5 daqiqada öqiladi

93 marta körilgan

“Yoşlik” – zangor fasl nafasi

Orif Töxtaş

 Töğrisi, men “Yoşlik” jurnali bilan bolalik çoğlarimdan “oşno”man, desam mubolağa bölmaydi. Oşnaligim sababi – boşlanğiç sinf öquvçisi bölsam-da uning har bir yangi sonini mehr bilan varaqlardim, ammo jurnal sahifalarida çop qilinayotgan baʼzi bir ijtimoiy-tahliliy maqolalar mağziga “tişim ötmasdan” uydagilardan kömak söraganlarim ham esimda.

 

Uyimizda katta kutubxona bölardi, biz uni (qurilişi holatidan bölsa kerak) köndalang uy deb atardik. Onajonim biror iş buyursalar ham biz farzandlarini faqat mana şu manzildan topardilar.

Rahmatli otam mahallamizdagi 24-örta maktabda uzoq yillar direktor bölib işlaganlar. Ijodni juda qadrlar, özi ham baʼzida maqola va şeʼrlar yozib turardilar. Uşbu qiziqişlar sabab bölsa kerak, heç mubolağasiz bizning xonadonimizga kirib kelmagan adabiy naşrning özi yöq edi. “Şarq yulduzi”, “Guliston”, “Fan va turmuş”, “Yoşlik”, “Saodat”, “Muştum” kabi jurnallar hamda davriy gazetalarning aksariyati “poçtaçi” Saydan boboning çipor xörjunida bizning uyimizga yetib kelardi. Bolalarga möljallangan naşrlarga esa maktabimiz orqali biz özimiz obuna bölardik.

Har bitta yangi naşr bizning uyimizda özgaça mehr bilan qarşi olingan. Ularda çop qilingan yaxşi asarlar böyiça dasturxon atrofida ham bahslar boşlanib ketardi. Mana şu kabi suhbatlar men va opamni ijodkor qilib tarbiyalagan, desam adaşmagan bölaman.

Otam bizning yoşimiz va qiziqişlarimizga qarab munosib kitoblarni muntazam yetkazib berar edilar. Xullas, bizning uy kutubxonamizda yuqorida sanab ötilgan barça naşrlarning sonma-son jamlanmasi uçun ham alohida joy ajratilgan edi.

Ötgan yili “Yoşlik” jurnali xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali “jurnalimizning tarixiy falon sonlarini topişda yordam bering” qabilidagi eʼloniga közim tuşganda ham mening bolalikdagi “qadrdonim”ga aylanib ketgan uy kutubxonamizni qömsab qöygan edim.

Bugun men Toşkentdaman, ammo meni ijodkor qilib tarbiyalagan va SÖZga mehr uyğotgan holda poytaxt sari oq yöl tilab kuzatganlarning barçasi Samarqandda! Men uçun qutluğ sanalgan uşbu safda uy kutubxonamiz tokçalari uzra “YoŞLIK”  jurnali ham köriniş berganday tuyuladi. Zero, bir donişmand: “Men hayotdagi barça yutuqlarim uçun aziz ustozlarim sanalgan Kitoblardan minnatdorman!” degan ekan.

Xonadonimizga mehmon bölib kelganlar, özimning yaqin örtoqlarim kutubxonamizga közi tuşib, “Eh-he, mana şularning barçasini öqiganmisan?” deb qöyişardi. Qolaversa, baʼzi bir adabiyotlarni axtarib, heç qaerdan topa olmay yurganlar ham kelib qolişardi. Otam ular uçun kerakli şaroitlarni yaratib berişimizni, imkoni boriça yönalişdan kelib çiqib yordam körsatişimizni tayinlardilar. Çunki bizning Kutubxonamizning öziga xos tartib-taomillari mavjud edi. Xususan, “Jahon adabiyoti”, “Vatan adabiyoti”, “Til va adabiyot fanlariga oid”, “Davriy naşrlar” , “Bolalar adabiyoti” va şu kabi bir qança bölimlarga ajratilgan edi…

Xullas, men “Yoşlik” jurnalini va jurnal meni yaqindan “kaşf” etgan davrda 13 yoşda ekanman. 1989 yil 11-sonida “Nevarakulça” sahifasida kaminaning bir turkum bolalarga bağişlangan şeʼrlari çop qilingan edi. Öşa paytdagi hayajonli holatim va ayniqsa otamning quvonçiga taʼrif keltirib bölmasdi. Şu-şu, “Yoşlik”ni qöldan qöymaydigan va har bir sonini özgaça bir intiqlik bilan kutadigan böldim.

