– Siz uçun yoziş (ijod) nima?
Şodmonqul Salom: – Yoziş avval-boşda havas, şon-şuhrat havosi edi. Sal-pal yozişni örgangandan söng, yozişning zahmatini, zavqli oğriğini tuydim. Bugun menga yoziş Xudoga yolvorişga aylanyapti.
Şuhrat Orif: – Ijod men uçun Alloh bilan ruhiy boğlanişning noyob körinişi. Buning noyobligi şundaki, bunday ilohiy robita xudoning hamma bandasiga ham nasib etavermaydi.
Ijodkor biror-bir asar ustida işlar ekan, u boşqaça ruhiy kayfiyatga tuşadi, özida ilohiy dardni his qiladi. Asar ğoyibona, körinmas va faqat qalbda keçadigan ilohiy taʼsirlar hosilasida dunyoga keladi. Kuçli iymon mahsuli bölib, ilohiy ilhom quvvat bilan yozilgan asarlarni öqiganimizda qalbimiz entikadi va dardni tuyamiz.
Bir söz bilan aytganda, ijod men uçun öziga xos ibodatdir.
Şeʼrni “şoirning yiğisi” degan bölardim. Boşqalar oşkora yiğlasa, şoir şeʼr vositasida yiğlaydi, “tökiladi”.
Orifjon Komil: – Aslida, buyuk ijodkor Xoliqning özi. Biz idrok etib turgan mana şu borliq koinot ham yaratgan zotning ijod namunasi. Agar har bir ijodkor öz ijodini ibodat darajasiga çiqarsa yoki muttasil şunga urinsa, asl oliy maqsad sari ildamlagan böladi deb baralla aytiş mumkin.
Javlon Jovliyev: – Oçiği, bilmayman! Adabiyot bilan boğliq köp orzularim, öylarim bor, lekin aynan nima uçun yozasan, degan savolga bir gap aytolmayman. Boşqa iş qölimdan kelmagani uçun emas har holda. Yozayotganimda özimni juda erkin va baxtiyor, kimgadir yoki nimagadir (köproq özimga) kerakli his qilganim uçundir, balki.
Ön sakkiz yoşimda ham öqiş, ham işlaşga töğri keldi. Şanba va yakşanba kunlari köpçilik kursdoşlarim kutadigan kun edi, ular bu soatlarning nisbatan tez ötişi haqida gapirardi, men uçun juda oğir va dam oliş kunlarini yoqtirmas, şu ikki kun haftaning eng çözilgan kunlari bölib tuyilardi. Çunki öşa kunlari kitoblar va yozuvlarimdan uzoqlaşib işga ketişga majbur edim. Şu ikki kunda “men”im özimda bölmas edi, qandaydir taşqarida – sovuqda qolayotgan odamday his qilardim. Topgan çoy-çaqam beş kunlik xarajatlarni qisman qoplaşga yetardi. Omadsiz yozuvlar qalaşib ketganida tuşkunlikka tuşib asabiylaşgan payt ham köp bölardi: “Ey qöy, ikki kun emas, yetti kun işlab, qolgan beş kunlik pulni yiğsang bölmaydimi?! Baribir bu yozganlaringni heç qayer çop etmayapti!” Ammo iş borasida baribir aqlim kirmadi. Töğriroği, har qanday işdan qoçdim. Otamga yordamçi bölmadim. Pul topmadim. Men beş kun kitob öqidim va yozdim. Talabalik baholarim esa deyarli qiziqtirmasdi. Özimni köproq yozayotganimda tinglaşimni angladim. Öşa ohangni sevaman. Men asarlar ustida işlayotganimda boşqa hayotda yaşayman, özimni keçiraman va biroz könglim töladi. Öşa boşqa hayot men uçun juda jozibali, sirli va murakkab bir olam bölib qoladi.
– Adabiyot hayotning inʼikosimi?
Şodmonqul Salom: – Adabiyot – özga savdo, boşqa olam quşlari taşiydigan nur! Bu nur rözğorimiz xonasini yoritiş uçun yaralmagan. Adabiyot – qalb siyosati, qalbning hayoti. Bu harakatni kundalik turmuşga, undagi evrilişlarga siğindi qilib qöyamiz köpinça. Ozod bulbulning sadosi bilan bandi quşning çiyillaşi boşqa-boşqa narsa. Hayotdagi voqelik faqatgina vosita bölişi kerak. Qalb oğrimay qoğozga tuşgan hislar kundalik axborotning, hisobotning nasriy yoki nazmiy körinişi böladi, xolos.
