Kökni qoplagan bulut Hisor etaklariga taqalib qoldi-yu, şatir-şutir yomğir yoğa boşladi. Men maşinada dorixonaga şifobaxş giyohlarni topşiriş uçun kirib ketgan Tolib ovçini kutib ötirardim. Aslida Miroqi şaharçasida u bilan tasodifan körişib qolgandim. Tolib ovçi yoşi qirqlarni qoralagan, darozdan kelgan kişi. Uni şaharçadan köra köproq örmonda uçratiş mumkin. Şu örtadagi dökondan bolalarga u-bu narsa xarid qilib qaytayotsam, ovçi lökillab yuribdi. Qölida törxalta, egnida uniqibroq qolgan yomğirpuş, boşida eski quloqçini ham bor. «Bu yoqlarga qanday şamol uçiribdi ovçini», desam:
– Dorixonaga mana bu giyohlarni topşiray, – deydi qölidagi törxaltaga işora qilib. – Meni ham qişloqqa olib ketarsiz?!
– Mayli, tezroq topşiring, birga qaytamiz, – dedim.
Maşina oynasidan sizib suv oqardi. Dunyo yomğirga aylanib oqayotgandek edi, göyo. Xayriyatki, ovçi hayallamasdan dorixonadan çiqdi. Men oynadan uning mungliğ va şikasta kayfiyatda törxaltasini tutgança maşina tomon kelayotganiga eʼtibor qildim. Aftidan, uning giyohlarini dorixonadagilar olişmagandi. U maşina ortidan aylanib ötdi-da, eşikni oçib törxaltasi bilan yonimga çökdi:
– Haydang, ketdik.
– Giyohlarni olişmadimi?.. – dedim törxaltaga işora qilib.
– Giyoh olib kelganimni ularga aytmadim, – dedi u qandaydir öksik tovuşda.
– Nega? – dedim maşinani asta yurgizarkanman.
– Sizga nima desam ekan, – tusmollandi u. – Zeboni körib qoldim.
– Qaysi Zeboni? – maşinani burib olarkanman, uning dabdurustdan aytgan gapidan hayron böldim.
– Siz uni bilmaysiz, u paytlar bola bölgansiz, – tuşuntirgan böldi ovçi.
– Rosti gap heç narsani tuşunmadim.
Maşina endi yölga tuşib olgandi.
– Zebo sinfdoşim, unga köngil qöygandim, – tortinib gap, boşladi u.
– Birinçi muhabbat deng, – yöldan nigohimni birrovga uzib, ovçiga qarab oldim.
– Şunday desa ham böladi, – gapimni tasdiqladi. – Har bir odamda şunday muhabbati böladi-ku?! Zebo, nima desam ekan, juda ham ğururli, boşqaça qiz edi. Ota-onasi u gödakligidayoq ajraşib ketgan ekan. Onasi ham, otasi ham boşqa-boşqa oila qurgaç, Zebo bobosi Neʼmat merganning qölida qolgan. Zeboning onasi şaharga erga tegib ketarkan, keksa söqqaboş otasiga kiçkina qizini “Sizga ovunçoq böladi”, deb qoldirgan. Taqdir-da. Qismat şunday bölgandan keyin kim nima qila olardi?! Neʼmat mergan uruş körgan çol, miltiq otişni menga öşa örgatgan. U tomida qizğaldoq ösadigan loyşuvoq uyda yaşardi, hozir bunaqasi heç joyda qolmagan. Xullas, Zebo öşa Neʼmat merganning nabirasi edi. Vey, Zeboni körsangiz, qanaqa qiz edi-ya?! Özi qoraçadan kelgan, soçlarini qirq kokil qilib öradigan şirin qizça. Körgan kişi şunaqa qizni ota-onasi taşlab ketganiga işonmaydi. Men uni birinçi marotaba maktabga borganimda körgandim. Keyin uning özimizning mahallada turişini, ota-onasi taşlab ketganini, bu yoğidan u yoği yaqin merganning qölida qolganini — hammasini kattalarning özaro gap-sözlaridan bilib oldim. Men unga juda ham açinardim, iç-içimdan rahmim kelardi. Şuning uçun uni özimga yaqin olardim. Törtinçi-beşinçi sinflarda öqib yurgan kezlarimizda bu yaqinlik faqat unga açinişimdan emas, boşqaça bir his ekanligini angladim. Lekin nima edi u, buni men hali bilmasdim. Anglaganim – uni heç kim xafa qilişini istamaganim, özimga juda ham yaqin olişim, boşqalardan zimdan qizğonişim kabi tuyğular ediki, bunday tuyğularni odam faqat ilk bor sevib qolgandagina his qilişi mumkin. O, bolalarning sevgisi qanday beğubor bölar ekan, biz kattalar buni keyin anglarkanmiz. Öşa paytlar mening Zeboga nisbatan tuyğularim ana şunday edi. Esimda, beşinçi sinfda biologiya öqituvçimiz bolalarni töpolon qilmasligi uçun bir öğil-bir qiz ötirğizaman, deganda:
– Meni Zebo bilan ötirğizing, – degandim.
