18 daqiqada öqiladi

287 marta körilgan

Qirq birinçi kun

Mohira Eşpölatova

(Hikoya)

Kun allaqaçon yoyilib ketganiga qaramay, Nozima şifoxonaning derazasi kunçiqarga qaragan xonasida yolğiz özi taşqariga termulgança, yonboşlab yotardi. Xona keng, yoruğ va barça qulayliklarga ega; devoridan tortib jihozlarigaça, pardalaridan tortib çoyşablarigaça moviy tusda edi. Nozima göyo uxlayotgandek körinar, uzun qora soçlari parişon, tartibsiz soçilgança butun yostiğini qoplagandi. Qöş qanotlarining biri keng yotoqdan pastga tuşib, polga tegay-tegay deb turar, ikkinçisi esa xuddi ustiga çopon taşlab qöyilgan kabi uni tizzasigaça yopib turardi. Nozimaga ajratilgan xona muhtaşam şifoxona binosining yettinçi qavatida bölib, uning ayvonidan butun atrofni tomoşa qiliş mumkin edi. Ammo qiz bu işni har kuni bir neça martalab bajargani uçun qiziği ham qolmagandi. Xonasidagi butun jihozlar uni zeriktirgan, faqat böyi barobar keladigan katta közgugina yolğiz ovunçoği edi. U har kuni özini közguga solib qarab ötirar, baʼzan bu iş soatlab davom etardi. Qizgina muolajalar qanday ijobiy taʼsir körsatayotganini biliş uçun şunday qilardi. Otasining yelib-yugurişi natijasida şifoxonaga keltirilganining dastlabki haftasidayoq tuzalib ketiş umidi bilan özida yöq xursand yaşadi va şu kunlarda bu közgu xonasida paydo böldi. Oradan yana ança kunlar ötib, özida heç qanday ijobiy özgarişlarni körmagaç, umidlari şubha, gumon, ikkilanişlarga aylandi. Keyin zerikdi, söng hammasiga könikdi. Ayni damda uning ruhida könikişdan keyingi befarqlik hukmron edi.

Jimgina yotgan Nozimaning quloğiga dastlab yaqinlaşib kelayotgan taniş qadam tovuşlari, söng eşigining doim yopiq turadigan qulfi şiqirlab oçilgani eşitildi.

– Xayrli tong, qizim, mening jajji fariştam, yaxşi dam oldingmi? – dedi Nozimaga qarab turuvçi hamşira Munira opa.

Mehr bilan aytilgan bu sözlar qizning ensasini qotirdi. U avvaliga bu ayolni yaxşi körib qolgan bölsa, keyinçalik uning sözi va amali boşqa-boşqa ekanligini payqab qoldi. Umuman, keyingi paytlarda Nozima özida, avval unçalik eʼtibor bermagani – içki sezgilari bilan odamlarning nima haqda öylayotganini bilib oliş qobiliyati paydo bölganini sezdi. U odamlarning sözlarini tinglab, közlariga diqqat bilan tikilib, xayolidan nimalar keçayotganini, ayni paytda nimalarni öylayotganini bilib olayotgandi. Munira opaning Nozima bilan tengdoş qizi bölib, uni soğingan könglini yupatiş uçungina Nozimani qizim-qizim der, uni erkalagandek erkalardi. Çunki Munira opa ham boşqa şifokorlar kabi bu yerdan heç qayerga çiqmayotgandi. Ayni mana şu joyiga Nozima tuşunolmay hayron bölardi. Munira opa şartnomadagi iş kuni tugaşi bilan bu yerdan uçib ketişga şay turar, keyin qayerdadir Nozimani körsa, yo kimdandir eşitsa, bilib bilmaganga olib ketişi ham heç gap emasdi.

– Özingni qanday his qilyapsan? – dedi Munira opa xuşmuomalalik bilan katta bir daftarining yangi varağini oçib.

– Özingiz-çi? – Nozima örniga joylaşib ötirib olarkan, sovuqqonlik bilan javob qaytardi.

– Iltimos, Nozima, bu tahlillar uçun zarur, beradigan barça savollarimga töğri va aniq javob ber.

– Har kuni bir xil savollar, – dedi u hafsalasi pir bölib.

– Ammo javoblari har kuni özgarişi mumkin.

– …

– Savolni yana qaytaraymi?

– Yöq, şartmas. Bilasizmi, Munira opa, özimni… – biroz öylanib qoldi Nozima. Söng özi talab qilib xonasiga örnattirgan katta közguga qarab gapini davom ettirdi: – özimni xuddi oppoq, haşamdor, etaklari juda uzun töy köylagida botqoqqa qulagan kelindek his qilyapman. Avvaliga köylaging uçun içing açiydi, loy öz domiga tortavergaç esa joning közingga şirin tuyilib uni unutasan. Sevikli libosing esa seni botqoqqa qöşilib yer qaʼriga tortaveradi, tortaveradi…

– Böldi, tuşunarli. Iştahang qanday? – gapini böldi hamşira.

– Bilmadim. Heç narsa yegim kelmaydi. Ammo nima bersangiz şuni qoldirmay yeyapman.

– Tanangda yana biror özgarişni sezyapsanmi?

– Sezyapman. “Yelkanlarim” kundan-kun ösib boryapti.

– Nozima! – biroz ovozi kötarildi hamşiraning. U Nozimaning bunday gaplarini yoqtirmas, injiqliklarini kötarişga harakat qilar, ammo baʼzida haddidan oşsa, uni koyib ham turardi. Bu safar indamadi. Töldirayotgan daftariga qarab davom etdi:

– Bu bizga maʼlum. Yana boşqa bir özgarişni, masalan, qizariş, şişlar, toşmalar…

– Yana biron nima ösib çiqmayaptimi, deb söramoqçi bölsangiz, hammasiga umumiy javobim – yöq!

Munira opa ortiq Nozima bilan odamga öxşab gaplaşib bölmasligini tuşundi va söradi:

– Senga yana nima yoqmayapti, qizim?

“Yana qizim deysiz-a? Şu sözingiz onamni soğingan yuragimga xanjardek botişini bilsangiz edi”, xayolidan ötkazdi Nozima.

– Mana şu daftaringiz, savollaringiz ğaşimga tega boşladi, opa.

– Yaxşi. Unda daftarni olib qöyaman. Sen esa nimalar bölayotganini aytasan, kelişdikmi? – murosaga kelişga urindi hamşira.

– Menga nima bölayotganini sizlar mendan köra yaxşiroq bilasizlar. Axir 24 soat nazorat ostidaman. Asabiylaşayotganim sababi, sizlar berayotgan dorilar meni tuzatmayapti, aksinça, battar ösib boryapti bular, – Nozima kiyimining çap yelkasini jahl bilan tuşirib taşladi.

Uning oppoq nozik yelkasiga soçlari tökildi. U orqasini ögirib Munira opaga yelkalaridek oq, nozikkina qanotlarini körsatdi. Qanotlar kökrak qafasi umurtqasining taxminan beşinçisidan ösib çiqqan bölib, ularni kesib taşlaş Nozimaning hayoti uçun xavfli edi. Ammo u qanotlarini özining bir tana aʼzosidek qabul qilolmayotgandi. Garçi ular issiq sovuqni sezar, begona qöl u yoqda tursin, özi beixtiyor tegib ketsa ham, darrov butun aʼzoyi badani boşqaça junjikib ketardi. Ular mavjud edi, his qilardi, sezardi, biroq boşqa tana aʼzolari kabi qabul qilolmasdi. Qanotlariga xuddi birovning erta-indin olib ketadigan omonatidek, bu meniki emas degandek qarardi. Şunday tong otib kun botayotgan, qanotlar ösa boşlagan, otasining taʼbiri bilan aytganda “kasallikka çalingan”ining ön uçinçi kunida uni şu yerga joylaştirişdi. Umuman, Nozimaga qayerda ekanligining farqi qolmagandi. Çunki heç qayerga çiqmay, tört devor içida yaşayotgan kunlarida, bu devorlar uyinikimi yo kasalxonanikimi – farqi yöq edi…

