120 marta körilgan

Boğlarda lovullab gulladi xazon…

Dadaxon Muhammadiy

* * *

Sen kelmagan eding unda umrimga,

Eng toza orzular içida eding. 

Devonavor dunyo joylab könglingga,

Baxtsizlikni baxtdan ortiqroq sevding.

Istisno boşlanar sen kirib kelsang,

Sen bir gulsan, közing, nigohing hayo.

Ikkimizdan bölak heç kim yöq – bilsang,

Dunyo bor, men borman va bir sen göyo.

Keyin sen şeʼr bölding, seni kuyladim,

Keyin bu işqmas, deb içdim ham qasam.

Keyin sen yiğlading besas, beparvo,

Yelkam çökib qoldi tutayin desam.

Sen bilan bölmoqlik – umid, umidki,

Har bitta umiddan şeʼr tuğiladi.

Ammo bu dardisar, çalkaş dunyoda

Urf-odatni qanday yengsa böladi?

Qanday yaşaganman – bilmayman hozir,

Bilmam, aylanganman sengaça kimga?

Kundan kun tökilib borgan edim jim,

Sen kelmagan eding unda umrimga…

* * *

Qayta tuğilgisi kelar odamning,

Baʼzan şu keladi xayol-huşingga.

Tartibni buzmoqçi bölasan gohi,

Uçib ham körasan gohi tuşingda.

Keyin söroqlarni haydaysan quvib,

Şu taxlit osmonga uzatasan qöl.

Bir yöl körinadi borsa-qaytmasday,

Eng sönggi çoraday körinar bu yöl.

Ammo hammasidan keçgan lahzada,

Bir xayol ergaşar qölingdan tutib.

Ana şu xayol deb ketmaslik mumkin,

Ölmay turiş mumkin kimnidir kutib.

Borligi qançalar gözaldir uning,

Va buni his qiliş naqadar lazzat.

Keçasan, ketasan, yetasan, ammo –

Birgina işq uçun yaşamoqlik şart!

Şart!

* * *

Yuragi suğurib olingan osmon –

Mavhumlik zabt etgan borliqni butkul.

Örindiqlar singan, boğlar beomon,

Sening kelmoğingni sezayotir ul.

Har bitta qadamdan ingranadi yer,

Har bitta şamoldan qörqadi daraxt.

Yurakni yorguday kelayapsan, kel –

Bir umr kutilgan – kelmaydigan baxt…

* * *

Boğlarda lovullab gulladi xazon,

Maysalar qaytadan niş urmoqqa şay.

Yomğirlar osmonga ketmoqda qaytib,

Sening kelişingni sezayotganday.

Yolğizlik şovqini tutdi olamni,

Böğzimda kuçini yöqotdi oğu.

Sezdim, yuragingda gulladi şu dam

Muhabbatdan ustun, boşqa bir tuyğu.

Ğira-şira xona, eşik ğiçirlar,

Ğuborlar har lahza arimoqqa şay.

Sening nafasingni sezyapman, balkim,

Xuddi hozir kirib keladiganday…

Va töfon boşlanar uzun yölakda,

Har bitta izingdan öt olar zamin.

Jonlana boşlaysan köz öngimda va –

Tiz çökib, qölingdan öpayotgan men.

Boğlarda lovullab gullaydi xazon,

Fasllar aylanar betartib, besar.

Qara, sensiz qanday sargardon dunyo,

Kel, axir, dunyoni asliga qaytar…

* * *

Oftobda közlaring qizarar bexos,

Yomğirda nam bölar gul yonoqlaring.

Barmoğing qimtinib saqlaydi sirdan

Hammasi tabiiy – yöq sening siring.

Göyoki xörsiniş gözallikka yon,

Göyoki maʼyuslik – samimiy, sodda.

Azizam, azizam, bari bir tomon,

Sen nega xomuşsan men bor dunyoda?

Dadaxon Muhammadiy

1989-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Tirik toş” nomli kitobi çop etilgan.

 

2022/9-10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.