27 daqiqada öqiladi

117 marta körilgan

Markyor xotiralari

Lev Tolstoy

(hikoya)

Bu voqea çamasi soat uçlarda röy berdi. Janoblar bilyard öynayotgan edi: katta mehmon (bizda uni şunday ataşadi), knyaz (u bilan hamişa birga yuradi), möylabli barin ham, pakana gusar, Oliver (asli aktyor) va Pan ham şunda edilar. Ança odam yiğilib qolgandi.

Katta mehmon knyaz bilan öynardi. Birgina men qölimda maşinka, bilyardni gir aylanib, hisob-kitob yuritardim: töqqizga – qirq sakkiz, ön ikkiga – qirq sakkiz. Markyorlar[1] işi özingizga maʼlum-ku: tuz totmay, ikki keça mijja qoqmay hisob yuritadi, qiçqiradi, şar teradi. Dilimda hisoblayotgan edim, qarasam: eşikdan yangi barin kirib keldi, atrofga qaradi-da, divanga çökdi. Maʼqul.

“Bu kim böldi ekan? Allakimdir-da”, – öyladim özimça.

Ust-boşi orasta, şunçalik tozaki, endigina ignadan çiqqanday: trikotaj şim – katak-katak, kamzuli sönggi urfda biçilgan, kalta, ixçam baxmal nimça va oltin zanjir, unga yana allambalolar qadalgan.

Orasta kiyingan, özi yanada orasta körinadi: ingiçka, böydor, soçini jingalak qilib oldga taragan – sönggi urfda, yuzi oq-qizil – ha, qoyilmaqom.

Özingizga maʼlum, işimiz şunaqa, har xil kimsalarga duç kela­miz: olijanoblari ham bor, ammo bir pulga qimmatlari köproq; şunçaki markyor bölsang-da, u yerdagilarga teng böliş uçun siyosatdan ham ozmunça boxabarlik lozim.

Baringa köz taşladim: jim ötiribdi, heç kimni tanimaydi, köylagi ajabtovur; özimça öyladim: balki, ajnabiydir, ingliz bölib çiqar, yoki kelgindi graflardan biridir-da. Yoş bölişiga qaramay, qiyofasi boşqaça. Uning yoniga Oliver ötirgandi, biroz özini tortdi.

Partiya tugadi. Katta yutqazdi-yu, menga zahrini soçdi:

– Sen, – dedi, – doim aldaysan: atrofga anqayib notöğri hisoblaysan.

Koyidi, söng kiyni otib yuborib, çiqib ketdi. Hayron qolasan! Oqşomda knyaz bilan ellik sölkavoydan tikib öynaydi, hozir bir şişa makon[2] yutqazdi-yu, özidan ketdi. Feʼli aynigan! Knyaz bilan ikki soatlab öynaydi, ammo luzaga (şarga) pul tikişmaydi, axir bilaman-ku, ikkisining ham bir çaqasi yöq, oliftagarçilikka balo bormi?!

– Böladimi, – dedi, – yigirma beşdan burçakka?

– Kelişdik!

Biroz anqayib qolsang yo şarni notöğri qöysang, – axir, men ham toşmasman-ku! – başarangga tuşirişga çoğlanadi.

– Payraha emas, pulga öyna­yapmiz, – deydi.

U hammadan köra köproq mening jonimga tegadi. Mayli, maʼqul. Katta mehmon ketdi-yu, knyaz notaniş baringa yuzlandi:

– Men bilan öynaşni istamaysizmi?

– Jonim bilan, – dedi Barin.

U ötirganda sodda-gölday köringandi, qani! Özini erkin, xotirjam tutmoqçi böldi. Ha, örnidan turib, yaqinlaşdi, ammo öxşamadi: hayiqdi. Çöçidimi, çöçimadimi, baribir, nashʼasi past. Yangi köylakda özini önğaysiz his qildimi, yoki hamma unga tikilgani noqulaylik tuğdirdimi, haligi olifta yöq. Qandaydir yonlamasiga yuradimi-yey, çöntagi luzaga[3] ilinib qoladimi-yey, kiyni börlasa, börni yerga tuşirib yuboradimi-yey… Şar urib tuşirmoq­çi bölsa, möljallayverib, yuzi qizarib ketadi. Knyazga öxşamaydi-da: u öyinning hadisini olgan – yeng şimaradi, kiyga qöşib qölini ham börlaydi, zarb bilan urganda luzalar titrab ketadi, xullas, ustasi farang.

Ikki yo uç partiya öynadi, yodimda yöq, knyaz kiyni joyiga qöyib dedi:

– Ism-şariflarini bilsak böladimi?

– Nexlyudov, – dedi.

– Sizning otaxoningiz, – dedi knyaz, – korpusga qömondonlik qilganmi?

– Ha, – dedi.

Söngra fransuzçalab nimalarnidir gapi­rişdi, tuşunolmadim, avlod-ajdodlarini eslaşdi, şekilli.

 – A revuar[4], – dedi knyaz, – tanişganimdan bağoyat mamnunman.

Qölini yuvdi va tamaddixonaga yönaldi, Nexlyudov esa qölida kiy, qaqqayib turar, şarlarni surardi.

Bizning işimizda, özingizga maʼlum, yangi kelganlar bilan yo qöpol, yo şirin muomala qilinadi: şarlarni olib, yiğa boşladim. U qi­zarib, dedi:

 – Yana öynasak böladimi?

 – Albatta, – dedim, – bilyard öynaş uçun qöyilgan-ku. – Özim uning yuziga qaramay, kiyni örniga qöydim.

 – Men bilan öynaşni xohlaysanmi?

 – Mayli, taqsir, – dedim.

Şarlarni örniga joyladim.

 – Tuynukka maʼqulmi?

 – Tuynukka, – dedi u, – bu nima degani?