Şuhrat Orif: – Fikrimça, adabiyot hayotning asosi emas. Dunyoda adabiyotdan yuksak va oliy tuşunçalar bor.
Adabiyot hayotning közgusi yoki badiiy inʼikosi, deb bilaman. Adabiyot insonga tiriklikning, mavjudligining asl mohiyatini anglatadigan, xudoni tanitadigan uluğ yöl va taʼsirçan maʼnaviy vositadir.
Adabiyot öquvçini uyğotadi, yölga boşlaydi va manzilni körsatadi.
Adabiyotning ezgulikning onasi sifatida eʼtirof etilişi ham şundan deb bilaman.
Orifjon Komil: – Adabiyot hayotning emas, hayot adabiyotning inʼikosidir.
Rivoyat qilinadiki, ibtidoda Allohning özi bor edi. U özining borligini bildiriş maqsadida borliq mavjudotni yaratişga azm-u qaror qilgaç, qalamni yaratdi va qalamga “yoz” deya farmon berdi. Qalam esa Allohning amr-u farmoni bilan Lavh-ul-mahfuzga avvaldan oxirgaça, ibtidodan intihogaça barça yaratiliş-yaratilmişlar, makon va zamon, davr-u davronlar, voqea-hodisa va qazo-yu qadarlarning mayda tafsilotigaça aniq-ravşan yozib qöydi. Modomiki, qalam ijod vositasi ekan, qalam vositasida qilingan ijod mahsuli ijod namunasi ekan, hayotning özi öşa ijod namunasining aynan özidir. Demak, hayot adabiyotning inʼikosidir.
Javlon Jovliyev: – Adabiyot insondir! Közlarimizga körinmagan ruhning, qalbning tasvirlaridir. Balki, şunçaki hayotdir desak bölar, birov urişmas. “Xöş, bizning adabiyot hayotimizni tasvirlaşga qodirmi yoki şuni uddalay olyaptimi?” degan savol ham taşlab qolişingiz mumkin-da. Bunga harakat qilyapmizmi özi? Vargas Lyosa şunday yozadi: “Perudagi har bir yozuvçi oxir-oqibat mağlub böladi”. Men ham Lyosaga savol bergim keladi: “Özbekistonda-çi, bilasizmi yozuvçilik bilan hayot keçirişning oxiri nima bölişini?!” Yaltiragan gaplardan qoçib qardoşimiz Örxon Pamuq javobga otlanib qolişi mumkin: “Qaşşoq mamlakatlarning adabiyoti bölmaydi”. Bahslaşadigan darajada vaqtimiz köp emas, lekin şuni aytişim kerakki, men bu borada umidvor fikrlardaman. Adabiyot insoniyat tinglaşi kerak bölgan bu olamning eng mumtoz va eng gözal kuyi, deb bilaman.
– Ijodkorni yuksaltiradigan narsa nima?
Şodmonqul Salom: – Kimningki badanida taqdir ato qilgan bir kuç borligi rost bölsa, bu – noyob odam. U özini asramoği kerak. Ijodkorni kuçaytiradigan ikki narsani farqlayapman. Bular: taqvo va jasorat! Bular bölmasa, daho isteʼdod ham başariyatning duşmaniga aylanib qoladi.
Şuhrat Orif: – Ijodkorni yuksaltiradigan eng uluğ qadriyat – iymon.
Iymon ijodkorni poklaydi va pok tutadi. Poklik esa buyuk asarlarning doyasidir.
Kuçli iymon asosida yaratilgan badiiy asarlar qalbga tez yetib boradi, ğoyat taʼsirçan böladi.
Ayrimlar “Kuçli iymonsiz ham zör asarlar yoziş mumkin. Isteʼdod birlamçi” deb hisoblaydi. Bu fikrga unçalik qöşilmayman. Iymon ijodkorga ilohiy quvvat beradi, uning isteʼdodini yanada yorqinlaştiradi.
