(hikoya)
Bilmadim, yer yuzida neçta dengiz bor ekan… Kaspiy, Oq, Boltiq, Qora, Marmara, Şimoliy Egey, Örta yer, Sariq, Arab, Janubiy Xitoy, Ölik va Qizil dengiz… Dengiz desam, köksimda nimadir simillab qöyadi. Bu oğriqmi, sançiqmi, bilmayman. Dengiz desam, yuragimning qaqroq yoriqlaridan qözğalgan tözon özi kabi çang bosgan tuyğularni qalbim yuzasiga qalqib çiqaradi. Bir paytlar bu tuyğular suvdek sof, toza edi. Ilgari dengiz nomini tilga olişim bilan billurdek toza suv yuragim tubidan buloq kabi toshib çiqar, öziday zilol tuyğular, zilol xotiralar yetaklovçisi bölib vujudimda kezayotgan qon bilan tomirlarimda jöş urardi. Ammo endi çang-u tuproqlarga, qum va tuzlarga makon bölgan xotiralar içra bir tomçi suvga, bir tomçi zilollikka muhtoj bölib ötiribman. Endi dengiz desam, köz oldimda uzoq çölda quyun bölib kötarilgan tuproq va suvning yerga singgan tomçilaridan yodgor saksovullardan özgasi körinmaydi…
Dengiz…
* * *
– Toğga bor, toşga bor.
Ota-onang quduqda.
Toğga bor, toşga bor.
Ota-onang quduqda…
Bola barmoqlari uzra örmalab borayotgan xonqiziga tikilib ötirarkan, şeʼr aytişdan töxtab buvisiga yuzlandi:
– Buvi, nimaga xonqizi tutib olsak, bunaqa qöşiq aytamiz?
Buvi qora, dağal barmoqlarini qoplagan sovun köpiklarini atrofiga saçrata-saçrata ezğilab ötirgan bir toğora kiridan köz olmagan köyi javob beradi:
– U ota-onasini izlab yölga çiqsa kerak-da, bolam.
– Uning ota-onasi rostanam quduqdami?
– Hmm, şunaqa.
– Buvi, mening ota-onam ham quduqdami?
– …
– Buvi, ayta qoling.
– Ha, bolam, şunday…
– Qaysi quduqdaligini bilasizmi?
– Bilmayman.
Savol-javob şu joyida poyonlaydi. Ammo bolaning könglida miltillab turgan bir qatra ilinjning tafti yanada balandroq lovillay boşlaydi: “Qoplon, eşitdingmi buvimning gapini. Mening ota-onam quduqqa tuşib ketgan ekan. Xuddi xonqizining ota-onasiga öxşab.
Toğga bor, toşga bor,
Ota-onang quduqda…
Hoy, xonqizi! Sen ota-onangni quduqdan qidirişing kerak. Eşitdingmi? Ular quduqda.
Qoplon, Qizilravotda neçta quduq bor ekan-a…”
* * *
– Hoy, bola, senga nima böldi? Voy, ölmasam, ahvolingga bir qara. Momataloq bölmagan joying qolmabdi-ku, kim bilan yoqa böğişding?!
– …
– Gapirsang-çi, tilingni yutdingmi?
Bola hadik bilan bir buvisiga, bir nariroqda boşini ikki oyoqlari ustiga qöygança çözilib yotgan itga qaradi. Vujudini yondirgan olov taftidan butun tanasiga yoyilib, uning kir peşonasi yuzasidan quyilib kelayotgan ter tomçilarini zarda bilan sidirib taşlarkan, javob berdi:
– Erbolat bilan. Özi-da… meni “yetim qözi” dedi.
– Erbolat ğirt ahmoq bölsa. Şu bilan teng böliş şartmidi?
– Siz tuşunmaysiz-da, buvi! Meni haqorat qilganiga jim qarab turişim kerakmidi?!
Bola şiddat bilan ortiga burilib, oçiq darvozadan köçaga yugurdi. Buvisi qölidagi kosovni mahkam çangallagança ostonada qoldi. “Erbolat ahmoq emiş. Ahmoq emas, ğirt hayvon u. Nuqul, Dengizning ota-onasi yöqligini peş qilib, uni kamsitgani kamsitgan. Hali, quduqdan ota-onasini topib olsa, undan şunaqangi öç oladiki, Erbolat uni haqorat qilganiga ming puşaymon böladi”.
Dengiz hamişa kimdandir xafa bölsa çölga jönaydi. Çölning içkariroğida saksovullar ğuj ösgan tepalik uning “hudud”i. U iliq qumga uzala tuşib, osmonni kuzatib yotişni yaxşi köradi. Sahro garmseli saksovul şoxlari uzra betoqat “uvillaydi”. Daydi epkin çölning içkarisidan yetaklab çiqqan çang-tözonni bolaning yuz-köziga soçadi. U heç narsaga parvo qilmay, issiq qumga yotib olib, osmonga tikiladi. Sahroning bulutsiz köm-kök osmoni unga dengizni eslatadi. U tuşlarida tez-tez körib turadigan Orolni ana şu köm-kök osmon kabi keng, sarhadsiz dengiz deb tasavvur qiladi. Unda xayolan suzadi, baʼzida yakkam-dukkam uçrab turadigan bulutlarni esa katta-kiçik kemalar deb tasavvur qiladi. U şu kemalar uzra dengizning bepoyon sarhadlarida kezadi. Baʼzan bu oppoq bulut uning özi-yu, uni bağriga olgança olamni aylanayotgan osmon buvisiga aylanadi. U ilk bor dengiz haqida ham buvisidan eşitgan. Aslida, öşanda bola nima uçun unga Dengiz deb ism qöyişganini söragandi. Buvi esa ikki daqiqaning özida bolaning köz oldiga haqiqiy dengizni keltirdi-qöydi. Buvining aytişiça, qişloqqa hayot berib turgan Amudaryoning uzoqlarda yaşaydigan Orol degan dengizi bor ekan. Amudaryo Orolga xuddi buvidek gap ekan. U uzoqlardagi toğliklar bağridan sizib çiqqan suvlarni yiğib Orolga olib boriş uçun yölga çiqar ekan. Ammo Orolga borgunça Qizilravotga öxşagan yuzlab qişloqlardan, şaharlardan ötib, neça-neça ekin maydonlarini, paxta dalalarini suğorib, ana undan keyin Orolga borar ekan. Kunçiqar tarafda Amudaryoning xuddi öziga öxşagan Sirdaryo degan inisi bor bölib, u ham Orolga quyilar ekan. Orol ana şu suvlarni deb tirik ekan. Lekin, afsus, ular ikkisi Orolga deb olib borgan suvi juda kam bölib, Orolga bu yetmas, uning çanqoğini bosolmas ekan. Şuning uçun u kundan kunga qurib bormoqda ekan. Ammo şunday bölsa-da, bola osmonni Orol deb tasavvur qilişdan töxtamaydi. Yuragining allaqanday beega burçaklarida Orolni olib yuradi. Buvisi, Qoplon iti hamda Qizilravotdan keyin yaxşi köradigan dösti u. Baʼzan daryoda çömilayotganida bir xayoli suv oqayotgan tomonga suzib, Orolga bormoqçi ham böladi. Ammo Orolning juda olisdaligidan hayiqadi.
Baʼzan osmondan “guldirab-guldirab” samolyot ötib qoladi. Bola uzoq-uzoqlarda paşşaday uçib borayotgan samolyotni körişi bilan sapçib örnidan turadi-da, bolalar tilida odat bölib qolgan şeʼrni aytib qiçqirgança samolyot izidan yuguradi:
– Sa-mol-yot, sa-mol-yot,
Qa-no-ting-ni taş-lab ke-et!
Samolyot bolaning xitobini eşitmay, közdan ğoyib böladi. Qizilravotning issiq bağri bolaning ovozini qumga tomgan suvday yutib yuboradi.
* * *
Aytişlariça, Qizilravot çöllarida ilgari baʼzi bir karvon yöllari ötgan. Şuning uçun, çölning içkariroğiga, Tuproqqalʼa tomonga qarab yuraversangiz, yakkam-dukkam suvi qurigan quduqlarga duç kelasiz… Bola ham izlay-izlay mana şunday quduqlardan bittasini topdi. Bola şu paytgaça çölga bunçalik içkarilamagandi. Unga odamlar yodidan unut bölgan, eski quduq kerak edi. Va nihoyat, şunday quduq topildi. Sahroning daydi şamollari tözğitgan qumlar dastidan kömilib qolgan bu quduq Qizilravot sahrosining şimolroğida bolaning “hudud”idan sakkiz-töqqiz çaqirim narida edi. Bola quduqni topişga topdi-yu, uning içiga tuşişga kelganda sal çöçidi. Ammo qidirayotgan narsasining şu yerda ekanligiga işonç tuyğusi uni maqsad sari dadil odimlaşga qayta va qayta undab turardi.
“Bir-ikki-uç”.
Taşlandiq quduq bolani öz bağriga oldi…
* * *
– Bu yerda kimdir bormi?
Quduqning toş devorlari uzra begona ovoz titrab-titrab aks-sado berdi. “bormi-bormi-bormi”. Bola qölidagi teşasini taşlab tepaga qaradi. Quduq oğzidan körinib turgan köm-kök osmon uzra bir odam boşi unga egilib turardi.
– Bu yerda nima qilyapsan, bolakay?
– Körmayapsizmi, işlayapman.
– Ikki daqiqaga bu yoqqa çiqa olasanmi? Yordaming kerak.
Bola osilib turgan arqonga tirmaşib quduq oğziga çiqdi . “Qiziq, bu odam quduqni qayerdan topdi ekan…”
– Isming nima, bolakay?
– Menda işingiz bormi?
Bola notaniş odamning sportçilarnikiga öxşagan kiyimiga, issiqdan böğriqqan yuziga hadiksirab tikildi.
– Şu atrofda birorta qişloq bormi? Iltimos, menga qişloqqa boradigan yölni körsat. Adaşib qoldim.
– Siz kimsiz?
– Ismim Yöldoş. Ilmiy tadqiqot instituti tadqiqotçisiman. Tuproqqalʼani örganiş uçun tuzilgan ekspeditsiya vakillari bilan Xorazmga kelayotgandik. Vertolyotimiz parvoz vaqtida boşqaruvni yöqotdi. Şuning uçun hammamiz paraşyutda yerga sakradik. Men çölning örtasiga tuşdim. Uç soat yura-yura şu yerga kelib qoldim. Qarasam uzoqdan odam qorasi körindi. Kelsam, sen ekansan. Iltimos, meni qişloqqa olib bor. Men zudlik bilan telefon topib, ekspeditsiya boşliği bilan aloqaga çiqişim kerak.
– Yaxşi, sizga yordam beraman. Faqat işimni tugatgunimça kutib turişingizga töğri keladi.
– Bu yerda nima iş qilasan özi?
Bola quduq oğziga boğlangan arqonga tirmaşarkan javob berdi:
– Bir narsani qidiryapman.
* * *
– Xöp kelibsiz, bolam. Bu sahro-yu qumlar bağrida, tağin şunday issiqda tirik qolganingizning özi katta gap. Yaxşiyam yoningizda suv bor ekan. Bölmasa şunça yölni ham bosib ötolmasdingiz.
– Töğri aytasiz, buvi. Nevarangizni menga Xudoning özi yetkazdi. Bölmasa qişloqni topib kelolmasdim.
– Ha, aytgança, Dengizjon bolam, çölda nima qilayotgan eding özi? – savol nazari bilan nevarasiga qaradi buvi.
Bola mehmondan közini olmay javob berdi:
– Qoplon çölga qarab yugurib ketuvdi. Uni quvib borgandim.
– Ha, mehmon, bu özi şunday. Itini biram yaxşi köradi. Eng yaqin dösti. – Buvi şunday deya bolaga ögirildi. – Dengiz, bor, qöylarga yemiş berib kelgin.
Bola indamay örnidan turdi. Söri tagida yotgan it dumini likkillatgança unga ergaşdi.
– Nevarangiz bilan yolğiz yaşaysizmi, buvi?
– Şunday, bolam. Sizning oilangiz bormi?
– Onam, ikkita qizim bor. Xotinim vafot etgan. Ikki yil böldi.
