162 marta körilgan

Mening yurtim

Vafo Fayzulloh

(Onamning derazasi)

 

 

Özbekiston Respublikasi Mustaqilligiga bağişlanadi.

Muallif

Onamning derazasidan yölga

boqar kitobim:

Zağizğonlar hamrohligida.

Toğlarning yuragini körar

kimda-kim

Aytgan bölsa vido gumrohligiga.

Derazaning tepasidan ötar

Turnalar,

Sevinçi nim, nolalari nim –

Oqlaganday bahorning haqqin

Uçib ketayotir Şimolga.

Yodlaganday kuzning dardini,

Janubga yetmoq uçun kamolga

Turnalar ila

Onamning derazasidan yölga

boqar kitobim.

Turnalarning yöli –

Odamning yöli,

Odamning qismati kabi mardona –

Zarafşon daryoginam bir loyqa oqar

Bir tiniq köngli.

Laylak uyasida tola-tola çim

Qirq yillab kutgandir

Erk tuğilişini!

Asrlar aytmay ötdi qayğusin,

Sevinçidan yorilolmay ötişdi,

Selga oqqan yuz ölançini

Marsiyasiz etişgan dafn…

Oq laylaklar tomon borar minora

Yel – şabboda Malikçölga

Burilsa böldi,

Hayot şaksiz boşlaydi yölga.

Olovlar yorişadi yarqirab,

Arab ajam tomon

Ajam arab tomon

Ötgan hiqqillab,

Ilm şahri şimir sözini,

Ilmsizlar çöqir közini,

Minoraga boğlangan köngli

Bu mening yurtim –

Qaldirğoçlar qanotida dostoni,

Xati ötli abadiyat jaridasidan.

Bu mening yurtim –

Yulduzlarni ekkan osmoni

Tuproğiga boqib hayratda,

Gullarni yiğlatar armoni,

Toşlarga qon bağridan,

Itlarga mehridan ilingan.

Bir bulbul

Yuz bulbul,

Ming bulbul

Sayragança yonib-kuyib,

Nola-yu nağmalar qilib

Kötarolmas dardning norvonlarini.

Ketganiça qaytmadi heç duldul,

Parvozlar musibatin lahza aytadi:

Sözing bölsa izhor qil töyib

Bir bulbul,

Yuz bulbul,

Ming bulbul,

Hali köz oçmadi hayotda…

Çiqdimi esingdan

Çölpon,

Usmon,

Abduraufning yongan xati, uzilgan tori,

Qodiriyning kallaklangan olma daraxti

Qiyomatga qadar yiğlatar mardni!

Xotiringdan öçib ketdimi bedod

Boşi şiptir Dajjol xuruji,

Iymonsizlik ölati,

Ötgan asr, yigirmaning böğzida hayot

Beş yuz nafar hofizi Qurʼon

Tiriklayin kömilganiga

Şohid, şahid onaizor Buxoro.

Ey mening yurtim,

Bölmas ekan seni öldirib,

Kömib ham.

Nur yoğdirar mening subhimga

Sening ruhingdagi jon qadar iymon.

Endi şamol tegib köksiga

Tutzor yoqalab paxta ekilgan,

Don soçilgan dalamga

Oltinday.

Qirğovullar bahuzur

Yana qiyqirib qöyadi bedazorlardan –

Bu mening yurtim –

Çumçuqlar tutlarga yopişgan,

Balki, ota, balki, onasin

Qayta topişgan.

Sut oqadi anhorlaridan,

Jannat körinadi bahorlaridan –

Bu mening yurtim –

Kam bölma!

Kam bölmas

Ovloq sahrolarda Xizr izi bor,

Qadagan ölmaslik uruğin.

