1
Bu tayoqdek qiltiriq, pardek oppoq yuzli, dengizdek moviy közli, soçlari tözğib ketganidan jingalaklaşgan bolakayni köchaning boşqa bolalari unça yoqtirişmasdi. Nima uçun degan savol paydo bölgandir sizda. Ehtimol, boşqalarning Kostinikidek moviy közlari yöqligi, köpçilik insonlar moviy közlarni yaxşi körişi bunga sababdir.
Qolgan bolalarning Kostiga bölgan munosabatlari şunday: “Guruhga olmang, yaramaslarga oramizda örin yöq…”
U bolalarga yaqinlaşdi degunça har tarafdan qiyçuv, tös-töpolon boşlanadi: “Sur bu yerdan, yöqol, közimizga körinma…”
Bu safargi haydaşlardan keyin u biroz yerga qarab öylanib turdi, öksindi, keyin esa mayin va past ovozda tilga kirdi:
– Ötgan kun bizning qorovul daraxt ekiş uçun boğimizda bir joy kovlamoqçi böldi, qölidagi kurak bir narsaga qattiq urilib, qarsillagan ovoz eşitildi. Aytsam, işonmaysizlar, bir qarasam kovlangan yerda suyaklar qoldiği va katta sandiq yotibdi. Darrov sandiqni u yerdan olib tuproğini artdik, oçsak, sandiqda…
– Tur yöqol, landovur, yolğonçi, heç kim seni eşitişni istamaydi, gapga tuşunmaysanmi yo? Nega oyoq ostida öralaşasan? – deya uni bolalar haydab solişdi.
U boşini egib, billur közlari battar maʼyuslanib çekkaga çiqdi. Öyingohning quyoş nurlari tuşib turgan kursisiga ötirib öyga toldi. Ayni kursida orom olayotgan bir kişi uning holini çetdan jim kuzatardi. Söngra yoniga sal surilib bolaning yelkasiga qölini qöydi va sekingina söradi:
– Isming nima, bolakay?
– Jim.
– Iya, şundaymi? Sen rus emasmisan?
– Yöq, inglizman, ser.
– Yöğe, inglizmisan, işoniş qiyin, qanday qilib rusçani bunçalik ravon gapiryapsan unda?
– Juda kiçkinaligimda otam bilan qoçib kelganmiz bu yerga…
– Qoçib deysanmi? Nimaga qoçasizlar?
Bolakayning öyçan közlari samoga tikilar, olislarda suzib borayotgan bulut ortidan ergaşardi. Bolakay past ovozda javobladi:
– Bu juda açinarli hikoya, ser… Aytsam, işonmaysiz. Xullas, mayli, sizga aytib bera qolay. Otam bir odamni öldirgandi…
Savol söragan kişi qörquvdan örnidan qanday turganini bilmay qoldi. Heç ikkilanmay “öldirdi” deya gapirayotgan bolakaydan bir qadam nariga tisarildi.
– Odam öldirdi, deysanmi? Nimaga öldirdi? Kimni öldirdi?
– Siz “city” nimaligini bilasiz, ser…
– Aa, xöş-xöş?
– “City”da juda maşhurlikka erişgan bir bank bor edi. U hoziram bor, kattalar bu haqida yaxşi bilişadi. Otam u yerda kotib bölib işlagan. Keyinçalik yaxşi işlagani uçun ğaznaçi qilib qöyişdi. Iş kunlarining biridagi keçada, ğazna kirim-çiqimini hisoblaş uçun bankka qaytganida bank oltinlarini öğirlayotgan bir kimsaga közi tuşadi. Bildirmay işini kuzatadi, soyasiday ortidan ergaşadi. Taxmin qilib köring-çi, u kim bölib çiqadi? Öşa bankning direktori. U hamma ketganidan söng bankka qaytadi va katta sumkasini oltin-u pullarga töldiradi. Biroq endi qoçaman, deb turganida otam uning yoqasidan oladi. Qoçadigan bölsa, şubha-gumonlar ostida qolişini bilgan direktor jimgina turaveradi, otam esa nomusli inson bölgani uçun bu işga çidolmay uni böğib, öldirib qöyadi. Öşa keça uyga rangi oqarib şoşa-pişa kirib keldi va meni kiyintirdi, qizil bir kemaga çiqqanimiz ham esimda, xullas, daryo-yu dengizlardan oşib Rossiyaga yetib keldik.
