2 daqiqada öqiladi

99 marta körilgan

Özbek adabiyoti soldati

Nosir Fozilov

Yozuvçi, tarjimon Nosir Fozilov 1929-yil 10-iyunda tavallud topgan. Nosir Fozilov XX asr özbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qöşdi.

Yozuvçining “Oqim”, “Robinzonlar”, “Quş qanoti bilan”, “Qorxat”,  “Kiçkina demang bizni”, “Saraton”, “Diydor”,  “Bolaligim – poşşoligim”,  “Bir otar töpponça”, “Toşkentning nosi”,  “Said Ahmad, noming baland”,  “Munavvar lahzalar”, “Eslasang könglim yorişur”, “Ustozlar davrasida”, “Ustoz sözlaganda”, “Topdimu yöqotmadim”,  “Noşir va Nosir sözi”, “Tuşovli toy”, “Köklam qissalari” kabi kitoblari naşr etilgan.

Şuningdek, adibning qoraqalpoq va qozoq tillaridan qilgan gözal tarjimalari, ayniqsa, tahsinga sazovor. Nosir Fozilov Özbekistonda xizmat körsatgan sanʼat arbobi (1990) unvoni hamda “El-yurt hurmati” (1999) ordeni, Özbekiston Respublikasining Davlat mukofoti (2011) bilan taqdirlangan.

2018-yil 13-yanvarda Toşkent şahrida vafot etdi.

 

Nosirning qissalari köngillarimizning allaqayerida mudragan bolalik xotiralarimizni uyğotadi. Köksimizga muzdek salqinini olib kelgandek böladi. Yonbağirlarda sudralgan poda ovozini eşitgandek, şu poda orqasidan kötarilgan çang-tözonlarni körgandek bölasiz. Guvala devor orqasidagi tandirdan kötarilgan köm-kök tutun bilan yangi yopilgan nonning omuxta hidi dimoqlaringizni qitiqlaydi.

Said Ahmad

Adabiy muhit, mening nazarimda, bir ulkan yonib turgan gulxanki, uning atrofida ijodkorlar öz topganini bu gulxanga taşlab uni gurkiratadi.Oltmişinçi yillarda… bir töda yoş ijodkorlarga şunday otaşkorlarning bittasi Nosir Fozilov xonadoni edi.

Erkin Vohidov

Qadrdonim, quvnoq, dilbar, dilkaş, ayni çoqda tiksöz, adolatsevar döstim Nosir Fozilov köplar qatorida mening ham boşimni silagan, maslahatlarini, amaliy yordamini ayamagan inson edi.

Xudoyberdi Töxtaboyev

Nosir aka ötgan asrning oltmişinçi yillaridan boşlab keyingi öttiz-qirq yil içida adabiyotga kirgan barça nasrçi adiblarning ğamxöri, maslahatgöyi, aksariyatining ustozi edi…

Erkin Aʼzam

Şunday yozuvçilar borki, özining asarlariga qaraganda boşqalarning asarlarini çiqarişga köproq eʼtibor beradi. Nosir Fozilov şunday fidoyi ijodkorlardan.

Yöldoş Sulaymon

Nosir Fozilov butun umri davomida özbek va qozoq adabiyotlari örtasida mustahkam köprik bölib keldi va uzoq zamonlar şunday bölib qoladi.

Naim Karimov

Nosir aka yozuvçi, tarjimon, muharrir sifatida özidan salmoqli meros qoldirdi. Bu uç sohada köplar yetolmagan marralarga yetdi, boşqalar uçun orzu bölib qolgan muvaffaqiyatlarga erişdi. Dilida borini yuzaga çiqarib yaşadi.

Ahmadjon Meliboyev

Nosir aka halol, havas qilsa arzigulik ajoyib umr keçirdi. Sözi bilan işi bir, oçiqköngil, haqiqiy ziyoli bölib, özbek xalqiga bir qança ajoyib asarlar taqdim etdi.

Şu sababli u kişi haligaça özidan ziyo taratib turganga öxşaydi.

U ziyo sira sönmasligiga işonçim komil.

Isajon Sulton

Isteʼdod va şaxsiyat uyğunligi – kamdan kam ijodkorga nasib qiladigan neʼmat. Nosir oğa – ayni şunday kamyob odamlardan…

Qozoqboy Yöldoş

Rahmatli Nosir akamdan faqat mehr körganman. Koyiganda ham – men nodonga azbaroyi qayişganidan koyir edi. Nosir akadek töğrisöz, kezi kelganda tuğişganini ham ayamaydigan haqgöy adamlar kam uçraydi.

Murod Muhammad Döst

U kişi kamtarin, bağrikeng, oqköngil, halol, mehmondöst inson edilar. Hayotda ham, ijodda ham intizomni yaxşi körardilar. Biror joyga boriş kerak bölsa, albatta, vaqtidan ön-ön beş daqiqa ilgari borardilar. Birovga vaʼda bersalar, öşa işni muddatidan oldinroq bajarardilar.

Muborak Fozilova

2023/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)