Çayqalayotgan surx bayroq –

Singlim qizğaldoq –

Sodda şamollarning yelişidan mast,

Çapani qorayaloqlarning yurişiga qul

Ariqlardan olar suyunçi,

Hudhudga nomus – toj,

Ötgan umri tölanmagan boj –

Öğil bölib bölmagan öğil,

Inği çiqmagan köngli çöksa-da,

Nihoyat, uzatadi dast

Tirilib qasdi

Qoçiradi ör yölbarslarni,

Ohuning bolasiga tuğilmasdan döst –

Öriklarning guliga oşna,

Ağanagan bodomlarning tanasida mung,

Ilk eruvgarçilikka yetmagan qalbi,

Ellik yetti bahorni boy berib tunda,

Toş örmonni boşlab kelmoqçi taʼbi

Bir beozor va maʼsuma jununda

Şaftoli gulining rangiday labi

Bir yori bor edi bir bor boqmagan,

Endi öğlin yuboradi közin körişga.

Ming yilda hosilga kirmagan yonğoqzor

Boşi uçun qöyilgan kunda –

Rostini yurak bilan aytmoqqa,

Haqiqatni astoydil qilmoq-çun izhor

Borligin bilmagan dunyoga kelib

Alpomişga qazilgan çohga

Közyoş tökkan kabi boyçibor –

Derazasidan onamning yölga

kitobim boqar…

Yölga onamning derazasidan

boqar kitobim:

Şundan ötar Afandining ulovi,

Özi yöq,

Özi yöq,

Özi yöq,

Özi yöq Afandining bozori

Har kun qizir gijdi-bang savdo,

Yolğon sotib olar Xudoning kuni

Yolğonga talabgor, rostga boqmagan

Xudoning quli,

Tönka, bodi, töqmoqning oldidan

Bir bora ötmoqqa.

Töqmoqqa yuzma-yuz boqmoqqa,

Aylanib, ağanab yotgan jalojinga

Nimadir, nimadir, alanga bermoq-çun,

Bozor oralaşga yöl olgan

Onamning derazasidan yölga

boqar kitobim…

Onamning derazasidan yölga

boqar kitobim:

Saodati bordir harqalay

Asrab qololdimi özini,

Bilmadi, öttiz yil bilmadi,

Odamlarça safga qöydimi izini.

Böronlarga qarindoş öğli,

Qadim bir şaharning kelini

Yozga yetib olsa bas oq quş qizining yöli,

Duo bilan kökargan qalbi

Duo bilan zora yiğlolsa.

Zora, La ilaha ilalloh

Sönggi bölsa kalimasining

Degança, degança

Jiydalarning ostidan ötdi,

Öqigança Enasoy yozuvlarini.

Bir yalmoğiz sabo, maʼsum bir tavallo

Töldirgan kamini –

Yöllar Qosimşayx Azizonni aylar ziyorat,

Yillar Mavlono Deggaroniy ila qiladi gurung.

Bahouddin boboga

Onamning iltijosin qilar qiroat.

Köhak guvoh – hurmat, izzat,

Ixlos, mehr-u nomus jam,

Oq bulutga mingança sofdil adolat

Tuğ kötargan Xoja Sobirga

Topşirganday karvonni

Oqar, töliqib oqar

Qasava,

Mingta bahodirning könglini yoqar,

Jini suymas dabdabalarni

Bu dunyoga gumonat joni,

Bu dunyoda ğanimat oni –

Ilonizi söqmoqça misol

Şafaq sari ketadi

Otam qilgan nasihat:

Yaqiningga yölatma illat!

Buğdoyzor dalada qarğa öroqçi,

Kaptarlar don taşir bilangi hammol,

Çillaga kirgan el

Körmagan rağbat

Boy öğlini keçalari çaqirar,

Ziyofatga ketgan egalari jannatga,

Bir uy bor – qiyomat soati yarqirar,

Bolalari juda-juda uzoqda

Otasin qabrin ham unutib.

Yöl solar bu uyga uloqça,

Çirildoqlarni çaqirib töyga,

Surnaylar yöl tösgan qaroqçi

Maşşoqlarni keltirmas öyga…

Axir men ham tuşdim-ku har köyga…

Sen ham öynaganing kabi har kuyga!

Kuy baribir kuydirar,

Köylar olib çiqar deya daryoga

Ketayotgan

Ketayotgan, ketayotgan –

Onamning derazasidan boqadi

yölga kitobim…

Onamning derazasidan yölga

boqar kitobim:

Endi Maskov, Parijlarga yetadi,

Bir kun,

Öşal bir kun

Makkaga ham yetsa işonaman çin.