Bu gaplarni tinglayotib rahmi kelgan kişi bolakayning yelkasiga yana qölini qöydi:
– Çindan açinarli… Özi quvvat bersin, – deya şivirladi. – Mayli, siqilma, bolakay, onang qayerda?
– Yonib ketgan, ser…
– Qanday yondi, nimaga yonadi?
– Kunlarning birida köçamizning bolalari uyimiz oldida pullarni yoqib öynab ötirişgan, onam bu paytda bozorga ketayotgan bölgan. Hazillaşib onamning ustiga bittasini otişgan. Yonayotgan pul paltosi içiga kirib ketgan va bir zumda maşʼala holiga kelib qolgan beçora volidam…
Bola boşini quyi solib, jimib qoldi.
Bu falokatli qismatni yurak hovuçlab eşitayotgan odam unga şunçalik açinib ketdiki, közyoşlarini tutolmay qoldi. Közyoşlarini artib, burnini torta-torta, piqillab:
– Eh, beçora bolakay… – dedi, – yaxşisi, kel, men seni uyingga eltib qöyaman. Boşingga yana bir falokat tuşmasin tağin.
Bolakay mayingina jilmaydi:
– Aa, yöq, rahmat, ser, marhamatingiz uçun, menga heç balo urmaydi. Mana bu tumorni köryapsizmi? U meni har qanday ofatdan saqlaydi.
Bolakay çöntagidan yoğoç bir huştak çiqarib mamnuniyat bilan suhbatdoşiga körsatdi:
– Qanaqa tumor bu?
– Buni menga Qrimda bir tatar ayoli hadya etgandi, biz u bilan bir dengiz sohilidagi qumloqda gaplaşib qolganmiz. Nima deb öylaysiz, bu nima? Aytsam, işonmaysiz, öşanda u buni qölimga tutqazib, dengizga şönğib ketgandi. Juda ğaroyib voqea bölgandi öziyam.
Bir soatlik hikoyani tinglab bölgaç odam xayrlaşişga taraddudlandi:
– Mayli, rahmat, Jim, sen ketmaysanmi? Men endi ketmasam bölmaydi. Omad, Jim.
Bolakay ham xayrlaşib, zinalardan yuqoriladi, ketayotgan odam orqasiga qarab u közdan yöqolguniça kuzatib turdi. Oradan biroz vaqt ötgaç yoniga bir ayol yaqinlaşib undan söradi:
– Kimni izlayapsiz, janob?
– Maʼzur tutasiz, heç kimni. Ha, aytgança, hozirgina zinalardan çiqib ketgan bolakay kim?
– Bu Çerepitsinlarning öğli Kosti. Biror işingiz bormi?
– Aa? U ingliz emasmi?
– Nega ingliz ekan, rus bolasi, albatta. Töxtang, yana bir qilğilik qildi, şekilli, bu yolğonçi. Bilsangiz edi onasi bu yaramas bola uçun qançalik yuzi şuvut böladi.
– Yo Tangrim, uning onasi bormi, tirikmi?