– Bu yerga kelganimga bugun 28 kun töldi. Şu holga tuşib qolganimga esa 40 kun. Bu nima degani bilasizmi, opa? Men kun sanayapman. Mana şu palakat bilan yaşayotgan, – qanotlariga işora qildi u, – oilamdan uzoqda, zerikarli kunlarimni alam bilan sanayapman. Tuzalişga umid qilib kun sanayapman! – asabiylaşib ketdi Nozima özi xohlamagan bir tarzda.

Munira opa biroz naridagi stulni olib Nozimaning yotoğiga yaqinroq surdi. Joylaşib ötirib olib söradi:

– Kim seni kasal dedi? – söradi uning ahvoliga beparvo qarab.

– Körmayapsizmi? Bu şundoq köz öngingizda turibdi.

– Menga qara, Nozima, istalgan bitta men butkul soğlomman deydigan odamni olib kelib tirnoğidan soçini uçigaça tekşirsang, eng kamida ikkita kasallikni topasan. Eng kamida! Sendan esa bir oydan beri har kuni tekşirib bitta ham kasallik topişolmayapti. Professor ham, boşqa şifokorlar ham hayron. Sen mutlaqo soğlomsan.

– Rostmi gaplaringiz? – hayratlanib, allaqanday umidlanib söradi Nozima.

– Albatta.

– Bu nimadan dalolat unda? – dedi Nozima orqasiga işora qilib.

– Qanotçalaringni aytyapsanmi? – kulib qöydi Munira opa, eh seni qara-yu degandek. – Qizaloğim, odamlarga öxşamaslik, hammadan boşqaça böliş kasalsan degani emas. Boşqalardan farq qiliş, yölini topsang, ustunlik ham bölişi mumkin.

– Nimani nazarda tutyapsiz?

– Bu çiroying, kelişgan qomating va eng asosiysi insoniyat tarixida hali köz körib quloq eşitmagan mana bu haqiqiy qanotlaring bilan (garçi ular heç bir iş bajarmasa-da) butun dunyoni zabt etişing mumkin. Pulning özi daryo-daryo bölib yoningga oqib kela boşlaydi. Sen esa unda qanotlaringni rostdan ham yelkan qilib suzib yurişing mumkin va yana…

– Menga bu narsalar kerak bölmasa-çi? – deb hamşiraning tölib-toshib aytayotgan gaplarini böldi Nozima.

– Hozir dunyo eʼtibor markazida bölişni istaydiganlarga tölib toşgan. Ular buning uçun şunçalik ahmoqona telbaliklar qiliş­yaptiki, körib beixtiyor, astağfirullo deysan.

– Muhimi Ollohning nazaridan qolmaslik, bandasiniki ötkinçi.

– Albatta, qizim, şunday.

– Opa, men nima gunoh qildimki, Xudoyim meni bunday jazoladi? Oxirgi paytlar ota-onamni köp ranjitdim, şungamikin-a? Köp yolğon gapirardim, boşqalarga qöşilib ğiybat ham qilardim, dilozor edim, köça-köylarda tilanib yuruvçi beva-beçoralarga rahmim kelmasdi, aksinça, jirkanardim, na insoniyatga, na hayvonotga sira foydam tegmagan. Balki, şunga men jazolangandirman? – javdiragan közlarini Munira opaga tikib, allaqanday ökinç bilan gapirdi Nozima.

