8 daqiqada öqiladi

261 marta körilgan

“Odamning soyasi quyoşga tuşdi…”

Faxriddin Hayit

…Öşa damlar ğovak qamişdek böyçan talaba edim. Yarim oç, yarim töq, goh universitet, goh tahririyatlar ostonasida it talagan tovuqning pariday tözğigan ikki daftarni qöltiqlab yurardik.

Haminqadar maoş zavqidan taşvişi köp talabaning kundalik xarjini qoplamasa-da, hayot bilan kuraşişga mahkum edik.

Bir kuni kursdoş döstim Nosir Boymirzayevning taklifi bilan “Gul­xan” jurnali tahririyatiga işga bordim. Ilk kundan kayfiyatim çoğ böldi, mana şu oilaning aʼzosiga aylanişga ahd qildim. Tez orada boladek beğubor hamkasblar, ustozlar – Muhabbat Hamidova, Mirvosil Odilov, Vasila Pölatova, Manzura Ubaydullayeva, Lola Sadatova musofir talabaga köngil eşiklarini lang oçdi, tuğişgandek qadrdon bölib ketdik.

Xalqimizning sevimli şoiri Omon Matjondek otaşin ijodkorning, uluğvor insonning yonida böliş, sözidan, suhbatidan bahramand bölişning özi orzu-umidlarimni yuksaltirardi.

Ustoz Omon Matjon bilan ilk uçraşgan kunim ismimning zalvorini anglaganman. U kişi vazmin va salobatli ohangda “Faxruddin” deb izzat körsatgan edilar.

 Tahririyatda kamçilik işlar edig-u, ammo katta dargoh edi. Omon Matjonning qalbidagi quyoşi dilimizni nurlantirib turardi.

Ustozning özlari ham quyoşni yaxşi körar, ijodida ham özgaça tasvir va ohangda bu obrazni takror-takror keltirganlar. Hatto kitoblarining nomlarida ham bu söz özgaça mohiyat kasb etib qayta-qayta qöllangan: “Quyoş soati”, “Odamning soyasi quyoşga tuşdi…”

Yuragining otaşi, çehrasining tafti, könglining oydinligi quyoşdek zot edilar. Omon Matjon ruhiyatining vazminligi, baʼzan sukunati, uzoq xayolga çömişi ham menga saboq edi: qarşisida hamişa dilimni hayrat çölğar, sukut içra ustozning bu olamni idrok etayotganiga guvoh bölardim.

Tahririyatda kun ora ovqat tayyorlanar, boş muharrir ham tuşlikka çiqib turardi.

Ustoz piri komil zotlar, avliyolar ruhoniya­tiga hurmat va eʼzoz bilan qarar, ul zotlarning hayotiga oid manbalarni topib öqir va ruhiy quvvat olardi. Tez-tez xöroz olib keltirar, avli­yolar, tahririyat joylaşgan tarixiy binoda işlab olamdan ötgan şoir-yozuvçilar haqqiga duoyi fotiha qiliş uçun kiçik marosim taşkil etilardi.

Sirasini aytganda, qança xörozlarning boşini özim olganman.

– Faxruş, yaxşiyam özing borsan, – de­yişardi mehribon opalarim erkalab. Quşday uçib, “Çorsu”dan kam-u köstni ham töldirib keliş zimmamda edi.

Keyin odmigina dasturxonning bir burçida nasibamizni totib, köngilni ham, qorinni ham töqlab ötirardik. Suhbat qizigandan qizirdi.

Tahririyatdagi ayollar ustozdan şeʼr öqib berişlarini sörardi. Ayniqsa, “Ayolga maqtov” şeʼri köp ijro qilinardi:

Şoirga yöl bölsin, sizni çizay deb,

böyoq quyultirib turar rassomlar!

Mukammal husningiz yoğdusi uçun

oy ham navbatçilik qilar oqşomlar!

 

Şoirga yöl bölsin!

Kuylay deb sizni,

bastakorlar yurar yoqa çok, tajang:

torni temirçiga topşirvorgudek,

har jarang ustida qilib neça jang…

Ustoz doim ovqatga solingan kartoşkani inkor etar, unçalik xuş körmas edi. Şu jihatdan otamga öxşab ketardilar.

Padarim qariyb Omon Matjonga tengqur edi. Bu avlodning qismat hikoya­lari ham bir xil edi.

Ikkisi ham bir davrda Sovet armiyasida xiz­mat qilgan: uç yillik harbiy xizmat davomida faqat kartoşka yeb, bu sabzavotdan baʼdi qaytgan.

Talabalik yillarim otam oğir xastalikdan söng olamdan ötgan edi. Hali sovimagan soğinçimning taftini ham ustozning hiko­yalaridan, suhbat-u nasihatlaridan, çehralaridan topardim…

– Faxruddin, – derdilar xotirjamlik va sokinlik bilan, – endi biroz birgalikda işlaymiz…

Darrov qoğoz-qalam kötarib ustozning ortlaridan ergaşardim.

