9 daqiqada öqiladi

318 marta körilgan

Qulfbuzar. Novella

Neʼmat Arslon

Şaffof matoh ustiga tuşgan doğday şuvalib, tözğoq bir tarzda  yayralib körinayotgan yaşil ranglar şaftoli daraxtining yaproqlari, qizğiş doğlar esa uning  mevasi… Oddiy şaftoli daraxti uçun bunçalik katta xarajat qiliş, uning atrofini  şişa devorlar bilan örab, eşigiga qulf urib qöyiş oddiy odamning işi emas. Bu odam yo afandi, yoki faylasuf. Qulfbuzar miyasining çuqur qavatlarini qançalik hafsala bilan titkilamasin, şu asnoda  Leanardo da Vinçidan bölak  birorta buyuk aql egasining nomi yodiga kelmadi. Aslida uning  kasbu kori olimlaru kaşfiyotçilarning fan – texnika sohasidagi ixtirolari bilan boğliq. Xususan,  faylasuflardan qörqqulik.

Inson psixikasini örganiş va örgatişda bu qavmga teng keladigani yöq. Masalan, öğri-qulf­buzar qanday şaxs? U birorbir boyvaççaning uyiga öğirlikka tuşiş uçun ne çoğli tayyorgarlik köradi? Bu paytda uning ruhiy holatidan nimalar keçadi? Aslini olganda, qulflarning tobora va kun sayin takomillaşib borişi va yangidan yangi minglab sinoatga ega bölgan qulf­lar yaratilayotganligi ham inson ongining va qölining mahsuli. Ixtiroçi yangi qulf yaratiş ustida öylarkan, albatta qulfbuzarni  nazarda tutadi,  uni köz öngidan qoçirmaslikka harakat qiladi. Qulf içiga murakkab mexanizmlarni joylaş jarayonida  “Qani, mana bunisini ham oçib kör-çi”, deb öz ixtirosining sinoatlaridan mamnun jilmayadi. “Beçora qulfbuzar”, deb hatto zaharxanda qilib qöyadi. Şuning uçun ham men bu tipdagi kişilarning hayotini  va ixtirolarini sinçiklab örganaman. Bu hayot taqozosi. Qulflar esa…

Qulfbuzar ana şunday xayollar bilan şişa devorga, bir tup şaftoli daraxtini qöriqlab turgan  qimmatbaho va körinişidan içki qurilmasi öta murakkab qulfga sinçiklab qaradi.  Qizğiş yaltiroq va aftidan juda mustahkam metalldan yasalgan qulf  ham öz kuşandasini mensimaganday, göyoki  eng sönggi modada kiyinib köçaga çiqqan ayolday  tamanno qilib turardi. Şişa devor qay darajada qalin bölmasin, uni sindirib xonaga kiriş heç gap emas. Ammo haqiqiy qulfbuzar bunday qilmaydi. Qulf qançalik murakkab qurilmaga ega bölsa, qulfbuzar uçun şunça qiziq. Öz ğanimining ustidan ğalaba qozonişga bölgan iştiyoq şunçalik sarbaland. Aslida qulflar Tirkaş uçun ğanim ham emas, balki… Bilasizmi, insonlar örtasida  tuşuniş  biroz murakkab bölgan ğalati bir ruhiy  holat bor: erkak zotiga qiyo ham boqmaydigan va özining beqiyos jozibasiga ortiq darajada işongan ayolni qölga oliş uçun  baʼzi bir kişilar bor ilmu amallarini işga soladilar va agar uning muhabbatiga sazovor bölsalar, özlarini dunyodagi bor erkak zotining kulangiri deb biladilar. Heç kim egar urolmagan asov otni jilovlagan çavandozda ham şunga öxşaş holatni kuzatiş mumkin. Tirkaşni tuşuniş uçun qilingan bunday muqoyasa balki nojoizdir, faqat qariyb bolalik paytlaridan boşlab butun umr qulflarga qiziqib, ularni  böysindiriş,  inson qöli va aqlining nimalarga qodirligini namoyiş etiş unga beqiyos zavq bağişlab kelgan  va hayotining mazmuniga aylanib qolgan.

