* * *
Million yildan beri yuragim notinç,
Million yildan beri soğinganim bor.
Men uçun oğirdir, men uçun ölim,
“Endi soğinmayman”, deguvçi qaror.
Mening yuragimga oğirlik qildi
Şivir-şivirlar-u, piçir-piçirlar.
Yana qon-qonimga singib boryapti
Odatiy uzrlar, unsiz “keçir”lar.
Kutaman sabrni bosib bağrimga,
Vaqtning qöllaridan mahkamroq tutib.
Ana, teraklarning soçi oqardi,
Meningdek özganing könglini kutib.
Million yildan beri yuraklar notinç,
Million yildan beri kutib turibmiz.
Siz jimsiz, men jimman, balki şungadir,
Ölolmay hali ham tirik yuribmiz.
Soğinib-soğinib kutmoqda har kun
Uzun yölaklarga singib ketgan köz.
Hatto tuşimizda jaranglab turar
Million yildan beri aytilmagan söz.
* * *
Könglim keng, osmonning kengligi nima?
Siğadi kengliklar, munğaygan qirlar.
Könglim maydoniga tökilgan donday,
Dunyoning bağriga siğmagan sirlar.
Şunçalar kengdirki, şunçalar çeksiz,
Siz bilgan çeksizlik könglim etagi.
Har tun tuşingizda izğib yuribdi
Qalbim momolari aytgan ertagi.
Ummonlar bir tomçi yoşga aylanar,
Bulutlar köz yoşi dilga yetmaydi.
Mening yuragimga qöngan turnalar,
Tört fasl ötsa ham taşlab ketmaydi.
Men şunday yaxşiman, balki könglimga
Yaqinlar şunçalik yaxşimikan yo.
Könglimning bir tanob yerini, mana,
Egallab turibdi bevafo dunyo.
Çeksiz bu köngilda çeksiz bir savol,
(Garçi söramoqlik oğir bölsa ham)
Torgina dunyoda qanday yuribsiz,
Mening keng könglimga siğmagan odam?!
Dilnoza Abduhamidova
1992-yili tuğilgan. Navoiy davlat pedagogika institutining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Şodlik yurti” nomli kitobi naşr etilgan.
2023/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida