107 marta körilgan

Borgan sari yaqinman özga…

Şermurod Subhon

* * *

qanday yozilsa şunday öqilişi lozim bölgan

sözlar kabidir

har ikki yuzim

u yuzimdan urganga valloh

tutib bermasman aslo bu yuzim

ha buni bilsin döst-u ğanim

baʼzi savollarning javobi qisqa bölar

ha yoki yöq

uzun bölar umri

nimadan darak

tongning otişi

anglatar neni

va yo bu botiş

toliqdim-ku soya

yetaklamoqdan

bu dunyo u dunyoning qoralamasi

misoli közgu…

* * *

bugun bölmasa

ertaga deya

ortga suramiz goh

muhim yumuşni

havola qilib barin

vaqtning hukmiga

bilsak-da borin

ertaning-da

yana bir ertasi

* * *

darvoqe

tartibga solişim kerak

avvalo fikrlarimni

söngra öy-xayol

qaraşlarimni

mening közim bilan köradi ruhim

eşitar quloğim-la

tutsa qölimdir u

yursa oyoğim

soyadan yasalganmi deyman bu dunyo

yöqsa nega

omonatdir bunda

barça-barçasi

* * *

bilmadim

bularni senga aytişning

hojati bormi

bor bölsa aytay

boq

bular mening qoralamalarimdir

tuşdan xotira

aytilmay qolgan

yurak tubida…

* * *

yoğa-yoğa va nihoyat

pasaygani kabi

yomğirning şaşti

tuşasan sen ham

asta hovurdan

tinar köz yoşing

naqadar yoqimlidir bu

naqadar zavqli

endigi iliqlik

isinsa bölar naq…

* * *

diqqat

kulib turing

suvratga olaman

çiq…

qoyilmisiz?!

jo ayladim sizni

bir umr qalbga

* * *

yolvorsam-da garçi neça

yiqilib vaqtning

oyoqlariga

qaytmas aslo vaqt

eh şundanmi deyman

oh çekar beun

gohida yurak

* * *

şeʼr olar mendan keça

söz navbatini

tinglagan bormi

bormi anglagan

yurak zarbini

* * *

yaxşi hamki keça bor jim-jit

tun bor zim-ziyo

foriğ aylab bizni ziyodan

tin berguçi közlarga

tong otgunça yop-yoruğ

* * *

neki bor

neki muhayyo

luqma kabi yutar barin yer

galma-gal bir-bir

* * *

qayerdan boşlanib

bitar qayerda

yolğizlikning heç

poyoni bormi

bormi adoği

tiksam garçi köz…

* * *

şuurimda pişirib hil-hil

şeʼrga solaman öy-u

xayollarimni

tutsin deya hidi

jumla olamni

* * *

na yaxşisan bus-butun

na yomon butkul

hali u san hali bu

misli buqalamun

* * *

xayol-da bu

yöl boşlar bot-bot

bilsam-da garçi

yöq sendan umid

* * *

izn ber

men endi ketay

özlikka hayot

* * *

hamma şoir emas

şoir hammadir

* * *

ammo va lekin

bari bir biroq

* * *

borgan sari yaqinman özga

uzoqdir tobora özga

* * *

öt çiqqanda suv bölsin çin söz

jilla qursa çökkanga bir xas…

* * *

qölga ol asov vaqt jilovini

poyoniga yetmay umr poygasi

* * *

yoqib tuşadi quloqqa biram

sukunatning sassiz sadosi

Şermurod SUBHON

1966-yilda tuğilgan. Toşkent davlat universiteti hamda Istanbul universitetida tahsil olgan. Uning “Sokin söz suvrati” şeʼriy töplami, “Şeʼriyat iqlimi” ilmiy maqolalar va tarjimalar kitobi çop etilgan. Şuningdek, turk yozuvçisi Mehmet Önderning şarq mutafakkir adibi Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodiga bağişlangan “Mavlono” biografik asarini tarjima qilgan.

2022/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.