Sinfxonada duv kulgi kötarilgan. Yaxşiyam, öqituvçimiz öşanda meni tuşungan. U kişi yoşi ötib qolgan keksa ayol Mukarram opa Ismoilova edi. Menga jilmaygança bolalarga izoh berganlar:
– Tolib bilan Zebo bir köçada turişadi. Şuning uçun ularni birga ötirğizaman. Boşqalarning ham jurnal böyiça qanday ötirişlarini aytaman.
Vey, şu biologiya öqituvçimiz özi boşqaça inson edi-da. Darsni şunaqa qiziqarli ötardilar. Men ösimliklar va hayvonot dunyosiga öşanda qiziqib qolgan bölsam kerak. Baʼzan ovçi bölişimga Mukarram opa darslarining taʼsiri bormikan, deb öylab qolaman. Bir gal u kişi bizga yurtimiz hududida ösadigan dorivor giyohlar haqida dars ötib berganida, men rostakamiga giyohlarga qiziqib qolgandim. Sababi, bu dorivor giyohlarning köpçiligi Oqsuvdaryo böylarida ösardi-da, örmon içkarisida esa ularning son-sanoği yöq.
Daryo va örmon etaklarida ğuj-ğuj ösadigan butasimon naʼmataklar ham dorivor xususiyatga ega ekanligini bilib olgaç, şifoxonada hamşira bölib işlaydigan oyimdan bu haqda söragandim. Naʼmatakning burtma tikanaklarini oyim sutçoyga solib qaynatardilar. Gullagandan keyin tugadigan mevasidan esa, içidagi danagini ajratib olib, murabbo tayyorlardik. Öşalarning hammasi, oyimning aytişiça, şifobaxş xususiyatga ega ekan. Oyim gap orasida naʼmataklarning özimizning dorixonalarda ham sotilişi, hatto sotib olinişi haqida gapirib qoldi. Naʼmatakni yaxşi bilasiz-ku?! Bizda uni hulhuli ham deyişadi. Andak tikani bor buta, yovvoyi atirgulga ham öxşab ketadi. Vey, gullaganda naʼmatak qanday çiroyli-ya?! Nimagadir naʼmatakni öylasam, Zebo esimga tuşadi. Nazarimda, uning xarakterida naʼmatakka öxşaş nimarsadir bor edi. Köngli nozikligi, ğurur va öjarligi – hammasida naʼmatakka xos bir nima borligini tuyardim. Biologiya öqituvçimiz va oyimning gaplaridan söng menda, bilasizmi, qanday ğoya tuğildi. Naʼmatak boşlarini qirqib töplaş va Zeboga yordam beriş. Gap şundaki, Zeboning bobosi nafaqadan bölak daromadi yöqligi uçun yolğiz nabirasiga ham tuzuk-quruq yordam berolmasdi. Maktabda hamma bolalarning ota-onalari u-bu narsa sotib olişi uçun tez-tez pul berib turişardi. Endi, maktabga muzqaymoq, paxta halvo, ravoçga öxşagan narsalarni sotişga olib kelişardi. Tanaffus vaqtlarida biz bolalar şunaqa narsalarni olişga juda işqiboz edik. Lekin unaqa narsalar sotiladigan joylarda Zeboni sira ham körgan emasman. Uni qöliga bobosi heç qaçon pul bermagan bölsa kerak. Arzimas nafaqasidan qanday ham bersin?! Albatta, men unga jon deb pul berib turgan bölardim. Lekin Zeboning xarakterini aytdim-ku, biram köngli nozik ediki, asti qöyaverasiz. Men pul berib turaman desam, uning xafa bölişi turgan gap edi. Hatto men bilan uruşib ham ketişi mumkin. Şuning uçun men bunga jurʼat qilolmasdim. Biz deyarli har kuni maktabdan birga qaytardik. Bir kuni men unga Oqsuvdaryo va örmon böyidan naʼmatak teriş va dorixonaga sotiş haqida oğiz soldim:
– Birga naʼmatak tersak, Miroqi dorixonasiga olib borib sotardik, – dedim. Baxtimga, Zebo köndi:
– Xöp, mayli, – dedi u.
