Könglimga hamişa köz ber, Xudoyim,
Pok, halol nasiba, tuz ber, Xudoyim.
Dillarni ziyoga eltmoği uçun
Faqat dargohingdan söz ber, Xudoyim!
Ğayrat MAJID
Özbek adabiyoti, ayniqsa, şeʼriyati isteʼdod sohiblariga hamişa boy. Ular orasida şoir Ğayrat Majid ijodi ham alohida ajralib turadi.
Şoir şeʼriyatida vatan mavzusi yetakçi xususiyatga ega. U köhna ona qişloğini va qadimiy Keş-u navqiron Şahrisabzni kuylaş barobarida butun Özbekistonni uluğlaydi. Vatan ostonadan boşlanadi, deganlaridek, birinçi galda özi tuğilib voyaga yetgan Qaşqadaryo vohasini, uning gözal göşalarini şeʼrga soladi. Eng muhimi, şoirning nazdida vatan va iymon tuşunçalari uyğun ifodalanadi:
Toğlar sari yöllar tuman hamişa,
Bahor kelsa olam çaman hamişa.
Bobom aytar edi, vijdon bu – eldir,
Iymon deganlari – Vatan hamişa.
Şoir qaysi mavzuda şeʼr yozmasin, ona yurt timsoli, uning qudratli va obod, sarhadlarining mustahkam bölişi birinçi galda köz oldida turadi. Xususan, öz öğlining Alpomişday pahlavon, ona Vatan uçun mustahkam qörğon bölişini orzu qiladi:
Alpomişday pahlavon
Öğlon bölasan, öğlim.
Şu yurt uçun mustahkam
Qörğon bölasan, öğlim.
Vatanga muhabbat, ona xalqqa sadoqat bilan yöğrilgani uçun ham Ğayrat Majid tizmalari – botiniy munavvar şeʼrlar.
Badiiy söz zimmasiga birinçi galda ezgulikni kuylaş, nimaiki unga zid bölsa, ayovsiz foş qiliş vazifasi yuklatilgan. Ayni azaliy va hamişa dolzarb ijodiy haqiqatni teran anglagan şoir ham, avvalo, ezgulik qöşiğini baland pardalarda kuylaydi, öz tizmalarini ezgulik nuri bilan munavvar qiladi. Hasad, adovat, xiyonatga qasdma-qasd muhabbat va sadoqat tuğini baland kötaradi:
Kerak emas hasad, adovat,
Qurib ketsin, xiyonat, zoting.
Hayot, faqat isming muhabbat,
Bölsin doim sadoqat oting.
Şoir “Men munojot aylar kuyçi şoirman” der ekan, aksariyat şeʼrlari Tangriga sidqidildan tavallo ruhi bilan yöğriladi:
Ilohi,
Ne bölsa bariga kamarbasta dil,
Tanim salomatdir, bemor-xasta dil,
Goh çopib, gohida borar asta dil,
Xudoga şukur.
Şeʼriyatni ulkan çinorga qiyoslaydigan bölsak, mumtoz şeʼriyat uning baquvvat ildizlarini taşkil qiladi. Kelajak ötmişga tayangani kabi zamonaviy şeʼriyat ham azaliy anʼanalar buloğidan bahra oladi. Bu boradagi azaliy izdoşlik anʼanasiga sadoqat ijodkor şeʼrlarida ham yaqqol közga taşlanadi. Binobarin, uning şeʼrlari buyuk salaflar ijodiga tayangani bois özgaça şukuh kasb etadi:
Toza iymon birla köngil bölgay but,
Dunyo-çun ğam çekmoq işlarin unut.
Hazrat Navoiydan meros hikmat bu:
Ey döst, tiling birla dilingni rost tut.
Butun olam bir oğiz ilohiy söz bilan yaratilganiga hamişa alohida urğu berilişi bejiz emas. Hazrat Alişer Navoiy “Nazm ul-javohir” asarida sözga juda yuksak taʼrif beradi:
Sözdurki, nişon berur ölukka jondin,
Sözdurki, berur jonğa xabar jonondin.
