DEVOR DUNYomizni ikkiga ajratgan. NARIGI va BERIGI DUNYOlarga. Narigi dunyoni jannat deyişadi. Har tugul şunday gap bor. Heç kim u yerdan qaytmagan bölsa ham. Ehtimol, doimiy dunyodan ketişning özi maftunkor tuyilsa kerak. Ilk bor qadam taşlagan va yaşagan dunyomizdan. Uni yaxşiroq anglaganimiz sari u bizga kulrang va zerikarli bölib körinaveradi. Xullas, NARIGI dunyoga hamma oşiqadi. Unga ketişni istaydi. BERIGI DUNYO esa jahannam. Yerdagi jahannam. Bunda odamlar ölsalar – manguga. Ularning tanasi bunda to qiyomat qöpgunça qoladi. Ruhlari ham. Oç arvohlar devor soyasi yetmagan sahro böylab kezib yurarkan. Şunday gap yuradi. Yana bunda odamlar qon evaziga tirikçilik qiladilar. Öz qonlari evaziga. Ammo bu hozir unça muhimmas.
DEVOR – ulkan. Uning osmonga tutaşgan yeri yöq. Körinmaydi. Qoyadek tik. BERIGI DUNYO – qup-quruq. Devor öşa sahroning qora rangdagi mahobatli vertikal davomi. Devorning hu-uv soyasi ostida, ulkan xarsanglar orasida hovuz bor. Suvi zilol. Unda quyoş nurlari ming bölakka parçalanib aks etadi. Jilvalanadi. U oğir asoratdan yuzaga kelgan. Portlaş. Nariroqda ulkan raketaning quyruği çiqib turibdi. Suvning özi esa zaharli. Berigi dunyoning barça suvi zahar. Kislotali. Şu bois suvdagi har bir toş, har bir temir yarqiraydi. Suv örtasidagi zambarakli maşinaning butun kabinasi tozalangan suyakdek. Faqat suvdan taşqaridagi ğildirakdan boşqa. Ğildirak rezinalari ayovsiz quyoşda tars-tars yorilgan. Şamol öşa yoriqlarni tuproq bilan töldirgan. Baʼzi-baʼzida u özidan ayançli ovoz çiqaradi. Bu ayançli ovoz biron öngirga kirvolib najot tilayotgan maxluqning ovoziga öxşaydi. Xuddi butun umidi yer bilan çilparçindek. Umuman, uning ovozi umidsiz odamning qiçqiriğini ham esga soladi.
Şu hovuz tepasidagi toşsupada yigitça ötiribdi. U yoniga bir uyum mayda toş yiqqan. Öşa toşlarni suvga irğitadi va tinglaydi. Şalop. Çalp. Tiring. Uning boşqa taşvişi yöq.
Soya qoçişiga hali ança bor. Uyida ham biron maşğuloti yöq. BERIGI DUNYOda bir maromdagi hayot hukmron. Uning boşi ham, oxiri ham yöq. Odamlarning bekorçiligi ham xuddi şundan.
Uning ismi Aziz. Kenja Aziz. Azizlardan biri. Otasi – Janob Aziz. Onasi – Aziza Xonim. Opasi – Aziza. Tönğiç Azizni körmagan. Örtança Aziz esa uni doim şu yerga yetaklab kelib, suvni tinglaşni örgatgan. Şu orqali kutiş azobga aylanmaydi. Şunda sen özingning bandligingdan şod bölasan. Va unutasan. Kutayotganingni. Axir nimani kutayotganingni anglamaslik seni yeb bitiradi. Nima demoqçiligimni tuşunayotgandirsan? Xullas, bir neça yil avval Örtança NARIGI DUNYoga ötib ketdi. Avvaliga xabar keldi. ULKAN DEVORning yagona işlayotgan darvozasida suhbatdan ötişi darkorligi töğrisida. Örtança suhbatdan xuşnud qaytdi. Uni qabul qilişgandi. Stol ustida ovqatlanişarkan, Janob Aziz ölik tuğilgan Tönğiçini tilga oldi. U MURDALAR VODIYSIda tamom uyquga ketgan. Janob Aziz bu hikoyani juda köp bora sözlab bergan. Aziza Xonimning oğir tölğoği. Murda bolakay: tuğilganida qilt ham etmagandi u. Janob Aziz uni qonli matoga öragani va Kiçik Aziz hozirda har kuni borib tikilib ötiradigan suvga botirgani. ULKAN DEVOR soyasi tuşib turgan mahali ÖLIKLAR VODIYSIga ötgani. Nam matodagi ölik Tönğiçni toş ustiga qöygani. Yiğlagani. Ketgani. Ertasi kuni yana borgani. Tönğiç ustidagi nam mato quyoş va şamol taʼsirida toş sarkofakka aylangani. Yana yiğisini tutolmagani. Şu köyi 33 kun qatnagani. Öziga kelgan Aziza Xonim Janob Azizning soçiga oq oralaganini aytgani va ÖLIKLAR VODIYSIga borişni man qilgani. Öşandan söng u boşqa közyoşi tökmagani. Bu Janob Azizning doimiy hikoyasi edi. Oila yiğilib, xuşnud kunini nişonlaganida ham, mahzun kunlarida ham Janob Aziz ölik tuğilgan Tönğiçni eslaydi, 33 kun tinmay yiğlaganini, undan keyin bir tomçi ham közyoşi tökmaganini hikoya qiladi. Bu odat öşa kuni ham takroran röy berdi. Örtança NARIGI DUNYOga ketişidan şod edi. Endi uning kutiş xavotiri yakuniga yetgandi. Tobora zavqlanar, otasining hikoyasi unga zarraça taʼsir etmasdi. Mahzun kayfiyat bermasdi. Faqat ertasiga, ketar mahali közlaridan yoş dumaladi. Azizlarni boşqa körmasligidan, NARIGI DUNYOda heç kim uni “Aziz” deb çorlamasligidan.
Kenja uni darvozaga qadar kuzatib bordi. Darvozaga yetib borganlarida Örtança uni quçdi. Vidolaşdi. Eslatdiki, suv tovuşini tinglasin. Nimadir bilan maşğul bölsa, kutiş u qadar oğir tuyilmaydi. Ehtimol, 22 ga kirganida darvozadan xabar kelar va Kenja NARIGI DUNYOga ötadi. Örtança Aziz uni darvozaning u betida kutadi. Kutiş qançalar oğir bölmasin.
Şunday deb Örtança Aziz darvoza tomon ketdi, söng yöqoldi darvoza ortida. Kenja öşandan buyon hovuzga qatnaydi. Suv tovuşini eşitiş uçun. Vaqtni öldiriş uçun. Kutişni haminqadar yengillatiş uçun. Bu şu qadar mantiqsizki… Na vaqt ötadi, na suv tilga kiradi. Şalop. Çalp. Tiring.
Aziza ulkan devor ostidagi toşlardan bir-bir sakrab keladi. Dimoğida qöşiq kuylaydi. Soçlarini şamol öynaydi. U közlarini yuqoriga kötarmaydi heç. Mayda qadamlar bilan Kenja ötirgan toş supaga yaqinlaşadi. Söng aytadiki, Aziz uyga qaytişi lozim. Kenja miq etmay unga ergaşadi. Yöl-yölakay Azizaning ovozi eşitiladi, xolos. U gulgun. U xuşnud. U baxtiyor. Sakrab-sakrab boraveradi. Kenja esa uning izidan unsiz ergaşadi. Devor yoqasidagi uyga yetib kelganlarida quyoş zabtiga ola boşlagandi. Ikkisi ham yer osti yölagiga kirib ketadilar. Aziza yer osti böylab ketgan dahlizdan birinçi xonaga kiradi. Bu
uning xonasi. Şiftdagi quyoş çiroqlari zirillab nur tarata boşlaydi: ertangi devor soyasi bu tomonga tuşmaguniça köçaga çiqib bölmasligidan darak bu.
