Döstginam, Vatanga jonni tikkanmiz,
Köngil orzulari fido öşanga.
Puşkin
Maşhur söz ustasi – Maşrab Boboyevday hassos dramaturg, ajoyib yozuvçi, noziktaʼb tarjimon, dilkaş şoir, milliy serialimizning asosçisi – dongdor ssenarist haqida uzundan-uzoq sarlavha qöyib yoziş – injiq öquvçining nazarida sersözlikday tuyilişi tabiiy.
… Naçora.
Işonamanki, agar Maşrab Boboyev adabiyotimizda javlon urmaganida, milliy adabiyotimiz juda kemtik, ança fayzsiz bölib qolar edi.
* * *
Bir zamonlar Şukur Xolmirzayev, Neʼmat Aminov, öşa kunlarda Maşrab Boboyev ham, xuddi öz ukalariday menga “sen” deb gapirişlarini istaganman.
Keyinçalik bilsam, Neʼmat Aminov ham, Maşrab Boboyev ham, hatto ukalariga-da siz deb gapirişar ekan.
Öşa davrlarda Maşrab akam bilan biz TTZda qöşni edik.
Biror kişi mehmon bölib kelgan kezlarida köp marta hamsuhbat bölganimdek, otam ham biznikiga qidirib kelganlarida, Maşrab akam bilan bir neça bor oğa-inilarday yayrab suhbatlaşganlar.
Bir gal, biz – Neʼmat Aminov, Maşrab Boboyev, Muhammad Salom, Erkin, Xayriddin – qişloqqa mehmon bölib borganimizda, Neʼmat akam hazillaşib, otamga:
– Amaki, biz sizga aytsak, öğlingizni aka deymiz, – degan edi.
– E, şunaqami?! – degan edi otam rahmatli, kulib. – Qarang-a, biz özimiz ham aka deymiz-ku!..
Öşanda otamning bir qadar öjar, xiyla nozik savollariga javoban Maşrab Bobomiz hammamizning nomimizdan Mustaqillikka erişganligimizni qizişib, jon-u jahdlari bilan ma’qullagan.
Ha, Maşrab akamiz otamga sinaşta hamsuhbat edi. Öşanda hammadan ham köra men özim qizğin, murosasiz bahs natijasini betoqat kutganman.
Bahs avj olgani sayin, goho-goho Muhammad Salomning kuyinçaklik bilan Maşrab Boboyevga yon bosişi barobarida, mustaqillik özbekning asriy orzusi ekanligini bot-bot taʼkidlab, qayta-qayta otamga muallim-muallimlab luqma taşlaganlarini demasa, heç kim oraga gap qöşmagan.
Karning ham, körning ham öz haqiqati borligini Maşrab Bobomiz yaxşi bilsa-da, bahslarda anday-munday odamga osonlikça yutqazmas edi:
– Yöq-yöq… Yöq, amakijon, yöq! – degan, ikkala qölini baravar köksiga bosib, bahsda erişmoqçi bölayotgan yutuğini aslo boy bergisi kelmay, boşini maşrabona çayqagança. – Hozirça ötiş davri-da, ötiş davri. Hali körasiz!..
– Yo nasib! – degan otam özlarining haqliklariga urğu berib. – Köramiz…
Biroq ne alamki, ayni umidbaxş kunlarni körmoq na otamga, na mustaqilligimizning çin fidoyisi Maşrab Boboyevga nasib etdi.
* * *
Erkin A’zamning “Javob” qissasi “Yoşlik”da bosilgan kunlar edi.
Rulda – Maşrab aka, yonida – Erkin.
Puşkin metrosi yonidan ötib borayotgan edik.
– Erkin! – dedi Maşrab aka, maşinani xotirjam ğizillatayotib. – Qahramoningiz “sen”… “sen” deb xayol suradi. Bir öylab köring: öquvçiga eriş tuyilişi mumkin.
– Öz-öziga-ku?!
– Yöq, baribir!..