 – Oddiy, – dedim, – yutsam, siz yarim söm berasiz, yutqazsam, men bilyard tagidan ötaman.

Özingizga maʼlum, bunaqasini körmagan, şuning uçun ğalati tuyuldi, kuldi.

 – Qani, boşladik, – dedi.

 – Maʼqul! – deya Gap qotdim:

– Menga qança imtiyoz berasiz?

– Nahotki, – dedi, – mendan ham yomon öynaysanmi?

– Bölmasam-çi, – dedim, – bizda sizga bas keladiganlar kam topiladi.

Öynay boşladik. U özini usta deb öyla­gani aniq: şunday taqillatadiki, öta nönoq; Pan esa, ötirvolib, gap taşlaydi:

– Mana şar! Ana zarba!

Qanaqangi deng!.. Zarbasi aniq, ammo möljal olişda heç baloni bilmaydi. Ha, mehmon-da, birinçi partiyani yutqazib berdim: bilyard ostiga kirib, zorlandim. Şunda Oliver va Pan örnidan sapçib turib, kiylarni urib taqillatişdi.

– Ajoyib! Yana, – deyişardi ular, – yana!

Nega endi “yana” bölarkan! Ayniqsa, Pan yarim söm uçun bilyardning tagi emas, Mo­viy köprik ostiga ham jon-jon deb tuşadi-ku. Hozir esa, qiçqiryapti:

 – Ajoyib, – dedi, – çangigani şamol de­gani emas.

Men barçaga maʼlum, kimsan – Petruşka-markyor. Tyurinman, Petruşka-markyor.

Faqat çinakam öyinimni körsatmadim: keyingisida ham yutqazdim.

– Siz bilan, taqsir, – dedim, – unaqasiga ham, bunaqasiga ham öynab bölmaydi.

Kuldi. Keyin ketma-ket uçta partiyani şunday yutdimki, – unda qirq töqqiz, menda heç vaqo yöq edi, – men kiyni bilyard ustiga qöyib, dedim:

– Taqsir, hammasiga öynaymizmi?

– Qanaqa hammasiga? – dedi.

– Yo sizdan uç söm, yo durang, – dedim.

– Nima, – dedi, – men hali sen bilan pul tikib öynayapmanmi? Tentak!

Hatto qizarib ketdi.

– Maʼqul.

U partiyani yutqazdi.

– Yetadi, – dedi söng.

Katmonini çiqardi, yangigina ekan, menimça inglizlar dökonidan olgan, içini oçdi, qarasam, oliftalik qilmoqçi. Katmon töla pul, hammasi yuz sömlik.

– Yöq, bu yerda mayda yöq ekan, – dedi u.

Çöntagidan uç sömlik çiqardi.

– Mana, – dedi, – ikki söm partiyalar uçun, qolganini aroqqa ol…

Minnatdorman, taşakkur. Kördimki, ajo­yib barin! Bunaqalarga qurbon bölsang, arziy­di. Afsuski, pul tikib öynamaydi-da, yöqsa, öyla­dim, bir evini qilib yigirma söminimi yo qirq söminimi amallarmidim. 

Barinning pulini körişi bilan Pan: “Men bilan bir partiyagina öynamaydilarmi? – dedi. – Usta ekansiz”. Tulki, heç fursatni qöldan çiqargisi kelmaydi. “Yöq, dedi u, afv etgaysiz, vaqtim yöq”. Söngra ketdi.

Bu Pan deganlari, jin ursin, kim özi? Kimdir uni Pan deb çaqirgan-u, şu-şu Pan bölib ketgan. Baʼzan kun böyi bilyardxonada ötiradi, hammani kuzatadi. Uni döpposlaşdi, tergaşdi, heç bir öyinga qöşmay qöyişdi ham, baribir, sarxonali muştugini tutatib, burqsitib ötiraveradi. Ammo toza öynaydi… doğuli!

Maʼqul. Nexlyudov ikkinçi, uçinçi marta keldi, keyin serqatnov bölib qoldi. Ertami, keç­mi, – kelaveradi. Uç şar, alager, piramida – hammasini örgandi. Dadillaşdi, hamma bilan tanişib, durustgina öynay boşladi, qöli ke­lişib qoldi. Özingizga maʼlumki, navqiron, aslzoda, puli köp – hamma hurmat qiladi-da! Faqat bir kuni katta mehmon bilan orada gap qoçdi.

Arzimagan sababdan janjal çiqdi.  

Knyaz, katta mehmon, Nexlyudov, Oliver va yana kimdir alager öynayotgan edi. Nexlyudov peçkaning yaqinida kim bilandir gurunglaşib turgandi, şar uriş navbati katta mehmonga kelganda u yaxşigina sarxuş edi. U urmoqçi bölgan şar peçkaning qar­şisida ekan: öşa taraf torroq, katta mehmon şarni quloçkaşlab, xöp aylantirib urişni xuş körardi.

U Nexlyudovni payqamadimi yo atayin qildimi, şarni möljallab, kiyni aylantirdiki, bir çeti Nexlyudovning kökragiga şunda-ay tegdi! Beçora oh tortib yubordi. Keyin nima böldi deng? Keçirim söramadi – buni qarang, qörs! Aksinça, heç narsa bölmaganday, Nexlyudov tomonga qaramadi ham; ustiga-ustak, tönğilladi: “Nega, dedi, hadeb şu yerga tiqilişadi? Eh, şarim tuşmadi. Boşqa joy qurib ketganmi?”

Nexlyudov uning qarşisiga kelib, rangi oqarib, ammo heç gap bölmaganday xotirjam, odob yuzasidan dedi:

– Siz, taqsir, hozir mendan uzr söraşingiz lozim: meni turtib yubordingiz.

– Uzr söraşga fursat yöq! Men, – dedi, – hozir yutişim kerak edi, endi u mening şarimni urib tuşiradi.

Nexlyudov yana takrorladi:

– Siz mendan uzr söraşingiz kerak.