Jurnalning öşa yillarda çop qilingan sonlarida mening eʼtiborimni alohida tortgan maxsus sahifalar bölardi. Xususan, “Til sandiği” ruknida respublikamizning turli nuqtalaridagi şevalardan namunalar va ularga şarhlar berib borilgani yodimda. Mana şu rukn uçun ham özimizning mahalla-köyda qöllaniladigan şeva sözlarini töplab, tahririyatga yöllagan paytlarim ham bölgan.

Şuningdek, “Nigoh” rukni ostida elga taniqli sanʼatkor-u ijodkorlarning ikki sahifalik noyob suratlari berilar edi. Bu ham bölsa yoş qalbning öziga xos havasmandligini belgilab bergan bölsa, ne ajab?!.

Bundan taşqari, “Oyna” rukni ostida ham juda ötkir gaplar aytilardi. Misol uçun, tahririyatga yöllangan şikoyatlar muxbirlarning joyiga borib örganilgan tegişli xulosalari asosida tayyorlanardi.

Bir söz bilan aytganda, jurnal sahifalaridagi sarlavhalarning özi muştariylar eʼtiborini tormasdan qolmasdi. Qaysi bir sahifani oçmang, undagi publitsistik çiqişlar, tagdor sarlavhalar, yap-yangi ijod namunalari yoxud dunyo adabiyotining durdona asarlari tarjimalari har qanday öquvçini öziga mahkam “boğlar edi”. Adadi ham 300 000 nusxa atrofida çop etilib turgan bunday ommabop jurnalni zavq bilan mutolaa qiliş kimga ham yoqmaydi, deysiz?!.

Oradan ança yillar, köp suvlar oqib ötdi. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida mazkur qadrdon jurnalimizning ikki-uç soni bir muqova ostida çop etilgan kunlari ham böldi. Köpgina naşrlar bunday sinovlarga doş berolmadi, ammo “Yoşlik” öz nomi va asl muştariylaridan kuç oldi şekilli, oğir damlarni bardoş ila ötkazdi…

Oltinga teng talabalik yillarini şahri Samarqandda qoldirib, jurnalistlik faoliyatimni poytaxtda boşlaşga töğri keldi. Axborot agentligida, ijodiy uyuşma hamda turli naşrlarda öz iqtidorimni sinovdan ötkazib yurgan çoğlarimda ham “Yoşlik” bilan hamnafas edim. Jurnal tahririyatida işlaydigan qadrdon ijodkor akalarimdan munosib yöl-yöriqlar olganim ham bor gap.

Keyinçalik jurnal sahifalarida bot-bot çiqişlar qildim. Ayniqsa ijodkor akalar taklifi ila “Bayram hazili” ruknida “Qor haqida kim qanday yozgan bölar edi?” hajviy parodiyalar bitganim va uning jurnalda çop qilingani hali-hamon yodimda. Eng qiziği, ularning barçasi Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Anvar Obidjon, Azim Suyun, Saʼdulla Hakim, Sirojiddin Sayyid singari ustoz ijodkorlar ijodiga boğlangan edi…

Oradagi 4-5 yilni inobatga olmasak, “Yoşlik”ni özimning eng yaqin döstim, tengqurim desam ham bölarkan. Sözimning avvalida aytganimdek, bolalik davrimdanoq menga maslahatgöy va hamfikrlik qila olgan, Söz ilmiga mehrimni oşirgan holda ijod olami sari yetaklagan döstimni bugungi qutluğ yoşi bilan tabriklayman!

Ustoz ijodkor, Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Abdulla Oripov menga özining yangi bir kitobini tutqazar ekan, “Otajonim Orifjon! Ismingni unutma!” deya dastxat yozib bergan edilar. Mana şu sözlar – eʼtiroflar meni har lahza huşyor torttirib turadi. Şu lahzada men ham özimga qadrdon bölib ketgan “Yoşlik” döstimga ustoz sözlaridan ulgu olgan holda “Nomingni unutma!” degim kelyapti.

Navqironlik muborak bölsin, maslakdoş jurnalim!

Orif TÖXTAŞ,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi,

şoir, jurnalist, “Şuhrat” medali sohibi.

2023/4

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)