 Qulfbuzar ğanimiga “sabr qilib tur” deganday bir qarab, köz qisib qöydi-da, xayolidan ötgan fikrlar taʼsirida şişa devordan uzoqlaşdi. Uning xatti-harakatidan mutlaqo şoşilmayotganini anglaş qiyin emas. Darhaqiqat, u şişa uyçadan uzoqlaşib, hovlini bamaylixotir kezib çiqdi. Va köp yillik tajribasida sira duç kelmagan holatni kördi. Bir tup şaftoli qulflab qöyilgani holda, uy eşigi va undagi barça xonalar oçiq!

Ayniqsa,  devorlari turli körinişdagi rasmlar bilan töla keng zalni va boşqa katta-kiçik xonalarni birma-bir kezib yurarkan (uning bamaylixotir kezib yurganiga sabab  şuki, uy egasini bir neça kun davomida kuzatib, keçki govgum pallaga qadar qirlar orasida ötirib rasm çizişini va uyiga keç qaytişini bilib olgan edi), rassomning uyida suvratlar, böyoqlaru behisob çizgilardan bölak heç vaqo yöqligini angladi.  Suvratlar esa dunyoning yarim mulkiga bergulik. Ajabo! Şunça qimmatbaho sanʼat asarlari joylaşgan xonalar oçiğ-u, bir tup şaftoli… Nogoh uning nazari jilmayib turgan ayol suvratiga tuşdi. Bu Leanardo da Vinçining Jakondasi. Ha, Mona Liza deganlari şu ayol. Uning tabassumi töğrisida uç mingdan ortiq asar yozilgan. Ammo hali biror bir tadqiqotçi bu tabassum bilan Mona Liza nima demoqçiligini isbotlab berolgan emas. Men esa bilaman, xayolidan ötkazdi Tirkaş –  soçi tökila boşlagan yarğoq boşini silab –  Mona Liza: “Ayol qalbi – eng sirli qulf”, deb turibdi. Tirkaşning xayolida özga şaharning uzoq bir göşasida qolib ketgan ayol siymosi jilvalandi. Muhabbat, raşk va nafrat, ayriliq… Qulflar ayolning duşmaniga va balki kundoşiga aylangan onlar… Tirkaşni sevimli kasbidan ajratişga, uni qulflar sehridan  judo qilişga urinib yaşagan ayol endi yöq. Oila qörğonining buzilişiga sabab bölgan nizo bundan yetti oy muqaddam röy berdi. Tirkaş eng yangi rusumdagi qulfni sotib olib uyiga qaytarkan, Surbinani kördi. Ayol uni kutib derazadan qarab turardi. Ammo Tirkaş uyga emas, hovli adoğidagi omborxonaga yöl oldi. Tezroq qulfni oçiş, içki mexanizmlarini közdan keçiriş, sxemasini çiziş va uni qayta terib, oçqiç qurollar yordamida, kalit işlatmasdan oçiş iştiyoqida yonardi. Bir yuz sakson ming tilsimga ega bölgan va “Skrinkira” deb nomlangan ingliz qulfi, haqiqatan ham, yeçilmagan jumboq. Tirkaş uç keça kunduz berkinib olgan göşasidan çiqmay, kulf bilan birga böldi.

Tunlar köz yummay uni silab siypaladi. Bağriga bosib yotdi. Uni özidagi bor hissiyot bilan avradi va erkaladi. Skrinkira esa röyxuşlik berişni istamas,  şu jihati bilan Surbinaga öxşardi. Bu tipdagi qulf kalitning içki mexanizmlariga tomon kirib borişiga dastlab yengilgina qarşilik körsatadi, nimanidir xohlamayotganday, nimadir unga ozor berayotganday va yana nimadir uni haqorat qilayotganday… Keyin esa naq qalbi ostida harakatlana boşlagan “kelgindi”ni osonlikça qöyvorişni istamaydi. Pirovard natijada “şilq” etgan ovoz eşitiladi va qulf böşaşib ketadi…