– Nari turing-e, – dedi. – Tirğalişini qarang!

Özi esa öşa şardan köz uzmadi. Nex­­­l­yu­­dov katta mehmonga yaqinroq borib, qölidan tutdi.

– Tarbiyasiz ekansiz, muhtaram janob! – dedi.

Jismonan nozik, navqiron, qiz boladay yuzlari qizarsa ham qançalar mağrur yi­git: közlari yonib, yeb qöygudek tikildi. Katta mehmon baquvvat, barvasta – Nexlyudovga yöl bölsin!

– Nima, – dedi u, – tarbiyasiz?!

Şunday baqirdiki, muştini dölaytirib taşlandi. Bu yerda kim bölsa, sapçib tu­rişib, ularning qöllaridan tutib, ajratişdi. Safsata bölsa-da, Nexlyudov dedi:

– Uni yakkama-yakkaga qöyib beringlar, meni haqorat qildi, – dedi, yaʼni u bilan duelga çiqaman demoqçi. Özingizga maʼlum, janob­lar: ularda mana şunday udum bor… Aslo!.. Axir, birgina söz-ku, janoblar!

– Heç qanaqa tartibni bilmayman! – dedi. – U bolakay-ku, boşqa heç kimmas. Uning quloğidan çözib qöyaman.

– Nahotki siz, – dedi u, – duelga çiqişni istamaysiz, demak, olijanob emassiz.

Özi esa yiğlab yuborgudek bölib turibdi.

– Sen yoş bolasan: xafa bölişga arzimaysan, – dedi katta.

Ha, ularni ajratib, turli xonalarga surgaşdi. Nexlyudov knyaz bilan yaqin edi.

– Bor, – dedi unga, – Xudo xayringni bersin, kattani yölga sol, duelga çiqişga rozi bölsin. U mast edi; balki, endi huşiga kelib qolgandir. Mumkin emas – bu işni şundayligiça qoldirmaydi.

Knyaz bordi. Katta:

– Men, – dedi, – duelda ham, uruşda ham jang qilganman. Yoş bola bilan otişmayman. Xohlamayman, böldi, bas qiling, – dedi.

Xullas, valaqlaşdi, valaqlaşdi, oxiri tinçişdi, faqat katta mehmon bu yerga kelişni töxtatdi.

Bu masalada, xijolatlik bölsa ham aytaman: jöjaxöroz edi u, jizzaki xöroz… öşa Nexlyudov-da… bundan boşqa masalalarda ham aqli teran emasdi. Bir gal, esimda bor:

– Bu yerda kiming bor? – söradi knyaz Nexlyudovdan.

– Heç kimim, – dedi.

– Qanaqasiga, – dedi u, – heç kim?

– Nega kerak? – dedi.

– Qanaqasiga nega kerak?

– Men, – dedi, – hozirgaça şunday yaşadim, nega mumkin bölmasin?

– Qanday: şunday yaşading? Bölişi mumkin emas!

Söng qotib-qotib kuldi, möylabli barin ham xoxoladi. Gurullagan kulgi kötarildi.

 Hamişa şundaymi? – dedi.

 Hamişa.

Içaklari uzilgudek kulişdi. Men, özingizga maʼlum, hozirga kelib tuşundim, ular bizning ustimizdan kulişgan ekan. Qarasam: bundan nima çiqadi?

– Ketdik, – dedi knyaz, – hozir.

– Yöq, aslo! – dedi.

– Mayli, bas qil! Bu kulgili-ku, – dedi. – Dadillik uçun iç, söngra boramiz.

Men ularga bir şişa şampan vinosi keltirdim. Içişdi, yigitçani olib ketişdi.

Soat birlarda qaytib kelişdi. Keçki ovqatga ötirişdi, ular köpçilik yiğildi, eng ajoyib janoblar: Atanov, knyaz Razin, graf Şus­tax, Mirsov. Hamma Nexlyudovni tabriklar, xursandçilik qilişardi. Meni çaqirişdi. Kördimki – köpçilikning oğzi quloğida.

– Barinni tabrikla, – deyişdi.

– Nima uçun? – söradim.

Aytgança, nima degandi öşanda? Maʼorifmi, taʼrifmi, hozir tuzuk-quruq yodimda yöq.

 – Tabriklaş baxtiga muşarraf bölganimdan mamnunman, – dedim.

 U qizarib ötirar; faqat jilmayadi. Gohida kulib qöyardi!

Maʼqul. Keyin bilyardxonaga ötişdi, hamma xuşçaqçaq, ammo Nexlyudov öziga öxşamas: közlari horğin, labida tabassum, hiqillar va tuzuk-quruq gapirolmasdi. Özingizga maʼlum, hali heç narsani körmay turib, uni urib qulatibdi. U bilyard yoniga kelib, unga tirsagini tirab, dedi:

 – Sizlarga, kulgili, menga esa qayğuli. Bu işni nega ham qildim-a, knyaz, seni ham, özimni ham hayotda keçirmayman.

Hovuridan tuşgaç, yiğladi. Özingizga maʼlum, içgan: nima deganini özi ham bilmaydi. Uning yoniga kelgan knyaz özini kul­gidan töxtatolmasdan dedi:

 – Yiğlaşga arzimaydi! Uyga ketamiz, Anatoliy.

 – Heç qayerga ketmayman, – dedi u. – Nega şunday qildim?

 U höngrab yubordi. Bir qadam ham bilyarddan nari siljimadi, tamom. Demak, yigitçaga odatdagidan boşqaça taʼsir qilibdi.