Kenja QONXONA oldiga yetganda töxtaydi. Eşik ortida ota-onasining sözlari eşitiladi. Eşikka yaqin borib quloq tutadi. Gap opasi haqida boradi.
– Aniq kördingmi?
– Ha, devor soyasidagi eski omborga kirib ketdi. U yerda nima bor ekan deb ortidan bordim. Içkaridan erkak ovozi eşitildi.
– Bölişi mumkinmas. BERIGI DUNYOda Azizlardan bölak heç kim tirik qolmagan.
– Buni özimam bilaman, ehtimol NARIGI DUNYOdan birontasi ötgandir deb öyladim.
– Qaysi ahmoq NARIGI DUNYOdan voz keçadi?
– Öşqirma. Bolalar kelgan, eşitmasin.
– Xöp, nima qil deysan?
– Uni ortidan kuzataman. Şunga qarab yöl tutamiz.
– Agar aytganing rost çiqsa, uni tirik qöymayman. Murdasini axlat öraga irğitaman.
Kenja gap nimada ekanligini anglolmadi, biroq köngli allaqanday xavfni his qildi. Tuşunmasdi: kim NARIGI DUNYOdan qaytişi mumkin va Aziza qanday qilib u bilan tanişdi, umuman, körişdi ekan. Bundan taşqari, qanday qilib öşa notaniş tirik qolişi mumkin, çunki quyoş nuri soya qoçgan mahal tanani jizğanak qilib yuboradi.
Keçki ovqat ustida yiğilişganda – unda allaqaçon quyoş tikka kelgan va tinimsiz zirillardi quyoş çiroqlari quvvatning zörligidan – Aziza Xonim darvozadan ovqatga almaştiriş uçun qon zaxirasi qolmaganini eʼlon qildi (zaxira va uni oziq-ovqatga almaştiriş bilan u şuğullanardi). Janob Aziz esa bu masala ikki qariyaning böyniga tuşmasligi lozimligini aytdi – ikkisi ham qon olingaç uzoq yotib qolişayotgan, tanadagi qon juda sekin öz örniga qaytayotgan, zaxira esa tobora juda kam muddatga yetayotgandi. Agar yana şu tartibda ketiş bölsa, oila oçlikdan öladi va buni töxtatişning birdan-bir yöli bolalardan birining öz istagi bilan bu vazifani böyniga olişi edi. Aziza Xonimning böynidagi taram-taram tirtiqlari yana ham börtibroq körindi. Aziz onasining böynida 11 ta tirtiq sanagan, hammasi ingiçka, xuddi tilla zanjirdek nafis, bu – barisi AKS tiğining işi edi.