– Qöy, unday dema. Hammamiz ham şundaymiz. Sanasam, aytsam, hozir qilayotgan har bir işimiz gunoh, yurgan yölimiz gunoh. Sen bunday bemaʼni narsalarni öylab boşingni qotirma. Bölayotgan har bitta iş behikmat emas. Mana sen heç kimga foydam tegmagan deysan, axir, sen sabab neçta professor – şifokorlar ilmiy iş boşlab olamşumul yangilik qiliş arafasida turişibdi. Ular sen sabab butun dunyoga maşhur bölişadi, axir. Sen – Odam evolyutsiyasida yangi bosqiçni boşlab berayotgan bölişing mumkin. Buning nima ekanligini tasavvur qilyapsanmi?

– Şoşmang, şoşmang! Qanaqa ilmiy iş, qanaqa olamşumul yangilik? Axir ular dadamga mening bu ahvolim haqida heç kimga aytmaslikka vaʼda berişgan edi-ku, – hayron-u lol bölib qoldi u.

Munira opa suhbat qizib ketganidan aytişi mumkin bölmagan gaplar oğzidan çiqib ketgani uçun labini tişlab qoldi.

– Demak, men soğlom bölsam, ular meni… şunça kundan beri fanga hali nomaʼlum bölgan bu tezösar qanotçalardan davolayapmiz deb, aldab, ilmiy işi uçun tajriba quyonçasidek qamab ötirişgan ekan-da? – közlaridan öt çaqnab Munira opaga tikildi Nozima.

– Yöq, yöq, qizim, unday emas. Sen notöğri tuşunding.

“Yöq, endi hammasini tuşundim, hammangizni endi tuşundim. Meni bu yerda butun dunyodan uzib, ota-onam bilan ham uçraştirmay, mahbusdek tutib turişning boisi – meni birinçi bölib kaşf qiliş ekan. Aniqroği esa na odam, na quş bölgan arosatdagi mavjudotni olamga “Odam evolutsiyasining yangi bosqiçini boşlab beryapti” deb jar solib öziga obrö, menga esa maşhurlik deb atayotganlari – şarmandalik keltirişmoqçi! Siz aytgan “maşhurlik” menga kerakmasligini koşki tuşuna olsangizlar edi. Men el qatori yaşaşni istayman. Birov bilib, bilmay, birov tanib, tanimay. Tuşunasizmi şuni, oddiy odamdek yaşaşni istayman!”

Munira opa jon kuydirib nimalarnidir tuşuntirişga urinar, Nozimaning quloqlari ortiq heç narsani eşitmayotgandi. Töğriroği, ortiq yolğonlarni tinglaşni istamasdi. Munira opa Nozimaning indamay qolganini öziça tuşunib, har kungi dorilarini berdi. Nozima heç bir qarşiliksiz ularni içdi. Bundan hamşiraning köngli joyiga tuşib, xavotirlarini örinsiz deb topib xonadan çiqib ketdi. Nozima ançagaça bundan keyin nima qilişni öylab boşi qotib ötirdi. Derazaning moviy pardalari yengil şamolda öynar, nimasi bilandir u Nozimani öziga tortardi. U deraza yoniga yaqinlaşdi. Pardalarning şamoldagi “raqsiga” közlarini yumib yuzini tutib berdi. Taşqaridan u juda xotirjam körinsa-da, qimtingan labidan, yumuq közlarining pir-pir uçişidan, çuqur-çuqur nafas olişidan uning içida böron quturayotganini seziş mumkin edi. Biroz şu holiça turgaç u derazani yopib qöyib, öz “qafas”iga yana bir bor köz yugurtirdi. Hamma narsa medaga tegmaydigan moviy rangda! “Jin ursin bu rangni!” – birinçi marta özining sevimli rangiga nisbatan nafrat bilan qaradi.

“Şu paytgaça yolğonni sevib, ardoqlab kelgan ekanman-ku. Suvni moviy rangda ifodalaysan. Qölingga olib qarasang, unda bu rangdan asar ham yöq böladi. Osmonni moviy deysan, u şunçaki rangsiz. Olis yöqliklar közingga şunday körinadi. Moviy toğlar ham yöq aslida, hammasi yolğon, soxta, aldamçi! Men şu xonada, şu paytgaça yolğon içida yaşab kelgan ekanman”.