Şu tariqa bu yerga serqatnov bölib qoldi. Bir gal knyaz va knyazning yonida yuradigan möylabli janob bilan keldi. U amaldorlardanmi, isteʼfoga çiqqanlardanmi, Xudo biladi, uni Fedotka deyişardi. Muşakdor, öta yaramas, pokiza yurardi, karetada kelardi. Janoblar nima uçun uni bunçalik yaxşi körişadi, aqlim yetmaydi, Fedotka, Fedotka deb otini tildan qöyişmaydi, bir qarasang – yedirib-içirişa­di, bir qarasang – örniga pul tölaşadi. Axir, u borib turgan muttaham-ku! Yutqizsa – tölamaydi; yutsa bormi – albatta! Uni haqorat qilişdi, mening köz öngimda katta mehmon döpposladi, duelga çaqirişdi… baribir, knyazning qöltiğiga kirib olgan – ketmaydi.

– Mensiz ado bölarding. Men, Fedot, avvalgidek emasdirman, öt, – deydi.

Hazilini qarang! Hay, mayli. Kelişdi, de­yişdi:

– Kel, uç kişi alager öynaymiz.

– Kel, – dedi.

Uç sömdan dov tikib öynar bölişdi. Nexlyudov knyaz bilan safsata sota boşladi.

– Sen, – dedi, – uning oyoqçalariga qara, qanday ajoyib. Yöq, – dedi, – oyoği ham gapmi! Uning soçlari ajoyib, – dedi.

Özingizga maʼlumki, ular öyinga eʼtibor bermadi; ikkisi faqat valaqlaşdi. Fedotka esa foydasini biladi: şarni qoyilmaqom yuma­latardi, anavilar esa möljalga urolmaydi yoki xayoli joyida emas. Ikkisi kattadan olti sömdan qarz böldi. Uning knyaz bilan özaro hisob-kitobi qanday, Xudo biladi, heç qaçon ularning bir-biriga pul berganini körgan emasman, Nexlyudov esa katmonidan ikkita kökini çiqarib, unga uzatdi.

– Yöq! – dedi. – Sendan pul olişni istamayman. Kel, oddiysini öynaymiz: kitudubl, yaʼni: yoki ikki baravar, yoki durang.

Men şarlarni terdim. Fedotka birinçi navbatni oldi – öyin boşlandi. Nexlyudov oliftagarçilik uçun zarb berardi; keyingi partiyani yutqazdi: yöq, dedi, bölmaydi, bu juda oson ekan, dedi; Fedotka esa pixini yorgan, qulay yölni tanladi. Özingizga maʼlum, u sirli öynaydi, göyoki bilmasdan, tasodifan yutib qöyadi.

– Kel, yana hammasiga.

– Mayli.

Yana yutdi.

– Arzimas narsadan boşlandi bari, – dedi. – Sendan köp pul yutişni istamagandim. Hammasiga ketdimi?

Ketdi.

Nima bölganda ham, ellik söm bor! Endi Nexlyudov söray boşladi: “Qani, ora oçdiga!” Öyin qizidi, oldi-berdi oşib borib, uning yelkasiga ikki yuz sakson sömni ilib qöydi. Fedotka öyinning hadisini olgan-da: oddiysida yutqazadi, burçakda yutadi. Knyaz ötirib kuzatdiki, masala jiddiy!

– Ase[5], – dedi, – ase.

Qanaqasiga! Qarz tengma-teng oşib borardi.

Nihoyat, iş şunçalikka borib yetdiki, Nexlyudov beş yuz söm-u yana qançadir qarz­ga botdi. Fedotka kiyni joyiga qöyib:

– Yetar endi? Çarçadim, – dedi.

Özi sahargaça ham öynayveradi, naqdi bölsa bas… siyosat qilyapti, özingizga maʼlum. Nexlyudovning battar öynagisi kelardi: yana, yana.

– Böldi, – dedi, – Xudo xayringni bersin, ketdik, – dedi, – yuqoriga; öşa yerda revanş[6] olasan.

Bizning yuqorida janoblar qarta öynaşadi. Avvaliga preferans, keyin, sevadi-sevmaydi boşlanadi.

Öşa kundan keyin Fedotka uni öray boşladi, har kuni keladi. Bir-ikki partiya bilyard öynaşadi-da, yana yuqoriga.

U yerda nimalar qilişadi, Xudo biladi; faqat butunlay boşqa odamga aylanib tuşişadi, Fedotka bilan oralaridagi holat avvalgidek davom etardi. Avval olifta, orasta, soçlari jingalak edi, endi esa faqat ertalab şunday; yuqoriga çiqib tuşgaç, soçlari tikka-tikka, kamzuli tözigan, bör tekkan, qöllari kir böladi.

Bir gal knyaz ikkisi açinarli ahvolda – rangi oqarib, lablari titrab, nimanidir bahsla­şib tuşib kelişdi.

– Axir, uning menga bunday deyişiga kim ruxsat berdi (u menga nimalar dedi özi?)… Nima ekan, men takabbur emasmişman, u mening qartamni urişni istamasmiş. Men, – dedi, – unga ön ming tölab qöydim, u boşqalarning oldida ehtiyotkorroq bölsin edi.

– Bas qil, – dedi knyaz, – Fedotkadan ham xafa bölasanmi?

– Yöq, – dedi, – bu işni şunday qoldirmayman.

– Yetar, – dedi, – Fedotkani  bilasan-ku, paşşadan fil yasama, şunga ham xafa böladimi!

– Axir, u yerda begonalar bor-ku!

– Nima, – dedi, – begonalar? Ha, istasang, hozir sendan uzr söraşga majbur qilaman?

– Yöq, – dedi u.

Keyin fransuzçalab nimalardir deyişdi, tuşunolmadim. Nima ham qilardik? Öşa oqşom Fedotka uçalasi birga ovqatlanişdi – yana oşnaçilik kelgan joyidan davom etdi.

Maʼqul. Bir gal yolğiz özi keldi.

 – Qalay, – dedi, – yaxşi öynayapmanmi?

