Bir yarim yilça avval Ki-Uestdagi uyimda bir yigit paydo böldi va bu yerga kamina m u x b i r i n g i z dan yozuvçilikni örganiş borasida ayrim savollariga javob oliş uçun Minnesotadan yölovçi maşinaga ötirib kelganini aytdi. Şu kuni Kubadan endigina kelib, bir soatdan söng döstlarini vokzalga kuzatişga çoğlanayotgan va ungaça bir neça maktub yozişni rejalaştirgan kamina m u x b i r i n g i z uşbu taşrifdan ham köngli kötarilib, ham hadiksiragan holda yigitçadan boşqa kuni kelişini ötinib söradi. Qöl va oyoqlari uzun, qattiq movut kepka kiygan, baland böyli bu yigit juda jiddiy edi. Özining aytişiça, bir umr yozuvçi bölişni orzu qilgan ekan. Fermada ulğayibdi, maktabni tugatib, Minnesota universitetida tahsil olgaç, muxbirlik, duradgorlik, dehqonçilik, mardikorlik qilibdi, butun Amerikani ikki marta u çetidan bu çetigaça kezib çiqibdi. U yozuvçi böliş niyatida yaxşigina syujetlarni pişitib qöyibdi. Öşa syujet voqealarini öta nönoqlik bilan sözlab berdi, çakkimas, mavzuga risoladagiday yondaşilsa, nimadir çiqadi. Yozuvçi bölişga şunçalik jiddiy kirişibdiki, bu qatʼiyati bilan har qanday tösiqni buzib ötişiga işonsa böladi. Şimoliy Dakotada öz qöli bilan qurgan kulbasida bir yil yolğiz yaşab, faqat qoğoz qoralabdi. Öşa yerda yozganlaridan heç narsani körsatmadi. Gapiga qaraganda, juda rasvo emiş. Minneapolisdagi gazetlardan birida çiqqanini menga körsatmagunça uning gaplarini kamtarlikka yöyib yurdim. Bu öta ğaliz yozilgan edi. Ammo ayrim yozuvçilar borki, öyladim men, ulardan buning ölsa – öligi ortiq, yigit men öylaganimdan köra ham ğayritabiiy ravişda nihoyatda qatʼiy edi; haqiqatan, yozuvçilikka jiddiy munosabat – ikkita muhim talabdan bittasi böladi. Ikkinçisi, ming afsuski, – isteʼdod! Yigitning yozuvçilikdan taşqari yana bir sullohona ğoyasi bölib, bu – oçiq dengizga çiqiş orzusi ekan. Qisqasi, uni ixçamgina kemamizga tungi qorovul qilib işga yolladik. Endi yigitçaning yotib-turadigan joyi tayin – ikki-uç soatlik yiğiştiriş, yuviş-tozalaş yumuşlaridan söng qolgan vaqti yozuv-çizuvga yetib-ortardi. Uning dengizga çiqiş iştiyoqini qondiriş uçun Kubaga bölajak safarimizda birga olib ketişga vaʼda berdik. U ajoyib tungi posbon edi, kemada ham, qölyozmalar ustida ham xuddi şunday tirişib işlaydi, ammo dengizda yuriş quruqlikdagiga qaraganda ançagina muşkulroq: u çaqqonlik talab qilganda sumalanadi, ikki qöl, ikki oyoq örnida xuddi tört oyoqlidek örmalaydi, qatʼiylik talab qilingan paytda asabiylaşadi, dengiz kasalligiga mayli kuçliroq, buyruq bersang, dehqonlarday istar-istamas böysunadi. Ammo işdan qoçmaydi, agar şoşiltirişmasa, oğir işlarni ham asta-sekin uddasidan çiqadi. Biz uni Maestro deb atadik, çunki skripka çaladi-da. Keyinçalik bu laqabni Mays deb qisqartirdik. Uning qolgan-qutgan zehn-u ziyrakligi şunday ufurib turardiki, kamina m u x b i r i n g i z bir safar şunday dedim: “Mays, siz, albatta, tengi yöq yozuvçi bölasiz, çunki boşqa heç bir iş qölingizdan kelmaydi”. Bir tomondan,