Tirkaş Skrinkirani xona burçagida uyulib yotgan qulflar tödasi tomon otib yubordi. Çunki uning siri oçilgan va  endi qulfbuzarni avvalgidek jozib kuç bilan öziga tortmasdi. Mudroq içida devordagi suvratlarga qaradi. Faylasuflar, yozuvçilar… Rassomlar: Van Gog, P.Sezann, rangning tiniqligi va ohangdorligi uçun kuraş. Postimpressionizm. Şu qatorda  Rözi Çoriyevning avtoportreti. Tirkaş  rassomçilikka qiziqib, sanʼat kollejida va keyinçalik institutda öqib yurgan kezlari bu rassom bilan yaqindan tanişgan, öqişdan haydalganidan keyin ham rassomning ustaxonasida maʼlum bir muddat istiqomat qilib turgan edi. “Inson toki maqsadiga erişgunga qadar ölib-tirilib, butun kuçini, tajribasini, makru hiylasini ham işga solib harakat qiladi-yu, murodi hosil bölgandan söng öşa narsani buzuq qulfdek otib yuboradi?  Bu holatni qanday izohlagan bölardilar suvratlardagi uluğlar?..” Tirkaşning mulohazasi şu joyga kelganda eşik qarsillab oçilib, ostonada Surbina paydo böldi.  Bu sevişganlarning sönggi muloqoti edi…

Mana, endi özga bir xonadondagi suvratlarni tomoşa qilarkan, bir neça soniyaga çözilgan ruhiy muloqot birdan barham topdi. Qandaydir mubham bir kuç uni ortiga ögrilib qaraşga undadi. Ne köz bilan körsinki, oilasini  buzgan va sönggi qattol jangga sabab bölgan Skrinkira  devor sirtidan unga “qarab turardi”. Qulf yorqin böyoqlarda şu darajada  mukammal çizilgan ediki, Tirkaş beixtiyor çöntagini kovlaştirib sinxron oçqiçni paypaslab qöydi va  bu yerga ne maqsadda kelganini eslab  qolib, eşik tomon yurdi. Şişa uy eşigini Skrinkiraning özi hamon öşa alpozda qöriqlab turibdi.  Lablarida qotib qolgan istehzo bilan qulfga yaqinlaşdi Tirkaş. Raqibining bor ilmu amalini yaxşi biladigan polvonlar yuzida böladi odatda  bunday tabassum. Qulfbuzarning sezgir barmoqlari qulf sirtini sermab ötdi. Oçqiç işga tuşdi. Skrinkira  uzoq qarşilik körsatmay taslim böldi.  Eşik oçildi. Xona içida bir töp şaftoli daraxtidan boşqa heç narsa yöq. Lahza içida vaziyatni baholadi Tirkaş. “Bu bir niqob” xayolidan ötkazdi u. Oddiy bir daraxt himoyasi uçun bunçalik eʼtibor, ehtiyotkorlik va xarajat qiliş aqlga siğmaydi. Demak, uy egasining xazinasi şu yerda. Ammo tajribali öğrilarga xos hissiyot bilan angladiki, bir gilam kattaligidagi  çoğroq maydonçada xazina ham, dafina ham yöq. Devorlar esa şaffof şişadan. Aqlli odam xazinani tuproq tagiga kömmasligi ham ayon. Demak, daraxtning özida bir gap bor. Yam-yaşil uzunçoq barglar, qizarib pişa boşlagan mevalar, ğadir-budir tana, şoxlar va novdalar… Tanasi u qadar yöğon ham emas. Bor-yöği ön beş yil atrofida umr köradigan bu daraxt – tanasining ölçamiga va şox-şabbalarining hali qoraqötir pöstloq bilan qoplanib ulgurmaganiga qaraganda – nari borsa, yetti-sakkiz bahorni körgan. Uning haqiqiy ayollik davri hali oldinda. (Tirkaş şaftoli daraxtini hamişa ayolga qiyoslardi). Bir umr boğbonlik kasbiga sodiq qolgan otasidan yagona meros edi bu gap. Qulflar siriga qiziqmaganimda albatta otamning kasbini egallagan bölardim, deya xayolidan ötkazdi qulfbuzar. Va daraxt tanasini silab qöydi. Barmoqlari tananing orqa tarafidagi qandaydir silliq va yumşoq tuganakni paypaslab ötdi. Arpa boşoğidek qalin va qönğirtob qoşlari çimrildi uning. Uzun, ingiçka va  sezgir barmoqlar yana ortiga tomon harakatlanib, öşa tuganak ustida töxtadi. Tirkaş daraxt tanasini aylanib ötib, pöstloqqa mahkam yopişgan qahrabo rangdagi yelimşakni kördi. Bu kasallik va isyon alomati.  Nimadandir azoblansa, özini qiynayotgan kuçga bölgan ğazabini yelimşak vositasida anglatadi daraxt. Daraxtni azoblagan narsa parmaning izi. Yelimşakni qöporib oldi va uning ostida oddiy qalamning uçi siğadigan kavakni kördi. Parma qoldirgan jarohat hali bitib ulgurmagan. Yoki uy sohibi tanadagi teşikni  begona közlardan berkitiş uçun  yelimşak bilan niqoblab qöydimikin?  