Bizning işimiz özingizga maʼlum: hammaga yaraşa söz topiş kerak; yaxşi gap aytsang – qanday yaxşi! Özi ahmoqona taqillatadi, hisob-kitobni bilmaydi. Fedotkaga ila­kişgandan buyon pul tikib öynaydi. Avvallari na ziyofatni, na şampan vinosini istamasdi. Knyaz baʼzan:  

– Kel, bir şişa şampan vinosidan öynaymiz, – desa:

– Yöq, – derdi, – yaxşisi, buyuraman, kel­tirib qöyişadi… Hoy! Bir şişa ber!

Hozir faqat pul tikib öynaydi. Baʼzida keladi-da, kun böyi şu yerda böladi, kim bilandir bilyard öynaydi yo yuqoriga çiqadi. Özimça öyladim: nega uni boşqalar yutadi-yu, men yutmayman, nima, ularning çekiga tuşganmi?

– Taqsir, – dedim, – nega men bilan köpdan buyon öynamaysiz?

Mana, öyinni boşladik.

Uning önta yarim sölkavoyligini taqillatib olgaç:

– Taqsir, ora oçdiga öynaymizmi? – dedim.

Jim. Avval uni ahmoq deb bekor aytibman. Mana, ora oçdiga öynay boşladik. Unga sakson söm ilib qöydim. Nima ham qilardik? Endi har kuni men bilan öynay boşladi. Payt poylaydi, toki heç kim bölmasin, özingizga maʼlum, özgalar köz öngida markyor bilan öynaş uyat. Bir gal oltmiş söm yutqazganda qizişib ketdi.

– Xohlasang, hammasiga öynaymiz.

– Ketdi, – dedim.

Men yutdim.

– Bir yuz yigirmaga – bir yuz yigirma, böladimi?

– Böladi.

Yana yutdim.

– Ikki yuz qirqqa – ikki yuz qirq?

– Köpayib ketmaydimi? – dedim.

Jim. Öynay boşladik: bu partiya ham ğa­laba men tomonda böldi.

– Tört yuz saksonga – tört yuz sakson, ora oçdigami?

Men dedim:

– Nima ham qilardim, taqsir, hurmatingiz bor. Yuz söm berib qöying; mayli, keyin şunday böla qolsin.

Birdan baqirib yubordi! Axir, yuvoşgina yigitça edi-ya!

– Seni paçağingni çiqaraman, – dedi, – öynasang öyna!

Kördimki, boşqa iloji yöq.

– Uç yuz saksonga, – deyman, – ruxsatingiz bilan.

Özingizga maʼlum, yutqazib bermoqçiman!

Oldindan qirq imtiyoz berdim. Unda ellik ikki edi, menda öttiz olti. U sariqni möljalladi, ha, özingga yana ön sakkiz oçko ol, men – zörğa ilinib turibman.

Şunday urdimki, şar uçib çiqib ketadi, deb öyladim. Ammo unday bölmadi, birdan ikkita şar tuşdi-ya! Yana yutdim.

– Quloq sol, – dedi u, – Pyotr (bu safar Petruşka demadi), men senga hozir hammasini berolmayman, ikki oydan keyin kel, uç ming bölsa ham tölayman.

Özi qiza-arib ketdi, ovozi arang, titrab çiqardi.

– Xöp böladi, taqsir, – dedim.

Söngra kiyni joyiga qöydim. U yurdi, yurdi, yuzidan ter quyilib kelardi.

– Pyotr, – dedi, – kel, hammasiga öynaymiz.

Özi yiğlab yuboray deb turibdi.

– Mayli, taqsir, öynaymiz! – dedim.

– Qani, kel, iltimos.

Uning özi kiyni menga uzatdi. Kiyni olib, öyinni boşladim-u, şarlar yerga uçib tuşa boşladi: özingizga maʼlum, oliftalik qilmasang bölmaydi. Unga dalda berdim:

– Qani, taqsir!

U şunçalik şoşib qoldiki, hatto yerga tuşgan şarni özi keltirib qöya boşladi. Özimça öylayman: “Baribir, yetti yuz sömni ololmayman; yutqazib qöya qolay”. Atayin şunday öynadim. Töğrimi?

 – Nega, – dedi, – atay ahmoqona öyna­yapsan?

Uning qöli titrardi; şar luzaga yönalganda, boşi-yu qöli bilan birvarakayiga intilib, barmoqlarini çangal qilib, labini qimtib olardi. Unga qarab dedim:

– Foydasi yöq, taqsir.

Maʼqul. U partiyani yutişi bilan:

– Bir yuz sakson söm sizdan, yana yuz ellik partiyaga; men endi ovqatlanişga bormasam bölmaydi, – dedim.

Kiyni joyiga qöydim va ketdim.

Eşik qarşisidagi stolga ötirib, uni kuzatdim: endi nima qiladi? Nima ham qilardi? Yurdi, yurdi – çoy içdi, öyga toldi: birov unga eʼtibor bermadi – soçlarini orqaga taradi, yana yurdi, nimalardir deb tönğilladi, yana soçini töğriladi.

Öşandan keyin sakkiz kun qorasini körsatmadi. Bir gal oşxonaga keldi, qovoği uyilgan, ammo bilyardxonaga kirmadi, unga knyazning közi tuşdi va:

– Yur, öynaymiz, – dedi.

– Yöq, men boşqa öynamayman.

– Qöysang-çi, yuraqol.

– Yöq, – dedi Nexlyudov, – bormayman. Bu seni yaxşilikka olib bormaydi, keta qolay, bilyardni körsam könglim ayniydi.

Şunday qilib, yana ön kunlar kelmadi, keyin bayram kuni boş suqdi, frakda, aftidan, mehmondan qaytyapti, kun böyi ketmadi: rosa öynadi; ertasi kuni ham keldi, uçinçi kun ham… Yana avvaldagiday davom eta boşladi. U bilan öynamoqçi bölgandim: yöq, sen bilan öynamayman. Bir yuz sakson sömni – qarzimni bir oydan söng oldimga bor: olasan, dedi.