uning yozgan maşqlari tobora sayqallanib borardi. Balki, yozuvçi bölib yetişardi. Ammo kamina m u x b i r i n g i z şunday kayfiyatda ediki, endi heç qaçon kemaga boşlovçi yozuvçini birga olmaslikka qaror qildi, Kuba qirğoğimi yoki boşqa qirğoq böladimi, baribir, yoz böyi yozuvçilik tajribasi haqidagi savollar yomğiri ostida suziş jonga tegdi. Mabodo boşlovçi yozuvçilar orasidan yana “Pilar”da suzişga iştiyoqmandlar çiqib qolsa, u ayol böla qolsin, çiroyli bölsa yana yaxşi va u özi bilan iloji boriça köproq şampan vinosi olsin. Kamina
m u x b i r i n g i z yozuvçilikka, oyma-oy çiqadigan xabarlaridan farqli ravişda, ançagina jiddiy yondaşadi: ammo endi bu haqida, sanoqli suhbatdoşlardan boşqa birov bilan suhbat qurişga toqati qolmadi. U öz işining turli jihatlarini yuz ön kun davomida muhokama qilişga va bu vaqt mobaynida – hamişa Maestro “yozuvçi” degan sözga oğiz juftlaşi bilan uning aftiga qölida turgan şişani otişdan özini tiyişga majbur bölgan kamina m u x b i r i n g i z ayrim tafsilotlarni yozma holda keltiradi. Mabodo u kimnidir yozuvçilikdan saqlab qolgan bölsa, demak, şunday bölişini maʼqul topgan. Agar kimgadir yordam bergan bölsa, bundan kamina m u x b i r i n g i z ğoyatda mamnun. Agar bu fikrlar zerikarli tuyulsa, sizni ovuntiradigan kartinalar yetarli. Kamina m u x b i r i n g i z özini oqlaş uçun taʼkidlaşi joizki, agar uning özi yigirma bir yoşida bu fikrlardan ayrimlarini öqiganda bormi, hammasini ellik sentga baholagan bölardi.
Mays. Yozuvçilik işida nima yaxşi-yu nima yomon?
Kamina m u x b i r i n g i z. Yaxşi yoziş – haqiqatni yozişdir. Hikoyaning haqiqati esa, muallifning hayotni qay darajada örgangani va voqea, aslida, qanday yuz berişini töqib çiqarganda ham sidqidildan yondaşuvga boğliq. Agarda u turli vaziyatlarda odamlar qanday yöl tutişini va nelar haqida öylaşini bilmasa, ayrim vaziyatlarda unga kutilmagan voqealar yordam bersa-da, u umuman, töqib yozuvçiga aylanadi. Ammo keyin ham özi bilmagan narsalar haqida yozaversa, faqat soxtalikka erişadi, xolos. Bir neça marta soxta, yolğon yozişga yöl qöysa, tamom, endi qayta haqiqatni yozolmaydi.
Mays. Tasavvur nima?
Kamina m u x b i r i n g i z. Uning nimaligini heç kim oçiq-oydin aytolmaydi, ğoyibona ekanini bilamiz, xolos. Balki, u irsiy xosliklar taʼsirida hosil bölar. Şak-şubhasiz. U haq sözdan keyin yozuvçiga zarur bölgan ikkinçi fazilatdir. Yozuvçi tajribaga qançalik suyansa, öylaganlari şunçalik haqqoniy çiqadi. Agarda hayot haqiqatini yetarli darajada tasavvur etolsa, odamlar uning yozganiga işonadi, reportyorday hammasini qoğozga muhrlabdi, deyişadi.
Mays. Ammo, bu reportajdan nimasi bilan farqlanadi?
