3 daqiqada öqiladi

97 marta körilgan

Haqiqat va hurriyatga tutqun şoir

Rauf Parfi

Özbekiston xalq şoiri Rauf Parfining şeʼriyat dunyosi özgaça timsol-obrazlardan iborat. Uning mohiyati, şoir hayoti, ijodiy taqdiri haqidagi şeʼrlarida ijodkorning özigagina ayon, boşqalar uçun sirli-ğaroyib jarayonlar tarzida zuhur etadi. U “Ona tilim” şeʼrida “Şoir, şeʼr aytmoqqa sen şoşma faqat, uluğ Alişerning qutluğ tilida”, deb yozadi. Çindan-da, jahon şeʼriyatining zaminiy mehvarlari, samoviy burjlari aro, ehtimol, nisbati yöq Alişer Navoiydek daho şoir ijod etgan adabiy-badiiy tilning poyonsiz hududlarida kezmoq, söz arşida qalam surmoq uçun “tengri ehsoni” bölmiş isteʼdodning özi kifoya qilmas.  Şundan bölsa kerak, şoir, avvalo, öziga, söng öquvçisiga talab qöyadi. Talabki, “uluğ Alişerning qutluğ tilida” şeʼr yoziş havas emas, masʼuliyatdir.

 

*

Rauf Parfi – yaralari oçiq, dardli şoir… Hissiyot vositasida tafakkur qiluvçi, kuçli, behalovat şoir. U şoir sifatida özligini tölaroq ifodalaşga intiladi.

Asqad Muxtor

 

*

Rauf aka eng savodxon şoirlari­miz­dan biri edi. Uning şeʼriyatimiz yangilanişidagi xizmatlari juda ulkan. Şoir ijodda maʼno, şakl va ohangni özgaça bir injalikda yuk­­saltirdi. U şeʼriyatimizning intel­lektini kötardi. Jaydarilikdan xalos etib, zamonaviy jahon adabiyoti darajasiga olib çiqişda uluğ xizmatlar qildi.

Usmon Azim

*

Rauf Parfining sanʼatkorona taraşlangan, quyma bandlari, misralari “toza va beandoza” (Navoiy) alomatlari bilan, özgaça ohang-sado, aks-sadolari; ruhiy nido – öyçan pauzalari, nuktadon jilolari bilan ajralib turadi.

Botirxon Akrаmov

*

U mutlaqo öziga xos feʼl-atvorli, öz dunyoqaraşi va estetik prinsiplariga ega tuğma şoir – xudo bergan şoir. Jahon adabiyotida sonetçilar köp. Petrarka, Şekspir, Rilke sonetlari zör. Ammo, nazarimda, Rauf Parfi sonetlari teranroq, gözalroq, sohirroq, ehtirosliroqday.

 Sulaymon Rahmon

*

Rauf Parfi haqiqiy şoir za­monasoz böl­masligi, uning yugurdagiga aylan­masligi kerakligini XX asrning uzoq 70-yil­lari­dayoq gözal va taʼsirli ifodalagan.

Qozoqboy Yöldoşev

*

Bizga bitta Rauf Parfi yetadi. Ikkinçisi ortiqça! Rauf Parfining yurak şaxsiyati – oğriqli şaxsiyat. Uning har bir şeʼrida ezgu ozod ruh bor. Rauf Parfi haqiqat va hurriyatga tutqun şoir. Unga taqlid qiladiganlar esa tabiatan özgaça xarakterdagi kişilardir.

Ibrohim Haqqul

*

Özbekistonda yaxşi şoirlar köp. Lekin sözi bilan işi birlari köp deyolmayman. Agar ulardan yuz nafarini sanang desalar, sanoqda Rauf Parfining nomi, albatta, çiqar edi. Agar ön nafarini sanang desalar, yana Rauf Parfi eslanardi. Uç nafarini ayting desalar ham, albatta, uning nomi birinçi sanalgan bölardi.

Miraziz Aʼzam

*

Rauf Parfi özbek şeʼriyatida öziga xos yöl topgan, qoronğiliklarda köngil bilan çaroğonlik izlagan, hazin ohang, quyma, jilvagar misralar taftida muxlislari yuragini isitgan şoirdir.

Qöçqor Norqobil

*

Yaxşi odamdan yaxşi xotira qoladi. Yaxşi şoirdan yaxşi şeʼr qoladi. Yaxşi şoir va yaxşi ustozdan şeʼr va mehr qoladi. Rauf Parfi ana şunday, yoşlarning şeʼr-u şuuri, ijodkorlar ğururi, xullas, bağri osmonday keng va musaffo uluğ şoir edi.

Nurulloh Oston

*

Rauf Parfi şeʼriyatini takror-takror öqib, şunga amin bölamanki, şoir huda-behuda narsalar töğrisida iloji boriça yozmaslikka harakat qilgan. U şunday mavzularni qalamga olganki, çuqurroq muşohada etilsa, aksariyati odamning insonlik tarafiga daxldor bölib, ruhoniy maʼrifatni uyğotişga qaratilgandir.

                                                                                                                                           Uluğbek Hamdam

*

Rauf Parfi estetikasida badiiy söz şafqatsiz haqiqatni yoqlaydi. Iealizmning taxayyullar asosiga qurilgan timsolli tafakkur yönalişiga yangi tölqin olib kirdi va otaşin ruh bağişladi.

Rustam Musurmon

 

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)