Maʼqul.

Bir oy ötgaç, bordim.

– Xudo haqqi, – deyişdi, – hozir yöq, payşanba kuni kel.

Payşanba kuni bordim. Ajoyibgina xonadonni ijaraga olibdi.

– Uydami? – deb söradim.

– Uxlayapti, – dedi.

– Yaxşi, kutaman.

Uning kamerdini özinikilardan ekan – soç-soqoli oppoq qariya, soddagina, siyosat qilişni bilmaydi. U bilan valaqlaşib ötirdik.

– Barin bilan, – deydi, – şu yerda yaşa­yapmiz! Öralaşib qoldik, bu Peterburg deganlarida na hurmatni bilişadi, na foydali yumuş topiladi. Qişloqdan kelganda: marhum barinning uyida turamiz, joyi jannatda bölsin, knyazlarnikiga, graflarnikiga, generallarnikiga boramiz; biron sohibjamol grafinyani topib, sepligini olib, dvoryanlardek davr-u davron su­ramiz, deb öylagandik; aslida-çi, faqat qovoq­xonalarda javlon uryapmiz, bu – juda yomon! Knyaginya Rtişçeva bizga tuğişgan xola böladi, knyaz Vorotişçev esa çöqintirilgan xolavaçça. Nima ham qilardik? Rojdestvoda bir marta bordik, burni kötarilgan, birovni nazar-pisand qilmaydi. Ularning xizmatkorlari menga kulişib: bariningiz otasiga öxşamabdi, deyişdi. Bir gal unga: “Taqsir, xolamiznikiga bormaymizmi? Ular soğingandir, köpdan bu­yon körinmadingiz”, dedim. – “Ularning uyida odam zerikadi, Demyaniç!”

Seni qara-yu! Qovoqxonada köngilxuş­lik qilib yuribdi. Biron joyga xizmatga kirsa bölarmidi: qarta-qimor bilan kun ötmaydi, bu işlarning oxiri voy… E-eh! Nobud bölamiz biz, bir tiyinga arzimay qolamiz!.. Bizga, marhum barindan, joyi jannatda bölsin, boy mulk meros qolgan: mingdan ortiq qarol, öttiz ming örmonimiz bor edi. Hammasi barbod böldi, örmonni sotdi, mujiklarni xonavayron qildi, heç vaqo qolmadi. Agar xöjayinning özi bölmasa, boşqaruvçilar, maʼlumki, xöja­yindan zör çiqadi… Mujiklarning terisigaça şilib oladi, tamom. Baringa nima? Katmoni tölsa, bas, u yoqdagilar oçdan ölib ketmaydimi… Yaqinda otameros mulkdan vakil bölib ikki mujik şikoyat olib keldi. “Mujiklarni, dedi, oxirigaça ado qilişdi”. Barin nima qildi? Şikoyatga köz taşladi-da, mujiklarga ön sömdan berdi. “Tez orada özim boraman, dedi. Pul olaman-u, hammasini tölayman, keyin ketaman”. Qayerdan tölaydi, özimiz bu yoqda qarzga botib yotibmiz-ku! Axir, ozmi-köpmi, bu yerda qişladik, sakson ming sovurdik: hozir uyda bir kumuş tanga qolmadi! Hammasiga sababçi özi – serxarajat! Barin şunçalik soddaki, birovga aytgiligi yöq. Şuning uçun ham nobud bölyapti, heçdan-heç nobud bölyapti.

Beçora qariya yiğlagudek edi. Bunça kulgili çol-a.

Soat ön birlarda uyğonib, meni çaqirdi.

– Pul jönatişmadi, – dedi, – mening aybim yöq. Eşikni yop, – dedi u.

Eşikni yopdim.

– Mana buni ol, – dedi, – soat yoki brilliant töğnoğiçni, va ularni garovga qöy. Senga, – dedi, – bir yuz sakson sömdan köproq berişadi, pulim kelgaç, ularni özim qayta sotib olaman, – dedi.

– Taqsir, – dedim, – agar pulingiz bölmasa, na iloj: heç qursa, soatning özini bering. Hurmatingiz bor.

Qarasam, soat bir yuz öttiz sömça turar ekan. Maʼqul. Soatni yuz sömga garovga qöyib, qoğozini öziga keltirib berdim.

– Sakson söm qarzingiz qoldi, – dedim. – Soatni, marhamat qilib, özingiz sotib olarsiz.

Xullas, öşa böyi sakson söm haqqim unda qolib ketdi.

Şunday qilib, u yana har kuni biz tarafga qatnaydigan böldi. Bilmadim, ularning orasida qanday aloqa bor, har doim knyaz bilan birga keladi. Yoki Fedotka ikkisi yuqoriga çiqadi. Uçovlon orasida ajab savdolar bor edi: unisi bunisiga beradi, bunisi boşqasiga uzatadi; kimdan kim qarz – suriştirib oxiriga yetolmaysan.

Şu tarzda u ikki yil umrini ötkazdi, deyarli har kuni keladi, ammo avvalgi qiyofasini yöqotdi: qiziqqon bölib qoldi, bir gal şunday ahvolga tuşdiki, izvoşçiga beriş uçun mendan bir sölkavoy qarz söradi; undan oldin knyaz ikkisi partiyasiga yuz sömdan tikib öynagandi.

Yoqimsiz, ozğin, yuzlari zahil tortdi. Baʼzida kelib, bir qadah absint[7] berişni söraydi, kanape[8] gazak qilgaç, ötkir vino içadi; şu bilan çehrasi oçiladi.

Bir gal tuşlikdan oldin keldi, maslenitsa ayyomi edi, Gusar bilan öynay boşladi.

– Biron narsa tikib öynaşga qalaysiz? – dedi.

– Marhamat, – dedi Gusar. – Nima ekan?