Insonni söz ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari şarifroq yöq ondin.
Darhaqiqat, insonni hayvondan afzal qilgan sözlaş qobiliyati, yaʼni sözdan ham qimmatli gavhar yöq. Şu nuqtayi nazardan Ğayrat Majidning sözni ham jonim, ham ruhim deb ataşini öziga xos şoirona talqin sifatida baholaş mumkin:
Ey hayot, bahor ham, kuz ham azizdir,
Ey umr, şakar ham, tuz ham azizdir,
Anglasang, bisyorlik, oz ham azizdir,
Sen mening jonimsan, ruhimsan, ey söz.
Ğayrat Majid şeʼrlarining boş mavzusi – muhabbat. Olimlarning eʼtirofiga köra, muhabbat – insonning ilohiy ekanligini isbotlaş vositasi.
Ketmaydigan bahor – muhabbat, sensan,
Hamişa tong, nahor – muhabbat, sensan.
Har doim yiğlatgan, intiq, zor etgan,
Özi ham intizor muhabbat, sensan.
Ğazzoliy talqiniga köra ilohiy muhabbat bilan insoniy muhabbat orasida ziddiyat yöq. Aksinça, ilohiy muhabbat – insoniy muhabbatning rivojlanib, kamol topgan körinişi. Binobarin, “Hadis ziyosi” (qirq hadis) turkumi Ğayrat Majid qalbidagi insoniy muhabbat ilohiy muhabbat maqomi sari yuksala boşlaganidan dalolat beradi.
Muhabbat gadosiman,
Bir gulning şaydosiman,
Öyi birlan yurakni
Çamanzor et, Xudoyim.
…
Hamma yaxşilikning tamal toşi bu,
Faqat Yaratganga iymon, guloyim.
Men jonga şifolar izlab ne qildim,
Özing jon va jonga darmon, guloyim.
Şoirlik – komillik sari talpiniş. Ijod – nainki jamiyatdagi illatlarga qarşi, balki inson öz tiynatidagi nuqsonlardan ham xoli böliş uçun kuraşadigan yöl. Binobarin, taniqli şoirimiz “içingdagi xoinni öldir!” deya bejiz xitob qilmagan. Ğayrat Majidning lirik qahramoni ham yuksak orzular sari talpinar ekan, avvalo, öziga nisbatan öta talabçan munosabatda böladi. Insoniylik şaʼniga nomunosib xislatlardan xoli bölişni birinçi galdagi vazifa deb biladi. Zotan, şoir lirik qahramonining qalbi işq-u muhabbat bilan limmo-lim, adovat, öç-u qasoskorlik kabi illatlarga unda joy bölişi mumkin emas:
Yuragimdan suğurib otdim,
Neki bor adovat,
Neki bor öçim.
Faqat ötkinçi dunyo dardi bilan emas, balki oxiratni ham öylab yaşaş kerakligi adabiyotimiz, xususan, şeʼriyatimizda azaldan takrorlab kelinadi. Yusuf Xos Hojib “Qutadğu bilig” dostonida dunyoni köpi bilan bir neça kun töxtab ötiladigan karvonsaroyga öxşatadi, binobarin, karvonsaroyga köngil qöyiş kerak emas, deb taʼkidlaydi.
Navoiy hazratlari dunyoni qilmişlari makrdan iborat hiylagar qariya deb taʼriflaydi va najot istagan odamlar unga köngil bermasligi, aldanmasliklari kerak deb uqtiradi:
Çarx öldi zoli hiylagar – aning tariqi makr,
Tajrid eli, taloqi bu makkora aylangiz.
Ğayrat Majid lirik qahramoni ham “dunyo guliga mahliyo bölmaslikka” daʼvat qiladi.
Neçun köngil beray dunyo guliga,
Tarovati sölgunçadir, dilbarim.