AKS yertölaning eng pastki qismidagi xonaga örnatilgan bölib, xona salqin, buning ustiga qoronği edi. Xonaning devorlaridagi javonning maxsus bölmalarida qon saqlanadi. Yelim xaltalardagi qon vaqti-soati kelib oziq-ovqatga almaşiniladi. Darvozadan. NARIGI DUNYoda oziq-ovqat möl. Buning ortida nima turganini biliş muşkul, Kenja bir kuni otasidan buni suriştirgan va mujmal javob olgan. Janob Azizning taʼkidlaşiga köra bu avlodlar almaşinişi tufayli keraksiz axborot sifatida unutib yuborilgan. Yana bir ehtimol borki, otalar jarayonni murakkablaştirişni istaşmagan va maʼlumot örtada berilmay qoldirib ketilgan. Hozir qon NARIGI DUNYo bilan oldi-berdining asosiy vositasi. Darvozaga borib, qon solingan yelim xaltani maxsus bölmaga qöyasan va (uning ekvivalentiga mos) nimalar zarur ekaniga qarab temir taxtadagi röyxatni töldirasan. Bir litr qon uçun Azizlar oilasi uç oyga yaqin muddatga yetadigan oziq-ovqat olişlari mumkin. Kenja qon oliş qay tartibda bölişini taxminan bilardi. Otasi yoki onasi bir neça oylab közini oçmay yotgani, AKSning maxsus qutilaridan yelim xaltalardagi qonni muzxona bölmalariga taşişganini köp körgan. Ammo buning nozik tomoni bor: qon topşirgan NARIGI DUNYoga öta olmaydi. Darvoza qonning tarkibiga köra uning egasini röyxatga tirkaydi, röyxatdagi odamlar heç qaçon NARIGI DUNYoGA ötmaydilar. Buning mazmuni heç kimga maʼlum emas, heç kim qiziqib ham körmagan, ammo ota-onalar öz burçini töliq ado etib bölganidan söng, yaʼni vaqti-soati yetib kuçdan qolsa va ulardan qon undiriş xavfli bölgan mahal ular öz farzandlariga bu haqda xabar beradilar. Farzandlardan biri, albatta, bu vazifani öz böyniga oladi. Avvalo qonsiz yil ötkazib bölmaydi. Agar oilada kiçik farzandlar bölsa (22 yoşda DARVOZA uni sörab çaqirgunça), u nimaningdir evaziga jon saqlaşi lozim. Bu holatda odatda katta farzand vazifani öz böyniga oladi. Yoşining ahamiyati yöq. U NARIGI DUNYoDAN voz keçadi. Va tabiiyki, u ham köpayişi lozim. Azizlar ajdodlarning odatini davom ettirib kelayotgan sönggi oila. Buni Janob Aziz ham, Aziza Xonim ham juda yaxşi anglaydilar. Bu holatda ularning tirik qolişi ikki farzandining irodasiga boğliq.
Azizani AKSning uzun va sovuq taxtasiga yotqizdilar. Janob Aziz yalanğoç qizining oyoq-qölini birma-bir boğlab çiqdi. Aziza közini yumib olgan, ammo dimoğida özining eski, allaqayerdan örgangan aşulasini kuylardi. Ehtimol, buni özi töqigandi, Janob Aziz esa butun diqqatini jamlab, şu qöşiqni eşitişga urinardi. U bir tomondan Azizaning qöl-oyoğini qattiqroq boğlaşga urinarkan, uning yuziga tikilar va imkoni boriça eslab qolişga harakat qildi. U Aziza közini yumib olgani uçun köngli xotirjam edi, agar qizi közlarini oçib Janob Azizga tikilganida, uning harakatlarini kuzatganida, ehtimol, otasining közlaridagi allanimani payqagan bölardi. Ammo u heç narsaga eʼtibor qilmas va tinimsiz dimoğida kuylardi. Bu ovoz heç qanday sözdan iborat emasdi, balki bu sözdir ham, uning dimoğidan çiqayotgan bari tovuşlar allaqanday ohangga solingan ğönğillaşga öxşardi. Aziza Xonim QONXONAga kirganda hammasi allaqaçon tayyor edi. Eşik oçilib-yopilgan zahoti Aziza közini oçib Aziza Xonimga tikildi va jilmaydi: tabiiyki uning oldida turgan dahşatni faqat onasi yaxşiroq bilar va uning borligining özi könglini xotirjam qilişi mumkin edi. Aziza Xonim qizining tepasiga borib, boşiga kaftini qöydi va Janob Azizga işora qildi. AKSning işga tuşgani sezildi: sovuq temir asta silkindi va ğinğilladi. Azizaning közlari yumulib bordi va keskin şiğillaş eşitildi: qizning böynida jiğildonga qadar kesik paydo böldi, AKSning şaffof naylarida qon yugura boşladi. Qonning barisi naylardan ötib yelim xaltaçalarga quyildi va qadoqlanib maxsus joyga taxlanib bordi. Oxirgi qadoq çiqib, AKS öz işini yakunlab öçdi: QONXONA avvalgidek ölik sukunatga çökdi. Aziza şu bilan bir oylarga qadar közini oçmaydi: uning yangi oçilgan yarasida qirmizi qon izlari va göşt kesimlari körinib turardi. Endi sönggi iş qolgandi: Janob Aziz qizning yarasini tikib qöyişi va tanani AKSning maxsus bölmasiga kiritib qöyişi lozim. Bir oy davomidagi muolajadan söng qiz közini oçib, yana avvalgi hayotini boşlaydi, dimoğida kuylaşi, ukasini çaqirgani suv böyiga borişi mumkin, faqat böynida AKS tiğining birinçi tirtiği qoladi: bu tirtiq endi uning BERIGI DUNYo fuqarosi ekanligining belgisi sifatida ölguniça tanasida qoladi. U jizğanak dunyoda yaşaşga mahkum, farzand orttirişga, ehtimol öşa dimoğida kuylagan qöşiğini ovoz çiqarib, sözlar bilan aytişga urinib ham körar.