– Öz-özini “siz”lab xayol sursa, örtaga nimadir tuşganday bölmaydimi? Qaytaga, öquvçini özidan uzoqlaştiradi-ku?!
– Yöq, aksinça!.. “Sen” quloqqayam, tilgayam, dilgayam yoqmaydi… Töğrimi, Nortöxta?
Men hali aniq bir qarorga kelolmay, ikkilanibroq:
– Töğri, – dedim.
Lekin, baribir, Erkin qöşilmadi.
Özim esa öşandan ança yillar avval, “Xorazm haqiqati”da, yo “Buxoro haqiqati”damikan, balki, undan ham oldinroqdir, – işlayotgan davrimda “Köngil köçalari” degan bir hikoya yozib, “Muxbir”da eʼlon qildirganimni; endi öşani, könglim tölib-tölmay, “Bugunning ertasi” nomi bilan “Möjiza” deb atalgan kitobçamga kiritayotganligimni öylab, bahsga aralaşmay, jim qoldim: sababi hikoyada ayni bahsga doxil ixçamgina bir tavsif bor edi…
Keyinroq, kitob naşrga tayyorlanayotgan paytda hikoyani Maşrab akaga berdim. Ertasi, yaxşi, dedi, lekin nimasi yaxşiligini aytmadi.
Baribir, “Bugunning ertasi” bilan boğliq bir ğaşlik könglimda qolganiça, kitob naşr qilindi.
Hikoyaning qahramonlari dilimga yaqin… özim tanigan-bilgan – Ikkinçi Jahon uruşi yillarida Qozondan biz tomonlarga köçgan yuragi yara-çaqa bir boşqaça kişilar edi.
Axiyri, yaqin-yaqinlarda – hikoyani “Buni hayot deydilar” degan nomda qayta sayqallayotgan kunlarimda, akademik Said Şermuhamedovning kenja şogirdlaridan biri – ÖzMU aspiranti – Behzod qönğiroq qildi: uning “Hayitlik” hikoyasi “Karvon qönğiroği”da eʼlon qilingan edi. Tahrir yoqqan emiş, hayajonlanib, qayta-qayta rahmat aytdi.
Rosti, öşanda muallifdan ham köra köproq özim xursand bölgandirman.
Behzodning hayajonlaridan zavqlanganimning boisi şundaki, “Hayitlik” qahramonining munoqaşasidagi barça “sen”ni “siz”ga özgartirgan edim. Behzodning har qanday injiq qalamkaşga işonç va hayajon bağişlaguvçi eʼtirofidan, nihoyat, könglimda köpdan beri kutganim – bir qanoat hissini tuyganman: negaki, bundan çorak asrdan avvalroq Maşrab aka hamda Erkinning keskin bahslaridan beri xolis fikr, şuning barobarida, adolatli hukm hali-hanuz menga zarur edi. Juda!.. Behzodning qönğiroğidan keyin, öz-özimni çeklamay, könglim yayrar darajada “Buni hayot deydilar”ni sayqallaganman.
Ana endi barça “siz”ning örniga “sen”ni qöyib öqisangiz, quloq bilan yurak masalasini qöya qolaylik, har gal “sen”ni öqiyotganingizda, tilingiz tişlaringizga, hatto tanglayingizga döq-döq urilayotganini ham sezib, ensangiz qotaveradi.
Şunaqa: Maşrab aka har bir sözning rangini, hidini, taʼmini, hattoki feʼlini ham nozik his qiladigan; hassos şoir, gözal yozuvçi edi.
* * *
Maşrab akam bilan biz yetmişinçi yillarning oxirroqlarida tanişganmiz. Öşanda aytgan gaplari ayni lahzalarda ham quloqlarimda jaranglayotgandek: “Birinçi marotaba siz haqingizda oşnangizdan eşitganman. “Yuzma-yuz” hikoyangizni öqişimni aytgan edi. Öqidim…”
Men öşangaça Maşrab Boboyevning “Keçki trolleybus”ini öqigan edim. Qiziq, öqiyotib, hayajonlanaverganman: asar qahramonning köngil keçinmalari haqida edi. Ifoda ham boşqaça. Ohang!.. Ohang – dardkaş, dilkaş…
… Köngildan tökilgani – köngilga-da!..