Orifjon Komil: – Buni har qaysi ijodkor har xil taʼriflaydi. Yaʼni biri tinimsiz mutolaada deb hisoblasa, ikkinçisi til bilişda, yana biri mumtoz adiblarning boy madaniy meroslarini örganişda desa, boşqasi esa jahon adiblarining ijod namunalari bilan yaqindan xabardor bölişi deb biladi.
Yuqoridagi vositalarning heç birini kamsitmagan holda, şuni aytişim mumkinki, har bir ijodkor, u badiiy ijodning qaysi turi, janri va yönalişida ijod qilişidan qatʼi nazar, ezgulik va insoniylik tamoyillariga asoslangan holda ijod qilar ekan, uni yuksaltiradigan umumiy kuç – poklik. Jismonan, ruhan, qalban pok bölgan ijodkor, aminmanki, öz isteʼdodi darajasi qadar, ertami-keç öz yuksaklik darajasiga erişadi.
Javlon Jovliyev: – Yurak, zahmat va Ahmad (yozuvçining tirikligi, yaşaşi). Yurakli böliş yozuvçining özligini saqlab qolişda muhim örin tutadi, ayniqsa, bizda. U özini sud qilganda, özini özi ulkan oynaga solganda namoyon bölgan manzarani boşqalar bilan bölişa olişga qodir jasorat va adolatga ega bölişi kerak. Mehnatkaşlik esa salkam yozuvçilikdir. Öqişi, yozişi, kuzatişi, tinglaşi, oilani tiriklikda asraşi kerak – kuraşişi şart. Yozuvçilik şundayki, uning mayda va qora mehnati, siz ulkan yozuvçi bölsangiz-da, heç qaçon tugamaydi. Qora mehnatdan töxtaşning özi tamom – şolçani qoqib esing borida, quyoş botmay uyingni topib ol degani. Yozuvçi yaşayaptimi (Ahmad tirikmi), demak, hali undan umid bor, biz yaxşi, hatto nodir asar kutişga haqqimiz bor.
– Siz eng zör deb biladigan asar?
Şodmonqul Salom: – Zör asarlar şu qadar köpki, ularni öqib turib qölingdagi qalamni sindirging keladi: hamma gap aytilgandek, göyo.
Ammo dilimga mudom quvvat beradigan ikki asarni aytgim keladi. Bular – Navoiyning “Lison ut-tayr”i va Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asarlari.
Şuhrat Orif: – Çingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanini şunday asar deb bilaman. Bu asarni qayta-qayta öqiganman. Unda insoniyatning çinakam fojialari, maʼnaviy inqirozi va ruhiy tanazzulning sabablari juda işonarli qilib oçib berilgan.
Undagi qahramonlar yasama emasdek va şundoq yonimizda yurgandek taassurot uyğotadi.
Tobora moddiylaşib, globallaşib borayotgan insoniyatni uyğotiş va özligini tanitiş uçun aynan şunday buyuk asarlar kerak.
Orifjon Komil: – Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Maʼnaviyi masnaviy” asari bugungi kungaça har qanday zamon-u makon çegaralarini pisand qilmay, irqi-yu millati, dini-yu eʼtiqodidan qatʼi nazar, barça elatlarning maʼnaviy kamolotida dasturulamal vazifasini ötay olişdek badiiy-maʼnaviy dolzarbligini yöqotmay kelmoqda. Arab-u ajam, fors-u turk uşbu kulliyotni hamon özining boy madaniy merosi sifatida ardoqlab, tadqiq etib, köplab xorijiy tillarga tarjima qilib kelmoqdaki, ortiqça maqtovga ehtiyoj yöq deb hisoblayman.
Javlon Jovliyev: – Bu men uçun juda oğir savol böldi. Xuddi qaysi bolangizni yaxşi körasiz deganday. Şirintoylaringizni ajratib köring-çi, birini bölakça suysangiz ham, aytolmaysiz. Menda şunday. Men köp romanlarni sevaman, ularsiz hayotimni tasavvur qilolmayman, men sizga köp romanlarni sanaşni istayman, lekin bittasini emas!
– Adabiyot nimani va kimni keçirmaydi?
