Kunlardan bir kun peşin çoği yoş yozuvçi Abe qirollik boğiga sayrga keldi. Biroz atrofni kuzatgandan söng örindiqda ötirdi. Örindiqda xuş siymoli, muloyim bir çol ham ötirardi. Mehribon yuzli çol yoş Abe tarafga yuzlandi va biroz taraddudlanib:
– Siz kimsiz? – deya söradi.
– Menmi? Men yoş yozuvçi Abeman! – deb javob qaytardi yoş yozuvçi.
– Yaxşi sanʼat, – deya tirjaydi çol, – qiziqarli va hurmatga sazovor.
Abe ham unga boşdan oyoq nazar solib:
– Xöş, özingiz kim bölasiz? – deya söradi.
– Menmi? Men qirolman.
– Bu mamlakatningmi?
– Albatta, boşqa qaysiyam bölardi.
Yoş yozuvçi özini xotirjam körsatib oğiz juftladi:
– Sizning iş ham yaxşi sanʼat – maroqli va şarafga sazovor.
– Oh, yaramni yangilamang! – deya oh çekdi qirol. – Şaraflilikka-ku, mayli, biroq bu işda birorta qiziqarli narsa yöq. Sizga aytib beraqolay, mayli. Hukmronlik qiliş köplar öylaganidek huzurbaxş iş emas.
Abe qöllarini paxsa qildi va taajjublanib:
– Qanaqasiga? – dedi. – Men şu paytgaça qismatidan rozi birorta odamni uçratmadim, töğrisi. Xöş, ayting-çi, siz rozimisiz?
Qirol kinoyali tarzda közlarini öynatdi.
– Oçiği, unçalikmas… Xöş, özingiz-çi?
– Baʼzida bir tanqidçi sizni şunday ahvolga soladiki, ötirib yiğlaging keladi odam.
– Ana, kördingizmi, siz ön-ön beş tanqidçining eʼtirozidan töygansiz. Menda esa şunday tanqidçilar millionlab topiladi. Men sizning örningizda bölsam, tanqidçilardan umuman qörqmasdim.
Abe xayol surgan holda “yöq” deya boş çayqadi, söngra dono qirollardek turib söz boşladi:
– Hamma muammo ham şunda. Yaxşi qarorlar qabul qiliş kerak!
Qirol qölini paxsa qildi:
– Gapingizga qöşilmayman, sariq-çaqalik foydasi yöq.
– Şundaymi?
– Xuddi şunday!
– Men sizning örningizda bölsam…
Qirol ğazab otiga minib:
– Mening örnimda? – dedi. – Men şu paytgaça köp qirollar körganman, yaxşi yozuvçi bölişgan. Biroq biror martayam yozuvçining uçinçi, boringki, oxirgi darajada bölsayam qirol bölganini körmadim. Mening örnimdami? Mayli, sizni öz örnimga biror hafta qöyaman, qani, köramiz sizdan nima çiqar ekan…
– Qayerga qöyasiz?! – deya ohista söradi Abe.
– Albatta, öz örnimga.
– Öz örnimga deysizmi? Buning iloji bormi?
– Nega bölmas ekan, biz qirollarga ham ozroq rahm körsatib, bunday qiliş adolatdan bölardi, albatta. Zora şunda siz kabi tanqidçilarimiz biz – qirollarni tuşungan bölarmidi…
Abe tavoze bilan:
– Nima ham derdim, zarra qarşiligim yöq. Biroq, bir narsani hisobga oling, men birinçi marta bunday işga qöl uryapman. Agar mening tajribasizligim tufayli, nima desam ekan, sizga çetdan qaraganda kulgili körinsam, aybga buyurmaysiz…
– Heçqisi yöq, – qirol mehribonlik bilan tabassum qildi. – Öylaymanki, siz bir hafta içida köp ahmoqliklar qilişga ulgurmaysiz.
– Albatta, aql bilan iş körişga harakat qilaman. Xöş, ançadan beri xayolimda aylanib yurgan kiçik, ammo köpçilik uçun foydali bir qaror bor. Uni bugunoq qabul qilamiz.