Endi juda uzoqlarga ketaman,

Onamning duosiga yetgan kitobim!!!

Quyoş yelkasiga çiqib bitaman

Tugamas, tugamas

Aslo siyohim – qora emas oq,

Zulmat emas – çiroq,

Paytavamas – bayroq

Olamlarga xatlar yöllaşga,

Özini ötlarda önglaşga,

Qarzini tölaşga, tölaşga

Qilmoqçi safar

Yöli önsin, manglayiday bexatar!

Qöşnilar ötadi

Ğiybatlarni haydagan,

Quvonçni, havasni çoy qilib damlagan,

Yuragi iymondan qaynagan,

Iqbol bir-biriga tilagan

Ona, momo, xola boğlarga

Borini tutgança baridan

Bolalik çoğimdan –

Bu el

Mening vijdonim.

Bu el

mening iymonim –

Iymonni örgatgan nigohi

Qöşiqlarin kömib ham,

Asragan tirik vasiyatlarin

Yozgan dilimga.

Könglimga nomus bilan yöl solgan

Elimga bir misra

sira

Atab yozmabman,

Nafratlarga qabr qazgança,

Bölar bas, armonning savobi,

Ketmasman yurakni yozgança,

Ketmasman söngsözni aymasdan turib

Xudo xohlasa,

U juda muqaddas,

Keladi guras,

Ötadi guras –

Bu saflarda şaşmaqomning maqomlari bor –

Böz boladek öyçan,

Keksa çoldek doniş,

Teraklarning terisini şilişga emas,

Dovçalarni kapalagan kelinga,

Bir öğlon tilagandek bahodir,

Ahmad Zoir qöşiqlarin aylab xirgoyi,

Yuraklarning rubobini çalgudek ilk bor

Or-u nomusiga berib xudoyi,

Öziga qurib dor, özganikin uzib,

Oqquş kabi suzib

Suğd ölkasida

Iskandar körmagan

Tojli ölatni –

Hikmat bilan mozorga boşlab,

Ramazonni juda zor kutgan,

Ğussani unutgan,

Izdihomni birinçi bor soğinib,

Bilmasdan qasdiga dast tutgan.

Osiyoning havolariga

Nomaʼlum va maʼlum bu savdo

Boşiga kelib.

Sizni bilib, özini bilmay,

Köz oçgaç tirilar deb yuragi –

Eng yaxşi körgani juma kunidir,

Eng xöb birodari Oqibat,

Yuragini sutlarga bulab qizitgan junundir,

Qaysning majnunligiga bir umr surgun,

Rahimboboning Maşrabida Balxlarni körgan,

Ming it hurgan karvonlarda yölovçi

Bitta jonga aylangan zamin,

Uning-da Maşhargohdagi çaldevor saroyi.

Yaxşi tonglar töldirar kamin,

Aybini yopadi mana şu çuqur yöl,

Emaklab bölsa-da Zarafşonga yetsa,

Laylaklar tödasiga qöşilişi çin.

Yuragining oğriğiga muhabbat qöygan in

Mehr bilan bağriga bosmoq-çun dunyoni

Onamning derazasidan yölga

Boqar kitobim…

Toğguzar qişloği

 

Vafo FAYZULLOH

 

1963-yili tuğilgan.

Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

“Hut”, “Xabarsiz sevinç”, “Mangu lahza”, “Jon yöli”, “Azaliy ğussa” kabi şeʼriy kitoblar, “Çaqmoq yoruği” adabiy-tanqidiy maqolalar töplami muallifi.

F.Kafkaning “Jarayon” romanini, “Otamga xat” essesini, M.Materlinkning “Söqirlar” dramasini, X.Borxes, K.Hamsun, R.Akutagava hikoyalarini, Ş.Bodler, P.Verlen, A.Rembo, I.Brodskiy va M.Svetayeva şeʼrlarini tarjima qilgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

2022/9-10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.