Maşrab akaning önlab kitoblari orasida “Men bilgan sir” şeʼriy töplami boşqalariga nisbatan turli davrlarda bitilgan şeʼrlari bilan ança boyitilgan. Ularni öqigan sayin öqigingiz kelaveradi. Qayta-kayta öqib, teran öylar surganingiz sayin, hayajoningizdan bot-bot közlaringiz çaqnab, şoirning mahoratiga, sanʼatkorligiga qoyil qolaverasiz.
Töplamdagi şeʼrlarning bari, “Yöl böyidagi ayol” dostoni ham, hatto Rasul Hamzatovdan qilgan tarjimalari ham bir-biridan gözal. “Sulton va uning ikki vaziri” haqidagi şeʼri esa sodda, samimiy, xalqçil ertak yölida yozilgan. Şeʼr bundan salkam çorak asr avval emas, hozirgina yaratilgan-u, hali siyohi ham qurimaganday tuyiladi öquvçiga. Öqiyotib, ham hayratga tuşaverasiz, ham dahşatga! Zero, öz zamonasidan özib yaşaş kamdan- kam ijodkorga nasib qiladi. Töplamdagi ba’zi şeʼrlar özğirligi bilan bugunning şeʼrxoniga ham, şoiriga ham ibratdir.
Töplamda ohangi ham, ifodasi ham boşqaça yana bir şeʼr bor – “Muin Bsisu: ikki şeʼr” deb atalgan. Maşrab Boboning bundan avval naşr qilingan “Bağişlov” kitobida “Muin Bsisu”ning ostiga 1981-yil sanasi deb yozib qöyilgan. Lekin unda ikkinçi şeʼr berilmagan.
Aslida, “Men bilgan sir”da çop etilgan har ikkala şeʼr ham ötgan asrimizning yetmişinçi yillari avvalida yozilgan. Buni men Maşrab Boboning özidan eşitganman.
Ma’lumki, ötgan asrning 70-yillarida bunaqa şeʼrlarni yoziş ham, matbuotda eʼlon qiliş ham qatağon sirtmoğini öz böyniga ilişi bilan barobar edi.
Maşrab akamiz şeʼr bitilgan kunlarda şeʼrni Maşrab Boboyev tarjimasi deb yozib, Falastin şoiri Muin Bsisu nomidan “Toşkent oqşomi”da eʼlon qildirgan. Men uşbu dalillarni kelajakning sinçkov adabiyotşunoslariga asqatar degan umidda atay taʼkidlayotirman.
Nihoyat, saksoninçi yillarda vaziyat sal yumşay boşlagaç, millatimizning mudroq, karaxt, asrlar davomida beadad qörqitilgan ruhi bir silkingaç, Maşrab akam yurak yutib, “Bağişlov” kitobiga şeʼrning asl muallifi – öz nomidan kiritgan. Ammo öşanda ham ikkinçisini emas… Gap şundaki, ikkinçisi şunçaki bir oddiy şeʼr emas, yöq – hali-hamon murvati burab qöyilgan ayni bombaning özginasi… Birinçi şeʼr esa birdan şeʼrxonni junbişga keltirguvçi ohang avjida şunday bir ğamgin savol bilan boşlangan:
Millatni kim yöqotadi,
Qizim?
Millatni kim yöqotadi, kim?
Uyğoq, huşyor yuraklarni alam bilan tirnaguvçi uşbu savolga Maşrab akam satrma-satr çin haqiqat kabi jaranglaguvçi javoblarni bir-bir bitgaç, şeʼr nihoyasida bamisoli başoratnamo bir şafqatsiz hukmni qayd etgan:
… Taʼqib qilib, qilib qatağon,
Tinçimagan bosqinçilar ham
Yöqotolmas millatni aslo!