– Qaçon boramiz?..
– Istasang, hoziroq, – dedim.
Oqsuvdaryo böyiga pildirab ketdik. Hatto toşloq joylarda ham ğuj-ğuj naʼmataklar ösib yotibdi. Daryoning şovullaşini aytmaysizmi?! Naʼmataklar şamolda silkinadi, daryo kuylaydi göyo. Eh, qanday ajib lahzalar edi. Zebo ikkalamiz naʼmatak boşlarini qölimiz bilan yulib, sumkamizga solardik. Qöllarimizga tikanaklari kirib ketardi. Öşa kuni u qadar köp naʼmatak terolmadik. Keyingi gal özimiz bilan birga qayçi olib keldik. Şunda naʼmatak teriş avvalgisiga qaraganda ança osonlaşdi. Biz daryo böyiga deyarli har kuni keladigan böldik. Naʼmatak uruğboşlarini qirqib yiğarkanmiz, bir oylardan söng ança-munça naʼmatak yiqqanimiz oydinlaşib qoldi. Zebo ham, men ham buni uydagilarimizdan yaşirardik. Men uni omborda doimo tönkarilgan turadigan savatning tagidagi törxaltaga solib qöygandim. Zebo ham bobosi közi tuşmaydigan joyga naʼmatak uruğboşlarini yaşirib qöygandi. Xullas, bir oydan söng naʼmatakka töla törxaltalarni avtobusga ortib, Miroqiga olib bordik. Dorixona egasini Rahim möylov deyişar ekan. Biz borgan vaqtimizda u qayoqqadir çiqqan, dorixonaga bizdan bir-ikki yoş katta öğli Mirkalon qarab turardi. Körinişidan böş-bayov bola ekanligi sezilardi. Şu bois unga latta degan laqabni Zebo ikkalamiz qöygandik. Dorixonaga kelgan odamga garangga öxşab qarab turardi-da. Naynovroqmidi, qanaqadir ğalati bola edi. Biz u bilan gaplaşib oldik:
– Otam naʼmatak oladi, – dedi u.
Rahim möylov kelgaç, savdolaşib işni bitirdik. U qöllari bilan möylovini burab silliqlarkan:
– Naʼmatakni öğirlab kelmayapsizlarmi? – dedi.
– Nega endi öğirlarkanmiz, amaki, – savolga savol bilan javob berdi Zebo. – Oqsuvdaryo va örmon böyi ğuj-ğuj naʼmatak-ku?! Biz öşa yerda turamiz.
Rahim möylov pulni sanab oldimizga taşlarkan:
– Mayli, hazillaşdim, bolakaylar. Agar yana bölsa, olib kelinglar. Men boşqa dorivor giyohlarni ham sotvolaman.