“Bulbulning köziday bir dona gavhar –

Poda-poda hökizlar galasiga teng”.

Dabdurustdan yodiga kelgan bu misralar Qulfbuzarning xayolini band etgan yangi bir fikr ifodasi edi. Şaftoli tanasidagi kavakda gavhar yaşirib qöyilgan bölsa-çi?! Xazinani yaşirin saqlaş uçun bundan-da antiqa va bundan-da makkorona usul bölişi mumkinmi? Butun dunyo öğrilari birgalaşib qirq keça-kunduz öylasalar ham, ularning xayoliga kelmaydigan iş. Öz fikri öziga baçkana va asossiz körindi, rassomda gavhar ne qilsin! Şunday bölsa-da, qöynidan qizil dastali sinxron oçqiçni olib, kavakka suqib kördi. Oçqiç qandaydir mayin, kukunsimon bir narsani kesib ötganini ilğadi. Bunday pallada oçqiç  barmoqlarning  göyoki davomiga aylanar va   eng murakkab elektron ölçov uskunalar ham ilğay olmaydigan tebranişlarni sohibining barmoqlariga olib uzatardi. Daraxt tanasidan yuqoriga tomon şiddat bilan kötarilayotgan şarbat oqimini, yerning nafasini ilğadi asbob  va bu oqimga yana qandaydir mubham zarralar ham aralaşib borayotganini barmoqlarga yetkazdi. “Kavakda gavhar yöq, qandaydir kukun bor”, dedi oçqiç öz tilida. Ammo bu holat qulfbuzarni taşviş­lantirmadi. Eng muhimi bu emas. Yetti oy muqaddam ötkazgan tajribasini bugun amalda sinab kördi. “Skrinkira” unga özini bağişladi! Ana şu muhim!

“Şaftolixörlik qilişdan boşqa işim qolmadi” – xayolidan ötkazdi Tirkaş, qöllarini yengsiz jujunçasining bariga artarkan. Endigina rang ola boşlagan mevalar hali  yetilib pişmaganligini bilsa-da, kuçli çanqoq taʼsirida  daraxt tanasidan uşlab  qattiq silkiladi. Tap-tup etib uç dona şaftoli  tuşdi. Ulardan birini olib jujunçasining mayda tör tutilgan kökragiga artib surtdi va sabrsizlik bilan karsillatib tişladi-yu, bu yerga nima maqsadda kelganini tamoman unutdi. Şaftoli mevasi hali dumbilroq bölsa-da, şirin va  xuşböy! Söngra  qizğiş, ğadir-budir  uç dona danakni kaftiga olib, butun boşli daraxtni, uning yaproqlariyu mevalarini, rangi va taʼmini va hattoki  tomirlarini ham özida mujassam etgan bu möjizaga, heç qanday kalit bilan oçib bölmaydigan bu  “qulf”ga bir muddat  tikilib ötirdi, çuqur xörsindi va qandaydir şirin xayol taʼsirida  boş tebratib qöydi. Keyin danaklarni çöntagiga solib örnidan turmoqçi böldi. Turolmadi, çökkalab qoldi. Içida kuçli oğriq qözğalib dunyo  köziga bir tutam bölib körindi.  Yiqilmaslik uçun daraxt tanasini mahkam quçoqladi va najot kutganday osmonga qaradi. Daraxt  osmon toqida çirpirak urib aylanar, yaproqlar şovullar, şaftolilar dona-dona bölib, moviy böşliqni qizğiş rang­lar bilan  böyardi…

Neʼmat ARSLON

1941-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

“Ayol suvratiga çizgilar”, “Oldinda yana tun bor” hikoyalar töplamlari hamda “Adam vodiysi”, “Mavhumot” kabi romanlar muallifi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…