49 marta körilgan

Siyratim bor gulgun qalbingda…

Ölmasbek Raimqulov

* * *

1

Jönadim yöllarni yelkalab,

Toğlarga tayanib horidim.

Quyoşdan köhnaroq ölkada

Jonimni şafaqqa qorigum.

Borurman har nedan voz keçib,

Toparman osmonning uçini.

Olurman yaşinning zarbidan

Jon bergan daraxtning öçini.

O, balki, mağlub ham bölurman,

Lekin, yor, sen qolgin hur bölib.

Har sahar eng totli izhorim

Çehrangga yoğilar nur bölib.

2

Bas, borliqdan yiğiştirib ol,

Zillat töla nigohlaringni.

Kaftlaringni tuproqqa qada,

Ufqqa qala nigohlaringni.

Siyratim bor gulgun qalbingda,

Heç bulbulga çalğima, ğunçam.

Yiğla, yiğla, köz yoşlaring to

Daraxtlarga aylanmagunça.

* * *

Men tört fasl yomğirsöz odam,

Sen kök eding közlarim suygan.

“Çak-çak” – bizning ilohiy nota,

Yaratardik laylaksoz kuylar.

Men tört fasl yomğirdöz odam,

Yer – aşkimdan tözgan yölaklar.

Sen qiş bölding, umrimga motam,

Laylakqorga döndi laylaklar…

* * *

Zulmatga çirmaşib ösadir umrim,

Biroq hosili töq vijdon xirmonin.

Mening men anglamas bokira sirim,

Mening mendan özgan zarif unvonim…

…Senga borayapman közlarim qaqrab,

Aytarim sukunat, nigohim galdir.

Alvido, taftimga töymagan boğlar,

Bunda mening asl manzilim – yöldir.

Ölmasbek RAIMQULOV

 

2000-yili tuğilgan.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2022).

 

2023

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.