lab nogoh gul bosdi yuzimga.

Otning qaşqasiday oy ham boşqaça

Körina boşladi mening közimga.

U vaqtni köksimga qamab, aftidan,

Yoqib yuborganday bir şöxlik qildi.

Endi işq örtagan yurak taftidan

Suyaklarim yonib ketmasa böldi.

Şuhrat Azizov

1978-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Şeʼrlari “Teran tomirlar”, “Kelajakka işonç bilan”, “Tafakkur çaroğlari” almanaxlariga kiritilgan. “Bir tomçi osmon” şeʼriy töplami çop etilgan.

2022/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.