Yaqindagina qölimga olgan kitobim öz yakuniga yetdi, ammo tasavvurimda hali davom etişi kerakdek tuyilmoqda. Bu asar – yozuvçi Neʼmat Arslon qalamiga mansub “Savti-sarvinoz” romani. Bugungi kunga qadar yozuvçi tomonidan adabiyot dunyosining ulkan kutubxonasiga “Ayol suvratiga çizgilar”, “Oldinda yana tun bor” kabi hikoyalar töplami, “Qizil şişa siniqlari”, “Mahbusning ikkinçi hayoti”, “Sangsopoltoş”, “Vaqt falsafasi” singari novellalari, “Bigiz” detektiv qissasi, “Mavhumot”, Adam vodiysi” va yaqindagina eʼlon qilingan “Oksimoron” romani taqdim etilgan. Kuni keça muallif “Oksimoron” romani orqali Moskva şahrida “Yil yozuvçisi” deb eʼlon qilindi.
Yuqorida nomlari sanalgan asarlarini mutolaa qiliş davomida “Savti-sarvinoz” romaniga kelganda öquvçi “tilla topgan tentakdek” xursandlik hissini tuyişi şubhasiz. Haqiqatan ham, bir voqea atrofida çalğimasdan xilma-xil obrazlarni birlaştira oliş – murakkab jarayon va katta ijodiy quvvat talab qiladi. Yozuvçi bunga mahorat ila yondaşgan va öziga xos “topilma” yaratgan, desak adaşmaymiz.
Bugun köpçiligimiz xilma-xil kuylar tinglaymiz, özbek qolib, rus, turk, ozar, ingliz tilida yangragan ohanglarning muxlisiga aylanmoqdamiz. Yoşi uluğ, ilm kişilarini aytmasa, asl milliy mumtoz kuylarni tinglamay qöydik. Umuman olganda, kuylar yaratiliş tarixini bilmaymiz, uni kim yaratganiga qiziqmaymiz ham. Neʼmat Arslon bu haqda çuqur afsus ila şunday deydi: “Dunyo ahli Motsart, Betxoven, Şopen kabi kompozitorlar hayotini, ijodini ipidan ignasigaça yaxşi biladi. Bu uluğ insonlar töğrisida yuzlab asarlar yozilgan, kinofilmlar işlangan, haykallar qöyilgan, afsuski, bizning uluğ bastakorlarimiz, xususan, Şaşmaqomning yaratilişida ulkan hissa qöşgan Abdurahmonbek kabi uluğlarning hayoti va ijodi töğrisida deyarli heç qanday maʼlumotga ega emasmiz. Aslida, şahrisabzlik bastakor Abdurahmonbekning hayotini va ijodini qalamga olişimga dilimdagi ana şu afsuslar sabab böldi”.
Roman şahrisabzlik Abdurahmonbek bilan sodir bölgan va voqealar öşa davr haqida sözlaydi. Yaʼni XIX asrga oid. Bilamizki, bu davrda Buxoro amiri Nasrullo sabab şoira Nodirabegim va uning öğli, şuningdek, öz davrida ajoyib misralar bitgan şoir Hoziq kabi insonlarning qoni tökilgan. Aynan şunday şaroitda bir-biridan tengsiz kuylar yaratgan Abdurahmonbek haqida muallif Fikratillo Ehdunnosir ismli şaxsning “Al-jabarut” nomli kitobidan öqiganlari asosida bayon qilganini aytsa-da, aslida, bu yozuvçining badiiy fantaziyasi mahsuli edi. Yozuvçi “Al-jabarut”ni xayolida öylagan. “Jabarut” – arabça söz bölib, “uluğ, “qudratli“ degan maʼnoni bildiradi. Muallif şuuridagi asar xotiralar şaklida bölib, turk va tojik tilida “şir-u şakar” uslubida yozilgani, heç qayerda biror raqam bilan qayd etilmagan va faqat bir nusxa deyişining özi öquvçini asarning sirli olamiga olib kiradi, “Izlagan – topadi… Baʼzan izlagan narsalar xayolda mavjud böladi“. U şuurida mujassam kitob vositasida butun boşli musiqa tarixining bir özanini jamiyatga kitob holida taqdim etdi. Unga “Savti-sarvinoz” deya nom berdi. “Savti-sarvinoz” nima yoki kim degan savolga asardan şunday javob topamiz: “savt” – ovoz, Sarvinoz esa boş qahramon Abdurahmonbek köngil qöygan qiz. Umuman olganda, tarixiy bir kuy nomi. “Har bir kuyning öziga xos va boşqa birorta kuynikiga öxşamaydigan, baʼzi örinlari mos tuşsa-da, betakror titroği bor”. Şu örinda yozuvçi Abdurahmonbek yaşagan uy tafsilotlarini bera turib “Modomiki şunday ekan, davlatlarning, uluğ kişilarning va şaharlarning tarixi yozilgandek, uylarning ham ötmişi tarix qilib yozilsa, nimalarni öqigan bölardik biz? Insoniyat tarixidagi eng qiziq manba bölmasmidi bu!”
Xilma-xil taqdirlar, qalbni larzaga soluvçi döstlik, muhabbat tarannumi Abdurahmonbek yaratgan kuylardek öziga tortadi. Asardagi har bir qahramon bilan birga yaşay boşlaydi, muallif bilan ğoyibona suhbatlaşadi mutolaaga kirişgan kişi. Asosiy qahramonlar sifatida faqat Abdurahmonbek va uning suyukli yori Sarvinoz emas, balki doim döstini öylab yuradigan Adhambek va u köngil qöygan qiz Kenagasbegim obrazlarini ham körsatiş mumkin. Tatar yozuvçisi Toqtoş aytganidek:
“Muhabbat özi eski narsa,
Har bir yurak uni yonğorta”.
