7 daqiqada öqiladi

520 marta körilgan

Bizning Luqmon Börixon…

Luqmon Börixon

“Biz Luqmonga hikmat ato etdik (va unga dedik): “Allohga şukr qilgin! Kimki şukr qilsa, faqat özi uçun şukr qilur. Kimki noşukurlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va hamd egasidir” (Luqmon surasi,

13-oyat).

Keyingi oyatda, Luqmon – donişmand hakim bir şaxsning ismi ekanligi, sözi va işida hamişa öta aniqlik bölganligi taʼkidlanadi.

Muborak Qurʼonni oçgan holda katta eşonbobolari tomonidan uluğ niyatda Ismi qöyilgan, rahmatli Luqmon Börixonni bundan öttiz yillar oldin, hali “Luqmon Karomov” imzosi ostida kiçik-kiçik hikoyalar yozib yurgan paytidan bilaman. Katta Öradagi adabiyotga qiziqqan-qiziqmagan uzangidoş-jöralarning “Özimizning Karamxon eşonbuvaning uli duppa-durust yozuvçi böp qopdi-yey, oqqan ariqning bolasi-da” degan gap-sözlaridan keyin u kişi bilan juda-juda tanişgim kelgan. Jurnalda bosilgan ilk qissasini öqib Vali bobomning gapi esimga tuşgan: “Eşonning yöğida, miltiqning öqiça…”

Katta Öra bu daryoning nomi. Daryo Hisor toğining Xöjaipir Pir, Osmontaloş çöqqilari yon bağridan qaynab çiqadigan buloqlardan hosil bölgan, bir tarafi Qalʼai Şeron darasi orqali Köragon  (Amir Temur) ğori, ikkinçisi Qasamdara bilan tutaş Şoxşar, Qorabotir, Dökonxona qişloqlari tepasidagi Oqsuvga borib taqaladigan Qaşqadaryoning irmoqlaridan iborat. Katta Öra daryosi hamda Langar daryosi sohillari va ikki betida joylaşgan qişloqlarni (ovul, yaylov, qöriq, qir-adirlarni qöşib) Kökabuloq Örasi deyişadi. Kökabuloq qişloği bir vaqtlar şu nomdagi tuman markazi bölgan. Uzunasiga yuz kilometrdan ziyod bu hududning xalqi bir-birini hali-hanuz yaxşi taniydi, ularning tutumi, turmuş tarzi bir xil, töyi-marakasi, yaxşi-yomon kuni ham deyarli birga ötadi desam işonavering… Asosan eliboy qönğirotlardan (hatto, aralaş yaşaydigan, tojik tilida sözlaşuvçilari ham) iborat bu xalq, salo­m-alikdan söng, darhol uruğ suriştirişga ötadi, yaʼni qönğirotning qaysi urçimi va şoxçasidan ekanligingizni aniqlaşga kirişadi va ota-bobongiz hamda toğa jamoatingizni nomma-nom sanab, özingizni özingizga puxta taniştirib qöyadi. Aylanib kelib qaysidir qavmga tus-tugal qarindoş çiqib qolaverasiz. Har bir qavmning esa piri-murşidlari bor, Karomxon va Muzaffarxon eşonlar biz Qöştamğali qönğirot Zombirilarga ham pir hisoblanişadi.

To yetmişinçi yilning oxirlarigaça Kökabuloq Örasidan birorta şoir yoki yozuvçi, yaʼni badiiy adabiyotga daxldor odam çiqqan emas (Baxşi şoirlar bundan mustasno). Ammo keyinçalik…

Millatimizning daho şoiri, avliyo – Abdulla Orif bilan çorak asrdan köproq ustoz-şogird maqomida, aka-uka darajasida yaqin muloqotda – munosabatda  bölganligimdan faxrlanaman.

– “Çorlov”ing yaxşi çiqibdi. Qaçon olib borasan öşa toğingga?.. – deb  qoldilar, ustoz bir kuni (Nafas qisib agarda, siğmay qolsang şaharga, tuşib otdan, egardan, Toğlarga kel, toğlarga…”)

Qarindoş, yor-jöralar bilan maslahat­laşib mehmon kutişga jiddiy tayyorgarlik kördik. Joltoş toği ustidagi, Qöğa – Çit qişloqlari qoptoliga ötovlar tiktirdik. Yöl­tanlamas ulovlarda izzatli mehmonni “Maydanak” observatoryasiga olib bordik.