– Albatta, tirik, janob, lekin bu yolğonçi onasini öz kirdikorlari bilan tiriklay görga tiqişi aniq. Ota-onasi qanday odamlar-u, bu qanday farzand… Turgan-bitgani yolğonçi. Bu yaramas bolaning qandayligini butun mahalla biladi. Uning hiylasiga uçmagan, pandini yemagan odamning özi yöq. Uning yolğon sözlari hammaga yod bölib ketgan: “Yolğon gapirsam, til tortmay ölay… Aytsam, işonmaysiz… Xullas, gap bunday…”
2
Kosti betinim qönğiroqni jiringlatavergaç uy xizmatçisi Ulyaşa eşikni oçdi:
– Kosti, vaqt allamahal böldi, qayerlarga yöq bölib ketdingiz?
– Köçada edim. Qorovulimizni maşina urib, yançib ketdi. Bir qarang-çi, etiklarim qon bölib ketmabdimi?
– Yo tovba, qaçon, qanday yançib ketdi? Öldimi?
– Ha, – bolakay boşini quyi soldi. – Şunday böldi… Köçada bir katta janob maşinasini uçirib keldi, juda katta tezlik bilan keldi öziyam, qorovulimiz qoçişga ulgurolmay qoldi.
– Yo tovba, Kosti, yolğon sözlayapsiz, yolğon, işonmayman. Qanaqasiga urib yuboradi, qorovulimizni biroz oldin kördim-ku, soppa-soğ edi.
– Yöq-yöq, bu hodisa hozirgina yuz berdi, heç qança vaqt ötmadi sodir bölganiga, yolğon gapirsam, til tortmay ölay, rostdan şunday böldi.
– Yolğon gapiriş qançalik gunoh, heç uyalmaysizmi gunoh qilişdan… Mayli, ovqatingiz sovib qoldi, onangiz bir joyga zarur iş bilan ketgandi, kiring içkariga, katta xonim sizni kutyapti.
Kosti ozğin oyoqlari bilan mayda qadam taşlab içkariga, oşxonaga kirdi. Katta xonim söz boşladi:
– Nega keç qolding, Kostiginam, qayerda eding, ovqatlaniş vaqti ötib ketdi, axir, bolajonim.
– Töğrisini aytsam, köçadan qaytganimga bir soatdan oşdi, faqat uyga kirişda baʼzi sabablarga köra uşlanib qoldim, buvi.
– Yana nima böldi, tinçlikmi?
– Xullas, gap bunday, eşikka yaqinlaşgandim qora kiyinib olgan ikki kimsa eşigimiz qulfini kovlaştiryapti. Ulardan biri har xil kalitlarni teşikka tiqib, alohida qilib şerigiga uzatyapti. Kalitlarni qulfga solib körayotgan böydorroq kişi yonidagi şerigiga:
– Bu töğri keldi, biroq buralmayapti, – dedi.
Yonidagi kalta böyli şerigi esa:
– Demak, ölçami şu, balki, yaxşilab burab körarsan, – dedi. Buvi, xuddi şunday dedi, yolğon gapirsam, til tortmay ölay. – Katta xonim ikki qölini yonoqlariga qöyib ingradi:
– Kosti, yolğon gapiryapsan, ğirt yolğon. Birorta sözingga işonmayman.
Kosti esa beparvolarça polda oyoq surib:
– Mayli, siz aytgança bölaqolsin, mayli, men yolğonçiman. Ular uyimizga bostirib kirib qimmatbaho narsalarimizni olişsa, hammamizni böyma-böy talab böğizlaşsa, şunda bilamiz gapim yolğon yo çinligini. Töğrisini aytsam, menga buni farqi yöq. Mening vazifam sizlarga yetkaziş. Özingiz bilasiz, mayli…
Katta xonim qörquvga tuşib, tirişgan lablari battar bir-biriga qapişdi.
– Kosti bolam, yolğon sözlayapsan, yolğon, bu yolğonni şu daqiqada öylab topganingni közlaring ham aytib turibdi.
Kosti odamni qörquvga soladigan tarzda, dona-donalab:
– Yolğon deyapsiz-a, yolğonmi, – deya baqirdi, söng ovozini paysaytirib: – Xöp, mayli, men sizga ularning huştagini körsatsam, işonarsiz, yolğon demassiz, ehtimol.
– Senda ularning huştagi nima qiladi?
– Bu juda tez sodir böldi. Xullas, ular işini yakunlab, ulovga çiqişdi, men ham yaşirinça bir burçakka kirib oldim, şahar taşqarisidagi bir joyga töxtaşganida, kalta böyli kişining yonidan yugurib ötdim. Ötayotgan paytimda tirsagim bilan orqasidan turtdim. Va ayni şu paytda çöntagidan huştagini öğirlab oldim. Mana öşa huştak.
U çöntagidan öşa huştakni çiqardi va közlari deyarli körmaydigan buvisiga olisdan bilinar-bilinmas körsatdi.
Buvining yuragini şubha-yu gumon egallab oldi, xayolida esa şu sözlar çarx urardi: “Yolğon sözlayotgani aniq, agar rost bölsa-çi, qulfimizga mos kalit yasaşsa, içkariga kirib, barçamizni bir boşdan öldirişsa nima qilamiz? Ilgariroq gazetada şunga öxşagan bir xabarga közim tuşgandi. Ulyaşaga aytiş kerak, keçqurunlari, ayniqsa, yotişdan avval eşikni har joyidan qulflaş, zanjirini ham mahkamlaş lozim”.
– Bor, Ulyaşani çaqir, – şoşilib nevarasiga buyurdi buvi.
Kosti sekin-asta yurib ketdi. Telefonda allakim bilan baland ovozda gaplaşayotgan Ulyaşaga vahimali ovozda baqirdi:
– Oşxonadagi suv jömragini yana oçiq qoldiribsan, butun oşxona suvga tölibdi, barça narsalar suvda qalqib-qalqib derazadan taşqariga suzib çiqyapti.
Göşak qarsillab devordagi joyiga qaytdi, Ulyaşa yölida uçragan narsalarga turtinib-surtinib oşxonaga yugurib ketdi. Birozdan söng esa oşxona bilan boğliq vaziyat oydinlaşdi.
– Kosti, yana yolğon sözladingizmi, qaçon bas qilasiz-a uydirmalaringizni? Bugungi yolğonlaringiz har doimgidan ham oşib tuşdi. Böldi, bu uyda ortiq qololmayman, pulimni tölaşsin, ketaman.
Kosti ğazablanayotgan ayolga yuvoş tortib qaradi:
– Şirillagan ovoz eşitildi, men haqiqatdan suv toshib ketdi, deb öylabman. Aybim nima?..
Heç kimga “zarari tegmaydigan” bolakayning bu vaziyatda yuragidan nimalar keçayotganini yolğiz xudo biladi. Ehtimol, haqiqatdan ham baʼzi xonadon eşiklari oldida içkariga kiriş uçun yöl izlayotgan qulfbuzarlar bordir, ehtimol, jömraklar oçiq qolgani sababli uylar suv bilan limmo-lim tölgandir…
3
Keçga yaqin Kosti bobosining ijodxonasidagi yozuv stolida közlarini katta-katta oçib qoğozlarni taxlayotgan çötir qöllariga tikib ötirardi.
Bobosi:
– Kosti, bugun qayerlarga yöq bölib ketding, qayerlarda sanğiding? – deya söradi.
– Boqqa bordim, u yerda kimni körganimni bilasizmi, aytsam, işonmaysiz, Lidoçka Piryonining onasini kördim. Töğrisi, aldasam, til tortmay ölay.
– Nimalar deyapsan, ahmoq bola, Lidoçkaning onasi ölgan-ku axir.