– Bir şişa Klodvujo[9]ga nima deysiz?

– Böladi.

Maʼqul. Gusar yutdi va ikkisi ovqatlaniş uçun stolga ötirişdi; Nexlyudov buyurdi:

– Simon! Bir şişa Klodvujo, qara, yaxşilab ilit.

Simon ketdi, taom keltirdi, şişa yöq.

– Nima böldi, – dedi, – vino?

Simon çopib borib, qovurma keltirib qöydi.

– Vinoni olib kelsang-çi, axir, – dedi.

Simon jim.

– Nima, aqldan ozdingmi! Biz ovqatlanib bölay deyapmiz, vino esa yöq. Meva bilan kim vino içadi?

Simon yugurgilab ketdi.

– Xöjayin sizni sörayapti, – dedi qaytgaç.

U yuzi qizarib, stoldan sapçib turdi.

– Unga, – dedi, – nima kerak?

Xöjayin eşik oldida tik turardi.

– Men, – dedi, – sizga ortiq işonolmayman, baribir, hisob böyiça vaqtida tölamaysiz.

– Axir, – dedi Nexlyudov, – sizga har oyning birinçisida tölayman deb aytdim-ku.

– Siz istaganday bölsin, ammo men uzluksiz qarz berolmayman, keyin heç narsa ololmay qolişim mumkin. Hozir ön minglab qarzlar yöqolib ketyapti.

 – Qani, bas qil, monşer[10], – dedi, – menga işonişingiz mumkin. Şişani yuboring, men esa qarzimni tezroq uziş çorasini köraman.

Söng, özi qoçib qoldi.

– Nima gap, sizni nega çaqirişibdi? – söradi Gusar.

– Şunçaki, bir narsa söramoqçi ekan, – deb qöya qoldi.

– Endi, bir stakandan iliqqina vino içsak, – dedi Gusar.

– Simon, nima gap?!

Mening Simonim çopib keldi. Na vino, na boşqa narsa keltirdi. Yomon. Stoldan turib, tez yonimga keldi.

– Xudo haqqi, – dedi, – Petruşa, menga olti sölkavoy berib tur.

Uning rangi quv öçgandi.

– Yöq, – dedim, – taqsir, Xudo haqqi, şundoq ham sizda haqqim köp.

– Men senga, – dedi, – bir haftadan keyin olti sömingni qirq sölkavoy qilib qaytaraman.

– Agar şundoq bölsa, – uning iltimosini rad etolmasdim, aks holda, tamom böladi.

Nima qildi deng? Tişini tişiga bosdi, muştini tugdi, çopib çiqib, yölakda telbanamo yurdi, yer yorilsa-yu, yerga kirib ketsa!

– Eh, janoblar, – dedi, – bu nimasi?

Hatto tamaddixonaga ham qaytib kirmadi, karetaga ötirdi-da, ketib yubordi.

Rosa kulgiga qoldi. Gusar gap qotdi:

– Men bilan tuşlik qilgan barin qani?

– Ketdi, – dedi.

– Qanday ketadi? U biron nima demadimi?

– Heç narsa, – dedi, – heç narsa demadi: ötirdi-yu, ketdi.

– Yaxşi, odam degan ham şunaqa böla­dimi! – dedi Gusar.

Bunça şarmandalikdan keyin qorasini körsatmasa kerak deb öylagandim. Yöq, unday bölmadi. Kelasi kun oqşomda paydo böldi. Bilyardxonaga kirdi, özi bilan qandaydir quti keltirdi. Paltosini yeçdi.

– Kel, öynaymiz, – dedi. Zimdan köz taşlaydi, aççiqlanadi.

Bir partiya öynadik.

– Yetarli, – dedi, – bor, menga qalam-qoğoz keltir: xat yozişim kerak.

Men boşqa xayolga bormay, qoğoz keltirib, kiçkina xonadagi stol ustiga qöydim.

– Tayyor, taqsir, – dedim.

– Maʼqul.

Stolga ötirib yoza boşladi, yozdi, yozdi, nimalardir deb tönğilladi, söngra ğamgin tortib örnidan turdi.

– Çiqib qara-çi, – dedi, – karetam keldimikin?

Bu iş juma – maslenitsa bayrami kuni sodir böldi, bizda heç kim yöq: hamma bazm­da edi.

Men karetadan xabar olgani endigina eşik­dan çiqqandim:

– Petruşka! Petruşka! – deb qiçqirdi. U nimadandir qörqib ketdi.

Men tez qaytib kirdim. Qarasam, rangi bözday oqarib turibdi.

– Çaqirdingizmi, taqsir?

Jim.

– Biron yordam kerakmi?

Jim.

– Ha, aytmoqçi! Kel, yana öynaymiz, – dedi.

Maʼqul. U partiyani yutdi.

– Qalay, – dedi, – yaxşi örganibmanmi?

– Ha, – dedim.

– Goh-goh şunday, – dedi. – Xabar ol-çi, kareta kelmadimi?

Özi esa xona böylab yura boşladi.

Özimça heç narsani öylamay, ayvonga çiqdim: qaradim, heç qanday kareta yöq, qaytib kirdim.

Ortga qaytayotganimda kimdir kiyni stolga daranglatib urgandek böldi. Bilyardxonaga kirsam: qandaydir ğalati hid anqidi.

Qarasam: u polda qoniga belanib yotibdi, töpponça nariga tuşgan. Qörqib ketganimdan tilim kalimaga kelmasdi.

U esa çözilib yotar, tipirçilar, oyoqlarini tipirlatar, nari surilmoqçi bölar, xirillar, ter suvday oqardi.

Nega gunohga botdi, nega öz joniga qasd qildi, Xudoga ayon; faqat şu qoğozni qoldirdi, mening unga aqlim yetmaydi.

Eh, janoblar nimalar qilmaydi-ya!.. Janob­lar, deyişadi… Birgina söz – janoblar.

