317 marta körilgan

Yangi kuy boşlaymiz osmon tilida

Halima Ahmedova

Könglimga

Kel, men seni bugun olib ketaman

Işqni tuş körayotgan daryolar tomon.

Agar sen jilmaysang,

            entikib tursang,

Mastona oşiqqa aylanar armon.

Bilaman, sen mendan juda xafasan,

Netay,

Tuproqli vujudman oğirdan oğir.

Kulaman, közimning oynasida goh

Öz aksini körib kulganda yomğir.

Va yana kuladi mening ustimdan

Hasad şarbatiga tölgan olomon.

Senga yaraşmagan libosdir jismim,

Salgina telbaman, salgina nodon.

Bilaman, xudoning oldida köp bor

Seni izza qildim, qildim şarmanda.

Masxaraga moyil vujudim bilan

Dunyodan dunyoni izlab yurganda.

Saboğingdan çiqib ketdim baʼzida

Va tun soyasiga bölganman pinhon.

Gunohim köp mening, ohim köp mening –

Salgina telbaman, salgina nodon.

Kel, men bilan endi yaraşgin, könglim,

Yaraşgani kabi suvu alanga.

Xohlasang suratin çizib beraman

Qadim oşiqlarning könglini sanga.

Junun sahrosida yulğun gulining

Aşkidan pişirgum senga musallas.

Osmon kosasida suzib içamiz

Va qismat oldida mast bölamiz, mast.

Xohlasang men seni suyib, erkalab,

Şafaqning yurtida aylantiraman.

Hijron boğlarida pişib yetilgan

Soğinç olmasini uzib beraman.

Parvo qilma, hali puşaymon bölar

Şaʼnimizni toptab laqillaganlar.

Baxtiyor kunimiz suyakday ğajib,

Yana ortimizdan akillaganlar.

Ular qolib ketar zulmat qaʼrida

Yoki hasad yangliğ sovrilgay kuli.

Parvo qilma ular ğiybat botqoğin

Zamonlardan qolgan eng badböy  guli.

Kel, men seni bugun olib ketaman

Riyosiz kunlarning xayollariga.

Birga örgatamiz işq kalomini

Vaqtning zaboni yöq şamollariga.

Mastona-mastona çayqalgan tunning

Javharidan tongni olamiz tortib.

Yangi kuy boşlaymiz osmon tilida,

Maysani uyğotib, gulni uyğotib.

Kel, seni men bugun olib ketaman

Özimdan-özimga, jonimdan jonga.

Faqat könglim bilan yaşayapman deb

Xabar yuboraman olti tomonga.

Mendan arazlama, ey suyukligim,

Sensiz tuproqdirman, bor-yöği  tuproq.

Sen bilan Rabbimga tanişdirman men,

Sen bilan özimga öxşayman köproq.

***

Ey mening könglimni

            Olov sahroning –

Laylivaş tuşiga badarğa etgan.

Ey mening jonimda yaşab turib ham –

Ğanim sari ketgan,

            Ğam sari ketgan.

Ming yillik maydayin –

            Dilim qonini

Ey tamşanib totgan,

            Içikib totgan.

Ey gavharday asrab tili ostida –

Meni qop-qoronğu tunda yöqotgan…

Men hali

            Men hali topilganim yöq,

Goh yaproq, gohida çumolidaman.

Qarğalar çöqigan olmada,

            baʼzan,

Sarğaygan  boğlarning xayolidaman.

Meni çaqirib ol,

            meni yiğib ol –

Oyoqlar ostidan bitta-bittalab.

Ey parvona tilin

            işqning tili deb,

Adaşgan, yanglişgan köhna işqtalab.

Gullamoqçi edim,

            Samo boğida,

To hanuz,

            To hanuz gullaganim yöq.

Sen meni yöqotib qöygan lahzangdan –

Tuş körib yaşadim…

            (Uxlaganim yöq.)

Ey mohir qöllari qöliga tegmay,

Qismat bozorida savdo qilguvçi.

Toş kabi yurakni yurakka urib,

Çaqnagan olovda ğavğo qilguvçi.

Sening oşiqlaring tongdan kelarlar,

Mening oşiqlarim kuzdan, begumon.

Tomirimda çertsam “Çöli iroq”ni,

Qoşimga yugurib kelar biyobon.

Hoy baxt, deb, çaqirsam,

            qayrilmagaysan.

Boqmasdan ketarsan kiborlarga xos.

Seni çorlamadim, yöqlamadim ham,

Men senga şunçaki talpindim, xolos.

Taşbeh

Kökda oqqanida telba daryolar,

Ufqda çizildi quyoşning izi.

– Neça yoşga kirding? –

            Söradi mandan

Barmoğim uçiga qöngan xonqizi.

Yelkamga boşini qöydi atirgul,

Dilimning rangidan rang olgan yuzi…

– Yoşim işqim bilan barobar, desam,

Barmoğimdan uçib ketdi xonqizi.