Nozima alamli öylar iskanjasida derazani qayta oçdi. Avvalda xonasi uçun zeb deb bilgani, ayni paytda köziga balodek körinayotgan, “musaffo osmon imijiga” heç qaçon yopişmagan közguni bor kuçi bilan kötardi-da, derazadan pastga taşlab yubordi. Yettinçi qavatga uning qarsillab yerga tuşgani eşitildi. Birozdan söng uning xonasi nima bölayotganini tuşunolmay qörqib ketgan “mehribonlari” bilan töldi.

Nozima mingan, derazalari qoraytirilgan maşina öz uyining oldiga kelib töxtaganda vaqt tuşlikka yaqin edi. U qafasdan qutilayotgan quşdek maşinadan tuşişga şoşilayotgan bir paytda ming bir vazifa olgan Munira opa uni töxtatdi va qizni davolayotgan, ayni paytda esa uning ustida ilmiy iş olib borayotgan professorning gaplarini yana bir bor eslatmoqçi böldi.

– Munira opa, hammasi esimda. Aqlli qiz bölib uydan çiqmaslikka vaʼda beraman, – dedi u qatʼiy işonç bilan.

Bir neça soat oldin sodir bölgan öşa közguning siniş voqeasidan söng uning ruhiy ahvolini yaxşi emas deb topgan şifokorlar bir keçaga uyiga borişiga ruxsat berişdi. Bundan asosiy közlangan maqsad esa Nozimaning könglida tuğilgan şubhalarni yöqqa çiqariş va sodir bölişi mumkin bölgan muammolarning oldini oliş edi. Nozima köçada odam yöqligiga işonç hosil qilgaç, yopinçiğini ustiga taşlab uyiga kirib keldi. Ularning darvozasi doimgidek qulflanmagan, dadasi işda, uyda esa onasidan boşqa heç kim yöq edi. Bu kutilmagan taşrifdan Şarofat opa juda xursand böldi, xuddi uzoq kutgan aziz mehmoni kelgandek ötqazgani joy topolmay qoldi. Qizi uçun tikib qöygan yangi köylagini olib köz-közladi. Nozima avvalgidek kiyim-keçakka öç emas edi, u onasining istagi uçungina köylakni egniga kiyib çiqdi. Şarofat opa tikuvçi bölib köpçilikka turli kiyimlar tikkan, qizi uçun ham şu jumladan. Ammo birinçi marta hozir Nozimaning egnidagidek etak va yenglari uzun, orqa yelkasi yöq köylak tikişi edi. Bu köylak Nozimaning hozirgi holatiga mos va unga juda ham yaraşgandi. U şu turişida ertaklardagi fariştalarni eslatardi. Nozima köngli allaneçuk bölib, özini onasining bağriga otdi. Bir sözsiz, köz yoşlari bilan minnatdorçilik bildirdi…

Baʼzan qilayotgan işingning oxiri köngilsizlik bilan tugaşini oldindan sezib tursang-da, öşa işni katta tavakkal bilan qilasan. Azbaroyi qiziquvçanligingdan emas, notinç öylar içidagi arosatdan qutuliş uçun şunday qilasan. Nozima ham biroz keç tuşişini kutib söng qalb amri bilan uydan çiqdi. Ançadan beri kelmagan joyi – boqqa kirib keldi. Öziga yaxşi taniş va qadrli bölgan keksa oq teraklar ostidagi ötirğiçda notinç öylarining sababçisi – Asqar uni besabrlik bilan kutib ötirardi. Nozima uni uzoqdan körib tanidi, yuragi qattiq-qattiq ura boşladi. Uyoğiga borişni ham, bormaslikni ham bilmay töxtadi. “Meni körib qay ahvolga tuşadi. Qanday qabul qiladi. Qani unga qönğiroq qilganimdagi jasoratim, birdan qayerga yöqoldi?!” deb xayolidan ötkazdi u. Nozima ortga qaytmoqçi ham böldi, ammo keçikkandi. Asqar uni uzoqdan, yopinçiğ-u, yoqa qalpoq kiyganiga qaramasdan tanib qoldi. Va ildam yurib unga yaqinlaşib kela boşladi. Nozima şoşib qoldi. Yuragi battar bezovta ura boşladi. Miyasida esa faqat birgina savol çarx urib aylanardi: meni körib qay ahvolga tuşadi. Öz taxminidan özi qörqib ketardi şuni öylasa.