– Men ham şunga hayronman-da, bobojon, xullas, boğ yonidagi oromkursida ötirgandim, birdan quyoş orqasidan böz bir bulut çiqdi, sekin-asta yerga tuşdi. Undan, aytsam, işonmaysiz, xuddi özi, Lidoçkaning onasi çiqib keldi, çehrasi şunday mahzun ediki… Keyin sekingina Lidoçkaning yoniga ötirdi. Qölini qizining boşiga qöyib, meni barmoği bilan yoniga imladi. Söng esa yana asta-sekinlik bilan közdan yöqoldi…
Bobo köz ostidan miyiğida kulayotgan öğliga qarab:
– Bölişi mumkin, öğlim… – dedi mahzun ohangda.
Bolakay bobosining yelkasidan oşib:
– Bobo, bu qoğoz nima? – deya söradi. – Mana, mana şu töpponça surati tuşirilgan qoğoz?
– Bumi? Dökondan xarid qildim. Işxonadan aytişdi olinglar deb…
– Töpponçanimi?
– Albatta, bolam, bankimiz xavfsizligi uçun emiş.
– Töpponça-ya, – Kosti hayratdan kattalaşgan közlarini yummasdan bobosining jiddiy yuziga qaradi.
Kim ham biladi deysiz, ayni zamonda uning xayolidan nimalar ötmoqda. Yuragida nomaʼlum soyaday turli fikrlar öynayotgandir, balki…
Tösatdan qattiq titrab örnidan turdi, juda şoşilib, besas qadamlar bilan bobosining xonasidan dahlizga çiqdi. Ikki xonadan mayin şabada kabi yengilgina ötib, onasining xonasiga böron kabi otilib kirdi.
– Buvijon, bobomning ahvoli juda yomon…
– Nima böldi yana, nima?
– Xonasiga kirgandim. Aytsam, işonmaysiz, qarasam, yozuv stoli yonida yerga çözilib yotibdi. Sal nariroğida bir töpponça bor. Hamma joy qon, butun xonani ğalati hid tutib ketgan. Aldasam, jonim uzilsin…
Bunga javoban xonada vahimali bir faryod yangradi. Katta xonim börondan qoçayotgan quşdek turmuş örtoğining xonasiga yugurib bordi va uni soğ körib köngli tinçlandi. Ortidan qiqirlab kelayotgan Kostiga qaradi:
– Bu bolani nima qilsam bölarkin-a, – deya yiğlay boşladi. – Bu yaramas, yolğonlari bilan uydagilarning hammasini jonidan töydirib böldi. Xizmatçimiz undan nafratalanadi, mahalladagi bolalar körib qolişsa, sassiq itni quvgan kabi ortidan yugurişadi. Öta yaramas va yolğonçi bola. Katta bölsa kim bölarkin, xayol qilişga ham qörqaman, töğrisi, dadasi…
Bobo öğlining jingalak soçlarini silab, javob qaytardi:
– Taxminan tasavvur qilyapman… Katta bölganida ham barça uni şunday quvlaydi, haydab soladi, tuşunolmaydi, tinmay ustidan arz qiladi…
– Xöş, katta bölsa, nima bölarmiş bu yaramas?
Bobo oqargan soçlarini silab, ğamgin şivirladi:
– Azizam, u şoir böladi…
Arkadiy AVERÇENKO
(1881–1925)
Rus yozuvçisi.
Kitoblari: “Hajviy hikoyalar”, “Qabrtoşlar: Hikoyalar”, “Quvnoq ustritsalar”, “Davolovçi hikoyalar”, “Suvdagi aylanalar”, “Qoraga oq bilan”, “Begona ötlar”, “Panjaradagi möjiza”, “Böri örasi”, “Şumtakalar”, “Tovonbaliq va çörtanbaliqlar”, “Inqilob beliga piçoqlar”, “Iflos kuç”, “Bolalar”, “Qaynayotgan qozon”, “Rossiyaning eng maşhur kişilarining 20 portreti”, “Çayongulda hordiq”, “Hayosizning hikoyalari”.
Rus tilidan Rahmat Bobojon tarjimasi
2022/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