Şavkat Rahmon “Baxt sözin aytaman barçadan keyin” deydi. Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid bu fikrni: “Baxtga navbat turganlarning oxiriman”, deb özgaça tarzda ifoda qiladi. Albatta, har bir inson, şu jumladan, şoirlar ham baxtli bölişga haqli. Biroq çinakam isteʼdodli ijodkorlar birinçi galda xalqning baxt-u saodati, iqboli haqida qayğuradi. Bu yölda kerak bölsa, jonidan keçişdan ham toymaydi. Vatanni obod, butun xalqni baxtiyor körganidan keyingina özini baxtli his qiladi.
Ğayrat Majid ham birinçi galda xalqning baxtli-saodatli bölişini öylaydi. Binobarin, ustoz Sirojiddin Sayyidning “Baxtga navbat turganlarning oxiriman” satrini epigraf qilib olib, unga samimiy taxmis boğlaydi:
Ketmoq yaxşi dil qömsagan olislarga,
Guldan suluv, nurdan harir ol hislarga.
Aytib qöyay binafşa-yu yalpizlarga,
Baxtga navbat turganlarning oxiriman.
Ğayrat Majid şeʼrlari xalqona ohangi bilan ajralib turadi. Şuning uçun ham uning qator şeʼrlari turli xonandalar tomonidan qöşiq qilib kuylanadi.
Bugungi nasr ham, nazm ham yaqin ötmişdagi – şörolar davriga xos “mafkuraviy qoliplar-u ijodiy fikr oyoğidagi tuşovlardan” (Ozod Şarafiddinov) ozod. Holbuki, ötgan asrning oltmişinçi yillarida ustoz Abdulla Oripov “Yolğiz Ollohim mening, birinçi muhabbatim” satrida “Ollohim” sözini qöllagani uçun tegişli yuqori nazorat mahkamasi tomonidan qançalar siquvga olingan.
Xalqimiz orasida, hammasi Xudodan, degan naql bor. Xudodan toğday sörasang, loaqal tariqday beradi, degan naql ham yuradi. Binobarin, şoirning astoydil tavallo ruhida bitilgan quyidagi törtligi diqqatga savozor:
Könglimga hamişa köz ber, Xudoyim,
Pok, halol nasiba, tuz ber Xudoyim.
Dillarni ziyoga eltmoği uçun
Faqat dargohingdan söz ber, Xudoyim!
Mazkur törtlikdagi “Könglimga hamişa köz ber, Xudoyim” satri alohida eʼtiborni talab qiladi.
Tasavvuf namoyandalarining eʼtirof qilişlariça, “qalbning körligi közning körligidan yomon. Çunki köz kör bölsa, dunyoni körolmaydi, ammo qalb kör bölsa, Allohni, Haqni körolmaydi. Haqiqatni közi (qalb közi) oçiqlargina biladi”.
Ğayrat Majid Tangridan köngliga köz berişni yolvorişi barobarida “köz qoraçiğini içkariga qaratadi” (Ortega-i-Gasset), öz köngil dunyosini kaşf etişga çoğlanadi. Ikki közing kör bölsa ham, qalb közing kör bölmasin, degan naql bor. Rumiy hazratlari: “Közni yumgil, közga aylansin köngil” deydi. Ğayrat Majidning lirik qahramoni köngil közi ravşan bölişi natijasida “soğlom dil” sohibiga aylanişni niyat qiladi.
Şoirning lirik qahramoni nafaqat qalb közi ravşan bölişini, balki hamişa qalban poklikni, halollikni orzu qiladi, qalbi qotib qolmasligi yölida qayğuradi. Zotan, Qurʼoni karimda mömin-musulmonlar qalblari qotib qolmasligi uçun qayğurişlari kerakligidan ogohlantiriladi: “Bas, dillari Allohni eslaşdan qotib qolgan kimsalar holiga voy! Ular aniq zalolatdadirlar” (Zumar surasi, 22-oyat).
Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam ham qalbning qorayiş sabablarini zikr qilib, quyidagi hadislarini aytganlar:
“Agar mömin kişi bir gunoh qilsa, uning qalbida bir qora doğ paydo böladi. Agar u tavba qilib, gunohdan qaytib, istiğfor aytsa, u yöqoladi. Ammo gunohni ziyoda qilsa, u qora doğ ham köpayadi va natijada butun qalbini örab oladi” (Imom Termiziy rivoyati).
Hikoyat qilinişiça, olis bir qişloqqa tabiblar borib, şu yerlik aholini tibbiy körikdan ötkazmoqçi bölişibdi. Tabiblar şikoyat bilan kelgan bemorlarga birma-bir taşxis qöyib, muolaja qilişibdi. Ammo şunça bemorlar orasida birortasi ham qalb kasalligidan şikoyat qilmabdi. Ilgari bunday holatga duç kelmagan tabiblar buning sababini axtara boşlaşibdi. Qişloqning havosi va suvida yoki yana qandaydir şifobaxş jihatlari bordir, deya gumon qilişibdi. Ammo birorta ham taxminlari töğri çiqmabdi. Nihoyat, buning sirini qişloq ahlidan söraşsa, keksalari şunday deyişgan:
“Biz ğiybat, hasad, körolmaslik, kek va adovat kabi illatlardan hazar qilamiz. Biror kimsaga nisbatan bunday munosabatda bölmaymiz. Aksinça, özaro hurmat va izzatda yaşaymiz. Ana şuning uçun ham birortamizning qalb kasalligidan şikoyatimiz yöq”.
Yana boşqa hadisda, avvalo, insonning qalbi pok bölişi lozimligi aytilgan. Çunki qalb inson jasadining podşohi, qolgan aʼzolar esa unga tobedir. Agar qalb pok bölsa, boşqa aʼzolar ham poklikka intiladi, agar u nopok bölsa, barça aʼzolardan nopok amallar sodir böladi, deyiladi. Qalb pokligi borasida alloma imom Abu Homid Ğazzoliy şunday deganlar: “Kişi zohiriy najosatlardan saqlanişi, undan uzoq yurişi lozim. Ammo botiniy najosatlar ham bor, ulardan saqlaniş undan ham muhimroqdir. Çunki botiniy iflosliklar kişini nafaqat bu dunyoda halokatga boşlaydi, balki oxiratda ham alamli azobga duçor bölişiga sababdir. Poklikni istovçi qalb göyo bir oşiyon, fariştalar qönadigan makondir. Gina, hasad, kibr, ğaraz, ğazab kabi qalb kasalliklari jirkanç maxluqqa öxşaydi. Fariştalar qanday qilib bu makonda qönim topsinlar?!”
Ota-onani, ayniqsa, onani eʼzozlaş biz uçun azaliy udum hisoblanadi. Muqaddas kitobimizda ham, qolaversa, hadisi şarifda ham ota-onani, xususan, onani eʼzozlaş kerakligiga alohida urğu beriladi. Quyidagi hadisi şarif bunga yaqqol misol hisoblanadi:
“Ey Allohning rasuli! Men ğazotga bormoqçi edim, maslahatingizni oliş uçun keldim. Şunda Rasululloh: “Onangiz bormi?”, – dedilar. U kişi: “Ha”, – dedi. Payğambarimiz: “Onangizning xizmatlarini ğanimat biling, çunki jannat uning oyoği ostidadir!” – dedilar (Imom Nasafiy va Imom Hokim rivoyatlari).
Ğayrat Majid maqol-u naqllar kabi hadisi şariflardan unumli foydalanadi. U öziga xos şeʼriy sanʼatga amal qilgan holda “Duosin ol onajoningni” şeʼriga “Jannat onalarning oyoği ostida” hadisini singdirib yuborgan:
Tiling böşamasin hamd-u sanodan,
Bir xabar yetmişdir Haq Mustafodan,
Jannat istar bölsang Qodir Xudodan,
Duosin olib qol onajoningni.