Könglidan keçganlarini aytib turar, soatlab qoğozga tuşirardim. Jumlalar şunday quyilib kelar, goh şiftga, goh deraza oynasidan atrofga uzoq tikilib, salobat bilan sözlardi. Menga göyo qaydandir öqib berayotgandek tuyilar, atrofga olazarak qarab qöyardim.

Söngida özimga öqitib, tinglar, qöşimça jumla va sözlarni kiritib borardi, şoşib qoğozga tuşirardim.

Ustozning tahrirda ham talabi yuqori edi. Şeʼrlarini obdon tahrirdan ötkazardi. Yaxşi şeʼr, mukammal ijod şoirdan quyma isteʼdod bilan birga toğdek matonat, ilm talab qilişini ham öşa onlarda anglaganman.

Ustozning feʼli juda ajoyib edi. Adolatni, töğrisözlikni qadrlardi. U damlar tahririyatda faqatgina boş muharrirning xonasida telefon bölar, mobil aloqa vositalari onda-sonda kişilar qölida közga taşlanardi. Men bilan boğlanmoqçi bölgan qişloqdagi yaqinlarimga ustozning xonasida turuvçi telefonning raqamini bergan edim. Bir kuni biznikilar qönğiroq qilibdi:

– A’lo, “Gulxan”mi bu?

– “Gulxan”! – taajjublanib javob beribdi ustoz.

– Şerzodni aytib yuboring.

Bu safar ustoz toza ajablanibdi.

– Bu yerda Şerzod işlamaydi, Faxriddin bor, u ham hozir öqişda!

Mening oila aʼzolarim “Şerzod” deb çaqi­rişlarini bilmagan ustoz tahririyatdagi opalardan sörabdi:

– Bu Faxruddin degani aferist emasmi? Özini “Şerzod” deb birovlarga taniştirib, biz­ning kabinet raqamini beribdi.

Vaziyatdan xabardor opalar obdon kulib, öşa kuni ustozni barçasidan voqif qilgan ekan. Hozir ham “Gulxan”ga borib qolsam, bu voqeani kulib yodga olamiz…

Omon Matjonning “Xaloskor ruh” nomli kitobi ana şu yillarda yozilgan.

Ustoz bir kuni xonamizga kirib keldilar, hammamiz örnimizdan turdik. Men eşikka yaqin joyda ötiraman. Omon aka röparamda turdi-da xotirjamlik bilan söradilar:

– Siz Zominga bormadingizmi? Uyuşma yoşlar anjumani taşkil etayotgan ekan.

– Yöq, – dedim boşimni sarak-sarak qilib.

“Hmm”, dedi-da, qoşlarini kötarib, xonadan çiqib ketdi. Biroz ötib yoniga çaqirdi:

– Zudlik bilan Yozuvçilar uyuşmasiga borib, Minhojiddin Mirzoga uçraşing, Zomin yoş ijodkorlar anjumaniga qatnaşasiz.

Öşa kezlar Minjohiddin Mirzo Yozuvçilar uyuşmasi raisining yoşlar masalalari böyiça örinbosari edi. Barvasta qomatli, iliq tabassumli bu kişi meni köngiloçiqlik bilan qarşiladi, şeʼrlarimni varaqlab, bir-bir öqib çiqdi. Hayajondan barmoqlarim titrab turardi. Keyin dil yozib, samimiy suhbatlaşdi. Bu uçraşuvdan mamnun bölib qaytdim. Kun ötib yoş ijodkorlarning Zomin anjumaniga iştirok etiş uçun jönab ketdik…

Ustoz Omon Matjonning bir sözi doim quloğim ostida jaranglab turadi.

– Rahbar odamning eng birinçi fazilati uning bağrikengligi, – derdi. Bu sifat ustozning özida bekam-u köst edi.

Ikki minginçi yillarning boşida hali iqtisodiy qiyinçiliklar asorat berib turar, tahririyatlar moddiy qiyinçiliklarni boşdan keçirib, aravani tortişga qiynalar, bu albatta, ijodkorlarning hayotida ham aks etardi.

Ana şu damlarda ustoz Faxriddin Ali Safiyning “Raşahot” asarini kitob holida çop etiş uçun homiylarni jalb etib, saʼy-harakatda yurardilar. Omon Matjon bu asarni bejiz tanlamagan edi, hazrat Hoja Ahror Valiyni ğo­yibona yaxşi körar, mazkur asarning uçinçi bobi Xoja Ahror hayoti ğaroyibotlari, faoliyati, tasavvufiy riyozatlari davomida namoyon etgan favqulodda voqealar, tasarrufotlariga bağişlangan edi.

…Bir gal jamoa bilan tuşlik çoğida ustoz diliga tugib qöygan yangilikni örtaga taşladi: “Şu naşr xarajatlaridan orttirib, Faxruddinning ham birinçi kitobini çiqaramiz”.

