5 daqiqada öqiladi

227 marta körilgan

“Yoşlik”ning 40 yillik töyiga

Uzoq Jöraqulov

1981-yil…

Endigina yettinçi sinfni bitirib, sakkizga ötadigan öquvçiman. Adabiyotga qiziqişim baland, öqituvçim Normamat Tilakovga har kuni biror narsa yozib kelaman, şeʼrimda qofiya, nasriy “asarim”da obraz yöqligi haqidagi tanqidlarini eşitişdan çarçamayman. Borgan sari maʼnaviy taşnaligimni kitob bilan qondirişga urinaman. Sobiq Ulyanov (hozirgi Kasbi) tumaniga qaraşli Maymanoq qişloğining salmoqligina kutubxonasidagi badiiy kitoblardan öqimaganim qolmagan, kutubxonaçi Qurbonjon opadan yangi kitob sörayverib joniga tekkanman. Badiiy kitob yöqligidan, tişim ötsa-ötmasa, Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi”, Natan Mallayev, Vohid Abdullayevlarning “Özbek adabiyoti tarixi” kitoblarini olib varaqlayman…

Qişloğimizdagi bir-ikki şeʼr maşq qilib yurganlar bilan özimizça “Maymanoq adabiy muhiti”ni taşkil etganmiz (Bu muhit aʼzolaridan hajvçi nosir Abdulla Ayizov, şoir Davron Sulton, ötkir jamoatçi jurnalistlar Sayfulla Aşurov, Neʼmat Odilovlarni adabiy jamoatçilik yaxşi biladi). Adabiyot öqituvçisidan “ötmagan” şeʼrlarimizni özaro muhokama qilamiz. Hafta, oyda “nafis majlislar” ötkazib turamiz. “Adabiy muhit”dagilarning barçasi yoş jihatdan mendan katta. Ulardan baʼzilarining “Leninçi” degan tuman gazetasida bir-ikki şeʼrlari, xabarlari eʼlon qilingan. Şunga havas qilib, gazetaga material jönataman. Jönatgan kunimdan boşlab, har kuni poçtaçining yölini poylayman. Poçtaçi ham “dardim”ni biladi. Har kuni xuddi hamdardlik bildirgandek maʼyus tikilib, yelkasini qisib ötib ketadi (Demak, bugun ham men uçun yangilik yöq!..)

Bir kuni desangiz, ğoyibdan bir nur çaqnadi. Poçtaçi amaki jilmaygança menga tomon yurib keldi-da, “Leninçi” gazetasining yangi, hozirgina tandirdan uzilgan sonini qölimga tutqazib ketdi. Hayron böldim. Ey Xudo, qayoqdan kun çiqdi! Gazetani oçib, öz nomimni qidiraman, nedirki topilsa! Keyin hamma sahifalarini bir-bir hijjalab öqişga tuşdim. Nihoyat, “Şarh-obzor” ruknida çop etişga yaroqsiz materiallar şarhi içida bosma harflarda “Uzoq Jöraqulov” degan familiyaga közim tuşdi. Bor ekan-ku men izlab yurgan haqiqat! Yaşasin, Poçtaçi amakim!..

Rostmana bosma harfda terilgan familyamni gazetada körib ilhomlanib ketdim. Kunda, kunora otamdan beş-ön tiyin sörab olaman. Azza-bazza markali konvert xarid qilaman. Tuni bilan uxlamay yozib çiqqan “asarlarim”dan saralab-saralab şu konvertga joylayman-da, “Leninçi” redaksiyasiga jönataman. Bora-bora otam pul berişdan, gazeta boş muharriri Jöra Yusupov mening “asarlarim”ni şarhlaşdan bezor bölişdi. Poçtaçi amaki uyiga eltadigan ravon yölni qöyib, boşqa köçadan yurişni çiqardi. Ammo men ham yölimdan qaytmadim. Poçtaçi amakining barça ötadigan yöllariga “tuzoq” qöyadigan böldim. Uning uyiga tomon qilgan birorta taşrifini qöldan çiqarmadim. Endilikda ötgan-qaytganlar ham mening “dardim”dan voqif edi. Biri öta-öta “haliyam kutyapsanmi” deb ketar, boşqasi poçtaçining hozir qayerga kelganidan başorat berar, yana biri açingansimon nazar taşlab ötardi…

1981-yilning uzun va zerikarli kuz kunlari şu tarzda farahsiz, quvonçsiz ötib ketdi. 1982-yilga ham şunday, umidsiz va kayfiyatsiz kirib bordim…