Kamina m u x b i r i n g i z. Agar reportaj bölsa, heç kimning yodida saqlanib qolmaydi. Siz bugun nimalar bölib ötganini bayon qilsangiz, sinxron yozuvingiz orqali voqealarni öquvçi özi tasavvur etişga majbur böladi. Bir oydan söng, vaqt ötişi bilan uning izi öçadi va axborotingiz tekislanib, uni öquvçi qayta tasavvur ham qilolmaydi, eslolmaydi ham. Agar siz uni bayon qilmay, balki, batafsil, işonçli, tölaqonli, hayotiy tasvirlasangiz, badiiy asar yaratiladi, bayon emas. Bu sizning tasvirlaş imkoniyatingiz va şu asar zamiriga singdirgan bilimingiz darajasida haqqoniy çiqadi. Tuşundingizmi?
Mays. Töliq emas.
Kamina m u x b i r i n g i z (asabiylaşib). Bölmasa, keling, jin ursin, boşqa mavzuda gaplaşamiz.
Mays (avvalgiday qaysarlik bilan). Menga yozuvçilik texnikasi haqida biror narsa sözlab bering.
Kamina m u x b i r i n g i z. Nimani nazarda tutyapsiz? Qalam yo maşinkanimi? Şu töğrisidami?
Mays. Ha.
Kamina m u x b i r i n g i z. Bölmasa eşiting. Boşlovçi yozuvçilar yozganidan özi zavqlanadi, öquvçi esa undan heç narsa ololmaydi. Bunday vaziyatda maşinkada yozgan maʼqul, yoziş qulay va undan köproq qoniqiş hosil qilasiz. Ammo tajribangiz oşganda, vazifangiz öquvçiga barçasini: körganingizni, eşitganlaringizni, har qanday his-tuyğuni idrok etganingizni yetkazib berişdan iboratligini anglab yetasiz. Buning uçun yozilayotgan asar ustida köp işlaş lozim. Qalamda yozsangiz, asaringizdan öquvçi siz istagan narsani oladimi-yöqmi, uç marta turli nuqtalarda tekşirib oliş mumkin. Avvalo, qölda yozilgan matnni qayta öqib çiqasiz va maşinka qilgandan söng yana ustidan köz yugurtirasiz va nihoyat, korrekturani öqiysiz. Şunday qilib, qalamda yoziş sizga matnni takomiliga yetkaziş uçun qöşimça uç marta imkoniyat yaratadi. 0,333 bu nişonga uriş uçun yaxşigina foiz. Matn qayta-qayta işlanadi, bu esa tuzatişlarni osonlaştiradi.
Mays. Bir kunda qança yoziş kerak?
Kamina m u x b i r i n g i z. Iş maromida ketayotgan bölsa, ertaga nimadan boşlab davom ettirişni bilgan holda yozişni töxtatgan maʼqul. Kundan kunga şunday qilib borsangiz, roman yozganda, heç qaçon bir joyda botib qolmaysiz. Mana, bu borada men sizga beradigan eng yaxşi ögit şu.
Mays. Men buni eslab qolaman.
Kamina m u x b i r i n g i z. Toki, yozar ekansiz, hamişa öz vaqtida töxtay biling, kelasi kun yozişni nimadan boşlaşni öylab taşviş çekmaysiz. Şunday şaroit yaratsangiz, siz ğayrişuuriy ravişda muntazam işlaysiz. Ammo öy-taşvişga kömilib qolsangiz, iş boşlamay turib miyangiz toliqadi. Agar roman yozişni boşlagan bölsangiz, kelasi kun yozişni davom ettirişga ikkilanib qolasiz – bu ojizlik, qoçib bölmas, işda qandaydir oğiş yuz beradi. Davom ettiriş kerak. Ğam-taşviş qilişdan maʼni yöq. Roman yoziş uçun uni anglay biling. Romanda eng qiyin iş – uni yakunlaşdir.
Mays. Ammo men taşviş çekmaslikni qanday örganişim kerak?