Bu xuşxabardan mendan ham köproq jamoadagi opalarim quvondi. Barçasi közda yoş bilan ustozni alqadilar. Öşa damlar sevinçdan oyoğim yerga tegmay yelib yurardim. Dilim tongday çaroğon edi. Har kun quyoşni uyğotib sahar işga kelardim…

Jajji töplamning muqovasi uçun rasmni Omon Matjonning körsatmasi bilan jurnalning masʼul kotibi, rahmatli Mirvosil Odilov çizib berdi. “Qaytiş” sarlavhali şeʼrimga qora qalamda işlangan rasmda oğoçdagi şaftoliga uzatilayotgan nozik barmoqlar tasvirlangan. Bu tasvir ustozga juda maʼqul kelgan edi. Çunki rasmda – yoşlik orzusi va intilişi, hayotdan, kelajakdan umidvorlik, ezgu niyat falsafasi aks etgandi.

Aytgança, kitobning sözboşisini ustoz Omon Matjonning taklifi bilan Özbekiston xalq şoiri Jumaniyoz Jabborov yozdi. Albatta, töplam u kişining ham nazaridan, elagidan ötkazildi.

Kitob tahririyatning özida qayta-qayta işlandi, sahifalandi. Xullas, birinçi şeʼriy töplamim “Ilinj” nomi bilan dunyoga keldi.

Öylab qolaman, şu mablağlarni özining, oilasining, farzandlarining ehtiyoji uçun işlatsa ham bölardi, çunki tahririyatning boş muharriri ham u kezlar arzimas maoş olar, ehtiyojlari ham bisyor edi… Hozir bu xotiralar meni har dam uyğoq bölişga çorlab turadi.

Şoirni yöqlab keluvçi, u kişining suhbatlariga, diydoriga talpinuvçi muxlislari juda köp edi. Viloyatlardan, olis qişloq va ovullardan şu diydor uçun kelişar, soatlab suhbatlaşardi. Sanʼatkor-u bastakorlar qöşiq uçun yaxşi şeʼr sörab kelardi. Musiqamiz tayyor, şeʼr yozib bering, deb sörasalar kerak, öşa kuniyoq menga uqtirardi: “Heç qaçon musiqaga qarab şeʼr yozmagin, eplasalar sening şeʼringga kuy bastalasinlar!”

Baʼzan bu davralar quyoş ufqqa botib ketgandan söng ham ikki-uç soat davom etardi. Gohida ustozning özi ilhom bilan yolğiz qolar, u kişini kuzatib qöyiş uçun men ham xonamda kutib ötirardim.

Vasila enam (Vasila Pölatova tahririyatda uzoq yillar işlagan mehribon ayol, u kişiga erkalanib “ena” deb murojaat qilaman) ketar jafosida uqtirardi:

– Faxruş, otangni kuzatib qöyib, keyin ketgin-a…

Keyin men “Soğlom avlod” gazetasi tahririyatiga işga ötdim: oq yöl tiladilar. Ikki tahririyat bir yölakda joylaşgani bois yonlariga kirib, gurunglaşib turardik.

Ustoz Omon Matjon “Yoşlik” jurnalida uzoq yillar boş muharrir bölib işlaganini katta avlod yaxşi biladi. Men ham keyinçalik ana şu tahririyatning tegirmon toşini biroz aylantirdim. Ustoz baʼzan kelib qolsalar, boşimiz kökka yetib duolarini olib turdik.

Bugun esa bularning barçasi xotiralarga aylandi. Omon Matjon aytganidek: “umr ötar, vaqt ötar…” ekan.

Esdaliklar, xotiralar turliça böladi. Mening öşa onlar keçmişim zavqqa, ezgu saboqqa töla edi va bir umr hayotimni bezab yaşaydi. Omon Matjonning öziga yaraşib turadigan kibor qaraşlari köz öngimda gavdalanib turadi:

Bu közlar neça yil, neça bölgandir,

Tumor yozuvidek dilga joylangan.

Kunlar yona-yona keça bölgandir,

Tunlar yona-yona oyga aylangan.

 

Bu qanday otaşdir, men sal dil yorsam,

Oçiq kon topgandek, tözdi ğanimlar.

Ammo oçilmadi ularga, erkam,

Faqat ikkimizga ayon tilsimlar.

 

Har kim öz bilgiça fasona aydi,

Bizning yonişlarni yöğ-u bor aylab.

Ha, biz zarduştiylar posboni kabi,

Bu ötni asradik iftixor aylab.

 

Bugun insof, imon tilga kirmişdir,

Jonsöz farzandlarin yöqlaydi elim.

Sening yona-yona közing qolmişdir,

Mening yonişimdan qolgani – şeʼrim.

Faxriddin Hayit

 1980-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. “Ilinj”, “Har yurakda bir Vatan”, “Işqim senga havola”, “Tong tuşlari” va bolalar uçun “Şokoladli tuş” nomli şeʼriy töplamlari çop etilgan.

2023/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)