Yoz oylaridan biri. Şom arafalab qolgan. Yöl ustida poçtaçining qaytişini kutib ötiribman. Ana, uzoqdan uning qorasi körindi. Yelkasiga osib yuradigan sumkasi hamişagidan köra qappayganroq tuyildi. Yuragimda bir dukkillaş, könglimda quvonç aralaş xavotir örladi. Nahotki menga biror narsa olib kelayotgan bölsa?!! Har safar oldimdan boşini egib, hömrayib ötib ketadigan poçtaçining qadam olişi bu safar boşqaçaroq tus olgan, menga qarab jilmayib kelar edi…

Favqulodda qadamlar sekinlaşdi, dunyo adabiyoti “qamalgan” çarm sumka oçildi. Poçtaçi amaki undan bir jildlangan qoğozni oldi. Indamay qölimga tutqizdi-da, yölida davom etdi. Bu qoğoz közim örgangan “Leninçi” gazetasiga öxşamasdi. Şoşa-pişa jildiga tikildim, “Yoşlik” degan yozuvga közim tuşdi. Bu Toşkentda naşr etilgan “Yoşlik” jurnalining dastlabki sonlaridan biri edi…

Kun botib, atrof ğira-şira bölib qolgan bölsa ham, ösmirning ötkir közlari bilan jurnalni öqiy boşladim. Mana adabiyot, mana şeʼr, mana şoir sizga, Uzoqboy! “Boş muharrir” degan yozuv ostida Erkin Vohidov nomi turardi…

Abdulla Oripov, Şavkat Rahmon, Xurşid Davron, Usmon Azim şeʼrlari, Ötkir Hoşimov, Murod Muhammad Döst, Erkin Aʼzam hikoya va qissalari, Ozod Şarafiddinov, Begali Qosimov, Norboy Xudoyberganov maqolalari, gulqayçilar, parodiyalar…

Alqissa, bu jurnalga çinakamiga oşiqi beqaror bölib qoldim. Endi meni “Leninçi” gazetasi ham, unda bosilişi kerak bölgan “asarlarim” ham qiziqtirmay qöydi. “Yoşlik”… “Yoşlik” va yana “Yoşlik”… Tamom, vassalom…

Biroq yana bir katta muammo paydo böldi. Qişloğimiz poçtasiga faqat bir dona “Yoşlik” kelar ekan. U ham bölsa sovxoz partkomi (davlat xöjaligi firqa qömitasi raisi) nomiga… Obbo, bu yoği qandoq böldi?!! “Jon çekmasang, jonona qayda” deganlaridek, çin oşiq yölini kim ham tösa olardi. Yöli topildi. Poçtaçi amakimning mendan bir yoş kiçik öğli bilan qil ötmas jöra tutindim. U partkom momoning nazaridan çetda qolib, poçtaçi amaki sumkasida uylariga taşrif buyurayotgan jurnallarni otasiga bildirmay menga olib keladigan böldi, men esa yaşin tezligida öqib, kerak joylarini konspekt qilganimdan söng, zaxa yetkazmay unga qaytarişga kelişdik.

 

Jurnalda bot-bot muallif nomi ostida “ToşDU özbek filologiyasi” yoki “Jurnalistika fakulteti studenti” deb izoh berilgan şeʼr, hikoya va maqolalarga közim tuşar, ularni boşqaça iştiyoq bilan öqirdim. Şu mualliflarga havas qilar, ToşDU studentini olamdagi eng baxtli odam deb bilardim…

 

“Maymanoq adabiy muhiti”dagilardan suriştirsam, “ToşDU” degani poytaxtdagi Toşkent davlat universiteti, Özbek filologiyasi fakultetida esa aynan ona tili va adabiyot fanidan saboq berilar ekan. Şu tariqa “Yoşlik” jurnali sabab ToşDU Özbek filologiyasi fakultetiga kirib öqişga ahd qildim…

Ötgan asr 80-yillarida talaba, keyinroq aspirant, öqituvçi, dotsent, professor böldim. Markaziy matbuotda, xususan, “Yoşlik” jurnalida maqolalarim çop etildi. Ammo hali-hamon “Yoşlik” jurnalini qölimga olganimda poçtaçi amakim horğin qadamlar bilan işdan qaytadigan maʼyus tuproq köchani, bu köça yuzida maʼşuqasini kutayotgan Majnundek intizor ötirgan öspirin yigitçani hayajon bilan eslayman…

Uzoq JÖRAQULOV,

filologiya fanlari doktori, professor.

 

1967-yil tuğilgan.

Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti (oldingi ToşDU)ning Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“Fitratning tadqiqotçilik mahorati”, “Hududsiz jilva”, “Nazariy poetika masalalari: Mullif. Janr. Xronotop” kitoblari çop etilgan. Mixail Baxtinning “Romanda zamon va xronotop şakllari” nomli yirik tadqiqotini özbek tiliga ögirgan.

 

2022/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)