Kamina m u x b i r i n g i z. Iş haqida öylamang. Öylay boşlaşingiz bilan nima qilişni bilmay qolasiz. Boşqa narsalar haqida öylang. Buni zudlik bilan örganiş kerak.
Mays. Yozişni davom ettirişdan oldin avval yozganingizdan qançasini qayta öqib çiqasiz?
Kamina m u x b i r i n g i z. Har kuni hammasini boşidan boşlab öqib, tuzatişlar kiritsangiz, juda yaxşi, şundan söng osongina davom ettirasiz. Kattaroq qismi yozilgaç, har kuni hammasini öqiy olmaysiz, oxirgi ikki-uçta bobni qayta öqigan maʼqul, haftada bir marta boşidan oxirigaça qayta öqisangiz yetadi. Şunday qilib, asarning yaxlit yaralişiga erişasiz. Yozişda davom etarkansiz, öz vaqtida töxtatişni unutmang. Bu harakat davomiyligini saqlaydi va özingizni zörlab işlaşga majbur bölmaysiz. Yöqsa, tez orada keyingi kun kuçdan ketib, yozişni davom ettirolmay qolişingizga amin bölasiz.
Mays. Agar hikoya yozayotgan bölsangiz-çi?
Kamina m u x b i r i n g i z. Baribir, faqat ayrim hollarda hikoyani bir kunda yozib qöysa ham böladi.
Mays. Siz hikoyangizda nimalar yozilişini oldindan bilasizmi?
Kamina m u x b i r i n g i z. Heç qaçon. Men uni boşlayman va voqealar rivojiga qarab öz-özidan yoziladi.
Mays. Bu bizga kollejda öqitişganidan butunlay boşqaça uslub-ku!..
Kamina m u x b i r i n g i z. Men uni bilmayman. Kollejda öqimaganman. Biron itvaççaning özi şunday yozişi mumkindir, jin ursin, talabalarni şunday öqitişadimi?
Mays. Ammo siz meni öqityapsiz-ku.
Kamina m u x b i r i n g i z. Yaxşi niyatda. Keyin biz kemadamiz, kollejda emas.
Mays. Yozuvçi qanday kitoblar öqişi kerak?
Kamina m u x b i r i n g i z. U kimlardan özib ketişni xohlasa, hammasini öqib çiqsin.
Mays. Ammo u hammasini öqib çiqolmaydi-ku.
Kamina m u x b i r i n g i z. Men uning qölidan keliş-kelmasligi haqida gapirayotganim yöq. Men u qilişi şart bölgan işlar haqida gapiryapman. Hammasini öqib çiqib bölmaydi, albatta.
Mays. Har holda qaysi kitoblarni, albatta, öqib çiqiş şart?
Kamina m u x b i r i n g i z. Tolstoyning “Uruş va tinçlik” va “Anna Karenina”, kapitan Marrietning “Miçman Izi”, “Frenk Mayldme” va “Piter Simpl”, Floberning “Bovari xonim” va “Tuyğular tarbiyasi”, Tomas Manning “Buddenbroklar”, Joysning “Dublinliklar”, “Musavvirning yoşlikdagi şamoyili” va “Uliss”, Fildingning “Tom Jons” va “Jozef Endryus”, Stendalning “Qizil va qora” va “Parma ibodatxonasi”, Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” va yana ikkita romanini, Mark Tvenning “Geklberri Finn”, Stiven Kreynning “Qayiq” va “Moviy mehmonxona”, Jorj Murning “Salom va xayr”, Richard Yetsning “Tarjimai hol”, Mopassan, Kiplingning barça yaxşi asarlarini, Turgenevni töliğiça, Xadsonning “Olis va yaqin ötmiş haqida”, Genri Jeyms hikoyalarini, ayniqsa, “De Mov xonim”, “Murvatning buralişi”, “Ayol portreti”, “Amerikalik”…
Mays. Men bunçalik tez yozolmayman. Yana qança bor ular?