Abdulla aka juda xursand edi. Töyib-töyib nafas olar, iyul oyi oxirlari ekanligiga qaramasdan qorayib yotgan qor gurtuklariga qarab hayratini yaşirolmas, nimalardir deb piçirlab qöyar edi (Keyinçalik ham bu joyga bir neça marta u kişi bilan borgan edik. Men ilk taşrif haqida hikoya qilyapman). Ustoz bundan ilgari ham talabalik çoğida şu yerlik örtoqlari bilan bu Öraga kelganligini, Qasamdara haqida şeʼr ham yozganligini gapirdilar. Men şeʼr öqidim:

 

Mana Maydanak – maydon,

Közga durbin tutamiz,

Pasayib kelar osmon,

Borliqni unutamiz.

 

Xarsangtoşga  yonboşlab,

Tumanlarni titamiz,

Semiz bulutni uşlab

Soğib sut uyutamiz.

 

Oy böyniga solib qöl,

Oq ötovda yotamiz,

Bu yerdan eng yaqin yöl,

Yur, yulduzga ketamiz…

Maydanakdan qariyb butun Kökabuloq Örasi hududini köriş mumkin. Ustozga örmonçilarning durbinini tutib qişloqlarni, yozlovlarni bir-bir körsataman.

– Huvv, narigi toğning bağridagi qişloqni Yonğoqli deydi, yozuvçi Hamid Mallayev öşa yerdan. Ukasi Samad Mallayev ham yaxşi şoir. Bu betda, Olmadan teparoqda Ters degan qişloq bor – aka-uka Nazar va Jabbor Eşonqullarning qavm-qarindoşlari yaşaydi. Buloqning suvi daryoga nisbatan teskari oqqani sabab bölsa kerak – qişloqning nomi şunday. Nazar özining asarlarida Ters Ota deb yozadi. Luqmon Börixonning qişloğini esa Tolli deyişadi. Tömanlab boraversak Norbek Toşniyozning Çayguli, Yusuf Qurbonning Sadravlodi, Ozoda Bekmurodovaning Beşbuloği körinadi…

– Luqmon Börixon Ğuzordan emasmi,  – gapni böladi Muhammad Oçil, – bu ketişda hamma şoir-yozuvçini şu Öradan qilib qöyasiz-ku?

Ha, Luqmon Börixon, şu yerlik. U körinib turgan anavi qorauylar tugagan joydan bir gaza naridagi, Çit, Uçterakdan keyingi qişloq Tollida  tuğilgan. Otasini Karomxon, bobosini Börixon eşon deyişadi. Katta amakilari Akbarxon, u kişining öğillari Muzaffarxon eşon, Muzaffarxon eşonbuvaning öğillarini Qiyomxon eşon deydilar. Hozir Kosonda yaşaydi. Hammalari şu yerlik. Qöğa, Tol, Qorangqöl qişloqlarida yaşaşgan. Tollida yer köçgan yili – 1969-yil yerlik aholi Qamaşining Qiziltepasiga, söngroq Ğuzorning Xalqobodiga köçirilgan. Toğliklarning Qarşi çöliga yoppasiga majburan köçirilişi jarayoni Luqmon Börixonning “Jaziramadagi odamlar”, “Sirli muallim” asarlarida atrofliça keng tasvirlangan. Toğdan tuşib kelgan odamlarning çölga könika olmay çekkan soğinçli iztiroblari, ularning turmuşiga singdirilgan sunʼiy madaniyat, urf-odat qançalar qimmatga tuşganligi holatlari muallif tomonidan haqqoniy, hatto taʼbir joiz bölsa, ançayin beşafqat ifodalangan. Voqea – hodisalardan xabardor öqirman, asardagi  köpçilik personajlarning asl ism-familiyalari ham özgartirilmaganligini eʼtirof etadi.

Öşanda ustoz – Abdulla Oripov Kökabuloq örasidan çiqqan ijodkorlar, şuningdek, közga köringan arboblar töğrisida iliq fikrlar bildirgan. Ayniqsa, Luqmon Börixon haqida, uning ijodi, intellektual salohiyati xususida alohida töxtalgan. “Bunday toğlar bağridan, top-toza havo va hayhotdek kenglikdan faqat şunday yozuvçilar çiqişi tabiiy”, deya taʼriflagan.