– Ha, Alloh yozgan taqdir-da, bolam. Şeriklaringiz kelib olib ketguniça bemalol biznikida turaverişingiz mumkin. Biror narsa kerak bölib qolsa, Dengizga ayting.
* * *
Sahrolar bağrini qoq ikkiga bölib Amudaryo oqib ötadi. Jayhunsuvning har tomçisida bir olam yaşaydi. Har tomçida bir baxt, bir umid, bir orzu, bir armon. Qum zarralarini har yon uçirgan garmsel şamoli uning bağrida şabadaga aylanadi, umid bilan ekilgan uruğlar şu suvni deb boşoq böladi, egat böladi, nihol böladi. Atrof-javonibni jizğanak qilgan oftob uning bağrida nurga aylanadi. Amudaryoning bağri ana şunday keng, ana şunday jonbaxş. Xuddi buvilarning bağri kabi.
– Daryo toşqin, suvlar tölqin, ötolmayman,
Otim oriq, manzilimga yetolmayman… Dengiz, anavi qiz kim?
– Nurjan ustoz-ku. Murod amakining qizi. Maktabda geografiyadan dars beradi.
– Öqituvçing ekan-da.
– Ha. Nurjan opa juda yaxşi qiz. Daryo böyiga tez-tez kelib suvga tikilgança jim yiğlab ötiradi. Aytişlariça, eri Amudaryoda baliq ovlayman deb çökib ketgan ekan.
Bola örnidan turib, şimi poçalarini yanada balandroqqa şimardi:
– Menga yordam berib yuborasizmi?
– Qanaqa yordam? – Yöldoş közini narigi sohildan olib, bolaga qaradi. Bola epçillik bilan keçuvga sakrarkan, javob berdi. – Suv taşiymiz, Nurjan opalarning quduğidan. Harna daryoga yaqinroq. Yöldoş heç narsaga tuşunmagan bölsa ham, Nurjan ismini eşitib, tezlikda bolaga ergaşdi. Dengiz eşagiga arava qöşib olib çiqquniça Yöldoş böş çelaklarni taxt qilib qöydi.
– Uyda suv yetarli ekan-ku, suvni qayoqqa taşimoqçisan?
– Yuravering-çi, oxirida körasiz.
Çelaklar önta edi. Ön çelak suv quduqning muzday bağridan çiqib, temir çelakning bağrini töldirdi. Ön çelak suv, önta hayot. Olovtaft çöllar issiğida bu neʼmatsiz yaşab qoliş qiyin. Dengiz ketma-ket eşagining biqiniga niqtarkan, xayoli Orolda edi: issiq havo, biyday çöl, tomoği çanqoq zabtidan qaqragan Orol zörğa nafas oladi. Şörlikning tomoğiga bir tutam tikan kirib qolganday, har yutinganda dahşatli oğriq qözğaladi. Kuçli çanqoq dahşatini bola bir hafta avval quduq kavlagani borganda his qildi. Agar Qoplon öyinqaroqlik qilmaganda, ehtimol, bunaqa bölmasmidi. Öşanda u har doimgidek eski quduq oğziga keldi. Saksovul şoxlari bilan berkitgan quduq oğzini oçib içkariga tuşişdan oldin yölxaltasini quduq oğziga qöydi. Xaltada yarimta non, yelim idişda suv, boya kelişda yöldan topib olgan uçta oşiq bor edi. Şu köyi u tuşgaça işladi. Çanqab qolib, suv içmoqçi bölganda yölxaltasini taşqarida qoldirgani yodiga tuşdi. Çiqib qarasa, xalta yöq. Nariroqdagi saksovul soyasida uzala tuşgança yotib olgan Qoplon xaltani oldingi oyoqlariga qisib, ğajib ötirar, undan biroz narida tiş zarbidan beli yirtilgan böş yelim idiş, oşiq donaçalari dumalab yotardi. Yarimta nondan asar ham yöq. Dengiz Qoplonni rosa qumböron qildi, biqiniga tepdi, oyoğini bosdi. Ammo endi keç bölgandi. Oftob qizdirgandan qizdirar, atrofda qilt etgan tirik jon yöq, biyday çöl. U jonholatda qişloq tomon yugurdi. Yugurgan sari tanasidan mador ketardi. Tomoği qaqrab, açişar, borgan sari holsizlanib borardi. Yura-yura bir soat deganda qişloqqa yetdi.
Eşak tösatdan töxtab qolgaç bola çöçib boşini kötardi. Oldinda tölqinlari mavj urgan Amudaryo oqib yotardi.
– Dengiz, yöldan adaşdingov. Daryo böyida kimga suv kerak?
– Yöq, adaşmadim. Qani, Yöldoş aka, çelaklarni sohilga taşiylik-çi.
U şahd bilan ikki çelak suvni olib, daryo tomon ketdi. Yöldoş uning nima qilmoqçiligini hamon anglolmay, angrayib turardi. Dengiz sohilga tört marta qatnab çelaklarni sohilga taşidi. Oxirgi ikki çelakni Yöldoş özi olib bordi.
– Nima qilmoqçisan özi?
– Hozir…
Dengiz çelakdagi suvlarni birma-bir daryoga quydi. “Amudaryojon, bu suvlarni Orolga olib bor. Harna u uçun olib boradigan suving ön çelakka köpaysin. Iltimos, uni ehtiyot qil. Iloji boriça köproq suv elt. Bağringdan behuda suv yulayotgan odamlarga: “Bu suv Orol uçun, unga tegmanglar”, de. Daryojon, Orolni saqlab qol…”
* * *
– Dengiz, xayriyat, şu yerda ekansan. Buving seni qidiryapti.
– Doniyorlarnikiga ketdi, demadingizmi?
– Aytdim. Çaqirib kel, dedi. Keçki ovqat tayyor böldi. Yur, ketdik.
– Hozir, çiqaman.
Quduq oğziga mahkamlangan arqon silkinib, xira qoronğilik bağridan bolaning gavdasi çiqib keldi. Yöldoş uning bilagidan tortib, çiqişga kömaklaşarkan, uning oppoq çangga belangan ust-boşiga qarab, dedi:
– Dengiz, sendan bir narsa sörasam, maylimi.
– Mayli, sörang.
– Bu eski quduqdan nimani qidiryapsan?
– Muhim narsani. Lekin nimaligini aytolmayman.
– Xöp, topişingga işonasanmi?
– Albatta.
– Yaxşi. Lekin bir narsani unutma. Bu hayotda qidirgan narsalaringning hammasi ham topilavermaydi. Faqat topilmaganda qidirişni töxtatmasang bas…
– Buni bilaman. Odam degani bir kuni töxtab qoliş uçun harakatni boşlamaydi-ku.
– Ertaga ketyapman. Maşina yuborişyapti. Şu bilan ança muddat Xorazmda bölaman.
– Qizilravotga boşqa kelmaysizmi?
– Xudo xohlasa, kuzda qizlarim bilan kelaman.
* * *
Toğga bor, toşga bor,
Ota-onang quduqda…
Quduqdan xonqizining ota-onasi topilmadi. Bolaning otasi ham, onasi ham çiqmadi. Quduq içi çuqurlay borgani sari tuproq namlab ketaverdi. Allaloqibat, suv çiqdi. Loyqa, ammo muzdek suv… Çölning olov bağrida qurib borayotgan hayot uzra tabiatga jon ato etib, muzday suv çiqdi. Töğri, dengiz juda olisda. Ammo Amudaryo bor ekan, bu suvlar, albatta, unga yetib boradi. Dengizgaça yölni heç kim Amudaryoçalik yaxşi bilmaydi. Dengizning qalbini heç kim uningçalik tuşunmaydi. Dengizni heç kim uningçalik sevmaydi…
Ona yer öz bağrida yana qança suvni Orol uçun asrab kelayotganikin…
Oldiniga qaqragan tomoqlari uçun bu suvni körib xursand bölgan bölsa-da, izlagan narsasini topolmaganidan biroz öksindi. Şunda sahroning öynoqi garmseli köksini quçdi. U bir dam botayotgan quyoş tomon qöllarini peşonasiga soyabon qilib qarab qöydi-da, ertaga boşqa quduqni izlab topişga qaror berdi…
Iroda Zokir qizi
2001-yili tuğilgan. Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi. Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. Hikoyalari adabiy naşrlarda çop etilgan.
2022/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