Janob Aziz qizning boşiga ikki qölini qöydi, Aziza Xonim yuzini burdi, keskin “ğirt” etgan tovuş çiqdi: qizning jonsiz boşi AKS taxtasi labida şalvirab qoldi. “Axlat öraga taşlaş kerak”, dedi Janob Aziz. Uning közlarida yoş tomçilar, ammo nigohi öşa-öşa qattiq edi. U yalanğoç tanani lattaga örarkan, dimoğida minğillab qizning qöşiğini kuylardi.
Kenja Aziz opasi yöqolganidan söng suvga kam boradigan böldi. Janob Aziz uni qayga ketganini aytib ötirmadi. Aziza Xonim ham, u şunçalik köp yiğlay boşladiki, köp ötmay kör bölib qoldi. U endi Janob Aziz bilan ham avvalgidek gaplaşmas, uning baʼzi savollariga şunçaki imo bilan javob berib qöya qolar, Janob Aziz esa Kenjaning örnini egallagan: endi uni doimiy suvga toş otayotgan holda köriş mumkin edi. Qança ötgani aniqmas. Oila hayoti bir ritmda borar, keyingi yillar endidan ota-ona özlari qaytadan AKSga ötira boşladilar. Kenja Aziz qon bilan böladigan muammo haqida söz oçganida ota-ona
uning 22 ga tölişini kutgan maʼqulroq ekanini aytişdi. U bu jahannamda qolib ketişi mumkin emas, 22 ga kirsin, DARVOZAdan çaqiriq kelsin, mabodo uni olmaydigan bölişsa, öşandagina Kenjaga AKS tiğiga yotişga ruxsat berişlarini tuşuntirdilar. Aziz buni juda quruq qabul qildi. U allaqaçon Örtançani unutgandi, kutiş haqida ham aslo eslamas, xayolining bir çekkasiga ham keltirmas, endi u kamdan-kam taşqariga çiqar, xonada esa uning nima bilan bandligini heç kim bilmasdi.
Faqat bir kuni Aziza Xonimning qattiq çinqiriğidan hamma yer ustiga çopib çiqdi. Aziza turardi: qölida bola. Yuzining bir tomoni ilvirab ketgan, yarqiragan boş suyagi közga körinar, unda köz olmasi salkam osilib yotardi. Aziza Xonim huşidan ketdi. Janob Aziz esa tildan qolgan, uning qöllari tinimsiz qaltirar, oğzini yopolmas edi. Qiz bir muddat ahvolni tomoşa qilarkan, SENga yuzlandi: Qon töla jommizmi, Aziz??? Sen esa barça uyqudagi gödaklar kabi uning quçoğida navbatdagi jumboğingni tomoşa qilarding…
Alişer FAYZULLAYEV
1988-yili tuğilgan. ÖzMUning Jurnalistika fakultetini bitirgan.
Hikoya, şeʼr va tarjima asarlari matbuotda naşr qilingan.
2022/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