Va ketdi daryolar qibla tomonga,

Bilmayman, kimnidir, kimni axtarib…

Men esa haşamdor hayot oldida

Körinardim ojiz

                        Va juda ğarib.

Zamin xomuşligi, osmon mastligi,

Qonimning içida mavj urardi, mavj.

Va falak yoşini sanab, sanoqqa

Yetolmay uçardi kökda qaldirğoç.

Şabboda öynardi maysalar bilan

Maysalar kulardi biram beğubor.

Şabbodaning harir yengidan tortib

Dedimki,

            Dilingni dilimga yubor…

Ammo u  qoşimdan bir yelib ötdi.

Ming yillik  tuşiga topganday taʼbir.

Ortidan qiçqirdim:

            Biz döst edik-ku,

Kenglik soğinçi bor menda ham, axir…

Tiriklik tirjayar mening holimga

Ozorlari quyma, qayğusi quyma.

Bilaman, deyman men, qöğirçoqbozsan,

Yana öynab meni, yöqotib qöyma.

Va yana izlayman umrimga taşbeh,

Qismat şakariman yoki tuziman.

(Va şunday taşbehga ravo bölaman)

Şamol barmoğiga qönib,  işq yoşin

Bilmay uçib ketgan men xonqiziman.

Dadamni eslab

Men qaytib kelyapman tundan, kunduzdan,

Köngilda kötarib bahaybat vidoni…

Va nigohim yopar gohi-gohida

Közyoşdan höl bölgan yengi dunyoning.

Men qaytib kelyapman, qaydasan, taskin,

Qaydasan, ruhimni kaşf etgan sabr.

Qarayman osmonning bir çekkasida

Daryo yuragini yiğlaydi abr.

Men esa yiğlaşni unutib qöydim,

Yovvoyi ökirik suzar jonimda.

Şamollar, şamollar, yana şamollar,

Sayr qilib yuribdi tört tomonimda.

Men qaytib kelyapman afsunlanganday

Özga bir vujudda yaşayapman göyo.

Karaxtman, imlaydi tuman ortidan

Yenglari közyoşdan höl bölgan dunyo.

Hayqirdim, dadajon, men qaytib keldim,

Uxlagan quyoşday yotibdi dadam.

Şu sirli, uyğonmas uyqusi bilan–

Barça bolasini uyğotdi dadam.

Men juda keç qaytdim,

            Va ğofil qaytdim,

Söngsiz qaytişlarning qarzi endi men,

Yolğiz qolib bizni eslaganida,

Tortgan bir ohiga arzimadim men.

O, dadam könglini tinglab körmadim,

Bolalik çoğimiz eslardi bot-bot.

Sen uning yonida eding-ku, axir,

Dadamning könglini aytib ber, hayot.

Esimda, bolalik damlarimizda

Bizni yelkasida kötarardi dast.

Öşanda osmonning yuragi bilan

Suhbatlar qurardim men xayolparast.

Goho bizlar bilan öynab boladay,

Özini ölganga solib yotardi.

Biz esa quçoqlab tiriltirardik,

Şunda közlarida quyoş kulardi.

Şu öyin negadir yoqardi bizga,

“Dada, ölib  bering” – takrorlardik biz.

U esa ölişdan çarçamasdi heç.

Tirikligin bizga aylab sarafroz,

Bugun ham yotibdi közlari yumuq.

Yuzlarida yonar izi soğinçning

Men esa turibman, karaxtdan karaxt

Va bir parçasiday ilhaq soğinçning.

Uning esa közin oçgisi kelmas

Ölib tirilişdan  çarçagan göyo.

Men avval dadamni uyğotib olay,

Könglim etagini qöyvorgin, Vido.

Yuragim içida ingraydi kimdir,

Yöq, yöq, tinglamayman judolik kuyin.

Yiğlayman:  közingiz oçing, dadajon,

Öyin tugadi-ku, tugadi öyin…

Men juda keç qaytdim,

            Va ğofil qaytdim…

***

Sen deding: “Ufqni yasantiramiz,

Egningga quyoşni kiyib olgin, böl…”

Boqdim,

samo va yer oraliğida

Juda gözal edi öşa yöl.

Men dedim: “Ufqni aldab bölmaydi

Işqimiz juda oz, yolğon esa möl”.

Qarading,

közingda jon berdi daryo,

Juda olis edi öşa yöl.

Halima AHMEDOVA

1960-yili tuğilgan.

ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning özbek fi­lologiyasi fakultetini tamomlagan. “Tun­gi marvaridgullar”, “Erk dariçasi, “Tiy­­ramoh”, “Umid soyasi”, “Afsun”, “Şafaq ibodati”, “Nigoh qiblasi”, “Yosuman gulining soyasi” kabi şeʼriy va nasriy töp­lamlari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.