88 marta körilgan

Kengaymoqda yurak hududim.

Burhon Rahmat

Nigoh

Öğirladi nigohimni u,

Göyo rangsiz körindi dunyo.

Dunyo özi bir kam bölar-u,

Şu kamimsiz yaşolmam göyo.

Nigohlari asir ayladi,

Asir tuşdi butun vujudim.

Bir çimdimlik böldi bu dunyo,

Kengaymoqda yurak hududim.

Şoşilaman, şoşaman har gal,

Nigohimni yöqotgan joyga.

Şunçalar ham bölarmi gözal,

Öxşatmasdan bölmaydi oyga.

Balki u ham berolmay bardoş,

Ikki közin har yonga otar.

Közlarida çaqnagan quyoş,

Yonoğiga qizarib botar.

Qani vaqtni ortga burolsam,

Dunyolarga siğmaydi ohim.

Qani körsam, yana körolsam,

Öğirlangan öşa nigohim.

Ona

Eski hovli, darça eskiça,

Muştoq bölib nuragan devor.

Peştoqida bitta musiça,

Onam kabi kutar intizor.

Yölimga köz tikkan deraza,

Ma’yus boqar bağrini oçib.

Parçalaydi, bağrimni ezar,

Sizsizlikdan bölmas heç qoçib.

Tor köchaning bolaliklari

Keng dunyoga yoyilib ketgan.

Lek olamning bu kengliklari

Bağringizdek keng emas ekan.

Uyda armon şamoli esar

Yodlantirib dil zoringizni.

Hovli töla rayhonlar esa

Eslatadi iforingizni…

Burhon RAHMAT

 

1993-yili tuğilgan.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2018).

 

2023/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.