Töğri, asarda qahramonlar hayoti baxtli yakun topmadi. Abdurahmonbek Sarvinoz deya Basura ismli qiz ila baxt eşigini tutdi, Adhambek esa Nasrullo saroyidan Kenagasbegimni olib qoçiş vaqtida öldirildi. Ammo har bir kişining muhabbati boşqasiga öxşamaydi. Abdurahmonbek tomonidan yaratilgan kuylar “Savti-sarvinoz”, “Köhinur” va boşqalar ötli sevgi alangasidan hosil bölgan edi.
Adib öquvçini muşohadaga çorlaş jarayonida Abdurahmonbek tilidan: “Nega parvonalar özini alangaga uradi? Yoki şunday ölimni tanlaydilarmi?” – deya öylanişga majbur etadigan savolni örtaga taşlaydi.
Javob esa quyidagiça: “Şam va olov umuman parvonalar qavmining uluğ tilsimoti va ular ana şu tilsim sirini oçiş uçun içiga kirişi, öt içida nimalar borligini bilişni va balki olovning vujudi nimaligini tuşunişni ixtiyor etadilar. Men sirni oçaman va kelib sizlarga aytaman deb har biri özini olovga urdi va qanot pati kuyib, oyoqlari olovda jinjak bölib, şamning poyiga yiqilib halok böladi. Şunday qilib olovning sirini oçiş heç kimga nasib etmaydi”. Uşbu hodisot taʼsirida ham bastakor “Jarsoni Makki” kuyini yaratadi. Parvonalarga kuy orqali bu yöl xatarli ekanligini aytişga urinadi göyo.
Şu örinda muallif qöllagan baʼzi sözlarga eʼtibor qaratsak:
Jinjak – dukkakli ösimliklarning bir turi,
Sangi saxt – qattiq toş,
Tartarak – qattiq tarillab ovoz çiqaradigan parrakli yoğoç asbob (asosan boğni qöriqlaşda işlatiladi),
Aspi-u göspand – ot bilan qöy,
Mirzadökir – mirzolar kiyadigan etik. Çiroyli zeb-ziynat maʼnosida işlatilgan,
Mutrib – sozanda va aşulaçi,
Çorpahl – (izohli luğatda “çorpahil” holida kelgan) “töladan kelgan, yağrini keng”.
Yozuvçi ayrim sözlar qayerda qanday atalişi xususida ham töxtaladi. Masalan, forsiyda tuyani şutur, ozarlar biyir deyişi kabilar.
Adib tasavvuridagi “Al-jabarut” kitobida muallif izlanişlari natijasida bizga nomaʼlum yangidan yangi maʼlumotlar keltiriladi. Xususan, Abdurahmonbekning Şahrisabz şahridagi Tagiçinor mahallasida oddiy duradgor oilasida tuğilgani haqida dastlab qisqa maʼlumot beradi.
Öşa davrning maşhur sozandalari-yu ”qöşiqçi badihagöy”larining ismlari ham tilga olinadi:
- Xoja Abdullo Marvarid.
- Xoja Yusuf Andijoniy.
- Sayfiddin Abdulmömin al-Urmaviy.
- Abdulqodir Maragiy.
- Pahlavon Muhammad.
Uşbu qatorga Abdurahmonbek va bobosi Yusuf Faryodiyni, Mulla Töyçi hofizlarni kiritib davom ettirişimiz mumkin.
Bundan taşqari, romanda muallif tomonidan avvalroq yozilgan novellalari ham keltiriladi. Uşbu usulni dastlab amerikalik yozuvçi Uilyam Folkner ijodida ham kuzatiş mumkin. Şulardan “Bir yigitning hayoti yoxud kuyning yaralişi” novellasida va uşbu romanning özida daraxt bilan inson örtasidagi bir muştaraklik haqida söz boradi. Romanda köproq tut daraxtiga murojaat qilinadi.
Bizga notaniş joy nomlari ham keltirilgan: Xelak – Şahrisabz şahrining janubidan oqib ötadigan anhor; Qunduzak – Şahrisabzning bu mintaqasi Oqsaroy joylaşgan hududdan qariyb öttiz metr past. Qadimda bu joylar suvli-botqoqli bölib, qunduzlar suzib yurgan.
Bundan taşqari, şoir Hoziq obrazi ham mavjud bölib “qassob amir” Nasrullo tomonidan hiyla bilan öldirilgan, bu voqea 1843-yil yuz berdi, deb körsatilgan. Undan “Yusuf va Zulayho” dostoni, “Voqeoti islomiy”, “Avlodlar şajarasi” tarixiy risolasi qolgan. Hoziq, şuningdek, Mahmud Çağmiyning “Qonunça” asarini fors tiliga tarjima qilgan.
“Savti-sarvinoz” asarini ulkan bir xazina deb atasak yangilişmagan bölamiz. Asar nafaqat yangi bilim uçun kömakçi böla oladi, balki dilga yaqin suhbatdoşga aylanişi ham mumkin. Har bir qahramon orqali nimadir deyişga urinadi yozuvçi. Şunçaki keltirmaydi. Uşbu asar insonlar ruhiga uzoq vaqtlar maʼnaviy, ilmiy ozuqa berişini istardim.
Gulnora ŞERMATOVA
2000-yili tuğilgan.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
2022/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