Kamina m u x b i r i n g i z. Qolganini sizga boşqa safar aytib beraman. Ular taxminan yana uç barobardan köproq.
Mays. Yozuvçi ularning hammasini öqib çiqişi şartmi?
Kamina m u x b i r i n g i z. Hammasini va yana köplab… Yöqsa, u kimlardan özib ketişi kerakligini bilmaydi.
Mays. “Özib ketiş” deganda nimani tuşunasiz?
Kamina m u x b i r i n g i z. Eşiting. Yozilmagan mavzular haqida yozmasang yoki boşqalardan yaxşiroq yozmasang, ijod qilişning nima keragi bor? Bizning zamonda yozuvçi yozilmagan mavzuni yoritsin, yoki avvalgi yozuvçilardan maʼlum mavzularni yaxşiroq yozsin. Özingni kim, nimaga qodir ekaningni anglaş uçun avvalgi adiblar bilan musobaqaga kirişuv kerak. Tirik yozuvçilarning köpçiligi hozirdan ölib böldi. Ularning nomlari tanqidçilar tomonidan maqtovlarga kömilgan bölsa ham, maʼlumki, ular hamişa navbatdagi dahoni kaşf etişni yaxşi körişadi, özlari töliq tuşungan yozuvçilarni adaşmay olqişlaşadi. Bu miyasi kovak yozuvçilar ölgandan söng, ortida heç vaqo qolmaydi. Jiddiy adib uçun yagona raqiblar özi eʼtirof etgan atoqli yozuvçilardir. Bu bahsda boşqalar bilan musobaqalaşmay, öz rekordini qöyiş uçun oşiqqan muallif quruqqa çopib qolaveradi. Xullas, nimaga qodir ekaningni bilmay ötib ketasan.
Mays. Ammo bu asarlarning hammasini öqib çiqiş odamni esankiratib qöyadi-ku!
Kamina m u x b i r i n g i z. Nima ham qilarding, ularni öqib çiqişing şart.
Mays. Yozuvçilikning boşlanğiç maktabi nima?
Kamina m u x b i r i n g i z. Baxtsiz bolalik.
Mays. Sizningça, Tomas Mann buyuk yozuvçimi?
Kamina m u x b i r i n g i z. U “Buddenbroklar”dan boşqa heç narsa yozmaganida buyuk yozuvçi bölib qolardi.
Mays. Yozuvçi qanday maşq qilişi mumkin?
Kamina m u x b i r i n g i z. Atrofda nimalar bölayotganini kuzating. Agar biz hozir baliq ovlasak, ahamiyat bering, kim nima qilarkin. Agar sizni baliqlarning suvdan qanday sakraşi quvontirsa, bu holatni tahlil qilişga intiling va anglangki, könglingizda nimalar quvonç uyğotyapti. Suv yuzasida qarmoq ipi skripkaning toriday tortilganmi, hatto undan atrofga suv zarralari saçrayaptimi?! Yoki baliqning özi qanday pitirlayapti. Barça tovuşlarni va kim gapirganini yodda saqlab qoling. Bu tuyğular qanday uyğondi va qaysi harakatlar sizni tölqinlantirganini anglaşga harakat qiling. Keyin bularning hammasini aniq-tiniq yozib qöyingki, öquvçi ham xuddi sizdek voqeani köz oldiga keltirsin, his etsin. Bu beş barmoq uçun boşlanğiç maşq.
Mays. Tuşunaman.
Kamina m u x b i r i n g i z. Endi boşqa masalaga ötamiz, özgalar fikrida nimalar keçayotganini tasavvur qilişga urining. Masalan, agar men sizga baqirsam, bu qanday taʼsir qilganidan taşqari men nimalar haqida öylayotganimni ham tasavvur qiling. Agar Karlos Xuanni söksa, ikkisidan biri tomonda turişga harakat qiling. Faqat ularning qay biri haqligi haqida öylamang. Inson sifatida fikrlang, nima yaxşi-yu nima yomon? Inson sifatida siz kim haq, kim nohaqligini aniq bilasiz. Qaror qilib, uni amalga oşirişga majbur bölasiz. Yozuvçi sifatida muhokama qilmang. Siz ularni tuşunişga majbursiz.