Daraxtni qurt, temirni yer zang,
Çetdan kelmas boşingga balo,
Har bir balo çiqar özingdan.
Millatni kim yöqotadi, kim?
Bildingmi, qizim?
* * *
Köp yillar ötib – Maşrab akamiz bu dunyoga etak silkigaç, Maşrab Bobomizday andişali birodarimizning, hatto ukasiga ham siz-sizlab gapiradigan akaning öşanda mehmon ekanligini-yu otamning – yoşlari bir yerga borib qolgan uy egasining – mezbonliklarini ham andişa qilmay, qizğin, murosasizlarça bahslaşgani sirini “Men bilgan sir”ni takror-takror öqiyotib anglaganman… Anglayverganman: Vatan qismati haqida qayğuriş va ne bir qurbonlar evaziga erişilgan Mustaqilligimizni eʼzozlaş, ardoqlaş azal-azaldan Maşrab akamizning eʼtiqodi, aʼmoli bölgan ekan.
Har yili Mustaqillik bayramimiz arafasida yo “Adabiyot…” gazetamizda, yo “Xalq sözi”da Maşrab akamning barça özbekistonliklarni eng buyuk, eng muqaddas bayramimiz bilan qutlab yozgan, çeksiz eʼtirof-u ehtiromi barq urgan şukronalarini öqib, har gal havasim kelardi. Maşrab akam – ona Vatanimizning, muqaddas Mustaqilligimizning çinakam fidoyisi ana öşa ezgu odatini aslo kanda qilmagan:
Boşim uzra hilpiragan bayroqdir noming,
Bir umrga ötgum baland kötarib uni.
Şu bayroqdir mening umrim, mening imonim,
Uni omon, pok saqlamoq – umrim mazmuni.
“Özbekiston”
Endi yodnomaga nuqta qöysam ham bölar edi. Biroq bir dilkaş, bir ğamgin holat yillardirki heç xayolimdan ketmaydi: agar öşa holat bilan boğliq armonli, alamli keçinmalarimni yozmasam, nazarimda, şundoq ham kemtik yodnomam yanayam kemtik bölib qoladigandek.
Hojiakbar Şayxovning janozasi kunida Maşrab akam bilan sönggi marta uçraşgan edik.
Mangu makoniga Hojiakbar Şayxovni topşirib qaytganimizdan söng, ajab, yozning yoruğ kunida osmon-u falak çok-çokidan sötilayotgan kabi ustma-ust qarsillab, birdan dahşatli momaqaldiroq yer-u osmonni larzaga solguday gumburlagani hamono, şarros jala quygan edi.
…Ö, osmon ham bearmon yiğladi, – deb öylagandim; öşanda biz darvoza dolonida edik, köchani töldirib turgan motamdorlar esa, qoçgani pana joy topolmay, dovdirab qolganlaridan, paqirlab boşlaridan suv quyilganday bir zumda kiyimlari şalabbo bölgan edi. Kimning kimligini ötganidan keyin bilasiz, deganlariyam, mana, rost ekan.
Janozadan qaytayotganimizda yöl-yölakay nimalar haqida gaplaşganimiz hozir aniq yodimda yöq, lekin Maşrab akam maşinadan tuşayotib:
– Nortöxta, bu yoği yaqin qoldi, – degandi.
Biz bir-birimizga bir lahza, bir nafasgina jim qarab qoldik.
Endigina Anvardan nevara kördilar, deb öylaganman men, öşa asnoda. Hali Ahror, Abdulla bor, böy yetgan qizlari – Malika, Mukofot… Bunça şoşilmasalar.
– Tez-tez körişib turaylik!
Maşrab akamning betobligini, sal avvalroq hukumatning 2-şifoxonasida çala davolanib çiqqanligini bilardim, lekin baribir yaqinligiga işongim kelmagan, şungami, hali köp körişamiz, demadim, desam – yaqinligini tan olayotgandek bölişimni öylab:
– E, arqonni uzun taşang-e, Maşrab aka!.. – dedim.