Rahim möylov bizga boşqa dorivor giyohlar röyxatini ham berdi. Zubturum, tuyatovon, zirk va yana allambalolar. Lekin ularni topiş uçun yo Hisor toğlari etaklariga, yo örmon içkarisiga kiriş kerak. U yoqda esa yovvoyi hayvonlar köp. Mana, ovçi bölganimdan keyin, endi-endi u yoqlarga qadam bosayapman. U paytlar hali Neʼmat mergandan otişni ham örganganim yöq edi. Şuning uçun biz Rahim möylov bergan dorivor giyohlarni izlaşga köp ham jiddu jahd qilganimiz yöq. Naʼmatakning özi bilan kifoyalandik. Zebo ikkalamiz şunday qilib, naʼmatak sotib ilk bora pul topgandik. Birnavi, özimizda pul bölişi Zeboga ham, menga ham yoqib qoldi, şekilli, Rahim möylovning dorixonasiga har yili naʼmatak mavsumida törxaltalarni töldirib borardik. U bizga bolalarga yetadigan pul berar, hatto öğli Mirkalon lattani bolalar qanday pul topayotganini aytib koyirdi. Mirkalon lattaga esa baribir edi. Naynovga öxşab otasi va bizga jimgina qarab turaverardi. Aslida unga pul topişning nima keragi bor?! Sirasini aytganda, menga ham keragi yöq edi. Otam hisobçi, topişi öziga yaraşa binoyidek, lekin şu Zeboga rahmim kelardi-da… Töğriroği uni yaxşi körardim. Zeboga yaxşi körişimni aytganmanmi?! Yöq, heç qaçon buni aytmaganman. Axir, qanday qilib ham aytardim. Ehtimol, u meni şunçaki döst deb öylagandir, yana bilmadim. Töqqizinçi-öninçi sinfda öqiyotgan vaqtlarimizda, uni yoqtirişimni aytişga köp oğiz juftlaganman. Lekin tilim kalimaga kelmadi. Özi, odam çindan ham kimnidir qattiq yaxşi körsa, buni heç qaçon röyi-rost aytolmaydi.
Orada Neʼmat mergandan ovni örganişga çoğlandim. U uruşda mergan bölgan-da. Ovçi uçun mergan böliş hofiz uçun şirali ovozga ega bölişday gap. Neʼmat mergan ança qarib qolgan, ammo ruhi tetik odam edi. U baʼzan men bilan örmon etaklariga ovga çiqardi. Bir gal yovvoyi tönğizni qanday otişni örgatgandi.
– Hayvonlarni heç qaçon soçma öq bilan otma, – degandi u. – Soçma faqat quşlar va mayda jonivorlarni otişga yaraydi. Yovvoyi tönğiz va ayiqni soçma bilan otsang, öldim deyaver. Yaralangan hayvon seni burda-burda qilib taşlamagunça tinçimaydi.
Neʼmat mergan menga köp narsani örgatgan. Aholi yaşaydigan joyda miltiq stvolini quyiga qaratib yurişdan tortib, quşlarni otişda havoga kötarilişini kutişgaça – hammasini öşandan örganganman. Men undan gap orasida Zebo haqida ham u-bu narsalarni sörab olganman.
Maktabni bitirganimizdan söng Zebo farmatsevtika institutiga öqişga kirdi. Maktabda biologiya va kimyoni yaxşi öqigan-da. Men esa armiyaga ketdim. Armiyada yurgan vaqtlarimda uyga qaytgaç, Zeboga sevişimni albatta aytaman va unga uylanaman deb özimga özim söz berdim. Lekin armiyadan kelgaç, eşitdimki, Neʼmat mergan Zeboni turmuşga berib yuboribdi. Ustimdan muzdek suv quyilgandek, yuragim böm-böş bölib qoldi. Qölim işga bormas, nima qilişimni ham bilmasdim.
– Közim oçiqligida uni turmuşga berdim, endi könglim töq, – degandi mergan.