Hadisi şariflarni şeʼrga soliş şeʼriyatda azaliy anʼana. Bu anʼanaga, xususan, Mavlono Abdurahmon Jomiy salmoqli hissa qöşgan. Hazrat Navoiy esa ustoziga ergaşib, uning hadisi şariflar asosida yozilgan törtliklarini özbek tiliga ögirgan. Navoiyning quyidagi törtligi öşa turkumga mansub hisoblanadi:
Onalar oyoği ostidadur
Ravzayi jannat-u jinon boği.
Ravza boğin visolin istar esang,
Böl onaning oyoğin tuproği.
Qolaversa, Hazrat Alişer Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida taʼkidlaydi:
Bölmasa eʼjoz maqomida nazm,
Bölmas edi Tangri kalomida nazm.
Zotan, nazm-u şeʼriyat möjizaviy kuçga ega bölgani bois Qurʼoni karimda ham nazmiy iboralar köpçilikni taşkil qiladi. Nazmning, şeʼriy satrlarning taʼsir kuçi yuqori bölgani bois Şarqda Boyazid Bistomiy, Abdulxoliq Ğijduvoniy, Bahovuddin Naqşband, Faxriddin Iroqiy, Şoh Neʼmatulloh Valiy kabi şayxlar tasavvufiy mulohazalarini şeʼrga solib, ruboiylar bitganlar. Qolaversa, Turkiston mulkining şayx ul-maşoyihi (Alişer Navoiy) Xoja Ahmad Yassaviyning hikmatlari ham, aslida, şeʼrga solingani bois özgaça qadr-qimmatga ega bölgan xalqona naqllar hisoblanadi.
Ğayrat Majid ham azaliy anʼanaga amal qilgan holda “Hadis ziyosi” (qirq hadis) turkumida hadisi şariflarni ixlos bilan şeʼrga soladi. Bu borada şoir hadislarni şunçaki şeʼrga soliş bilan kifoyalanmaydi, aksinça, özining hayotiy şiorlariga amal qilgan holda könglidagi ezgu keçinmalarini ham bayon etadi, hadislar şarhida eʼtiqodi mustahkam şoir siymosi ham yaqqol közga taşlanadi. Xususan, mazkur turkumga mansub ön yettinçi şeʼrda quyidagi hadisi şarif şeʼrga solingan:
“Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Sizlarning eng yaxşilaringiz Qurʼonni örganib, uni boşqalarga örgatganingizdir” (Imom al-Buxoriy rivoyati).
Şoir hadisni şeʼrga solar ekan, avvalo, gözal şoirona qiyoslar topadi va öziga talabçanlik bilan murojaat qiladi:
Agar yoğib tursa osmondan yomğir,
Kökargay, yaşnagay ekin-ziroat.
Sölgan qalblarga ham gullamoq bordir –
Alloh kalomini qilsa qiroat.
Demak, mumkin emas senga, uxlamoq,
Yuragim, talpingin hamişa nurga.
Keçalar yuziga nur soçib oppoq,
Zikr ahli bilan birga böl, birga.
Bu hayot misoli köpirgan dengiz,
Najotdir Allohning arkoni – Qurʼon.
Rasululloh aytgan:
– Yaxşilaringiz
Qurʼonni örgangan, örgatgan inson.
Bobolari kabi el deydigan er bölişga ahd qilgan Ğayrat Majid kabi şoirlari bor vatanning ğamlari tobora kamayib, şodlig-u quvonçlari mudom ziyoda bölişi şubhasiz. Sözimni şoirning uluğ orzusi aks etgan satrlari bilan yakunlasam:
Bobolarim kabi el der, er bölaman,
Men Navoiy könglidagi şeʼr bölaman,
Ğayratim-la şeʼr içinda şer bölaman,
Vatan, sening ğamlaringni söldiraman,
Vatan, sening kamlaringni töldiraman.
Abduhamid Parda
1958-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universitetining (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Çorlov” şeʼriy töplami, “Amir Temur”, “Alişer Navoiy”, “Döstnoma” dostoni çop etilgan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig” dostonini tabdil qilgan. Şeʼrlari rus, turk, qirğiz, qozoq, nemis, ozarbayjon tilida naşr etilgan.
2022/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