– Xudo yordamçingiz bölsin! – qirol boş çayqab yoş yozuvçining sözini tasdiqladi. – Qani, yuring, ketdik saroyga. Bu menga bir hafta davomida maza qilib dam oliş uçun yaxşi imkoniyat. Xöş, sir bölmasa ayting-çi, nima ekan öşa qabul qilmoqçi bölgan qaroringiz?
– Bugun yöldan ötayotganda bir keksa söqir odamga közim tuşdi. U qölidagi hassasi bilan uylar, köçadagi narsalardan möljal olib bazör yurib borardi. Foytunlar ostida qolib ketmasmikan, deb yurak hovuçlab turdim. Eng qiziği, yöldagi birorta odam unga eʼtibor bermasdi. Men şunday söqirlarga şahardagi zobitlar kömak berişi haqida qaror qabul qilişni istayman. Yaʼni, yölda yolğiz ketayotgan söqirni zobitlar qölidan tutib uyigaça kuzatib qöysin. Qanday, böladimi, maʼqulmi sizga mening qarorim?
– Siz juda mehribon insonsiz, – qirol mahzun va çarçagan alfozda javob qaytardi va qariyalarga xos jilmaydi. – Xudo qöllasin sizni! Menga endi ruxsat, boraqolay, menam odamlardek dam olay…
Qirol ketayotib ortiga qayrildi va dedi:
– Beçora körlar…
Mana, uç kundirki, mehribon va keng fikrli yozuvçi Abe qirollik qilardi. Adolatli böliş darkor edi. U öz qirolligi, kuçidan öz foydasi uçun foydalanmadi. Agar uning örnida boşqa birov bölsa, aniq mamlakatdagi barça tanqidçilarni, yozuvçilarni yiğib qamoqqa taşlar, xalqni faqatgina özining asarlarini öqişga majbur qilardi. Hatto tonggi nonuşta örniga har kimdan biror kitobini mutolaa qilişni amr qilardi. Abe öz nafsidan ustun kelgan, dono qirollardek yurtni boşqarardi. U qirolga aytganidek söqirlarni yolğiz qoldirmaslik, ularni köçada foytunlar, önqir-çönqirlar, turli balolardan saqlaşda zobitlarning iştirokini taʼminlaş qarori bilan iş boşladi.
Kunlarning birida, yaʼni öz qirolligining törtinçi tongida Abe öz xonasidagi derazadan öy surgança köchani kuzatib turardi. Tösatdan bir dahşatli manzara uning eʼtiborini tortdi. Ikki zobit bir odamning böynidan böyinturuq solib sudrar, yana bitta zobit esa “Yur, qani, tez yur” deya orqasidan tepardi. Abe abjirlik bilan xonasidan yugurib çiqdi va zinalardan tuşib, taşqariga otildi.
Zobitlardan halloslab:
– Uni qayerga olib ketyapsizlar, nega tepyapsizlar, bu odam nima gunoh qilibdi, kimni öldiribdi? – deya söradi.
– Heç qanday aybi yöq, – deya xotirjam javob qildi zobitlardan biri.
– Xöş, unda nega bunçalik ozor beryapsizlar bu beçoraga? Qayerga olib ketyapsizlar?
– Alohazrat, bu odam söqir. Biz ham sönggi qarorga binoan uni hibsxonaga olib ketyapmiz.
– Qarorga köra?! Tavba, şunday qaror ham bormi?
– Albatta, uç kun böldi eʼlon qilinganiga.
Abe çuqur xörsinib boşini çangalladi va ingradi:
– Mening qarorim?!
Olomon içidan bir odam ğazab bilan:
– Çiqarilayotgan qarorlarga bir qarang. Ular nima haqda özi? Biz, oddiy odamlardan nima istaşadi tepadagilar? – deya baqirdi.
Yonidagi boşqa odam:
– Şuni ayting? – deya uning gapini tasdiqladi. – Juda dono qaror. Köçadagi söqirlarni kişanlab hibsga olmoq. Yöldagi odamlarga yengillik yaratadi bu, albatta. Ularga pişirib qöyibdimi köçada, odamlarga xalal berib…
Şundan söng xalq örtasida talaşiş boşlandi. Kimdir qarorni yoqlasa, kimdir qarğardi…
Abe şamoldek öz xonasiga qaytdi va xizmatkoriga baqirdi:
– Boring, tez nozirni topib keling! Şaxsan özim nimalar bölayotganini aniqlaşim lozim.
