353 marta körilgan

Yurak zarbin matn qildim…

Mansur JUMAYeV

Tasadduq

“Boburnoma”ni öqib

Xasta Humoyunning poyida – ölim,

boşida Boburşoh – kaftda tutar jon:

“Qança darding bölsa, kötardim, öğlim,

qança darding bölsa, kötardim, öğlon!”

Badaxşon bahridan ötib Humoyun,

ota diydoridan keçmagan bilga;

böyla öğil bersang, barhaq xudoyim,

jonni fido qilgum unday öğilga.

Dard bersa, darmonlik padar uçun tan,

ğam bersa, ğamlari muborak ğamdir –

öğliga jonini tasadduq qilgan

Zahiriddin Mirzo Bobur – oğamdir.

Senga ham bir dardkaş şartmi, ey gulşan,

senga ham tasadduq kerakdir balkim:

qança darding bölsa, kötardim, Vatan,

qança darding bölsa, kötardim, Xalqim!

* * *

Popuklari kuloh darviş bölganman,

Ozod şamollarga taniş bölganman.

Qanday unutayin, ey ona daryo,

Nay bölişdan oldin qamiş bölganman.

* * *

Yuragimning har tört bölmasiga

bittagina malakdan bölak

heç kim hanuz yaqin

yölagani yöq…

Yuragimning har tört bölmasida

ijarada turar u malak,

ammo hamon ijara haqin

tölagani yöq…

* * *

Yurak zarbin matn qildim,

Şeʼrni izhor xatim qildim.

Soçlaringni öqib çiqqaç,

Közlaringni xatm qildim.

Kuysa kuysin dil, ğamim yöq,

Sendan özga, bil, ğanim yöq.

Seni qanday sevib qoldim,

Xudo haqqi, bilganim yöq!

* * *

Pirim, sevgim!

Hazratim, sevgim!

Milyon yillik hasratim, sevgim!

Seni, nafrat kezgan jahonda,

Bilmam, qanday asradim, sevgim?!

Közimga in qöyding qaysi payt?

Men ketsam-da, sen ketmagin, qayt!..

Ammo közsiz qolgan jahonda

Seni kimga qoldirayin, ayt?!

“Tangriga maktublar” turkumidan

Darveşlar topindi qalbi – şohiga;

kemalar yukindi bandargohiga.

Ollohim, Ollohim, eşityapsanmi,

qanday çidayapsan bandang ohiga?!

Rizqimi,

tinçimi,

erki böğilgan –

tili tugilganning muşti tugilgan.

Ruhi but,

közi töq,

köngli soğ odam

tuğilganmi özi,

qaçon tuğilgan?!

Noçor kulgilarda navo körmadim,

uzlatimdan bölak davo körmadim,

Körgiliklar kördim,

körgan kunimni

körmagan kimsaga ravo körmadim.

Sezmadim jaholat çohiga, Egam,

tuşmaganimni ham,

tuşganimni ham.

Döstlarim qonini töktirma, Xudo,

Xudo, yiğlatmagin duşmanimni ham.

Komil bir köngilni yurdim soğinib,

garçi körsatmading umid doğini,

tuzgan jahoningdan könglim tölmadi,

Tangrim, qaytadan çiz yaxşiroğini!

* * *

Borlarga tikildim, yöqni kördim men,

Yupunlarga boqdim, töqni kördim men.

Köksimga qaydanam sançildi bu işq,

Kamonni körmadim, öqni kördim men.

Şayton

Malol şaklida kelding,

Men taslim bölganim yöq.

Mahol şaklida kelding,

Men taslim bölganim yöq.

Xayol şaklida kelding,

Men taslim bölganim yöq.

Savol şaklida kelding,

Men taslim bölganim yöq.

Könglim qiziq savdolar

Eritolmas mummikin?..

Ayol şaklida kelma,

Taslim bölişim mumkin.

* * *

Uçragan har tayoq siloh bölmaydi,

Har topinganingiz iloh bölmaydi.

Umr – bir en mato, paypoq qilsangiz,

Qolgan yarmi boşga kuloh bölmaydi.

Odam sevgi bilan tirikdir, jonim,

Sevgisizlar çirik çerikdir, jonim,

Kulgingizga hamma şerikdir, jonim,

Ğamingizga heç kim guvoh bölmaydi.

Bitmaganman garçi sizning qissani,

Ayblasangiz, ammo, ayblangiz mani,

Sevsangiz ham, mayli, şoirni, yaʼni

Sevişingiz mumkin, gunoh bölmaydi.

* * *

Xorunday zotlardan himmat çiqmadi,

Bebaho bilganim qimmat çiqmadi.

Hazrati sevgidan mujda keltirdim,

Habibim deydigan ummat çiqmadi.

Repatriatsiya

Uruş bitsa, almaşadi:

jangçiga – jangçi, tulga – tul;

bandiga – bandi, ğulga – ğul;

tangaga – tanga, pulga – pul;

jandaga – janda, kulga – kul…

Hajr bitsa, çirmaşadi:

xandaga – xanda, gulga – gul;

siynaga – siyna, qölga – qöl,

mijjaga – mijja, tilga – til,

otaşga – otaş, gilga – gil…

Kel-ey, bizam çirmaşamiz,

sevgiga – sevgi, dilga – dil.

Kel-ey, bizam almaşamiz:

sevgiga – sevgi, dilga – dil!

Sevgiga – sevgi, dilga – dil!

Zilzila

Jujuqlar kiftida toş kötarganda,

Mening ham ingradi, tölğondi jonim.

Turkiy silsilalar boş kötarganda,

Turkiy zilzilalar uyğondi, jonim.

Mening ham ruhimda turgay dam-badam

Suryoniy titroqlar, turkiy titroqlar.

Işqsiz avlodlarning dastidan purğam

Oşiq ajdodlarim yotgan tuproqlar.

Ğoziantep kabi titradim, toldim,

Qahramonmaraşdek vayrondir dilim.

Hijron xaroboti ostida qoldim,

Kovlab olmaysanmi meni, sevgilim?!

Sevgi

Kökka siğdi,

yerga siğdi,

bir uyga siğdi,

bir satr,

bir çizgi,

bir kuyga siğdi,

bir qatra,

bir qadah,

közaga siğdi,

jussaga,

ğussaga,

bösaga siğdi,

bir lahzaga siğdi,

ming yilga siğdi,

közga siğdi,

köngilga siğdi,

bir inja kiprikda qalqib turdi u,

şunda ham esini yiğmadi:

aqlga siğmadi,

aqlga siğmadi.

Mansur Jumayev

1991-yili tuğilgan.

Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

“Oq orzularim”, “Hayrat qöşiqlari” kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan.

 

2023/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.