Mana, şunga ham ön beş yildan oşiq vaqt ötibdi. Öşandan beri Zeboni körganim yöq edi. Turmuşga çiqib ketganidan söng hafsalam pir böldi. Ota-onam meni ham bir qizga uylantirişdi. Avvaliga xotinimga könglim yöqroq edi, keyin-keyin örganib ketdim. Farzandlar tuğilgaç, riştalar mustahkamlanar ekan. Ötgan yillar içida Hisor örmon qöriqxonasida işladim. Ovçilar jamiyatida masʼul böldim. Bu orada Neʼmat mergan ham dunyodan ötib ketdi. Uning taʼziyasiga keçikib bordim. Zebo va onasi kelgan ekan. Buni xotinimdan eşitdim. Lekin uning özini öşanda ham körganim yöq. Lekin bugun kördim. Işonasizmi, u kimga tekkan ekan?! Öşa Rahim möylovning öğli Mirkalon lattaga xotin bölibdi. Mana bu dorivor giyohlarni topşiraman deb kirsam, qoraçadan kelgan, biroz tölişgan xuşbiçim xotin turibdi. Yuz-közlari menga juda ham taniş.
– Zebo, sizmisiz?.. – deb yuborganimni bilmay qoldim.
Zebo ham meni tanib asta boş irğadi-da:
Siz… – deya oldi, xolos. Şu payt içkaridan:
– Zebo, kim ekan?.. – degan erkak kişining ovozi keldi.
Qarab turdim, bir mahal içkaridan Mirkalon latta çiqib kelsa böladimi?! Özi, Zeboni bu dorixonada körganimdayoq yuragim şiğ etgandi. Otasi Rahim möylovga nimasi bilandir öxşab ketadigan Mirkalon latta:
– Sizga nima kerak? – dedi.
– Heç narsa, – dedim-da, taşqariga otilib çiqib ketdim. U meni tanidimi-yöqmi, bilmadim. Bölgan gap şu.
Ey, sizni ham kela-kelgunça boşingizni qotirdim. Qişloqqa yetib kelibmiz-ku?! Meni narigi köça boşida taşlab keting.
– Xöp, – dedim men yomğirli havoda qişloqqa kirib kelarkanmiz.
– Törxaltangizdagi naʼmatakmi?..
– Yöq, – dedi u.
– Naʼmataklar hali uruğboş tugmagan. Ehtimol, endi gulga kirayotgandir. Bahor adoğida meva tugişni boşlaydi. Bular Rahim möylov bir paytlar röyxatini bergan boşqa dorivor giyohlar. Yaqinda qöriqxonani tekşirgani çiqqanimizda, ermakka tuyatovon tergandim. Bolalikni eslab, Rahim möylov işlayotgan bölsa, şunga olib boray degandim. Kördimki, u işlamayotgan ekan. Dorixonani endi kelini va öğli yuritayapti, şekilli. Mayli, men tuşaman. Ana u simyoğoç oldida töxtang.
Maşinani Tolib ovçi aytgan joyga töxtatdim. U maşinadan tuşarkan, törxaltasini unutganini eslatdim. Beparvo qöl siltadi:
– Şu giyohlar sizga, bugun kimgadir berişim kerak edi. Sizga nasib qilgan ekan.
Gapimiz tugamasdan yomğirda biz tomon yugurgilab kelayotgan qizçani körib qoldi.
– Dadam keldilar! ..
– Öşa yerda tur, qizim, – ovçi yugurib borib qizçani kötarib oldi-da, uyi tomon keta boşladi. – Nega yomğirda yuribsan?..
– Sizning kelişingizni kutib turgandim, – dedi qizça. – Sizni soğindim.
– Men ham sizlarni soğindim, qizim.
Maşinani ortga burib olayotganimda Tolib ovçi “rahmat” degandek boş silkib, qöl kötarib qöydi. Maşinani sekin haydab ketarkanman, odamzod qismatining naqadar sirli ekanidan hayratga tuşib, bir maromda yöl bosib borardim. Yomğir esa hamon şiğalab yoğardi…
Şerzod Xalil
1982-yil tuğilgan.
Özbekiston Milliy universiteti falsafa fakultetini tamomlagan.
Hikoyalari adabiy töplam va naşrlarda eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