Nozir bilan bölgan suhbatda söqirlarni turli atrof-muhit taʼsirlaridan asraş qaroriga oydinlik kiritildi…
Abe qirolligining birinçi kunida nozirni yoniga çaqirib şunday degandi: “Zobitlarning köçada yolğiz ketayotgan söqirlarga yordam berişi, ularni foytunlar, önqir-çönqirlar va boşqa turli balolardan himoyalab, soğ-omon uyigaça kuzatib qöyişi haqida qaror qabul qilinsin”.
Nozir qirolga taʼzim qiladi va xonasidan çiqadi, şu ondayoq işga kirişadi. Şahar hokimini yoniga çaqirib şunday deydi: “Söqirlar köçalarda yurişmasin. Agar ularning yonida heç kim yöq bölsa, zobitlar işga kirişişsin. Ular darhol söqirlarni kerakli joyga kuzatib qöyişsin”.
Nozirning qabulidan çiqqan şahar hokimi zobitlar boşliğini yoniga çaqirtiradi va şunday deydi: “Şahar köçalarida söqirlar yolğiz yurişibdi. Ortiq bunga çek qöyilsin. Qöl ostingizdagi zobitlar ularning qölidan tutib kerakli joyga yetkazişsin. Tuşundingizmi?”
Zobitlar boşliği öşa kuniyoq bölim boşliqlarini yoniga çorlaydi va buyuradi: “Xöş, gap bunday, muhtaram döstlar! Bizga yangi qaror haqida xabar keldi. Unga binoan şahar köçalarida yolğiz yurgan söqirlar zobitlar tomonidan tutilsin va kerakli joyga olib borilsin. Hammaga tuşunarlimi?”
Bölim boşliqlari iş joylariga qaytişgaç, öz qöl ostidagi zobitlarni yiğib şunday deyişadi: “Hurmatli janoblar! Hammaga bu qaror yetib borsin. Köçalarda öziça yurgan, şu tufayli foytunlar va odamlar harakatiga xalaqit berayotgan barça söqirlarni hibsga olib, kerakli joyga tiqinglar!”
“Zobitlar kerakli joy qayer özi?”, deya bir-biriga angrayişadi va boşliqdan söraşadi. Boşliq esa “Albatta, hibsxonaga, boşqa qayer ham bölişi mumkin…”, deya javob qaytaradi.
Zobitlar esa qolganlariga ham bu qarorni yetkazişadi: “Birodarlar, agar sizga köçada yolğiz yurgan söqirlar duç kelib qolsa, böyniga böyinturuq, qöliga kişan solib hibsxonaga keltiring, agar qarşilik qilguday bölişsa, bir-ikki orqasidan teping, uçib-uçib kelişadi…”
Söqirlarga yordam beriş haqidagi qarorning taqdirini bilgaç, yoş yozuvçi Abe birdan höngrab yiğlab yubordi. Kimdir mehr bilan qölini uning boşiga qöydi:
– Nima böldi, öğlim? Men birinçi marta bu qaroringizni eşitganimda bekorga “beçora söqirlar” demadim. Köryapsizmi, bu holatda faqatgina söqirlar yutqazişdi. Men esa yutdim.
– Siz? Siz nimani yutdingiz? – dedi Abe şlyapasini axtararkan.
– Mening tanqidçilarim bir nafarga kamaydi. Xayr, aziz birodarim! Agar yana birorta qaror çiqargingiz, islohot qilgingiz kelsa, albatta, taşrif buyuring.
Yoş yozuvçi:
– Kelib böbman! Ikki dunyodayam… – deya şivirladi va zinalardan hovliqib tuşgança saroyni tark etdi.
Arkadiy AVERÇENKO
(1881–1925)
“Qabrtoşlar: hikoyalar”, “Quvnoq ustritsalar”, “Davolovçi hikoyalar”, “Suvdagi aylanalar”, “Qoraga oq bilan”, “Begona ötlar”, “Panjaradagi möjiza”, “Böri örasi”, “Şumtakalar”, “Tovonbaliq va çörtanbaliqlar”, “Inqilob beliga piçoqlar”, “Iflos kuç”, “Bolalar”, “Qaynayotgan qozon”, “Çayongulda hordiq”, “Hayosizning hikoyalari” kabi asarlari maşhur.
2023/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


