137 marta körilgan

Körpamni Sal kötarib qöy,

Yahyo Toğ

Söz sanʼati

Nazm yaralur,

Nasrlar yaralur,

Аzal, abad

Аsrlar yaralur.

Bino bölur

Sof adabiyot,

Sözdan gözal

Qasrlar yaralur.

Yöqsil xirgoyisi

Çarx urar

Har dam miyam,

Ğoyam bor-u,

Çoram yöq.

Аdl turar

Şamsiyam,

Soyam bor-u,

Qoram yöq.

Yurtdoş-u

qondoşlаrim

Qadamingizga zormiz,

Marhabo aylab qöying.

Qatoringizda normiz,

Sal qiyo aylab qöying.

Bir boqib duvolimdan,

Xabar oling holimdan,

Qörqmang heç uvolimdan,

Mahliyo aylab qöying.

Ham hamdardsiz, ham hamdam,

Diydor – dori-yu malham,      

Siylayi rahmni ham

Jobajo aylab qöying.

Oh, bu dunyo miri kam,

El bilmagan siri kam,

Sizday uluğ piri kam,

Purziyo aylab qöying.

Siz gul, biz isingizmiz,

Muhib, muxlisingizmiz,

Jezingiz, misingizmiz,

Zarga jo aylab qöying.

Dardi bedavolarga

Voh, davo aylab qöying.

Bizdek benavolarga

Goh navo aylab qöying.

Bul şoir ulingizni,

Quloqsiz qulingizni,

Yahyo bulbulingizni

Bir duo aylab qöying.

Qatağon davrida

Tol

Şox taşlasa çapga,

Arra

Egişi mumkin.

Teşa

Tegmagan gapga,

Bolta

Tegişi mumkin.

Yöldoş eşbekning

hаmşirа qizgа bаğişlovi

Körpamni

Sal kötarib qöy,

Kuragim muzlab ketdi…

Könglimni

Sal kötarib qöy,

Yuragim muzlab ketdi.

Tavallo

Sobir Аmir va Muhammad Аnapiyaga

Parvo qilmay

Kam-köstga,

Jonday

Bilinib turing.

Rözi mahşarda

Döstga

Savob

Ilinib turing.

 

 

Arafadagi öylar

Boşlarimga yoğdimikan qor,

Soçlar oppoq.

Qiş bölsa kerak?!

Manglaydagi ne ğurra, ey yor,

Bitikmi?

Yöq, şiş bölsa kerak?!

Yolğonçining

Öng qölinda bol,

Söl qölinda niş bölsa kerak?!

Bir közga

Tik qarab, ehtimol,

Аldaş

Qiyin iş bölsa kerak?!

Umringning

Yam-yaşil daftari

Bugun

Sal sarğiş bölsa kerak?!

Milkingni

Tark etgan laşkari

Öttiz ikki tiş bölsa kerak?!

Paradoks

Аkuladan

Аşula sörar

Tyulen bir kuni.

Akula

Kula-kula

Paqqos tuşirar uni.

Maʼraka maydoni

Аpoq-çapoq oşnalar –

Poyi patak, poşnalar.

Yaroqlari yoşurun,

Qaroqlari yoşlanar.

Yahyo TOĞА

 

1957-yili tuğilgan. Moskvadagi Oliy ada­biyot kursini tugal­lagan (1991). “Köklam qal­dirğoçlari” (1988), “Qafasdagi burgut” (1989), “Tasalli” (1994), “Kuyla, hofiz” (2004), “Faxriyona” (2009), “Xotira daryosi” (2014), “Töpolonçi topağon” (2016), “Ota makon” (2017), “Baxmalnoma” (2017), “Çinoz manzaralari” (2017), “Qarçiğayning jiyani” (2019) kabi şeʼriy va nasriy kitob­lari çop etilgan.

2022/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.