– Nozima! – öşa soğinib ketgani, yoqimli, ehtirosli ovoz eşitildi uning quloğiga.

– Asqar, – jilmayişga urinib kördi Nozima ham.

– Qayerlarga ketding, Nozima? Şunçalik ham bemehr böladimi odam, – dedi Asqar unga yaqinlaşarkan.

– Töxtang, – qatʼiy gapirdi qiz. – Menga… yaqin kelmang.

– Nima böldi özi, tinçlikmi? Menga ham tuşuntirib berasanmi? – hayron bölgança turgan joyida qoldi Asqar.

– Ha, tuşuntiraman. Men… kasal bölib qoldim!

– Buni eşitdim. Seni çet elga ketib davolanyapti deyişdi. Uyingga neça marta borib bir söz aytolmay ortimga qaytdim. Telefon qilaverib çarçadim. Sendan qançalar xavotir olganimni bilasanmi?

– Har qança gina qilişga haqqingiz bor, – közlarini yerga qadab gapirdi u.

–    Nahot, bir oğiz telefon qiliş, “Yaxşiman” deb qöyişning iloji bölmagan bölsa? – kuyunib gapirardi Asqar.

– Mendan xavotir oldingizmi? – dedi Nozima közlarini yerdan uzib Asqarga mehr bilan tikilarkan.

– Xavotir oliş ham gapmi, aqldan ozişimga sal qoldi.

– Asqar, esingizdami, bir paytlar menga “Sen qöllarimdan tutsang bas, men ularni har qanday vaziyatda ham qöyib yubormayman”, degandingiz.

– Degandim, Nozima, degandim. Sen bilan birga ösib, birga katta böldik. Hayotimizning qolgan qismini ham birga ötkazişga vaʼdalaşganmiz. Har ne bölsa ham, men sendan voz keçmayman! U qanday kasallik bölsa ham birga yengamiz, işon, – Asqar bu gaplarni çin dildan, bir-bir qadam bosib yaqinlaşib kelib aytdi. Va sekingina Nozimaning titroq qöllarini kaftiga oldi. Uning gaplari samimiy ekanligini sezib turgan Nozima qöllarini tortib olmadi, aksinça, uning qöllarini mahkab tutdi va … yopinçiğini yeçib yubordi. Atrofga keç tuşgan, boğning xira, kökiş çiroqlari Nozimaning ortidan nur soçib turardi. Şuning uçun Asqar dastlab heç nimani payqamadi. Ammo keyin yerga tuşgan qora yopinçiq ustiga nimadir tuşib turganini va u sekin-sekin harakatlanayotganini kördi. Nozima Asqarning yuz ifodasiga köz uzmay qarab turdi va boyadan beri yaşirişga urinayotgan qanotlarini qoqdi. Asqar hayratda edi. U körib turgan közlariga işonmayotgandi.

– Asqar, bu men sizga aytolmagan “kasalligim”, – dedi u çuqur qayğu bilan.

Asqar beixtiyor qöllarini kuç bilan tortib oldi. U bu işi bilan şunday bölişi mumkinligini kutgan, ammo ayni paytda kutmagan Nozimani siltab yuborgandi.

– Bu b-b-bölişi mumkinmas. Hazillaşyapsan-a men bilan, Nozima? – dedi ovozi qaltirab Asqar. Uning harakatlari Nozimaning könglini çilparçin qildi. Javob kutib turgan Asqarga “Yöq” degandek boş çayqadi va qanotlarini boriça yozdi. Asqar tirik murdani körgandek orqaga tisarildi. Orqasiga işonçsiz, paydar-pay qadam bosib Nozimadan uzoqlaşdi.