 “Xudo menga bir inson istagan barça narsani: boylik, şon-şuhrat, aql, oliyjanob maqsadni ato etdi. Men huzur-halovatga berildim va özimdagi barça yaxşi narsalarni loyga qordim.

Men badnom emasman, baxtsiz ham emasman, heç qanday jinoyat ham qilma­dim, ammo undan battariga yöl qöydim: öz tuyğularimni, öz aql-farosatimni, öz yoşligimni nobud qildim.

Men iflos törga öralaşib qoldim, undan xalos bölolmayman, ayni vaziyatda, unga könika olmayman ham. Men muntazam qulayapman, qulayapman; özimning qulayotganimni his etsam-da, özimni töxtatolmayman.

Men badnom, baxtsiz yoki jinoyatçi bölganim avlo edi: şunda mening umidsizligim içra qandaydir taskin beruvçi, mahzun uluğvorlik bölardi. Agarda men badnom bölganimda, jamiyatimizdagi or-nomus atalmiş tuşunçalardan balandroq kötarilgan va undan nafratlangan bölardim. Agarda men baxtsiz bölganimda, nolişim mumkin edi. Agarda men jinoyat qilganimda, tavba-tazarru etib yoki qilmişimga yaraşa jazo olib özimni oqlardim; ammo men şunçaki pastkaş, iflosman, buni bilaman – ammo kötarilolmayman.

Meni nima nobud qildi? Gunohlarimdan ötişga asos bölgulik qandaydir kuçli ehtiros bormidi menda? Yöq.

Yettilik, tuz, şampan vinosi, sariq örtaga, bör, kulrang, kamalakrang qoğozlar, tamakilar, suyuqoyoq xotinlar – mana, mening körgan-keçirganim.

Men uçun heç qaçon unutilmas bölgan betaʼsirlik, pastkaşlikning dahşatli bir lahzasi huşimga qaytardi. Özim istagan, intilgan maqsad bilan oradagi ötib bölmas jarlikni körganimda vahimaga tuşdim. Tasavvurimda yoşligimning orzu-xayollari, umidlari uyğondi.

Qani u hayot, mangulik, Xudo haqidagi qal­bimga ravşanlik va kuç bağişlab yuksaltir­gan yoruğ fikrlar? Qani, yuragimni şodon harorat ila yondirgan muhabbatning havoyi kuçi? Umid va taraqqiyotga, barça gözallikka xayrixohlik, tuğişganlarga, yaqinlarga, mehnatga, şon-şuhratga mehr-muhabbat qani? Burç haqidagi tuşunçalar qani?

Meni haqorat qilişdi – uni duelga ça­qirdim va oliyjanoblik udumini töliq ado etdim, deb öyladim. Menga öz nuqson va manmanligimni qondirişga pul kerak edi – Xudo menga işonib topşirgan minglab oilalarni xonavayron qildim va buni uyalmasdan qildim – men bu muqaddas burçimni yaxşi bilar edim-ku. Diyonatsiz kişi menga vijdonim yöqligini, men öğrilik qilişni istaşimni aytdi va men unga döst böldim, çunki u – vijdonsiz kişiligini va meni xafa qilişni istamasligini aytgandi. Menga kamtarona hayot kulgili ekanini uqtirişdi va men sira afsus çekmay qalbim rangini – pokligimni – suyuqoyoq xotinga inʼom etdim. Qalbimning hissiz bölib qolgan heç bir qismi men uçun ardoqli bölgan muhabbatdek açinarli emas. Xudoyim! Bironta odam hali ayollarni bilmagan paytimda men sevgançalik sevganmikin!

Öşa beğubor aqlim va bolalarça, haqiqiy sof tuyğularim bilan öşa manfur yöldan hayotga kirib kelsam qanaqasiga yaxşi va baxtiyor bölişim mumkin. Hayotimni bu jirkanç izdan çiqarib, yoruğ yölga soliş uçun köp bora urindim. Özimga dedim:
inon-ixtiyorimdagi borimdan keçaman – qölimdan kelmadi. Yolğizlikda, özim bilan qoliş menga noqulay va qörqinçli tuyuldi. Boşqalar orasida bölganimda beixtiyor öz maslagimni unutdim, içki ovozimdan boşqasini eşitmadim va yana qulayverdim.

Nihoyat, tiklanmasligim haqidagi dahşatli xulosaga keldim, bu haqida öylamay qöydim, unutişni istadim; ammo umidsiz puşaymonlik meni yanada köproq ğamga botirdi. Şunda birinçi marta boşqalarga dahşatli, özimga yoqimli bölgan özimni öldiriş fikri tuğildi.

Ammo bu borada pastkaş va qörqoq edim. Faqat keçagi Gusar bilan orada bölib ötgan bemaʼni voqea bu rejamni ado etişga yakuniy qaror qilişga turtki berdi. Menda olijanob heç narsa qolmadi – faqat manmanlik, va şu manmanlik tufayli hayotimdagi yagona yaxşi amalni bajardim.

Avvallari ölimning yaqinligi qalbimni yuksaltiradi deb öylardim. Adaşibman. Çorak soatdan keyin ölgan bölaman, ammo qaraşlarim zarraça özgarmaydi. Men öşanday köraman, öşanday tinglayman, öşanday öylayman; Xudo biladi, nima uçun inson tafakkuridagi uyğunlik va yorqinlikka qarama-qarşi ölaroq öşa ğaroyib mantiqsizlik, beqarorlik va havoyilik yaralgan. Qabrda nima böladi, mening ölimim haqida Rtişçeva xolam nima deb öylaydi, bu haqdagi fikrlar bir zarb bilan aqlimda öz ifodasini topadi.

Inson – aql bovar qilmas yaratiq!”

Lev TOLSTOY

(1828–1910)

2023/6

Rus tilidan HUMOYUN tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)