6 daqiqada öqiladi

151 marta körilgan

Ertakka öxşaydi, ertakka…

Asliddin AlImardon

Kuz faslini har kim öziça suyadi. Kimdir qovjirayotgan maysalarni qayta yaşnatmoq ilinjida baytlar bitadi. Kimlar esa azim çinordek sokin qolib, falsafiy muşohadalar oğuşida bölişni istaydi. Yana kimdir kuzak va yölak örtasida qöşiq aytadi. Men esa…

Kuz har yili özining tillarang libosini yaproqlarda köz-köz qilarkan, olislarga – nafis barmoqlar erkalagan daryo yulğunlarini soğinib, bir juft şippak yuzini yuvadigan erka jilğaning ohanrabo tovuşini qömsab, çegara bilmas işqdek tarvaqaylagan, bağrida maʼsum sevgini yaşirib turgan uzumzorlar tomon beixtiyor yelib ketganimni sezmay qolaman. U yerlarda qolgan ilk muhabbatim izlarini körib… Entikaman. Ezgin kayfiyat tanamga bir olam şirin oğriqlar baxş etadi…

…Bu safar ham şunday böldi. Yorişib borayotgan quyoş nurlariga ergaşib, tokzorlar tomon yurib ketdim. Sobiq çaylamiz örnida endilikda uyilib yotgan guvalalar va qorayib ketgan yantoq ğarami qolibdi, xolos. Şiypon oldiga kelarkanman, lablarim bilan oziqib, taniş taʼmni – kiyik öti aralaş bir juft qurtlarni esladim. Yodimda, talabalik yozgi semestrni topşirib, uyga – taʼtilga qaytganimda, otam uzumzorga qorovullik qiliş uçun “komandirovka” qilar, köç-köronim – qozon-tovoq, turli idiş-buyumlar va quçoq siğarlik kitoblarim bilan bu yerlarga kelardim. Şundoqqina daryo böyidagi kungay çaylada yotvolib uzundan-uzoq kunlarni ötkazardim. Bu yerlarda maza qilib çömiliş, bemalol xayol suriş, istagança kitob öqiş mumkin edi. Orzu ham yaqindek tuyular, katta körinardi. Biroq eng qiziği bular emasdek, nazarimda.

…Beğubor, pokiza hislar va nazokatni özi bilan doimo ergaştirib yuruvçi bu qiz menga aynan qaysi kundan boşlab kiyik öt aralaş qurt bera boşlaganini, töğrisi, eslay olmayman. U har kuni tongda qölida tugun, daryoni keçar va narigi qirğoqqa ötib ketardi. Quyoş ufqqa boş qöyib, erinibgina nurlarini yiğayotgan paytda ortiga qaytar, qölida tağin tugun bölardi. Men bu qaytişni orziqib kutardim. U har doimgidek, sepoya ustida töxtar, nim tabassum qilardi, keyin ikkimiz uçun yaxşi taniş bölgan usti sip-silliq ulkan toşga bir juft qurt taşlab ketardi. Uzoqlaşişi bilanoq soyga şönğirdim. Toş ustidagi qurtni olib, hidlardim. Bu mazaxörak şimiğiçdan xom pişloq, kiyik öt va rayhonning isi kelardi. Ularni qölimda zoldirdek aylantirib, bot hidlardim. Qiz ortiga boqa-boqa uzoqlaşar, yoniga kelişimni istabmi, yo menga şunday tuyularmidi, bilmadim, jarlik yoqasiga yetgaç töxtar, keçuv paytida qöliga olvolgan şippagini mildirayotgan jilğada yuvardi. U işni şunçalik sekin bajarardiki, bu orada quyoş botib bölardi. Tuşuntirişim qiyin; oldiga borolmasdim, faqat kuzatardim, xolos. Xoh işoning, xoh işonmang, öşa qiz bilan har kuni körişardik, lekin ming vahki, roppa-rosa ikki oy bir oğiz bölsa-da gaplaşmaganmiz. Zabonsiz munosabatlar tobora mustahkamlanib boravergaç, uning kimligini oğiz yetarlik oğaynilarimdan sörab bilganman. Mendan ikki yoş katta edi. Internatda tahsil olganim bois, qişloğimiz maktabida öqiydiganlarni tanimasdim. Tabiiyki, bu qizni ham.

Taʼtilim yakunlana borgani sayin dilimdagi xira besaranjomlik avj olar, qizni şu bugunoq töxtatib unga nimadir deyişni könglimga tugardim. Biroq öylaganlarimning heç biri amalga oşmasdi. Yana va yana sukut qörğonidan çiqolmay, nigohlarim bilan kuzatişdan nariga ötolmasdim…

U bilan sözlaşişga tösiq bölayotgan sabablar köp edi.

