Ğallaorol tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yiğinida “Yoşlik” jurnali tahririyati taşabbusi bilan adabiy-maʼrifiy keça ötkazildi.
Keçada mazkur mahallada istiqomat qilayotgan kitobxon yoşlar qatnaşdi. Uçraşuvda “Yoşlik” jurnali boş muharriri va Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari mamlakatimizda yoşlarga qaratilgan yuksak eʼtibor, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqidagi fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdi.
Ana şunday uçraşuvlarning biri Ğallaorol tumanidagi Barkamol avlod bolalar markazida ham ötkazildi. Unda tumanning turli mahallalarida istiqomat qilayotgan yoş ijodkorlardan taşkil topgan “Qaqnus” adabiy tögaragi aʼzolari uçun mahorat darslari ötkazildi.
Kelgusida uşbu tögarak aʼzolarining ijod namunalari “Yoşlik” jurnalida çop etilişi rejalaştirildi. Qatnaşçilar tomonidan mamlakatimizning turli göşalarida yaşaydigan yoş ijodkorlar, kitobxonlar bilan davra suhbatlari, maʼnaviy-maʼrifiy keçalar ötkazib boriş ular orasidan yangi adabiy nomlarni, yoş isteʼdodlarni izlab topişda özining samarasini berişi eʼtirof etildi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