– Bölişi mumkin emas, – derdi u hayrat-u qörquvini ifodalaşga boşqa söz topolmasdan.

Şunday tuyğular böladi, sözlar ifodalaşga ojiz. Yoki inson tuyğulari zalvaridan uni tiliga çiqarişga irodasi yetmay qoladi. Bular – sevgi, nafrat va yoki soğinç bölişi mumkindir, ehtimol. Asqar ham ayni damda his qilayotganlarini tiliga çiqarolmayotgan bölsa-da, u hammasi haqida öylardi. Şuning özi Nozima uçun yetarli böldi. U avvaldan köp izohlarni diliga tugib kelgan, ammo Asqarning közlarida körgan sovuq ifoda va xayolidan ötkazganlaridan söng tilini tişladi. Söngra u izzat-nafsi kabi yer bölgan yopinçiğini tezda olib, öziga qörquv, açiniş va hatto jirkaniş bilan qarayotgan yigitdan uzoqlaşib qoronğulikda közdan yöqoldi. Asqar göyo sehrlangandek turgan joyida qotib turaverdi. Faqat, Nozima uzoqlaşib ketganidan sönggina özidan boşqa heç kim eşitmaydigan tovuşda “Nozimaaa” deb çaqirdi. Oqşom çökkan köçalarni çiroqlar yoritib turar, Nozima tez-tez qadam bosib qayergadir ketib borardi-yu, qayergaligini özi ham bilmasdi. “Eh-h, nimaga ham keldim, nimaga tinçgina şifoxonamda qolavermadim? Endi köngling taskin topdimi? Asqarning yuragini yorib, öz-özingni şarmanda qilib nimaga erişding, Nozima? Nimaga, nimaga?! – uning içi öt bölib yonar, dardi-dunyosi qop-qora edi. Asqar şu kungaça hayotining ajralmas bir bölagi edi. Usiz kelajagini, hayotini tasavvur qilolmasdi. Endi uni bir umrga yöqotdi. Ha, endi u yöq edi Nozima uçun. Ertaga u izlab kelsa ham, heç nimaga qaramay hammasi avvalgidek qolişini aytsa ham, Nozima uni qabul qilolmasdi. Çunki u buni özi istab emas, Nozimaga açinganidan qilardi. Nozima uçun esa bundan ortiq xörlik yöq edi. Bu taniş köçalar öz uyiga olib kelganida darvoza qarşisida biroz töxtadi. Köz yoşlarini tiyib turolmagani uçun uyga kirişga şoşilmadi. Ammo içkaridan otasining qattiq-qattiq ovozi eşitilgaç, xavotir olib uyga kirdi.

– Kalta öylaysan-da doim. Men nega öşa şifoxonaga uni joylaştirib keldim-a? Savolimga javob ber-çi? – otasi odatda sekin, vazmin gapirardi. Hozir esa juda jahli çiqib ketgan, bunday paytlarda onasi, kim haqligidan qatʼi nazar, jim turardi. Nozima sekin kelib ayvon derazalaridan içkariga qaradi. U otasini juda soğingan edi, borib quçoqlab körişgisi keldi, ammo unday qilolmadi.

– Öşa yerda qolib davolansa tezroq tuzaladi, dedim. Odamlar közidan, ortiqça gap-sözlardan nariroq bölsin dedim. Sen nimani öylaysan özi? Xöp, soğinib kelibdi, nega köçaga çiqarvording. Kimdir körib, tanib qolsa nima böladi?! Kimsan palonçiyeviçning qizi şunaqa bölib qolibdi deb gap tarqasinmi endi?

Nozimaning nafasi böğziga tiqildi. Boşi aylanib, oyoqlaridan mador ketib, devorga suyandi.