Hozir bu haqda öylasam, qalbim öşa paytlar ança toza va tetik bölganini sezaman. Ha, ança ğör edim. Davradoş döstlarim sevgi-muhabbatdan (men işq demadim) gap oçişsa, peşonam tirişardi. Hali taşrif aylab ulgurmagan muhabbatga-da daʼvoyim bisyor edi. Özimça, sevgini xuddi odamzotga majburan beriladigan inʼomdek tasavvur qilardim. Hammayam seva oladi, öylardim, özimça. Köngildagi mavhum zirapçani zarrabindek kattalaştiruvçi va öz navbatida, xiralaştiruvçi soxta, eng yomoni, betösiq hirslarga töla ösmirlik davrimni ham “ortiqça” vaqtga sarflamasdan yugura-yela ötkazdim. Xatom qayerdaligini va nima uçun bunday yölni atayin tanlaganim esa har oqşom takrorlanadigan, biroq esda qolmaydigan ğalati bir tuşga öxşaydi…

Taʼtil tugamoqda edi. Universitetga qaytişim kerak. Avgust oyining oxiriga kelib, köç-köronimni asta-sekin uyga taşiy boşladim. Oxirida faqat kitoblarim qoldi. Öylay-öylay bir kitobni qalbim egasiga aylangan malikamga taşlab ketişga ahd qildim. Saralay-saralay “Kalila va Dimna”ni ajratib oldim. Avvalboşda içmuqovaga nedir yozmoq istadim. Xayolan jumlalar tuzdim. Işqiy nomalarni köz oldimga keltirdim. Bölmadi. Men bilgan iboralar tarixlarda bitilgan, yozib bölingan şeʼrlar hamda aytilgan qöşiqlar edi. Uni xursand qiliş uçun biron yangi narsa yozişim va bu bitik tamomila özgaça bölişi kerak edi. Aks taʼsirni qarangki, uning siyrati şuurimda gavdalana boşlaboq, miyam hujayralari tafakkur qozoniga tuşgisi kelmas, şirin xayollar mamlakatida umrbod qolişga qistar edi. Alaloqibat, özimni majburlab körganimdan ham naf çiqmagaç, heç nima yozmaslikka qaror qildim (aniqroği, majbur böldim). Xullas, dilbarga yurak sirimni oça olmadim. Sababi esa…

Öşa paytlar hissiyotlarimni jilovlay oladigan yoşda emasdim, yaʼnikim, uni yoqtirişimning sababi hirs, nafs yölida bölyapti, deb öylardim. Maʼsuma çehrasi va yuzini xiyol bekitib turadigan römoli ortidan boqişlari sevgidan köra köproq hayrat, hurmat hissini qalbimga jo qilardi. Şarqona iffati şu qadar nozik ediki, agar tikilib qarasam, mohitob yuzlari nigohlarim nişlaridan ozor çekadigandek, göyo. Ayagim kelardi. Şunday bir xilqat ediki, xuddi nafis guldek, teginsang tökilib ketadigandek.

Yaşirib nima qildim, özimni ojiz sezardim (garçi oldiga bormagan bölsam-da). Yoşi kattaligi xalaqit bermasdi, ammo… Qarangki, xudbinligimni juda erta tan olib bölgan ekanman. Öylardimki, uzo-o-o-q şaharlarga ketsam, katta orzularimni quçsam va bu muşkuli bisyor orzumni deb, u qurbon böladi. Nazarimda, şaharning ijara uylari uni sölitib qöyardi, baxtiga zomin bölardim. Şunday öylardim…

…Kitobni toş yuzasiga qöyar ekanman köksim simillay ketdi. Tişlarimni ğijirlatib, uning menga nasib bölmasligidan ökinardim. Ğunçamni dunyolarga alişgim kelmas, lekin taqdirga tan berişdan özga çoram ham yöqdek edi, göyo…

Toqatim yetmadi. Qizni kutmayoq uyga ketmoqçi böldim. Örnimga qorovullikka kelgan padarim atrofni bir qur közdan keçirgaç, sepoyadagi toşda kitobim qolib ketayotganligini aytdi. Kitobni olib keldim. Keyin esa har keç bir juft şippaklar yuzini yuvadigan jilğa böyiga bordim. Yulğun butasi oldida kitobni qoldirdim…

…Öşa keç uxlamadim hisob. Saharmardon turib daryoga oşiqdim. Yulğunlar ora kezinarkanman kitob joyida emasligini körib, şunçalar quvondim, bilmas edimki, bu – ilk va sönggi sevgi quvonçi… Öşa manzara xotiramga xuddi birinçi sinfda yod olgan şeʼrimdek aniq-tiniq saqlanib qolgan: buta tagidagi qum silliq qilib tekislangan va unda römolça, römolçaning ustida bir juft qurtlar, qum ustida esa şunday yozuvlar bor edi: “YOZ KELIŞINI KUTAMAN…”

…Ming afsuski, men öşa yozda bu yerlarda qaytib qorovullik qilmadim. Öqiş tugab, diplom ilovasi qölimga tekkaç, yanayam uzoqlarga – Toşkentga bormoqçiligimni uydagilarga aytdim. Yaqinlarim buni ilmtalablik hisoblab oq fotiha berişdi. Yölga çiqişdan oldin daryoni keçib, osma köprik yoniga bordim. Temir uzangiçlar aro silkinib, meni olislarga kuzatayotgan ulkan köprik ğiyqillagan ovozda qayerdadir öqiganim, hali qöşiqqa evrilmagan nolani kuylardi:

 

Qontalaş yaproq… yiğloqi yomğir…

Sukunat. Çang-tözon. Uvillaydi yel.

Ezilib eslaysan, xotirlaş oğir –

Sarğaygan muhabbat, bahorlarda kel…

Asliddin AlImardon

 

1986-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universtetining Falsafa fakultetini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan naşr etilgan “Seni yaxşi köramiz, Özbekiston” töplamida – “Istiqlolnoma”; Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan naşr etilgan “Yoş yuraklar sadosi” töplamida – “Qandil olmalar qişloği”, “Yoşlik” jurnali – “Orol, bobom va men” kabi esselari çop etilgan.

 

2022/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…