Şodmonqul Salom: – Har kim ekkanini öradigan maydon bu. Yolğon, havoyi şuhrat, vaqtinçalik omadyorlik adabiyotga ögay onaday gap. “Ögay enam öpib, quçib öldirar” deganlaridek, kimki köngil sirini, yurak ardoğidagi hislarini arzon sotsa, uning öziga qiyin. Bunday isteʼdodli odam baxtsizdir. Navoiy aytganidek, hammomdan nopok çiqqan, xazinadan quruq ketgandek baxtsiz. Bu yölda ilmingni, isteʼdodingni, yoşligingni, maza qilib yuriş mumkin bölgan ajoyib damlaringni, bir söz bilan aytganda – boringni tikasan, Haqqa tavakkal qilasan va evaziga nima olişing gumon… ammo yurakning bir burçida umid ham bor. Ammo şunisi aniqki, bebahra qolmaysan. Yurakdagi adabiyotning qoq markazida Alloh turişi kerak! Alloh esa heç bir közi yoşlini aslo quruq qöygan emas.
Şuhrat Orif: – Öz-öziga xiyonat qilgan inson tez unutiladi.
Orifjon Komil: – Adabiyot soxtalikni va yolğonçilikni keçirmaydi.
Javlon Jovliyev: – Adabiyot yozuvçining özi. Uning yaratgan asarlari – hayot хaritasi.
Agar adabiyot yozuvçining özidan taşqarida bölsa, demak, u quvilgan yoki heç qaçon içkariga kirmagan. Adabiyot yozuvçining özini körsatadi.
– Asarlaringizda yolğon yozganmisiz?
Şodmonqul Salom: – Siz aytayotgan yolğon yuzta qora qöyning orasida bitta oq qöy yurgan kabi darrov bilinadi. Biroq adabiy mahorat va isteʼdod kaşf etgan, adabiy hayot uçun yaratilgan yolğonlar masalasi boşqa narsa. Bunday yolğon bölmasa, adabiyot öladi…
Şuhrat Orif: – Yolğon bilan bolaligimdan murosa qilolmayman. Faoliyatimda, hayotimda yolğonlar bölgan, lekin ijodimda yolğon bölmasligiga intilaman.
Baʼzida ijodiy kayfiyatda va bir falsafani singdiriş maqsadida mutlaqo tabiiy va samimiy bölmagan tuyğular aks etgan yasama satrlar yuzaga keladi. Bu satrlar şeʼrda şundoq börtib körinib turadi. Şeʼrlarimda bunday satrlar borligini tan olaman va ularni yoqtirmayman (kuladi).
Lekin yolğon asosiga qurilgan yoki buyurtma şeʼrlar yozmaganman.
Balki kam yozişimning sababi ham şundadir. Soxta va yasama kayfiyatni şeʼrlarga muhrlagim, öquvçiga ulaşgim kelmaydi.
Orifjon Komil: – Ijodkor öz asarlarida yolğon aralaştirsa, ular, albatta, “Şuaro” surasida taʼriflangan şoirlar toifasidan, ularga ergaşganlar esa gumrohlardan bölib qolişadi.
Ustoz Asqar Mahkam öz ijodiga “Men şoir emas, şunçaki rostgöy edim”, deya taʼrif bergan.
Şuning uçun ijodkor nimani yozsa yozsin, ammo yolğon yozmasin.
Javlon Jovliyev: – Yolğon deb işlatib bölmaydi. Töqima qahramonlarim köp, ularni men taniganman va tanitganman, ammo ular yolğon emas, ularning qölidan mahkam tutib yozganman, yurak urişini eşitib turardim, hayot edilar, balki bilaklarida hali hamon men qoldirgan izlar bordir. Adabiyot yolğon emas – kaşf qilişdir. Agar ziğirça yolğon bitilayotganini payqasam, noutbukimdagi “delete” tugmasi bosiladi. Yolğon kuşanda, hayotiy töqimalar esa yaratiqdir. Men qaçondir yozgan hikoyalarimdagi qahramonlarni hayotda körganimda yoki ular haqida eşitganimda yana bir bor töğri yöldaligimga amin bölaman. Eng muhimi, yölimda davom etişimga menga heç qanday madad kerakmasligini yaxşi tuşunib olganman va hammasi öşa “xarita”ga boğliqligini yaxşi bilaman.
2023/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