Mays. Tuşunarli.
Kamina m u x b i r i n g i z. Xöp, eşiting. Odamlarning gap-sözlariga quloq tuting. Özingiz sözlamoqçi bölayotganingiz haqida öylamang. Köpçilik heç qaçon gapga quloq solmaydi. Va kuzatmaydi ham. Xonaga kirganda va öşa ondayoq qaytib çiqqaç, u yerda nimalarni körganingizni eslab qolişingiz kerak. Agar sizda qandaydir tuyğular uyğonsa, aynan nimalar taʼsirida paydo bölganini aniqlang. Mana şuni maşq qiling. Şaharda, teatr yonida turib qarang, odamlar taksi va öz maşinalaridan qanday tuşib kelişyapti. Maşq qilişning minglab yöllari bor. Siz hamişa boşqalar haqida öylang.
Mays. Nima deysiz, mendan yozuvçi çiqarmikin?
Kamina m u x b i r i n g i z. Men qaydan bilay? Balki, sizda isteʼdod yöqdir. Yoki boşqalar qalbidan keçgan his-tuyğularni sezmassiz. Sizda yaxşi hikoyalar yoziş uçun manba yetarli, agarda ularni eplab yoza olsangiz…
Mays. Ammo qanday?
Kamina m u x b i r i n g i z. Yozing. Beş yilça işlang, agar öşanda ham heç natija çiqmasa, özingizni otişga hamişa ulgurasiz.
Mays. Yöq, men özimni otolmayman.
Kamina m u x b i r i n g i z. Unda bu yoqqa keling, men özim sizni otib taşlayman.
Mays. Rahmat.
Kamina m u x b i r i n g i z. Rahmatga arzimaydi, Mays. Endi, balki, boşqa biron mavzuda suhbatlaşarmiz.
Mays. Nima haqida?
Kamina m u x b i r i n g i z. Nima bölsa ham, Mays. Baribir, birodar.
Mays. Yaxşi. Ammo…
Kamina m u x b i r i n g i z. Heç qanday “ammo-pammo” ketmaydi. Tamom. Endi yozuvçilik haqida lom-mim deyiş yöq. Bugunça yetarli. Nuqta. Dökon yopildi. Xöjayin uyiga ketdi.
Mays. Yaxşi. Ammo ertaga men sizdan yana ayrim narsalar haqida sörasam böladimi?
Kamina m u x b i r i n g i z. Siz yozuvçilikni juda yaxşi, aniq bilib olganingizdan keyin maroqlanib yozib ötirganingizni köz oldimga keltiryapman.
Mays. Nimani nazarda tutyapsiz?
Kamina m u x b i r i n g i z. Bölmasam-çi. Maroqli. Oson. Taq-tuq – eski ustaning durdonasi tayyor.
Mays. Ammo ayting-çi…
Kamina m u x b i r i n g i z. Yetar, bas!
Mays. Yaxşi. Ammo ertaga…
Kamina m u x b i r i n g i z. Ha. Mayli. Albatta. Ammo faqat ertaga.
1935
Ernest XEMINGUEY
(1899–1961) –
amerikalik yozuvçi, harbiy muxbir, Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Ispaniyadagi fuqarolar uruşi va Ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan.
“Çol va dengiz”, “Alvido, qurol” singari önlab roman, öndan ortiq publitsistik kitoblari, köplab hikoya töplamlari naşr etilgan. Uning qisqa va mazmunga boy ijodiy uslubi XX asr adabiyotiga öziga xos taʼsir körsatgan.
Rus tilidan HUMOYUN tarjimasi.
2022/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