Luqmonxonni biz “Eşon bobo” derdik. “Goh pirdan va yana pirdan” deb xalq maqolini jörtaga buzib talqin qilardik. Hazillaşişga haddimiz siğar edi. U kişi hamişa jilmayib gaplaşar, öz qayğusini mahram saqlab birovga sezdirmas edi. Jon jigari – ukasining boşiga iş tuşganida juda qörqqaniga, şoşa-pişa zamona zayliga mos asarlarga qöl urib, haddan taşqari qattiq işlaganiga, öşa davr “Qora röyxat”larini aylanib ötib, hatto bir qator zafarlarga ham erişganiga guvohman. Undagi talant va qobiliyatning kölamini, qiyosini dabdurust topa olmayman. Uluğ avliyolar, şariat peşvolari şajari hisoblangan ajdodlaridan qondan qonga ötib kelgan ziyo hamda kamiga özi öqib örgangan dunyoviy bilim çoğişmasi ajoyib isteʼdod paydo qilgan va bu hodisa uning zehniyatida bor böyi bastini körsatgan deb öylayman. Kiçkina bir hikoyat yoxud epizodli tasvirni şunçaki gurung asnosida aytib yuborsangiz, darhol yodida saqlab qolar, keyin voqeani tolstoyçasiga badiiylaştirib, aytmatovçasiga rivojlantirar, qarabsizki, kunlardan bir kun kattagina bir yangi asarida syujet bölib böy körsatganiga şohid bölardingiz. Eşonbobo esa “Hikoyangizni taniyapsizmi?” deb mağrur tabassum qilar edi. Men “Quyoş hali botmagan”, “Begonalar yurmas bu yerda” kabi asarlarini nazarda tutmoqdaman. “Zanjirband şer” romanining nomi “Olov tutgan odam” deb özgartirilişida kaminaning fikri ham inobatga olingan. Uşbu kitobning Oqsaroyda ötgan tantanali taqdimotida, mamlakatimizning nufuzli (elita qatlami) şaxslari iştirok etdi. Kazo-kazolar röyxatiga Eşon bobo men faqirning ham ism-familyamni qöşdirib qöygan ekanmi, haşamatli taklifnoma bilan bugungi adabiyotimiz darğasi, ustoz – Usmon Azimga ergaşib, maşvaratga kirib borganmiz. Bunday taqdimotni ilgari biron-bir kinoda körmaganman, biron kitobda yoxud axborotda ham öqimaganman. Töliq taʼrif-tavsifini hozir ham yoza olmayman. Faqat uşbu majlis sababçisi, yozilgan asar adibi – bizning Öradan ekanligidan, piri murşidimiz zuryodi bölib, u kişining şunday martabalarga erişganligidan pinhona faxrlanganman, oşkora xurram bölganman. Mazkur holatga tuşişimni Eşon boboning özi juda istaganligini sezdim ham. Çunki adabiyot tegrasidagi uzoq suhbatlarimiz, bahs-munozaralarimiz orasida “Sizning eʼtirofingiz men uçun nihoyatda katta mukofot” deb qöyar edilar-da…

Luqmon Börixonda ijodiy zaxira nihoyatda boy edi. Uning siymosida gigant bir yozuvçini, betakror söz sanʼatkorini umid qilar edim. Ming afsuslar bölsinki, “Kuy avjida tor uzilgan”ligini öz közim bilan kördim. Naçora, ölçab berilgani şu ekan. Ilohim, Yaratganning yoziğiga şirk keltirgan bölmaylik. Vallohu aʼlam…

Hol Muhammad Hasan

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli yozuvçi Luqmon Börixon 58 yoşida vafot etdi.

 

Luqmon Börixon 1965-yili Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida tuğildi. U Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi. “Maʼrifat” gazetasida, “Yoşlik” jurnalida muharrir, boş muharrir örinbosari, Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotida muharrir, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida boş mutaxassis vazifasida xizmat qildi.

Luqmon Börixon Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining faol aʼzosi sifatida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini aholi örtasida keng tarğib etiş, adabiy jarayonni yangi bosqiçga kötariş, yoş isteʼdodlarni tarbiyalaş borasida ham ibrat körsatdi.

Yozuvçining “Jaziramadagi odamlar”, “Titrayotgan toğ”, “Olov kötargan odam”, “Imom Moturidiy” kabi romanlari, “Sirli muallim”, “Hizir körgan yigit”, “Quyoş hali botmagan” singari qissalari, “Tun qaʼridagi şuʼla” töplamidan örin olgan bir-biridan ajoyib, önlab hikoyasi milliy adabiyotimiz xazinasidan özining munosib örnini egallagan.

Taniqli yozuvçi, samimiy va kamtarin inson Luqmon Börixon vafoti munosabati bilan oila aʼzolariga çuqur hamdardlik bildiramiz.

“Yoşlik” jurnali jamoasi

2023/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)