Könglimda esa hali çindan ham uzoqligiga astoydil işonganman.
– Xayr, yaxşi boring, Nortöxta. Bolalarni sörang?..
– Yaxşi qoling, Maşrab aka!..
Keyin, TTZda yaşagan davrlarida arzigan-arzimagan bahona-yu sabablar bilan tez-tez diydorlaşganlarimizni eslay boşladim: hatto, yangangiz ğilmindi pişirdi, keling, Nortöxta, deb dasturxonlariga çorlagani ham hozirgiday yodimda. Lekin sönggi paytlarda negadir kam körişayotganimizni, deyarli uçraşmay qöyganligimizni yöl böyi ğamgin öylab ketdim.
Bilamizki, Maşrab akam umr böyi döst-u yoronlarning davralarida bearmon yayragan.
E, nimasini aytasiz, yoşlik – zangor fasl, bir Maşrab akamiz emas, barimiz ham şunday edik!..
Endi esa… barçamizning hayotimizda Maşrab akamning töqsoninçi yillar avvalida yozgan sarlavhasiz bir şeʼridagi hayratangiz oqibat röy bermoqda:
Döstlar bizni birin-ketin
Taşlab ketayotir.
Quşlar janub tomon qaytar
Hol bölmoqda sodir.
Yuragimiz döstlar uçun
Qiş bölib qoldimi?
Yoki döstlar bir mavsumlik
Quş bölib qoldimi?
Modomiki yuragimiz
Muz bölib qolgan ekan,
Quşlar bor-ku, şunda qolib
Şunday qişlaydigan!
… Mayli, garçi qalbimizni
Bosgan bölsin qor, muz.
Lekin, döstlar bir mavsumlik
Quş ekan-da, afsus…
Şuni öylarkanman, tuğişgan oğamday azizimga nisbatan bir mavsumlik quşday bölib qolayotganim özimga alam qildi. Bundan keyin tez-tez qönğiroqlaşib tez-tez körişişga ahd qildim.
Ha-ya, öşandan keyin bir neça bor qönğiroqlaşdik ham… Biroq – e voh! – qayta diydorlaşmoq nasib etmadi.
Bir kuni, ertalab çoği Anvar hukumat şifoxonasidan qönğiroq qildi:
– Nortöxta aka, otam ötdilar!..
Qotdim-qoldim!.. Va, öşa barobarida, Dilşod öğlim ötganida, qaro tun mahali, hali tong bözarmay, – azizgina joniday şirin ögli ötgan men emas, naq Maşrab akam ayrilgandek! – şifoxonaga bir ahvolda yetib borganlari köz öngimdan ötarkan, men tomonimdan qiyomatli bir yuzi qaroliğ röy bergani jon-u dilimni yomon örtab yuborgan edi…
Bizga muqarrar haqiqat haqida sokin zang urayotgan qabristonlar yoqalagan köyi har kuni ertalab işga yöl olaman: öng tomonimdagi Çöl daraxt qabristonida Dilşodim yotibdi, çap tarafdagi Yalanğoç ota qabristonida Maşrab akam!..
Beixtiyor özimga bir yupanç, bir taskin istab, qöllarimni duoga oçaman:
– Yo bor Xudoyo, iloyo, azizlarim to abad Jannatingning eng gözal boğlarida, Özing eʼzozlagan azizlaring davralarida birga-birga birgalikda benihoya yayrasinlar. Omin!..
Nortöxta QILIÇ
1947-yili tuğilgan. ToşDUning Jurnalistika fakultetini bitirgan. Dastlabki hikoyalar töplami – “Oppoq tong” . Şundan söng yozuvçining “Yorongul”, “Möjiza”, “Çiğiriq”, “505”, “Bayram”, “Iltijo”, “Tantana”, “Oydin tongday namozşom” nomli roman, qissa va hikoyalar töplamlari naşr etilgan.
2022/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