– Nega unaqa yomon niyat qilasiz? Axir, qaçondan beri bir xonadan taşqari çiqmaydi. Biroz toza havoda aylanib kelsa, buni nimasi yomon? – siniq ovozi eşitildi onasining.

– Yomon! – qatʼiy javob qaytardi otasi. – juda ham yomon. Nozima endi avvalgidek emas. U endi avvalgidek odamlar orasida bemalol yurolmaydi, bemalol yaşolmaydi, hatto biz bilan ham. Sen onasisan, buni köngliga tegmaydigan qilib tuşuntirişing kerak edi.

Nozima ortiq otasining gaplarini eşitişga kuçi yetmadi. Qanday bildirmasdan kirib kelgan bölsa, şunday çiqib ketdi. U ortiqça tuşuntirişlarsiz hammasini tuşungan edi. U yana taniş köçalaridan yurib ketaverdi…

Nozima köp qavatli uylardan birining tomida, pastga qarasang, köz tinadigan darajadagi balandlikdan yerga tikilgança xomuş turardi. U avvallari balandlikdan juda qörqardi. Endi esa bu qörquvdan ham kuçlilarini boşidan keçirgaç, u arzimasdek bölib qolgani uçunmi yo yettinçi qavatdan yerga tikilaverib-tikilaverib könikib ketgani uçunmi, har holda qörquvdan asar ham qolmagandi. Nozima ançadan beri bir joydan köz uzmay qarab turar, bu joy taxminan agar özini şu yerdan taşlasa borib tuşişi kerak bölgan asfalt yölakça edi. U köp öylab şunday qarorga kelgan va bundan zarraça qörqmayotgandi. Vaqt yarim tundan oğib, Oy tikkaga kelib qotib qolgandi. Şu payt tungi şamol Nozimaning yuziga kelib urila boşladi. U çarçagan közlarini yumib özini şamolga topşirdi. Atrof dunyoni unutib, ikki qölini kee-eng yozdi. Şu turişda uzoq turib qoldi. Şunda, şamol, toza havo, osmon-u undagi jimir-jimir yulduzlarni his qila boşladi. Özini ularning bir parçasidek, ular bilan bir butundek his etdi. Şunda, butun tanasi yengillaşganini, allaqanday bir yoqimli tuyğu iliq qondek vujudi böylab aylanayotganini sezdi. Qanotlari esa yanada ösib, öz-özidan pastga tuşdi. Uning nozik uçi yerga tegay-tegay deb turar, körinişidan doiraga qoplangan terini eslatuvçi, ammo undan oq va şaffof, tom maʼnodagi afsonalardagi fariştalarni eslatuvçi qanotlari bilinar-bilinmas silkinar, çamasi… uçişga şaylanardi. Nozima esa buni sezmas, bir maromda nafas olardi. Özini odamlar orasiga begona, aslida esa tabiatning bir parçasidek his etdi. Ilk bor öz-özini boriça qabul etdi va qanot qoqdi. Uning şu turişini kuzatişga muşarraf bölgan odam gözallikdan, tabiat möjizasidan köz uzolmay qolardi. Nozima xuddi qanot qoqişni oldindan bilgandek körinardi. U bir meʼyorda, şoşmasdan, nihoyatda bir nafislik bilan qanot qoqar, u bağoyatda gözal edi, özi esa buni tasavvur qilolmasdi. Avvalda Nozimaning oyoqlari yerdan ohista kötarildi, keyin kimdir tutib qolişini astoydil istab özini pastga taşladi. Ammo u pastga qulaş örniga havoda muallaq qoldi.

Yerdagi qirq birinçi kun yakuniga yetay deganda, u vaqt ölçovi ahamiyatsiz bölgan samolar sari parvoz qilardi.

Mohira Eşpölatova

 

1995-yili tuğilgan.

Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari qatnaşçisi.

 “Forty first day”nomi bilan ilk kitobi AQŞda çop etilgan.

 

2022/9-10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…