* * *
Şoir oğam, xom sut emgan bandamiz-da,
Anjumanda xilvat sari safarlar bor.
Biz odamni kuzatamiz durbin bölib,
Asli bizga boqib turgan Nazarlar bor.
Yo quş bölib, yo huş bölib uçar xayol,
Bildirmasdan ketib qolar öjar xayol,
Sevgi degan bir javob-u ikki savol,
Işqning çöğli yölagida xatarlar bor.
Nasibasi qirqilmasa bir jon ölmas,
Qalbni asra, söngak içra u bir olmos,
Tomiringga hayot suvin haydab tolmas,
Biroq dilda vayron bölgan şaharlar bor.
Sevdim dema, yurak nurab bitgan qalʼa,
Öt çiqmagay, ne qilarsan muzni qalab,
Közlaringni közlarimdan uzmay qara!
Qarovsiz bir muhabbatdan asarlar bor?
Men telbami, sen telbami, şeʼr telbami?
Tört tomonim yondi, osmon, yer telbami?
Kul bölsam gar bitarmikan dunyo kami?
Ruhim içra Qaqnus quşdan xabarlar bor.
Köz yoş bilan kulgu olud bölmas sira,
Tuşlarimda yöqotganim baxt – bokira,
Endi ne naf? Kaftlarimda novvot, şira,
Lek içimda yutilgan ne zaharlar bor!
Qarovsiz bir muhabbatdan asarlar bor…
Iqrorman
Iqrorman,
sizgaça köp bora toydim,
Köp bora turğazdi Rahmon qöllari.
Közingiz körganim öşa tun – oydin,
Öşanda barg oçdi qalbim gullari.
Iqrorman,
nuqson-u, gunohim sonsiz,
Biroq aldamadim özimni-özim.
Muhabbat – bir qöşiq, umrlik, söngsiz,
Uni sizga boqib tingladi közim.
Iqrorman,
maftunman,
asirman, tamom!
Ortiq yaşolmayman özimni yenga.
Neça yildan uçib keldim siz tomon,
Neça yildan keçib keldingiz menga!
Iqrorman,
bir sizga muhtojligim rost,
Har bitta zarramda mavjud ismingiz.
Men – çap qovurğangiz,
huv subhi alast –
Çoğida
yöqotib qöygan qismingiz.
Iqrorman,
oşiqman men sizga hadsiz,
Taslimman,
mağlubman,
majzubman faqat,
Iqrorman,
men sizni sevaman şartsiz,
Iqrorman,
men sizni sevaman abad!
Meni soğin
Sen doğsan,
Yuzimdagi emas, yuragimdagi,
Heç kim sezmaydigan, körolmaydigan.
Yölsan –
har qadamda gullar oçilgan,
Faqat bir mengina yurolmaydigan.
Sen boğsan –
daraxtlar ekkanman-u lek,
Nasibam bölmagan mevalari bor…
Gulsan –
iforlari menga yetmagan,
Atrofida million sevarlari bor.
Sen toğsan –
yoningga yetib bölmadi,
Yetolmayman deya ketib bölmadi,
Bağringga oşiqdim,
afsus, qirlardan –
Singan oyoq bilan ötib bölmadi…
Hammadan yaşirgan dildagi doğim,
Bir bor quçoğiga kirmagan boğim,
Qadamim yetmagan, ey yuksak toğim,
Meni soğin,
meni soğin,
meni soğin…
Uşalmas orzular
Senli xayollarni suriş ham bir baxt,
Orzu – men hayotdan qoçib borar joy.
Şunday maʼvo bölsa: dengiz, toğ, daraxt,
Bir kulba, bir stol, ikki finjon çoy.
Közlarim közingdan quvonçlar içsa,
Şudringday buğlansa xatolarimiz.
Diydor şarobidan sarmast ilgiçda
Ustma-ust ilinsa paltolarimiz…
Soatlar bölmasa öşa makonda,
Adaşiblar ketsa hisoblarimiz.
Bir umrga baxtdan masrur javonda.
Yonma-yon terilsa kitoblarimiz…
Sitorabonu Şomurodova
1992-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universittining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.
2023/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida